Nishonga tushir.
To‘plarni dumalatish va mo‘ljallarni bilish hamda
chaqqonlik kabi harakat ko‘nikmalarini o‘rgatishda bu o‘yin maqsadga yaqindir.
O‘yin 1-3 yoshli bolalarga mo‘ljallangan.
Mazmuni: Bolalar skameykada o‘tirishadi. 3-5 m narida chiziq tortiladi va
ular navbat bilan 3-4 ta to‘pni oldinma ketin chiziq tomon dumalatadi va keyin
borib ularni yig‘ib kelib, navbatdagi bolaga beradi. Shu tariqa hamma bolalar bu
harakatlarni bajarishadi.
O‘yinni tashkil qilish va uning shartlari: Ob-havo qulay paytlari ochiq
maydonda tashkil etiladi. To‘pni uzoqqa otish mumkin emasligi va chiziqqa
tegizishni tushuntiriladi. To‘plar uzoqqa dumalab ketsa, boshqa bolalarning ham
yordamlashib terib kelishiga ruxsat beriladi. O‘yinda kim yaxshi bajarsa, ularni
rag‘batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |