7. Ilovalar. Ular, odatda, alohida sahifalarda ko’rsatiladi. Ularning har biri o’z mavzusiga ega bo’ladi va o’ng tomonning yuqorisida “Ilova” degan yozuv qayd qilinadi. Agar ilovalar bir nechta bo’lsa, ular “1-ilova”, 2-ilova” tarzida rasmiylashtiriladi.
Ilovaga mustaqil ravishda tuzilgan, anketalar yordamida yig’ilgan empirik material, darslar va tarbiyaviy tadbirlarning konspektlari, kuzatishlar bayonnomalari, bayram ssenariylari, bolalarning rasmlari va fotosuratlari joylashtiriladi.
Kurs ishiga rahbarlik pedagogik staj, tajribaga ega bo’lgan yoki ilmiy-tadqiqotlar olib borayotgan kafedra o’qituvchilari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, turli markazlar xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda yoziladi, bunda u ilmiy rahbar maslahatlaridan foydalanadi va ishining borishi yuzasidan rahbariga hisobot berib boradi.
Kurs ishining rahbari:
a) talabaga tanlangan mavzu doirasidagi masalalar va tadqiqot metodlarini aniqlashda, tayyorgarlik rejasini belgilash va kurs ishini shakllantirishda yordam beradi;
b) talabaga kurs ishi yozish jarayonida maslahatlar berib boradi, sistematik nazoratni amalga oshiradi, bosqichli attestasiyani o’tkazadi (semestrda ikki marta) va bu haqda kafedra rahbariyatiga xabar beradi;
v) kurs ishini tekshiradi va unga taqriz beradi.
Kurs ishining himoyasi ochiq ravishda o’tkaziladi. Ish muallifi 10 min. davomida ish yuzasidan ma’ruza qiladi va o’qituvchi-talabalarning savollariga javob beradi. Ma’ruzada muammoning o’rganilish holati, tajriba-sinov ishlarining natijalari (agar o’tkazilgan bo’lsa), tadqiqotning istiqboli, xulosa va takliflar aks etgan bo’lishi lozim.
Kurs ishining himoya qilish natijalariga ko’ra talabaning reyting daftarchasiga tegishli ball qo’yiladi.
Kurs ishi talabaga kelgusi tadqiqotlarida asos bo’lishi uchun qaytarib beriladi. Juda yaxshi ball va e’tirofga ega bo’lgan kurs ishlari boshqa talabalarga namuna sifatida metodik xonada saqlanadi.
Ilg’or o’qituvchilarni ish tajribalarini o’rganish umumlashtirish va omillashtirishning pedagogik mohiyati.
Maktabda o’quv-metodik ishlarni tashkil etish va unga rahbarlik qilish.
Boshlang’ich sinfdagi o’quv-tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishning o’ziga xos hususiyatlari.
Maktabni boshqarish va unga rahbarlik qilishning asosiy qonun- qoidalari.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyasida xalq maqollaridan foydalanish.
Ota-onalar majlislarni tashkil qilishga qo’yilgan pedagogik talablar.
Vatanga sadoqat hissini tarbiyalashning milliy asoslari.
Pedagogik nazokat va pedagogik odob-axloq masalalarini tarixiy taraqqiyoti.
Boshlang’ich sinflarda huquqiy madaniyatni tarbiyalashning shakl va metodlari.
O’zbekiston davlat ramzlari asosida vatanparlik hissini tarbiyalash.
Milliy urf-odatlar tejamkorlik tarbiyasini vositasida kichik maktab yoshidagi bolalarda shakllantirish.
Boshlang’ich sinf darslarida yangi pedagogik tehnalogiyalardan foydalanish.
O’quvchilar jamoasini tashkil qilishning asosiy bosqichlari.
O’quvchilarda madaniy xulq-atvorni tarbiyalashda Odobnoma darslarining o’rni.
Tarbiyada maktab, oila va jamoatchilikning hamkorligi.
O’quvchilarda fidoiylikni tarbiyalashda oilaning o’rni.
Noan’anaviy darslarni tashkil etishning o’ziga hosligi.
O’qituvchining shaxsiga qo’yilgan pedagogik talablar.
Maktab odobnoma xonasini tashkil etish metodikasi.
Yangi avlod darslarini yaratilishga qo’yilgan pedagogik talablar.
O’quv jarayonini pedagogik tehnologiya asosida tashkil qilishda qo’llaniladigan usul va uslublarning pedagogik asoslari
Sog’lom avlodni tarbiyalashning pedagogik muammolari.
Pedagogik va aktyorlik maqhoratida o’z-o’zini boshqarish tehnikasi.
Pedagogik mahorat fanining tarixi va hozirgi kundagi taraqqiyoti.
O’qituvchi mahoratini takomillashtirishning yo’li va shart-sharoitlari.
Ta’limga tehnologik yomdalashuvning pedagogik mohiyati.
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida Hadis namunalaridan foydalanish.
Mehnat darslari orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarida go’zallik-nafosat tarbiyasini shakllantirish.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ekologik tarbiya berishning pedagogik asoslari.
Pedagogik mahorat va uning o’qituvchi faoliyatidagi ahamiyati.
Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati.
Kichik maktab yoshidagi bolalarga axloqiy tarbiya berishda xalq og’zaki ijodidan foydalanishnng pedagogik asoslari.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ta’lim-tarbiyasida xalq o’yinlaridan foydalanish.
A.Fitratning «Oila» asarida odob-axloq masalalarining yoritilishi.
Kaykovusning «Qobusnoma» asarida ma’naviy tarbiya masalalarining yoritilishi.
Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari.
Sharq donishmandlarining ijodiy meroslarida mudarrislarni tanlash, ularning mahorati, muomala madaniyatiga qo’yilgan talablar.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining mehnatsevarlik ruhida kamol toptirishda xalq qo’shiqlaridan foydalanishning pedagogik ahamiyati.
Boshlang’ich ta’lim tizimida pedagogik tehnologiyalarni qo’llash muammolari.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning pedagogik ahamiyati.
Milliy madaniy qadriyatlar asosida boshlang’ich sinf o’quvchilarini estetik ruhda tarbiyalash.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisining mutahassislikka tayyorlashda pedagogik mahorat fanining nazariy-ilmiy ahamiyati.
Pedagogik tehnologiyalarni boshlang’ich ta’lim tizimida joriy qilishning pedagogik-psixologik asoslari.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy-sharqona tarbiya berishda xalq ertaklaridan foydalanishning pedagogik ahamiyati.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga jismoniy tarbiya berishda xalq o’yinlarining ahamiyati.
Kichik maktab yoshidagi bolalarni ma’naviyat-axloqiy kamol toptirishda oila va maktab hamkorligining pedagogik asoslari.
Boshlang’ich sinflarda muammoli darslar tashkil qilishda o’qituvchining ijodkorligi.
Maktab ishini boshqarish va unga rahbarlik qilish.
Bola shaxsini rivojlantirishda iola va muhitning roli.
Oila tarbiyasida hamjihatlik fazilatlarini shakllantirishda xalq ertaklaridan foydalanish.
Madaniy va ma’naviy urf-odatlar orqali bolalarda milliy mafkurani shakllantirishda oila va maktab hamkorligi.
O’quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini amalga oshirish.
O’quvchilarda ekologik madaniyatni tarbiyalashning pedagogik asoslari.
Muammoli vaziyat o’quvchilarni aqliy faoliyatining rivojlantirish vositasi ekanligi.
O’quvchilarni o’qishga ma’suliyat xissiyotini tarbiyalashda sinf rahbarining vazifasi.
Yangi pedagogik tehnologiyani o’quv tarbiya jarayonida kiritish tajribasidan.
Programmalashtirilgan ta’limni joriy etish pedagogik asoslari.
O’rta Osiyo mutafakkirlari ijodiyotida milliy g’urur tarbiyasi (Alisher Navoiy ijodiyoti misolida).
Xalq og’zaki ijodiyotida vatanparvarlik tarbiyasi.
Xalq rivoyatlarida komil inson tarbiyasining yoritilishi.
Maktabda tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish konsepsiyasi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy ruhda tarbiyalashda ma’rifatparvar ijodiyotidan foydalanish.
O’quvchilarda milliy g’urur hissini tarbiyalashda xalq og’zaki ijodi materiallaridan foydalanish.
Xalq ta’limi tizimida uzluksiz ta’lim tarbiya.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma’naviy tarbiyasida ma’rifatparvarlarning o’rni.
A.Avloniy «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarini o’rgatish.
Odobnoma darslarida xalq og’zaki ijodiy namunalaridan foydalanish.
Bola tarbiyasida oila va jamoaning hamkorlikda olib boradigan ishlari.
Abu Rayhon Beruniy hikmatlarida boshlang’ich sinf o’quvchilarini axloqiy tarbiyasida foydalanish.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning darsdan tashqari vaqtini to’g’ri uyushtirishning pedagogik asoslari.
Mustaqil mafkurasi va ma’naviyat tarbiyasi.
Boshlang’ich sinflarda noan’anaviy dars shakllari, asosida ta’lim-tarbiya berishning pedagogik asoslari.
Qomusiy mutafakkirlar ijodiyotida imon-e’tiqod tarbiyasi.
O’quvchilarni kamolga yetkazishda Amur Temur o’gitlaridan foydalanish.
O’quvchilarni axloqiy ruhda tarbiyalashda milliy urf-odat, an’ana qadriyatlardan foydalanish.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda mehnat an’analaridan foydalanish.
Boshlang’ich sinflarda noan’anaviy darslarni tashkil etishda o’qituvchining pedagogik mahorati.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida o’qituvchi va uning jamoada tutgan o’rni.
Yan Amos Komenskiyning didaktik qarashlarining pedagogik mohiyati.
Ma’naviy qadriyatlar vositasida o’quvchilarda do’stlikni tarbiyalash.
Didaktik o’yinlarni tashkil qilishning ta’llim-tarbiyaviy ahamiyati.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi barkamol avlod tarbiyasi.
O’quvchilarda milliy istiqlol go’yasi va mafkurani tarbiyalash.
Abu Ali ibn Sinoning «Tadbir al-manozil» asarida oila tarbiyasi masalalarining yoritilishi.
«Qobusnoma» asari asosida tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish.
A.Shapuriy tashkil qilgan maktabda ta’lim-tarbiya mazmuni.
H.X.Niyoziy faoliyati va ilmiy-pedagogik merosi.
Ahmad Yassaviy «Hikmat»larining axloqiy-ma’naviy ahamiyati.
Kaykovusning «Qobusnoma» asarining pedagogik fikr taraqqiyotida tutgan o’rni.
Shayx Sa’diyning axloqiy-falsafiy asari «Guliston»da shaxs kamoloti masalalari.
Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axloqiy merosi.
Amir Temur va uning yetuk inson tarbiyasiga oid qarashlari.
Ulug’bekning ta’lim-tarbiya tizimi metod va usullarini bugungi kun maktab ta’limiga joriy etish.
A.Navoiyning «Mahbub-ul qulub» asarining pedagogik mohiyati.
Komenskiy tarbiya haqidagi axloqiy qarashlari mohiyati.
K.D.Ushinskiy pedagogika va maktab taraqqiyotida tutgan o’rni.
O’zbek- ma’rifatparvar shoirlarining ilm-ma’rifatga oid qarashlarining pedagogik mohiyati.
«Avesto»da axloqiy-ta’limiy qarashlarning pedagogik mohiyati.
O’rta Osiyoda dastlabki xalq og’zaki ijodiyoti va uning inson kamolotidagi xizmati.
O’rta osiyo mytafakkir va pedagoglarning ijodida shaxs kamoloti.
Hozirgi zamon tadqiqotlarida ta’lim qonuniyatlari muammolari.
O’zbekiston maktablarida ta’lim mazmunining ilmiy asoslari.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining mehnatsevarlik ruhida kamol toptirishda xalq qo’shiqlaridan foydalanishning ahamiyati (3-4 sinf O’qish kitobi.).
O’qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixikasi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari axloqiy tarbiya berishda Sharq mutafakkirlarining asarlaridan foydalanish.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy sharqona tarbiya berishda xalq og’zaki ijodidan foydalanish.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’quvchisida kasbiy madaniyat tushunchalarni shakllantirish.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar shaxsini axloqiy tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari.
Oila tarbiyasida hamjihatlik fazilatlarini shakllantirish.
Oilada madaniy va ma’naviy urf odatlar orqali bolalarda milliy mafkurani shakllantirish.
Boshlang’ich sinf darsligini yangi avlodni tarbiyalashning pedagogik asoslari.
O’quvchilarda fuqarolik hissini tarbiyalashda kundalik matbuotni o’rni.
O’quvchilarda huquqiy madaniyatni shakllantirish.
Odobnoma darslarida milliy istiqlol g’oyasini o’quvchilar qalbiga singdirishning vosita va usullari.
Abu Ali ibn Sino merosida axloqiy ma’naviy tarbiya.
Alisher Navoiy va Foiz Koshifiy ijodiyotidagi uzviylik.
Barkamol avlodning jamoada tarbiyalashning nazariy va pedagogik asoslari.
Ekologik tarbiyani shkllantirishda o’qituvchining pedagogik mahorati.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy axloqiy tarbiyasida xalq rivoyat va hikoyalaridan foydalanish.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tarbiyasida xalq an’analaridan foydalanish.
Maktabda ma’naviy va ma’rifiy ishlar tizimini tashkil etishda sinf rahbarlarining o’rni.
O’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va o’tkazish.
O’quvchilarning o’qishga bo’lgan qiziqishlarini uyg’otishda va rivojlantirishda o’qituvchining pedagogik mahorati.
Fitrat asarlari asosida kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik asoslari.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyasida xalq pedagogikasining ahamiyati.
Pedagogika fanining tarixiy va hozirgi kundagi taraqqiyoti.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarinitejamkorlik ruhida kamol toptirishda milliy qadriyatlardan foydalanishning pedagogik mohiyati.
Boshlang’ich maktabdagi o’qitishning ta’limiy-tarbiyaviy va kamol toptirish vazifalari.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilariga nafosattarbiyasini berishda o’qish darsining ahamiyati.
O’zbek xalqining ma’rifiy qadriyatlaridan ta’lim-tarbiyada foydalanishning pedagogik mohiyati.
Jahon mamlakatlaridagi zamonaviy-ijtimoiy bilimlar tizimida pedagogika fani va uning asosiy oqimlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |