Pedagogika kafedrasi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/430
Sana10.02.2022
Hajmi3,45 Mb.
#440704
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   430
Bog'liq
xalq pedagogikasi. qiyosiy pedagogika

Tabiiy qadriyatlar
– bu insonning yashashi va rivojlanishi uchun zarur 
bo‘lgan resurslar, ya’ni yer va yer ostiboyliklari, suv, havo, o‘rmonlar o‘simliklar, 
hayvonot dunyosi va boshqalar. 
Moddiy qadriyatlar
– bu insonning moddiy ehtiyojlarini qondirishda 
qadrli bo‘lgan narsa (predmet, buyum)lardir. Ular: ishlab chiqarish vositalari va
qurollari, mehnat predmetlari, moddiy ne’matlar, kishi faoliyati jarayonini amalga 
oshiradigan buyumlar. 
Ma’naviy qadriyatlar
– bu siyosiy, huquqiy, badiiy, diniy, estetik, 
falsafiy, axloqiy, ma’rifiy, madaniy qadriyatlar. 
Estetik qadriyatlar
– bu barcha ham shaklan, ham mazmunan 
go‘zalliklardir. 
Milliy qadriyatlar
– bu muayyan xalq va millatlarning uzoq tarixiy 
davrlar asosida rivojlanib kelgan va ma’lum shakl va mazmunga ega bo‘lgan 
moddiy va ma’naviy boyliklar majmuasidir. 
Umuminsoniy qadriyatlar
– bu umumbashariy axamiyatga ega bo‘lgan 
va uning svilizatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar 
majmuasidir. 
Xalqimiz ichida necha asrlar davomida shakllangan urf-odatlar juda ko`p. 
Ba'zi manbalarda ularning 376 tasi sanab o`tilgan. 
An'analar qadim-qadimlardan insoniyat turmushi, ijtimoiy faoliyati, 
mehnatidagi ibratli hayot saboqlaridir. Ularni avlod-ajdodlar uchun yo`l-yo`riq 
darslaridir desak yanglishmagan bo`lamiz. 
O`zbek an'analari, qadriyatlari xususan xalq pedagogikasi, oq’zaki ijod, uning 
tarkibidagi pandnomalar, o`gitlar, nasihatlar, olqish duolar har kun har daqiqa jonli 
jarayonlarda yashab, turmush tarzimizni bezab, ayniqsa farzandlarimizga to`q’ri 
bo`lish, to`q’ri yashash va odob-ahloqi joyida bo`lishlikni eslatib turuvchi, da'vat 
qiluvchi manbalardir. 
Qadriyatlarimizning yana bir umumiy mushtarak tomoni shundaki, ularning 
barchasi, insonning iymon-e'tiqodda ma'naviy ma'rifiy va ahloqiy-ruhiy tarbiyada 
komil odam bo`lishlikka qaratilgan. Yoshlarimiz xalqona qadriyatlardan 
nechoq’lik ko`p saboq olsalar, ularning tafakkurlari shunchalik boyib, aql-idroklari 
qayrilib, har tomonlama kamol topaveradilar. 
Xullas qadriyatlar mazmuni xalq pedagogikasi qatlamlariga singdirilgan. Ular 
baq’rida kamol topgan. Xalq pedagogikasi maqsadi esa farzandlarimizni yetuk 
fazilatlari, komil insonlar qilib tarbiyalashga qaratilgan. 
Jamiyatimizda, xalqimizga xos fazilatlaridan bo‘lgan o‘zaro mehr- 
oqibat,qadr- qimmat, xayru- sahovat singari insoniy fazilatlarning yanada rivoj 
topishida mahallalar yetakchi kuchga aylangani sir emas. Zero yurtboshimiz 
iborasi bilan aytganda, kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari dadil odimlash 


224 
tamoyili huquqiy demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etishda katta ahamiyat 
kasb etmoqda.
Sharq xalqlarining me’rosi xilma-xil, ajoyib afsonaviy va tarixiy dostonlarga, 
masal va rivoyatlarga boy bo‘lib, mavzu jihatdan bir- biriga chambarchas 
bog‘langan. 
Bu asarlar o‘z muxtasarligi, ravonligi, qiziqarliligi, ohangdorligi hamda 
didaktik ahamiyati, g‘oyaviy mazmuni, ma’naviy to‘qligi, hayotiyligi bilan, xalqqa 
yaqinligi bilan insonlarni ma’naviy – axloqiy tarbiyalashda o‘zgacha muhim 
ahamiyatga egaligi bilan ham qadrlidir. 
Mutafakkirlarning hikmatli so‘zlari bilan birga, ilg‘or qarashlari va 
umumma’rifiy orzularini tarannum etuvchi voqea va hodisalar o‘zining tarbiyaviy 
mazmuni bilan yoshlarni komil insonlar sifatida tarbiyalashda asosiy omil sifatida 
xizmat qilishi mumkin. Zero, mutafakkirlar merosida keltirilgan hikoyalarda, 
matalu rivoyatlarda nomus va poklik, insof va adolat, muruvvatlilik va haqgo‘ylik 
kabi ijobiy fazilatlarga qarama-qarshi qabixlik, tovlamachilik, riyokorlik, 
muttahamlik kabilar qo‘yiladi. Ko‘pgina xikoyalar zamirida inson o‘ziga kerakli 
xulosalar chiqarib oladi. Eng ahamiyatlisi shundaki, bu o‘git va nasihatlar 
o‘tmishdagi ulug‘ mutafakkirlar va donishmandlarning tarixiy hikoya va hikmatli 
so‘zlari orqali inson ongiga yetkaziladi. 
Har bir inson o‘z hayotida ijtimoiy faol bo‘lishlikka intilishi kerak. Buning 
uchun, eng avvalo, o‘z shaxsiy qadriyatlarini shakllantirishga erishishi, oilaviy
turmushga tayyor bo‘lishi, ilm olishga intilishi, hayoti uchun zarur bo‘ladigan 
mehnat malakalariga ega bo‘lishi, madaniy hordiq chiqara olishi va, albatta, Vatan 
oldidagi burchini bajara olishga tayyor bo‘lishi lozim. 
Mahalla deganda insonlarning belgilangan ma’lum bir hududda jamoa bo‘lib 
yashashlari tushuniladi. Ta’kidlash joizki, o‘zini –o‘zi idora qilish qadimgi Sharq 
mamlakatlari, jumladan, O‘zbekiston hududida vujudga kelgan ilk davlatlar va 
ularning boshqaruv faoliyatida ham yorqin ifodasini topgan. O‘zbek mahallalari 
o‘zida jamoatchilik ruxi, insonparvarlik, o‘zaro yordam, insof, diyonat, raxmdillik 
kabi insoniy tuyg‘ular bilan sug‘orilgan holda shakllangan katta oiladir. 
Biz o‘z tarixi bilan faxrlanadigan insonlarni tarbiyalashimiz va 
shakllantirishimiz, bunda milliy g‘urur va milliy qadriyatlarimizga tayanishimiz 
va undan unumli foydalanishimiz zarur. 
Navro‘zi olamning qaytishi xalqimiz ruhiyatini ko‘tardi. Navro‘z bayrami 
bilan birga arlar davomida e’zozlab kelingan urf- odatlarimiz, an’ana va 
o‘yinlarimiz qayta tiklandi. 
Yosh avlodni tarbiyalashda milliy- m’naviy qadriyatlar juda katta tarbiyaviy 
kuchga ega. Ularga sodiqlik bizni milliy birlik sifatida jahon miqyosida 
betakrorligimizni ta’minlaydi. Tilimiz, urf- odatlar, an’ana va udumlarimiz 
shunchaki o‘tmishdan qolgan meros emas, balki o‘zligimizni anglashimiz shartidir. 
Biz bu qadriyatlarimizning naqadar muhim ekanligini anglay olsak, millat sifatida 
o‘zligimizni saqlab qolamiz. 
Bugun yoshlar o‘z milliy tarixini o‘rganmoqda. Ona tili, madaniyat, urf- odat 
va an’analarining qayta tiklanib borayotgani ularni o‘zligini anglashga shart- 
sharoit yaratib berayotgani ham muhim yutiqdir. Bugun yoshlar shunchaki milliy-


225 
ma’naviy qadriyatlarini o‘rganib qolayotgani yo‘q. Ular dunyo xalqlari erishgan 
yutuqlardan bahramand bo‘lmoqda. Xorijiy davlatlarda o‘qish, bilim olib, fan- 
texnika yutuqlari, ilg‘or texnologiyalarni egallab jamiyatimiz ijtimoiy hayotiga 
joriy etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. 
Ma’lumki, 2008 yilda mamlakatimizda 18yoshgacha bo‘lgan yoshlar 10 
million 360 ming nafarni yoki umumiy aholining taxminan 40 foizini, 30 
yoshgacha bo‘lganlar esa- 17 million 80 ming nafarni yoki 64 foizni
42
tashkil etgan 
edi. 
O‘z-o‘zidan ayonki, aholimizning aksariyat qismini tashkil etadigan 
yoshlarimizning hali- beri yechilmagan muammolariga e’tiborimizni jalb etish, 
ularni hayotimizda haqiqatdan ham hal qiluvchi kuchga aylantirish masalasi 
jamoatchiligimizning diqqat markazida turibdi. 
Zero, yurtboshimiz qayd qilganlaridek: “Oldimizda nihoyatda muhim, 
kelajagimizni hal qiluvchi yangi vazifa turibdi. Bu fazifa erkin fuqarolik 
jamiyatining ma’naviyatni shakllantirishda, boshqacha aytganda, ozod, o‘z haq-
huquqiniyaxshi taniydigan, boqimandalikning o‘zi uchun or deb biladigan, o‘z 
kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o‘z shaxsiy manfaatlarini xalq, 
Vatan manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan komil komil insonlarni 
tarbiyalashdan iborat ”.
43
Jamiyat yoshlar ongida ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirmay va 
mustahkamlamay turib o‘z istiqboliga erisha olmaydi. “Mamlakatimizni 
modernizatsiya qilish va zamonaviy jamiyat qurish yo‘lidagi murakkab va keng 
ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash 
bundan buyon ham faoliyatimizning eng muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi ”,
44
deb 
ta’kidlaydi I.A.Karimov. Mustaqillik esa ana shu vazifani amalga oshirishning 
muhim sharti hisoblanadi. Xalq yoki millat o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga 
ega bo‘lsagina, o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lini erkin belgilab olishi, yoshlarni 
o‘z milliy qadriyatlari negizida tarbiyalash mumkin.
Yoshlar tarbiyasida milliy-ma’naviy qadriyatlarga tayanish, uning talqini va 
jamiyatimizda iqtisodiy- siyosiy islohotlarni amalga oshirishda tutgan o‘rni 
bugungi muhim muammolar jumlasidandir. Millat uchun erkinlik adolat 
tantanasining oliy ifodasidir. Erkinlik birovni o‘ziga qaram qilishga, birovning 
mol- mulkini talon- taroj etishga, birovga xiyonat qilishga, birovni o‘ldirishga 
yoki zarar yetkazishga yo‘l qo‘ymaydi. Chunki erkinlik qonunga asoslanadi: qonun 
doirasida olibyu borilgan ishlar va xatti- harakatlar ahloqiy hamda huquqiy 
qadriyatlar jihatidan haqli hisoblanadi. Kundalik turmushda, o‘zaro 
munosabatlarda inson erkinligi qonun hamda axloqiy normalar bilan cheklangan 
bo‘ladi. Erkinlikni to‘g‘ri tushunib, uni hayotimizga to‘hri tatbiq etganimizdagina, 
bu buyuk ne’mat- adolat va erkinlikni saqlab qolishimiz va undan keyingi 
avlodlarimiz ulardan bahra olishlari mumkin. 
42
Madalieva Z. Huquqiy madaniyat va yoshlar.- T.: “Akademiya”, 2008. 5- bet. 
43
Karimov I.A. biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz.7- jild. –T.: “O‘zbekiston”, 1999. 304-bet. 
11 Karimov I.A. Vatanmiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish- oliy saodatdir. – T.: “O‘zbekiston”, 2007. 38-
bet 



226 
I.Ergashev Yoshlar dunyoqarashida milliy – ma’naviy qadriyatlarga tayanish 
muayyan maqsad va vazifalarni o‘z ichiga oladi. Ular quyidagilar : 

Yoshlar o‘z dunyoqarashida milliy – ma’naviy qadriyatlarga tayanmasa, 
ularning ongi va tafakkuridan mutlaqo begona qadriyatlar joy oladi. O‘zining 
milliy- ma’naviy qadriyatlariga nisbatan bepisandlik bilan qarash shakllanadi.

Yoshlarning milliy- ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatinig hozirgi 
holatini o‘rganish, ularning amaliy faoliyatlarida ko‘proq qaysi qadriyatlar ustivor 
bo‘lib borayotganini aniqlashga yordam beradi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad 
ularning milliy- madaniy meros va qadriyatlarga nisbatan ishonch va e’tiqodni 
mustahkamlashdan iborat. 

Yoshlarning milliy-ma’naviy qadriyatlarga nisbatan ishonch va 
e’tiqodining mustahkam bo‘lishi O‘zbekiston tanlagan o‘ziga hos va mos 
taraqqiyot yo‘li talablaridan kelib chiqadi hamda yoshlar oldiga aniq vazifalarni 
qo‘yadi.
45
I.Ergashev jamiyat ma’naviy hayotida milliy qadriyatga munosabat 
muammolarini quyidagi omillarga bog‘laydi : 
1. Mustaqillik ulug‘ ne’mat va qadriyat ekanini chuqur idrok etgan 
holda, umummaqsad yo‘lida yoshlar ozod shaxs va erkin fuqaro sifatida jamiyat 
oldidagi o‘z ma’suliyatini chuqur anglab, faollik ko‘rsatishi ularning qalb amriga 
aylanishi lozim. 
2. Jamiyatni erkinlashtirish va ma’naviyat demokratiya hamda yoshlar 
dunyoqarashidagi milliy- ma’naviy qadriyatlarga tayanish bilan ham uzviy bog‘liq. 
Mamlakat, xalq, millatning buguni va kelajagiga daxldor bo‘lgan qadriyatlar 
haqida o‘z fikrini ochiq va erkin bildirish ayrim salbiy holatlarning oldini oladi. 
Eng muhimi, fikrni erkin aytish muhim. Yoshlar fikriga hurmat bilan qarash, 
o‘zgalar fikriga tayanish, milliy- ma’naviy qadriyatlarni tiklash orqali jamiyatda 
siyosiy- huquqiy madaniyat yuksalib boradi. 
3. Demokratik jamiyatda milliy- ma’naviy qadriyatlarni tiklashga 
ehtiyoj ortib, fikrlar xilma- xilligi, munozara madaniyati shakllanadi. Faqat o‘z 
fikrini o‘tkazish, o‘zgalar fikrini bo‘g‘ib qo‘yish hollariga barham beriladi. 
4. Milliy – ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi tufayli yoshlar o‘z 
erkinligi va mustaqilligini qadrlaydigan, unga hurmat bilan qaraydigan, shu 
tuyg‘uga ko‘proq ehtiyoj sezadigan bo‘lib boradi. Madaniy merosga nisbatan 
befarqlik va loqaydlik kabi ayrim illatlar barham topadi. 
5. Bugun rahbarlik lavozimlarida ishlayotgan ayrim shaxslar 
faoliyatida uchraydigan, qadriyatlarimizga to‘g‘ri kelmaydigan salbiy illatlarga
barham berish imkoniyati tug‘iladi. 
6. Mustaqil mamlakatda har bir yoshning qaysi sog‘ada ishlashidan
qat’i nazar, avvalo, ozod va erkin shaxs, inson sifatida o‘zligini anglamog‘i zarur 
bo‘ladi. O‘zlikni anglash esa ma’naviy qadriyatlarni chuqur o‘rganish, asrab- 
avaylab rivojlantirish orqali amalga oshadi.
46
45
Ergashev I. Yoshlarning ijtimoiy faolligi. –T.: “Akademiya”, 2008. 15-16- betlar.

46
Ergashev I. Yoshlarning ijtimoiy faolligi. –T.: “Akademiya”, 2008. 15- bet. 


227 
Ota- bobolarimiz ilm o‘rgatish bilan farzandlariga avloddan- avlodga o‘tib 
kelayotgan milliy ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni singdirganlar. Istiqlolning 
taraqqiyot va o‘zgarishlarga boy davrida yoshlarning har tomonlama kamol topishi 
hozirgi kunning talab va ehtiyojidir. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish