6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati asarlar mualliflarining familiyasi ko’rsatilib, alvafit tartibida tuziladi.
Ro’yxatga muallif tomonidan ishni yozish jarayonida foydalanilgan barcha adabiyotlar kiritiladi ( bunda ular qayerda nashr qilinganidan qat’iy nazar alohida nashr, to’plam, jurnal, gazeta bo’lsa ham albatta ko’rsatilishi shart).
Ro’yxatda manbalar umumiy rakamlashtirilgan xolda keltiriladi. Manbaning ma’lumotlari ko’rsatilayotganida muallifning ismi-familiyasi, asarning nomi, nashr qilingan joyi va yili, sahifalarning umumiy soni beriladi.
Masalan:
R.Rasulov O’zbek tilida holat fe’llari va ularning obligator valentliklari.-Toshkent:Fan, 1989.-189 b.
R.Rasulov Umumiy tilshunoslik (darslik).-Toshkent: Yangi asr avlodi, 2007.-277 b.
S.Karimov Zulfiya ijodida neologizmlar // “Tilshunoslikning dolzarb masalalari” ilmiy ishlar to’plami.-Toshkent, 2008.-B.19-24.
Do'stlaringiz bilan baham: |