Al-Khwarizmi and his colleagues the Banu Musa were scholars at the
House of Wisdom in Baghdad. Their tasks there involved the translation of
Greek scientific manuscripts and they also studied, and wrote on, algebra,
geometry and astronomy. Certainly al-Khwarizmi worked under the patronage of
Al-Mamun and he dedicated two of his texts to the Caliph. These were his
treatise on algebra and his treatise on astronomy. The algebra treatise Hisab al-
jabr w'al-muqabala was the most famous and important of all of al-Khwarizmi's
works. It is the title of this text that gives us the word "algebra" and, in a sense
that we shall investigate more fully below, it is the first book to be written on
algebra.
Al-Xorazmiy va uning hamkasbi Banu Muso Bag'dodda Baytul
xikmadaolimlar bo’lganlar. Ularmavjud yunon ilmiy qo'lyozmalarini tarjima
qilidilar,ularni o'rgandilar va algebra, geometriya, astronomiya oid asarlar yozdilar.
92
Albatta, al-Xorazmiy Al-Ma'mun rahnamoligida ishlagan va xalifaga bag'ishlab
ikki asar yozgan. Bu uning algebra haqidagi va astronomiya haqidagi risolalalari
edi. al-Xorazmiy asarlari ichida eng mashhur va muxim ahamiyatga ega bolgani
“Aljabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”edi. Shu asar “algebra”
tushunchasini yoritilgan eng birinchi kitob edi.
Xorazmiy bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga hamda olgan
bilimlaridan foydalanishga katta e’tibor berdi. Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy
manbalarni to‘plash, ularni ifodalash va kuzatganlarni tushintira olish malaka va
ko‘nikmalarini hosil qilishga katta baho berdi. Masalan, “Al-kitob al-muxtasar fi
hisob al-jabr va-l muqobala” asarida olimlarni uch guruhga bo‘lib shunday yozadi:
Ulardan biri o‘zidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan
o‘zib ketadi va uni o‘zidan keyin qoluvchilarga meros qilib qodiradi. Boshqasi
o‘zidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni
osonlashtiradi, yopiqni ochadi, yo‘lni yoritadi va uni tushunarliroq qiladi. Yoki bu
ayrim kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni to‘playdigan odam
bo‘lib, u o‘zidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo‘ladi, takabburlik qilmaydi va
o‘zi qilgan ishidan mag‘rurlanmaydi.
Shuningdek, al-Xorazmiyning falakiyot ilmiga oid asarlari ma’lumotlaridan
ikki asrdan ko‘proq vaqt davomida ko‘plab rasadxonalarda foydalanib kelindi.
Xususan, Sharqda va G‘arbiy Yevropada (Nyuton, Gershel asarlari paydo
bo‘lganga qadar) asosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan.
Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, al-Xorazmiy “Donishmandlik uyi”da
falakiyot, riyoziyot va boshqa soha olimlari orasida o‘zining ulug‘ salohiyati,
qobiliyati bilan ajralib turgan. Al-Xorazmiy bu davrda o‘zining ilmiy faoliyati,
tabiiy-ilmiy qarashlari bilan ilg‘or ma’rifiy-pedagogik tafakkur va tabiiy-ilmiy
fanlar rivojiga keng yo‘l ochdi. Riyoziyotda mavhumlikni (abstraksiyani)
kengaytirdi.
Induksiya yo‘li
bilan umumiy yechish usullarini hal qilib,
deduksiya
hamda umumiy usullari yordamida turli xususiy masalalarni yechdi. Uning
kashfiyotlari va asarlari dunyoviy, ya’ni aniq fanlarni mustaqil rivojlantirishga
keng imkon yaratdi.
Shuning uchun ham al-Xorazmiy tabiiy-ilmiy kashfiyotlari bilan o‘zidan
keyingi butun ma’naviy taraqqiyotga, tabiiy-ilmiy tafakkurga, haqiqatni aniqlash
uslublariga juda katta ta’sir o‘tkazdi. Al-Xorazmiy ob’ektiv munosabatlarning,
tabiiy jarayonlarning eng muhim xususiyatlarini o‘rganish zarurligini, atrof-
muhitni tadqiq etishda insonning ongi va ilm-fanning ahamiyatini yuqori baholadi.
Shularni e’tiborga olsak, o‘z vaqtida al-Xorazmiy tabiiy-ilmiy fanlarning,
ayniqsa, riyoziyot, falakiyot, jo‘g‘rofiyaning rivojlanishiga, bu fanlarning mustaqil
taraqqiyotiga to‘g‘ri yo‘nalish berishda o‘zining tutgan yo‘li bilan ilm-fan
taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Shu boisdan ham hozirgi zamon olimlari IX
asrning birinchi yarmini “Al-Xorazmiy davri” deb atayotganlari bejiz emas.
O‘sha davrda savdo munosabatlarini yuritish, meros taqsimlash muammolari,
sun’iy sug‘orish ishlari, dambalar, saroy va mudofaa inshootlarini barpo qilish
93
ishlari, falakiyot ilmiy masalalari, kalendar tuzish, uzoqdagi narsalarning masofasi
va o‘lchamini aniqlash kabi bir qator muammolar tabiiy fanlarni, xususan,
algebrani rivojlantirishni taqozo qilardi. Bu amaliy talablar tenglamalarga bo‘lish,
ularni yechish qoidalarini topishni hamda riyoziyotning boshqa masalalarini hal
etishni taqozo qilar ediki, bu mushkul vazifalar al-Xorazmiy zimmasiga tushdi. Al-
Xorazmiyning
“Al-kitob-al-muxtasar fi-hisob al-jabr va -l-muqobala” (“Aljabr
muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”)
nomli asari algebra faniga asos soldi,
uning mazmuni, asosiy tushunchalari va qoidalarini belgilab berdi.
Al-Xorazmiyning
“Al-kitob-al-muxtasar fi-hisob al-jabr va -l-muqobala”
asarida
“Al – jabr”
so‘zi asrlar davomida o‘zgara borib,
“algebra”
atamasiga
aylanganki, bu riyoziyotning alohida bir bo‘limidan iborat fan hisoblanadi. Olim
“al-jabr va al-muqobala”
so‘zlari orqali ikkita amalni tushungan va ularni
tenglamalar yechishga tatbiq etgan.
“Al-jabr”
amali orqali tenglama hadlarini bir
tomondan ikkinchi
tomonga
ko‘chirish bajariladi.
“Al-muqobala”
esa
tenglamadagi o‘xshash hadlarni yig‘ish amalidir. Demak,
“Al-jabr”
ning lug‘aviy
ma’nosi to‘ldirish, “Al-muqobala” qarshi qo‘yishni bildiradi. Al-Xorazmiyning bu
asarida o‘sha davrdagi boshqa asarlar kabi hech qanday formulalar va simvollar
bo‘lmay, balki tenglamalar va uning yechilishi so‘zlar bilan ifodalangan. Shuni
ta’kidlash kerakki, birinchi va ikkinchi darajali tenglamalar, ularning yechimlari
xususiy hollarda bundan ming yillar oldin qadimgi Misr va Vavilon xalqlarida,
keyinroq yunon matematiklarida uchraydi. Ammo ularning yechimlari faqat
xususiy holda bo‘lib, ular kvadrat tenglamalarni yechish uchun umumiy qoidalar
bermaganlar. Bunday qoidalar va ularning isbotlarini al-Xorazmiy birinchi bo‘lib
o‘zining
“Al-kitob-al-muxtasar fi-hisob al-jabr va -l-muqobala”
asarida to‘la va
uzviy bayon etdi.
Darhaqiqat, al-Xorazmiy tomonidan algebra metodining yaratilganligi
matematikada induksiya va deduksiya birligining namunalaridandir. Chunki
induksiya metodisiz
tenglamalarning hech bir turini yaratish mumkin emas edi.
Shuningdek, berilgan tenglamalar turining umumiy yechish qoidasi xususiy
masalalarni
deduksiya
usulining amaliy ifodasidir.
Al-Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi asari –
“Kitob al jam va tafriq
bi hisob al-Hind” (“Hind arifmetikasi hisobi bo‘yicha qo‘shuv va ayiruv kitobi”)
ham riyoziyot fani tarixida muhim rol o‘ynaydi. Asarda hind o‘nlik-pozitsion
qo‘shish tizimlari haqidagi metod tasvirlangan edi. Bu o‘nlik tizimining kashf
etilishi sanoq tizimida chinakam inqilob bo‘ldi. 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, raqamlari
hanuz jahonda
“arab raqamlari”
nomi bilan yuritiladi. Lekin bu
“arab
raqamlari”
Ovrupoga Sharqdan emas, Yunonistondan kelgan deguvchilar ham
bo‘lgan. “Arab raqamlari”ni boshqa qo‘shni xalqlarga tarqatgan Muhammad al-
Xorazmiy ekanligini isbotlashda yurtdoshimiz, qomusiy olim Abu Rayhon
Beruniyning “Hindiston” asari hal qiluvchi dalil bo‘ldi.
Demak, boshqa xalqlar hindlarning o‘nlik pozitsion tizimi bilan al-
Xorazmiyning
“Hind arifmetikasi hisobi bo‘yicha qo‘shuv va ayiruv kitobi”
risolasi orqali tanishdilar. Al-Xorazmiyning bu asari ingliz olimi va tarjimoni
Robert Chester tomonidan 1145 yilda arabchadan lotin tiliga tarjima qilinib,
94
Ovrupa mamlakatlarida keng tarqaladi. Bu asarning muqovasidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |