O’qituvchi-yangilik kirituvchi:
- yangiliklarni, ayniqsa o’zga davlatlardan kirib kelayotganlarini farqlaydi va tushunib etadi;
- yangiliklarni tahlil qila olishga layoqatli;
- yangiliklarni turli xil vaziyatlarda qo’llaniladi va kamchiliklarini to’g’rilaydi;
- o’z pedagogik amaliyotida yangiliklardan ijodkorona foydalana olishga layoqatli.
O’qituvchining vazifalari
1. Moderator-ta’lim mazmunini yaratuvchi, modullarini ishlab chiquvchi.
2. Trener-o’quvchilarning ko’nikmalarini rivojlantiruvchi mashqlar o’tkazuvchi maxsus tayyorgarlikdan o’tgan mutaxassis.
3. Tyutor-masofadan o’qitishda sturlarining yaratuvchisi va bajarilishini ta’minlovchi.
4. Mentor-ustoz, o’rgatuvchi (yakka va guruhli tartibda).
5. Kouch-ta’lim oluvchilarning to’liq o’zlashtirishlari uchun yordam ko’rsatuvchi repetitor, instruktor, trener. Amaliyot davomida amaliy mashg’ulotni olib boradi, ish jarayonini nazorat qiluvchi, kuzatuvchi. (Kouching-imtihonlarga yoki sport bo’yicha tayyorgarlik ko’rish).
6. Lektor-nazariy ma’lumotlar bilan tanishtiruvchi.
7. Ekspert-kuzatish, tahlil, tekshirish, xulosa, tavsiya, taklif, mulohaza bildirish.
8. Innovator-yangiliklarn ita’lim mazmuni va mashg’ulotlar jarayoniga joriy qiluvchi.
9. Spekter-kuzatish, tahlil qilish va xulosalarni bayon qilish.
10. Assistent-mashg’ulot uchun tayyorlangan vositalarni amalda qo’llashga tayyorlash, mashg’ulot ishtirokchilariga yordam ko’rsatib turish.
11. Sekretar-zarur ma’lumotlarni yozib borish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, o’rnatilgan tartibda saqlash.
12. Texnolog-pedagogik texnologiya mutaxassisi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosidagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash bilan bog’liq masalalarni hal etib boradi.
13. Metodist-ta’lim-tarbiya metodlari bo’yicha mutaxassis.
14. Fasilitator- inglizcha so’zdan olingan bo’lib, “yordam beruvchi”, “engillashtiruvchi” degan ma’noni anglatadi. Ta’lim-tarbiya maqsadiga erishishni osonlashtirish uchun o’quvchilarning samarali hamkorligini shakllantiradi
15. Menejer- o’quvchilarning imkoniyatlari va ehtiyojlarini o’rganish natijasida ta’lim-tarbiya jarayoni strategiyasini ishlab chiqadi va jarayonni boshqaradi.
16. Ekspert-aniq mavzu, masala bo’yicha hakamlik qiladi. BKM darajasini belgilashda yordam beradi.
17. Maslahatchi- o’quvchilarning tajribasiga asoslangan holda bilim beradi, mavhum o’rinlarni aniqlashtirishda yordam ko’rsatadi.
( Navigating the new pedagogy: six principles that transform teachingG’Jeff Halstead, United Kingdom, 2011 – 20-21 p. )
Do'stlaringiz bilan baham: |