UMUMIY XULOSALAR
Bugungi kunda tolerantlik g’oyalari zamonaviy davrning eng muhim ijtimoiy va siyosiy g’oyalaridan biri ekanligini namoyon etmoqda. Shu bois, tadqiqotda tolerantlik o’smir yoshdagi bolalar tafakkuri va madaniyatiga tegishli ma’lum pedagogik talablarning milliy va umumbashariy axloqiy-estetik va ijtimoiy qadriyatlar asosida shakllantirish jarayoni sifatida baholandi. Tolerantlik ko’p qirrali ijtimoiy-psixologik kategoriya sifatida talqin qilindi. Tolerantlikka o’smir yoshdagi bolalarni o’rgatish ularni mustaqil fikrlashga, boshqalar fikrini diqqat bilan tinglashga, o’zgalar manfaatlarini ko’ra bilishga, jamiyat va odamlar o’rtasidagi munosabatlarni pozitiv nazar bilan baholashga, axloqiy va ma’naviy talablarga qat’iy rioya qilishga o’rgatishga teng kelishi aniqlandi. Tolerantlikka qaratilgan yo’l – bu jiddiy emosional, intellektual, axloqiy mehnat ekanligi, insonning o’z ichki psixologik holatini o’zgartirishi, uni qayta qurishi va yoki yangitdan bunyod etish jarayoni ekanligi aniqlandi. Shu bilan birga, zamonaviy murakkab ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar bilan bog’liq ravishda tolerantlikning mazmuni yangi zamon bilan hamnafas tarzda o’zgarib, boyib va takomillashib borayotganligi qayd etildi. Bu xolat tolerantlikni shakllantirishning pedagogik usul, shakl va vositalarini zamonga mos ravishda takomillashtirib borilishini talab etadi. Bugungi kunda tolerantlik tafakkurini yoshlar ongida shakllantirish ularni fuqarolik jamiyatida faol yashashga o’rgatishga teng keladi.
Tolerantlik tafakkuriga egalik ma’naviy-axloqiy sifat bo’lib, u samarali tashkil etilgan maqsadli ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Tolerantlik turli odamlarning tinchlik va osudalikda yashash san’ati hisoblanadi. Tolerantlik - insoniy va gumanitar fazilat hisoblanadi. Tolerantlik o’z huquq va ozodliklarini o’zgalarga ziyon yetkazmagan holda saqlab qolish deganidir. Shu bilan birga, tolerantlik o’zgalarga bo’ysunish, o’zligidan voz kechish bo’lmay, balki faol hayotiy pozisiya hisoblanadi. Mehribonlik uylarida tolerantlikni shakllantirish eng dolzarb pedagogik maqsadlardan biri hisoblanadi va o’ziga xos pedagogik jarayon hisoblanadi. Uning o’ziga xosligi, bir tomondan, Mehribonlik uylaridagi ta’lim va tarbiya jarayonining o’ziga xos shart va sharoitlari bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, ta’lim beruvchi shaxsning, ya’ni pedagog subyekti xususiyati, ya’ni uning ota-ona, bobo va buvilar, yaqinlar, qarindoshlar, aka-ukalar bilan belgilanishi, ularninig barchasi - ham ta’lim beruvchi, ham ta’lim oluvchi sifatida o’zini namoyon qilishi bilan, uchinchidan esa, ota-onalarning o’zini bugungi kunda tolerantlikning pedagogik mazmuni bilan tanishtirish lozimligi bilan belgilanadi.
Mehribonlik uylari muntazam tarzda o’zgarib, takomillashib boruvchi hayotiy organizm hisoblanadi. Mehribonlik uylari na faqat iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlar ta’sirida, shu bilan birga o’z ichki rivojlanish qonuniyatlari asosida ham o’zgarib boradi. Shu bois, bugungi kunda, o’zbek Mehribonlik uylarilarida an’naviy bo’lgan farzand ko’rish, uni tarbiyalash, kundalik muammolarni hal etish, Mehribonlik uylari ravnaqini ta’minlash kabi funksiyalar bilan bir qatorda, Mehribonlik uylari - mustahkam “ma’naviy va mafkuraviy qo’rg’on”, inson o’z aslini psixologik jihatdan ko’rsata oluvchi makon, insonning o’zligini topish jarayoni, murakkab dunyo muammolari ichidagi tinchlik va osudalik sohili sifatida ham amal qiladi. Shu nuqtai nazardan, tolerantlik murakkab dunyo voqyeligi ichida Mehribonlik uylarini ziddiyatlardan asraguvchi qonunlar majmuasi sifatida ham rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |