Pedagogika” kafedrasi himoyaga tavsiya etaman Sirtqi (Maxsus sirtqi) bo’lim boshlig’i Umarov S. B


Bolalarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishda maktab, Mehribonlik uylari va mahalla hamkorligining pedagogik shart-sharoitlari



Download 49,95 Kb.
bet13/15
Sana20.07.2022
Hajmi49,95 Kb.
#828280
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Tohirova.kurs ishi ijtimoiy

2.2.Bolalarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishda maktab, Mehribonlik uylari va mahalla hamkorligining pedagogik shart-sharoitlari
Yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, ya’ni Mehribonlik uylari, maktab, nodavlat tashkilotlari hamkorligining ta’minlanishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki xuddi mana shunday tartibda ta’lim jarayoni tashkil qilinganda bolada bilim olish uchun ham, bilimlarni sinab, tajribadan o’tkazish uchun ham, bilimlarni o’zgalarga ko’rsatish uchun ham, bilimlarni hayotiy norma va axloqiy misollar bilan tasdiqlab olish uchun zarur pedagogik poligon yaratilgan bo’ladi. Mazkur hamkorlik pedagogik jarayonning uzviyligi, bir biriga aloqadorligi, bir birini to’ldirishi uchun juda katta imkon yaratadi. Bola Mehribonlik uylarida olgan bilimlarini, maktabda olgan bilimlar bilan to’ldirib boradi. So’ngra nodavlat tizimlaridagi tashkil qilingan turli tadbirlar orqali, ularni tasdiqlaydi, hayotiy misollar bilan insonlar taqdirida o’z bilimlarining nechog’li zarur ekanligiga iqror bo’ladi.
O’zbek xalqi milliy qadriyatlari tizimida mahalla o’ziga xos o’rin tutadi. O’zbek xalqi “Mahalla – ham onang, ham otang” deb bejiz aytmagan. Mahalla tizimi ko’pchilik hollarda Mehribonlik uylarilarni inqirozlardan asrab qoluvchi vosita hisoblanadi.
Mehribonlik uylarida yoshlar tolerantligini shakllantirishda ta’lim va tarbiya jarayonining uzluksizligi, davomiyligi, maqsadli tashkil qilinishi, kompleksliligi, Mehribonlik uylariviy ta’limning maktab ta’limi jarayoniga integrasiya qilinganligi, Mehribonlik uylari ichida va Mehribonlik uylaridan tashqarida tolerantlik muhitining mavjudligi kabi omillarga aloqador tarzda rivojlantiriladi. Bu jarayonda tolerantlik fazilatlarini shakllantirish Mehribonlik uylari tizimi va maktab ta’limi tizimiga mutanosib tarzda, ta’lim jarayoni xususiyatlari va metodlarini nazarga olgan holda, ularning bir-birinining mazmunini to’ldirishini hisobga olgan holda tashkillantirilishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Mahalla orqali esa bola turli inqirozli vaziyatlar yechimini ko’radi, mahalladagi tadbirlar orqali bolaning ilmiy bilimlari rang-barang hayotiy voqyealar bilan boyitiladi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, Mehribonlik uylari, maktab va mahalla tizimlari o’rtasida tolerantlik mazmunining turli qirralarini shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Demak, Mehribonlik uylaridagi tolerantlik xususiyatlarining shakllantirilishi uning umumiy ilmiy mazmunining Mehribonlik uylari ta’limi, maktab ta’limi va mahalla ta’limi jarayonlari uchun mutanosib va maqsadli tarzda bo’linishi hisobiga differensiasiya qilinadi.
Yoshlar tolerantligini shakllantirishda Mehribonlik uylari, maktab va mahallada hamkorligiga o’zbek millatining o’ziga xos milliy qadriyatlari asosida hamda maxsus dasturlar asosida tashkillashtirilishi juda katta pedagogik samaralar asosi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Shu bois, tadqiqotda o’smir yoshdagi bolalarning Mehribonlik uylari, maktab va mahalla hamkorligidagi milliy va umumbashariy omillarini nazarda tutgan holdagi tarbiyaviy modeli taklif qilindi. Mazkur model o’smir yoshdagi bolalar tolerantligini shakllantirishda pedagogik maqsadning yoshlarga qaratilgan davlat siyosati va yoshlarni Mehribonlik uylariga tayyorlash maqsadlari bilan uzviy bog’lashga imkon yaratdi.
Yoshlar tolerantligini shakllantirishda Mehribonlik uylari, maktab va mahalla hamkorligi yoshlarda quyidagi sifatlarni tarbiyalashga qaratildi: Mehribonlik uylariga muqaddas va mas’uliyatli munosabat, Mehribonlik uylarini e’zozlash, ma’naviy barkamollik, tolerantlik asosidagi axloq normalari, Mehribonlik uylarida o’zaro munosabatlar va muloqot madaniyati, tashabbuskorlik, faollik, ijodkorlik, tibbiy va ma’naviy sog’lomlik, jismoniy va ruhiy barkamollik, yetakchilik va tadbirkorlik, o’zaro muhabbat, adolat, insonparvarlik, insoniylik, to’g’rilik, kamtarlik, samimiylik, ota-onaga hurmat, mehr-muruvvat, sahovat, bag’rikenglik, sadoqat, vafodorlik, gunoh ishlardan qochish, sabr-toqat, o’z va’dasi ustidan chiqish, ilmli bo’lish, iffat, rostgo’ylik, pokizalik, halollik, himmat va bardoshlilik, xushxulqlilik, shukr, hayo, tejamkorlik, halimlik, viqor, rahm-shavqat va shukronalik.
Yoshlar tolerantligini shakllantirishda quyidagi tarbiyaviy vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi aniqlandi:
a) Mehribonlik uylaridagi tolerantlik shaxsiy tolerantlik va jamiyatdagi tolerantlik jarayonlariga qanday ta’sir ko’rsatishini keng va amaliy misollar bilan tushuntirish;
b) atoqli kishilar, allomalar, badiiy asarlar va kino filmlar qahramonlari hayotidan olingan dalillar orqali tolerantlik g’oyalarini targ’ib qilish;
v) xalq og’zaki ijodi namunalari, milliy qadriyatlar tizimi va islom dini, boshqa dinlar tarixida tolerantlik bo’yicha bildirilgan fikrlarni tushuntirish va targ’ib qilish;
g) Mehribonlik uylariviy udumlar va an’analar tizimida tolerantlik g’oyalarini bolalar tafakkuriga singdirish, ularning tolerantligini kuchaytirish va takomillashtirish;
d) ota-onalarning tolerantlik borasidagi bilim va malakalarini kuchaytirish, ular uchun mahallada maxsus seminar-treninglar tashkil qilish.
Mahalla tizimi orqali Mehribonlik uylari va bolalar tolerantligini shakllantirishda maxsus dasturlar va ish rejasi orqali faoliyat yurgizish, faoliyat doirasiga seminarlar, treninglar, davra suhbatlari, o’zaro muloqotlar, mutaxassislar bilan maxsus uchrashuvlar, ibratli Mehribonlik uylarilar targ’iboti, ko’rik tanlovlar o’tkazish, anketa-so’rovnomalar asosida aholi qatlamlari ichidagi ijtimoiy muammolarni aniqlash kabi shakllar samarali natijalarni beradi. Mahalla bunday tadbirlarni o’tkazishda jamoa orasidagi qiziqishni va ixtiyoriy tarzdagi manfaatdorlikni hisobga olishi zarur bo’ladi. Mana shunday tarzda Mehribonlik uylari, maktab va mahalla hamkorligi o’rnatilganda pedagogik ish faoliyatining samaradorligi oshiriladi. Shu bois, maktab va mahalla tizimi orqali Mehribonlik uylaridagi o’smir yoshdagi bolalar tolerantligini shakllantirish faoliyatini quyidagi individual va ommaviy tadbirlar orqali olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi: - ommaviy tadbirlar; - guruhlar bilan ishlash; - yakka tartibda ishlash; - Mehribonlik uylarilar bilan maxsus ishlash.
Yoshlar tolerantligini shakllantirishda diniy omil, din va davlat munosabatlarini to’g’ri va mutanosib anglatishni nazarda tutadi, shuningdek, sof diniy aqidalar tarkibidagi insonparvarlik omillarini o’z mazmuniga qamrab oladi. Diniy aqidaparastlikning qoralanishi va inkor etilishi yuqorida ko’rsatilgan ikki jihat: din va davlat munosabatlari va sof diniy aqidalar nuqtai nazaridan ham zamonaviy talabga javob berishini yoshlarga kengroq tushuntirilishini talab etadi. Ana shu ikki jihatni aloqadorlikda va bir-birini to’ldirish asosida yoshlar ongiga singdirish yoshlar tafakkurini dunyoviylik va tolerantlik asosiga qurish imkoniyatini yaratadi.
Diniy marosim va urf-odatlar mazmunini to’g’ri anglash, ularning qaysi birlari odat, qaysilari farz ekanligini bilish, amri ma’ruf, mavlud, aqiqalar, motam marosimlari bilan bog’liq an’analarni o’tkazishga qo’yiladigan sog’lom islom talablarni qabul qilish, umuman islom diniga bo’lgan munosabatni dunyoviylik asosida talqin qilish kabi masalalar ham Mehribonlik uylaridan tashqarida maktab tizimi va mahalla tizimi orqali o’smir yoshdagi bolalar ongida shakllantirilishi lozim.
Mahalla va maktab hamkorligi asosida “Islom tarixi to’garagi”, “Kitobxonlar Mehribonlik uylarisi”, “Siz so’rang, biz javob beramiz” qutichalari, “Eng ma’rifatli va bilag’on imom xatib” tanlovlari, “Mahalla – tolerantlik o’chog’i”, “Mahalla demokratiya darsxonasi”, “Ma’naviy va ma’rifiy, mafkuraviy sog’lom inson”, “E’tiqod erkinligi”, “Diniy bag’rikenglik va totuvlik asoslari”, “Buzg’unchi va yot g’oyalardan o’zini asrash, sog’lom mafkuraviy g’oyalar tizimi”, “Yoshlarga qaratilgan turli tahdidlardan asrash ko’nikmalarini targ’ib qilish”, “Yoshlar zararli odatlarlarga qarshi” va boshqa turli tadbirlarni o’tkazish juda katta ahamiyat kasb etadi.
Tolerantlik na faqat inson faoliyati bilan, balki inson tafakkuri va ongi, uning yashash tarziga bo’lgan munosabati va mentaliteti, o’z hayot tarziga bo’lgan munosabati, inson ma’naviyatining bir qirrasi bilan aloqador bo’lgan empirik-psixologik jarayon hisoblanadi. Shu bois, tolerantlik targ’iboti na faqat Mehribonlik uylari, maktab va mahallaning, yoki muayyan individning, balki butun jamiyatning munosabati va faollik darajasiga aloqadordir.
Shunday qilib, Mehribonlik uylarida yoshlar tolerantligini shakllantirish o’ziga xos pedagogik jarayon bo’lib, unda na faqat Mehribonlik uylarining o’zi, Mehribonlik uylari a’zolarining sayi-harakatlari, balki ijtimoiy-pedagogik institutlardan bo’lgan maktab ta’limi va mahalla ta’limi kabi tizimlar ham faol ishtirok etadi.



Download 49,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish