Ta’lim tizimida riskka munosabatlar turlari
(Vildavskiy va Dreyk bo’yicha)
№
tG’r
|
Shaxs turlari (tiplari)
|
Riskka munosabatning asosiy xususiyatlari
|
1.
|
Ierarxlar (ta’lim muhitida kam uchrashadi, ko’proq boshlang’ich va yuqori maktablarda; yaxshi o’zlashtiradigan va yaxshi moslashadigan o’quvchilar)
|
Obro’ga, rasmiy tashkilotlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish, riskka oid qoidalarga va kutishga konformlilik munosabati.
|
2.
|
Egalitaristlar (“erkin muloqot guruhi”ni tashkil etuvchi 13-15 yoshdagi o’smirlar)
|
Yuqori darajadagi guruhiy birlashuvchanlik, risk vaziyatiga tushgan autsayderlarga nisbatan murosasiz munosabat. Qabul qilingan normalarga yuzaki munosabat “risk maydoni”ga muvaffaqiyatli faoliyat garovi sifatida qattiq ishonch.
|
3.
|
Individualistlar (tez-tez maktab tashqarisidagi noformal (norasmiy) yoshlar guruhiga kiruvchi maktab o’smirlar guruhi liderlari; boshlang’ich imkoniyatlari yuqori ijtimoiy jihatdan muvaffaqiyatli o’quvchilar.
|
Guruh bilan moslashish darajasi past, riskni o’z-o’zini boshqarishga moyil, tashqi chegaralarni inkor qiluvchi va riskka xavf va muvaffaqiyatni muvofiqlashtiruvchi ishonch deb qarash.
|
4.
|
Fatalistlar (Sharoitga qiyin moslashadigan bolalar va o’smirlar)
|
O’zlarini taqdir qo’liga topshiradigan, riskni paydo bo’lishini taqdir bilan bog’laydigan, riskni nazorat qilish imkoniyatlarini ko’ra bilmaydi.
|
Keltirib o’tilgan shaxs tiplari risk sharoitida shaxsiy yoki guruhiy munosabatlarning ijtimoiy-madaniy jihatdan namoyon bo’lishi, ular faoliyatida ko’rinishi haqida umumiy tasavvurni hosil qiladi. Belgilangan xulq-atvor belgilari ijtimoiy guruh muhitida risklarni boshqarish kontseptsiyasini tashkil etishi mumkin. Bunda noaniqlikka intiluvchanlik va rivojlanayotgan, o’sib kelayotgan yosh xususiyatlari, o’quvchi-yoshlarning rivojlanuvchi noaniqlik holatini ko’proq chuqur his qilish, bosib o’tish jarayonlarini boshqarishga yordam beradi.
Sodir bo’layotgan ijtimoiy-madaniy siljishlar ushbu tadqiqot aspektida ikki yoqlamali xarakterga ega. Birinchidan, katta yoshdagilar dunyosi yanada ko’proq va yoshlarning “madaniy belgi”si – modadan tortib, to yaqqol seziladigan riskli xulq-atvor ko’rinishini namoyon etmoqda.
Ikkinchidan, “Yoshlar” risklari “kattalar muhiti” hayotiga keng ravishda kirib bormoqda. Bir-biriga o’zaro kirib borayotgan ushbu ikki dunyo (otalar va bolalar) birlashuvi noaniqlik vaziyatlarida xulq-atvor va tafakkurning o’ziga xos shakllarida ko’rinmoqda. Riskli xulq-atvor va tafakkurning evristik quroli sifatida namoyon bo’lmoqda. Ushbu ta’limotda kutish, tayyorlanish, ishonish, qo’rqish, kayfiyat va qarashlarda risk faoliyatni o’lchash va hisoblash usullari ko’rinishida qaralmoqda. Holbuki, yo’naltirilgan hayajon, xavotir, qo’rquv, ishonch darajasi aynan o’lchanadi va hisoblanadi. Ushbu yondashuv maktab o’quvchilari muhitida risklarni boshqarish mumkin va zarur degan kotseptual ahamiyatga molikdir. Bu jarayonda boshqaruvning sub’ektlaridn biri bo’lib, bolalar va o’smirlar o’zlari chiqishadi, chunki ular, avvalambor, o’zlarini alohida ahamiyatga ega bo’lgan an’anaviy risk guruhlariga o’zini kirituvchi o’quvchi-yoshlardir.
Ko’rib chiqilayotgan risk aspektlari ijtimoiy guruh (turli etiologik xususiyatlar, bolalar va o’smirlar), shuningdek, ma’lum ijtimoiy-pedagogik muammolar (bolalar va o’smirlarga ta’sir etuvchi, ya’ni ijtimoiy borliqning boshqa tomonlari bilan bog’liq bo’lgan munosabatlardan kelib chiqadigan risklarni, ijtimiy-pedagogik boshqaruv va risklarni minimallashtirish, ya’ni imkon qadar kamaytirish), fanlararo tadqiqotlarni olib borish hamda uchta xususiy yo’riqnomasini, ya’ni, maktab bolalari va o’smirlari riskologiyasi, umumiy o’rta ta’lim riskologiyasi, tranzitsiya riskologiyasini tasniflashdan iboratdir. Hozirda mavjud riskni aniqlashga qaratilgan yondashuvlar mazmunidan kelib chiqqan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, ko’pchilik uchun quyidagi shart-sharoitlar umumuy bo’lib hisoblanadi:
Noaniqlikning mavjudligi;
Alternativ tanlashning zarurligi;
Tanlangan alternativlarni amalga oshirish uchun ehtimollarni baholash imkoniyatlari;
O’z-o’zini axloqiy baholash natijalari.
Ushbu tadqiqot maqsadlarini hisobga olgan holda risk tanlash kerak bo’lgan hollarda noaniqlik vaziyatlarini bartaraf etish, son va sifat jihatdan kutilayotgan natijalarga erishish, muvaffaqiyatsizlik va maqsaddan chetga chiqish sabablarini, imkoniyatlarini baholash ehtimollari bilan bog’liq bo’lgan ta’lim muhitidagi faoliyat riskka berilgan eng maqbul ta’rifdir.
Uzluksiz ta’lim ijtimoiy tagosti tizimi eng muhim sifatlaridan biri bo’lib, dastlab stixiyali ilk ijtimoiylashuvdagi noaniqlikdan ma’lum maqsadli yo’nalishdagi ijtimoiy-madaniy ijtimoiylashuvda, keyinchalik esa ma’lumlikdan oxirgi, yangi mustaqil hayotdagi noaniqlikda harakat qiladi. Bu ikki tomonlamali o’tish, o’z navbatida zamonaviy sharoitlarda chuqurlashadi. Buning sababi umumiy ta’lim tizimining o’zida va xususiylikda amalga oshirilayotgan sotsium islohotlari va modernizatsiyalaridir.
Hozirgi vaziyatlarda ta’lim tizimini modernizatsiyalash sharoitlarida o’quvchi-yoshlarga xos bo’lgan risklar noaniqlik holatidan aniqlik holatiga o’tish sharoitlaridagi faoliyat deb aniqlanmoqda.
Yosh avlodning ijtimoiy etuk, barkamol bo’lishi uning ijtimoiy jihatdan ulg’ayishi o’z ijtimoiy mavqeining jamiyat strukturasidagi integratsiyalashuvida, shuningdek turli xil ijtimoiy guruhlarning bir-biri bilan moslashish xarakterida o’z aksini topmoqda. Bu jarayon sotsiologiyada tranzitsiya deb ataladi va ulg’ayish holatiga o’tish, turli xil yosh davrlari yagona ko’rinishiga ega bo’lmagan mazmun bilan to’ldiriladi.
Tranzitsiyani belgilashda ijtimoiy davr bilan o’quvchi-yoshlarning o’zaro harakatlarining xususiyatlari va ular tomonidan kattalar hayotiga o’tish pog’onasida yuz beradigan voqealar, ularning tipik alomatlarini tushunish kabi bir nechta yondashuvlar mavjud.
Tranzitsiyani asosi sifatida ko’proq o’quvchi-yoshlarni mehnat qilish sohasiga o’tish ustunlikka chiqadi.
Yosh odamning kundalik tasavvurida, tranzitsiya o’z ota-onalarining, katta akalarining yoki do’stlarining mavqeiga, maqomiga intilish va erishish ifodalanadi. Muvaffaqiyatga erishish qoniqish hissini uyg’otadi va keyingi o’z maqomini oshirishga imkon beruvchi rag’batga aylanadi. Hayotiy rejalarini amalga oshira olmaslik tushkunlikka va ko’p hollarda noto’g’ri hayotiy, o’z-o’zini aniqlashga qaratilgan izlanishlarga olib keladi. Ta’kidlash kerakki, xohlagan mavqega erishish, alternativ yo’llarni izlash risk bilan bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |