7-mavzu: Dars intizomiga salbiy munosabatdagi bolalarga nisbatan konstruktiv yondashuv va uni loyihalash
Reja:
1. Dars jarayonida o‘quvchi faoliyatini nazorat qilish.
2. Pedagogik-psixologik muloqotdagi shaxsga bog‘liq to‘siqlar va uni bartaraf etish yo‘llari
3. Tarbiya jarayoniga texnologik yondashuv va uni loyihalash.
Tayanch so‘z va iboralar:
Salbiy intizom, konstruktiv ta’sir etish, ijobiy munosabat, tashxis muammosi, motivatsiya, iste’dod, pedagogik-psixologik xizmat, imkoniyati cheklangan, tarbiyasi qiyin, layoqat, mediatsiya, vositachilik, mediator, neytral, mahfiy (konfiditsial), konflikt yechimi, kelishuv jarayoni, xalqaro, milliy, huquqiy, ekologik, shaxsiy konfliktlar, bahs.
Dars jarayonida o‘quvchi faoliyatini nazorat qilish va baholashning eng samarali mexanizmlarini izlab topish va qo‘llash, o‘quv-biluv jarayonini modullashgan integral dasturlar, ta’limning modullashgan shakllari asosida tashkil etishga erishish ham muhim masalalardan biridir. O‘quvchi faoliyatini individuallashtirish ning turli yo‘l va variantlarini ishlab chiqish va o‘quv jarayonida qo‘llash o‘qituvchi faoliyatida ham samaradorlikka erishish imkonini beradi. Agar, o‘quvchi faoliyatida to‘xtash hollari aniqlansa, uni tuzatish yo‘llarini izlash maqsadga muvofiqdir. Maktab o‘quvchilarining dars intizomiga salbiy munosabatdagi sifatlariga nisbatan konstruktiv ta’sir etish orqali ta’lim mazmunini modullashgan shakllarini amaliyotga tatbiq etish istiqbolli yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Olimlar va tadqiqotchilar ko‘proq nazariy masalalarni hal qilish, umumiy qonun-qoidalarni sharhlash, tushuntirish orqali jamiyat va insoniyat taraqqiyoti sabablarini yoritishga uringanlar. Lekin biz uchun ijtimoiy taraqqiyot va inson tafakkuri rifojlanishini tezlashtiruvchi, uning davr va kishilar ruhiga hamohang tarzda kechishini ta’minlab beruvchi tatbiqiy xususiyatli ishlar va ilmiy izlanishlar zarur. Zero, mamlakatimizda ro‘y berayotgan tub ijtimoiy-siyosiy islohotlar aynan shuni talab qilmokda. Bunda e’tiborga loyiq dolzarb muammolardan biri-yoshlarda yangicha dunyoqarashni shakllantirish, ularni yangicha demokratik munosabatlarga ruhiy jihatdan tayyorlashdir.
Bu vazifani ado etishda psixologiyaning o‘rni va rolini aniqlash, tatbiqiy izlanishlarni amalga oshirish va ijtimoiy psixologik amaliyot doirasida ushbu vazifani amalga oshirish yo‘llarini topish uchun hozirgi zamon psixologiyasining asosiy tatbiqiy yo‘nalishlarini belgilashi maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi davrda psixologiyaning dolzarbligi va uning jamiyatdagi sodir bo‘layotgan barcha jarayonlarga aloqadorligi uning tatbiqiy sohalar doirasini ham kengaytiradi. Uning asosiy-tatbiqiy amaliy sohalarga: sanoat-sotsial psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, oilada va nikoh borasidagi sotsial-psixologik ishlar, siyosat va iqtisodiyotni takomillashtirish muammolari, qonunbuzar likni oldini olish ehtiyoji hamda ommaviy axborot vositalari borasidagi amaliy vazifalar kiradi.
Maktab o‘quvchilarining dars intizomiga salbiy munosabatdagi sifatlariga nisbatan konstruktiv (amaliy, ishchan) ta’sir etishga xos umumiy xususiyatlar mavjud, ularga:
a) o‘quvchi sifatlariga nisbatan konstruktiv ta’sir etishning bevosita talab ehtiyojiga ko‘ra tashkil etilishi;
b) shu yo‘nalishda qilingan tatbiqiy ishlarning «tili» muammosining borligi, ya’ni, professional til (jargon) bilan tadqiqot natijalarini bayon etishdagi uyg‘unlik masalasi;
v) amaliy ehtiyojlarga monand ilmiy farazlarni ishlab chiqish;
g) samaradorlik mezonlarining o‘ziga xosligi, ya’ni bajarilgan ishga qarab samaradorlikni baholash;
d) «o‘qituvchi-amaliyotchi» bilan «o‘quvchi-nazariyotchi» rollari ning aniq farqlanishi muammolari;
ye) salbiy munosabatdagi boladagi xususiyatlarni o‘rganib chiqib, ularga nisbatan munosabat bildirish;
j) o‘qituvchi-amaliyotchi va o‘quvchi-nazariyotchi o‘rtasidagi muomalani psixologik xususiyatlarini tashkillashtirish;
z) o‘quvchilarning darsga nisbatan qiziqishlarini oshirish va qobiliyatlariga qarab psixologik ta’sir etish;
i) darsda bevosita ta’lim va tarbiyaning uzviyligini ta’minlash.
Yurtimizda ma’naviyat sohasidagi islohotlar va amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlarning ahamiyati shundaki, ular yoshlarda o‘z xalqining madaniyati, Vatanining o‘tmishi va buguni, milliy qadriyatlarga to‘g‘ri munosabatlarning shakllanishiga sabab bo‘ladi va bu - ziyoli, bilimdon kishilar uchun eng zarur fazilatlardir. Aks holda olam siru-asrorlarini chuqur bilgan, qiziqishlari doirasida jiddiy izlanishlar olib borishga tayyor shaxs, agar u, bu bilimlarni avval o‘z xalqi, millati, yaqinlari manfaatiga yo‘naltira olmasa, uning jamiyat taraqqiyotiga aloqasini tasavvur qilolmasa, ma’naviyati qashshoq, iqtidori esa samarasiz, xudbin shaxs sifatida baholanadi.
Shuning uchun ham yaqin kelajakda maktablarda o‘quvchilar uchun psixologlar tomonidan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan tadqiqot tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Darsga salbiy munosabatdagi bolalar o‘rtasidagi vertikal munosabatlarni o‘rganish (o‘qituvchiga bo‘lgan munosabatlari, darsdan qoniqishlari).
Darsga salbiy munosabatdagi bolalar o‘rtasidagi gorizontal munosabatlar, ya’ni jamoaning uyushganligi shaxslararo munosabat larining o‘ziga xosligi va ularning toifalari, ziddiyatlar ularning oldini olish choralari.
O‘qishga va mehnatga munosabat, undan o‘quvchilar darsdan qanchalik qoniqishlari va uning samaradorlik ta’siri, darsda faoliyat motivlari amalga oshirilayotgan faoliyatning shaxsiy va ijtimoiy foydali jihatlarini qay darajada tasavvur qilishi va h.k.
Psixologningyuqoridagi masalalarini o‘rganishi uchun tabiiy metodik vositalar zarur. Amaliyotchi psixolog oddiy kishidan shu tomonlari bilan farqqiladiki, u har bir yaqqol sharoitda o‘ziga kerakli maqbul uslublarni qo‘llaydi, ba’zi birlarini sinab ko‘radi, agarda ular maqsadga muvofiq bo‘lmasa, boshqasi bilan almashtiradi. Olingan natijalarga asoslanib u darsga salbiy ta’sir etuvchilar uchun ruhiy muhitni «yaxshi, yomon, o‘rtacha, qarama-qarshi» toifalarga bo‘ladi va ularning har biridan o‘ziga xos ilmiy-amaliy xulosalar chiqaradi.
Maktablarda tashkil etiladigan psixologik xizmatning ijtimoiy psixologik yo‘nalishi avvalo turli toifadagi o‘quvchilarning ijtimoiy va shaxsiy ziddiyatlarni bartaraf etishga o‘rgatish, shaxslararo munosabatlarning demokratik sog‘lom shakllariga o‘tish, mahorat sirlarini o‘zlashtirish va ulardan kundalik faoliyatda oqilona foydalanish malakalarini shakllantirishdir. Bunda shubhasiz psixolog tomonidan tashkil etiladigan turli trening mashg‘ulotlari muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |