2-seminar: Pedagogning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi.
Pedagog va uning shaxsi.
Kasbiy faoliyat.
Kommunikativ tolerantlik.
O’qituvchining kasbiy imkoniyatlari
O’zbekiston davlatining umumiy ta’lim muassasalarida ishlaydigan o’qituvchi:
pedagogik qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon;
milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, ma’naviy barkamol shaxs;
O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan, vatanparvarlik burchini to’g’ri anglagan, ehtiqodli fuqaro;
ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogic bilim va mahoratni, shuningdek, nazariy ilmlarni mukammal egallagan mutaxassis;
o’qituvchilik kasbiga mehr qo’ygan, bolalarni yaxshi ko’radigan, har bir o’quvchisi ulg’ayib, yaxshi odam bo’lishiga chin ko’ngildan ishonadigan, uning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko’maklashadigan murabbiy;
erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli kasb egasi bo’lmog’i darkor.
O’qituvchi yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob beradigan, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishga maxsus tayyorgarlik ko’rgan, kasbiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug’ullanayotgan insondir. Bu erda «kasbiga muvofiq» jumlasiga ehtibor berish lozim, chunki nokasbiy pedagogik faoliyat bilan deyarli barcha odamlar shug’ullanadi, ammo faqat o’qituvchigina qachon, qaerda, qanday tarbiya berish kerakligini biladi va bu tarbiyaning samarali usullaridan foydalanish hamda pedagogik qoidalarga mos holda olib borishni uddalay oladi, o’z kasbiy burchini bajarish uchun belgilangan tartibda mas’uliyatni sezgan holda mehnat qiladi.
O’qituvchilik ishi - inson faoliyatining eng murakkab turlaridan biridir. O’quvchilarni tarbiyalashda ularning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, o’rganish nihoyatda murakkab. Bunda odamlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini o’zida aks ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi. Ammo odamlarning aksariyat qismi o’qituvchilik kasbidan chuqur xabardor emas va pedagogik faoliyatning tashqi belgilari bo’yichagina fikr yuritadi. Agar savolni: «O’qituvchining boshqa kasbdagilardan nima farqi bor?», - deb bersak, ko’p narsa oydinlashadi. O’qituvchilik faqatgina fanni bilgan kishining vazifasi emas, u pedagogik faoliyatni ham eplay olishi kerak.
Albatta, matematikani o’rgatish faqat matematikani biladigan odamning qo’lidan keladi. Lekin tarbiyalashni bilmagan bilimli matematiklar hech narsaga yaramaydigan o’qituvchi bo’lib chiqadilar. «O’qituvchi o’zi nima ish qiladi? Uning pedagogik vazifalarini qanday so’zlar bilan ifodalash mumkin?», degan savolga javob to’ishga harakat qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |