«pedagogika» kafedrasi fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua tuzuvchilar



Download 8,88 Mb.
bet195/377
Sana23.01.2022
Hajmi8,88 Mb.
#402275
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   377
Bog'liq
Umum.pedagogika O\'roqov

Ibn Sino butun musulmon Sharqining qomusiy aqli, jahon ilmi va madaniyatining eng mashru namoyandalaridan biridir. Ibn Sino o’rta asr fanining turli sohalari - falsafa, tibbiyot, tabiatshunoslik, badiy adabiyot bo’yicha yozgan asarlari bilan madaniyatimiz tarixida o’chmas iz qoldirdi, uning rivojiga katta hissa qo’shdi, o’z davrida «Shayx ur-rais» (Olimlar raisi) unvoni bilan taqdirlandi.

Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona (hozirgi Vobkent tumani) da 980 yili tugildi. Ibn Sino maktabda o’qidi, turli ustozlardan saboq olib o’z davri ilmlari - matematika, mantiq, astronomiya, qonunshunoslik, fizika, falsafa asoslarini egalladi, xususan tibbiyot ilmini egallashga qiziqdi, tabiblik bilan shug’ullandi.

U o’z davrining yetuk olimlari - Abu Rayhon Beruniy, Masihdi, Ibn Iroq Abu Xayr Xayyomlar bilan muloqotda bo’ldi.

Ibn Sino o’z asarlarini osha davr ilmiy-adabiy tillari - arab va fors tillarida yozadi, 450 dan ortiq asar yaratdi, Ibn Sino 1037 yili vafot etadi.

Ibn Sino «Tib qonunlari» asarida inson hayoti, uning faoliyati faqat uni o’rab olgan tabiat va tabiiy hodisalardan tashqaridagi narsalarga muhtojlik sezadiki, u narsalarni faqat mehnat qilish bilan yaratadi, lekin bu narsalarni faqat o’z mehnati bilan amalga oshira olmaydi, ularni yaratish uchun jamoa a’zolari o’zaro yaxshi munosabatda bo’lishlari kerak. Bu munosabat til, ma’noli ovozlar orqali yuzaga keladi. Yaxshilik odamlarni inoqlikka, yomonlik esa kelishmovchilikka olib boradi. Ibn Sinoning ta’kidlashicha, yaxshi odat, yaxshi xulq va yomon xulq haqidagi tushuncha, bilimlar insonda shu asosda shakllanib boradi.

Inson ongli suratda harakat qiladi va u harakat natijasini biladi, ya’ni u kelajakni uylab harakat qiladi. Aniq maqsad bilan harakat qilish insonni va jamoani yomonlikdan saqlaydi, yaxshi ishlar qilishga yo’llaydi, unda ishonch tuyg’usini hosil qiladi.

Ibn Sino yaxshilikka olib boruvchi axloq qoidalarni egallash, insonning axloqiy munosabatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi tadbirlar orqali ta’lim-tarbiyani izchil amalga oshirish mumkinligini alohida qayd qiladi.

Ibn Sino yosh bolalarni tug’ilgandan boshlab tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor beradi. Bola tug’ilgandan boshlab oyoqda turguncha ma’lum tartibda tarbiyalanib borishi lozim. U tartib o’z vaqtida ovqatlantirish, cho’miltirish, uxlatish, yo’rgaklash kabi tartiblardan iborat. Bularni ham ma’lum qoidalar asosida amalga oshirish darkor. Bola tabiatini mustahkamlashdagi muhim vositalar asta-sekin tebratish, musiqa eshittirish, ashula aytishdan iborat bo’lib, ular tartib bilan amalga oshirilsa, bola yaxshi uxlaydi. Tebratish uning tanasiga, musiqa uning ruhiyatiga orom baxsh etadi. Ibn Sino yosh bola tarbiyasini turli xil sharoitda ma’lum izchillik va tartib bilan olib borish haqida onalarga juda yaxshi maslahatlar beradi.

Bolalarning o’spirinlikka o’tish davri tarbiyasi o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, u davrda ularda xulq-atvor shakllanadi. Bola xulq-atvorining bir xil muvozanatda bo’lishi uchun uni keskin g’azablanishdan, qattiq qo’rquvdan va uyqusizlikdan saqlash zarur. Bu tadbir uni yoqimli xulq-atvorli qilib tarbiyalash imkonini beradi.

«Bola xulqini mo’tadillikda saqlashga alohida e’tibor berish kerak. Undan ikki manfaat bor. Biri - bolaning ruxi uchun bo’lib, u yoshlikdan boshlab yaxshi xulqli bo’lib o’sadi va keyinchalik u unga ajralmas malaka bo’lib qoladi

Ikkinchisi - uning badani uchundir, chunki yomon xulq turli mijoz buzilishlaridan bo’ladi. Shuningdek agar yomon xulq odatga kirib qolsa, u mijoz buzilishini keltirib chiqaradi. Masalan, g’azab kuchli qizdiradi, qayg’u kuchli quritadi».

Bola y yoshga to’lgandan so’ng uni maktabga berish kerak, o’qitish, bilim berish, o’rgatish ham asta-sekin amalga oshirilishi kerak. Bolaning kitob o’qishga haddan tashqari berilishi uning sog’ligiga salbiy ta’sir qiladi. Bolaning o’spirinlikka o’tish davrida bolaga og’ir jismoniy ish topshirilmasligi kerak. Ish topshirishda bolaning xohishi, istagi hisobga olinishi lozim. Bolaning kun tartibi ularning tanasi va nafasining salomatligini saqlash va o’sishini ta’minlashga qaratilgan bo’lmog’i lozim. Bularning hammasi bolaning tanasi va ruhiyati muvozanatini saqlash uchun xizmat qilishi lozim.

Bolalar tarbiyasi - bu izchil va asta-sekin amalga oshiriladigan tartibdan iboratdir. Bola balog’atga yetguncha, ota o’z vazifasini bajarib borishi lozim. Avvalambor otaning majburiy vazifalaridan biri o’z farzandiga yaxshi nom berishidir. Bolani emizish davri tugab, mustaqil ovqatlanish davri boshlanishi bilan ota uning axloqiy tarbiyasiga kirishuvi zarur. Maqsadga erishish uchun tarbiyada ba’zan maqtash, ba’zan jazolash ham kerak.

«Bola baquvvat bo’lib, so’zlashuv nutqini yaxshi tushuna boshlagan so’ng, u savod o’rganishga qobil buladi, shundan so’ng savodga o’rgata borish mumkin. Avvalombor axloqiy va aqliy tarbiya ularni yaxshi egallagan, irodali, dono, va dinga ishongan o’qituvchi va tarbiyachi tanlash kerak bo’ladi. U sog’lom, tozalikni sevuvchi, sofdil va odamlarga yaxshi munosabatda bo’la oladigan bo’lishi kerak.

Ibn Sino bolalarni bitta-bitta, alohida o’qitishdan ko’ra, jamoa tartibda o’qitishni afzal deb biladi va uning ustunligi haqida gapirib shunday yozadi «O’quvchilar o’qish va tarbiya davomida ilmga chanqoqlik sezadilar. O’z bilimlari bilan g’ururlanadilar, bir-birlarining bilimlariga havas qiladilar. G’urur va o’ziga e’tibor tarbiyalanuvchilarning bir-birlaridan orqada qolmaslikka undaydi. o’quvchilar birga bo’lganda, doim bir-birlari bilan gaplashadilar va bu bilan o’z xotiralari va nutqlarini rivojlantiradilar»

Ibn Sino bolalarga Qu’ronni va grammatik qoidalarni o’rgatib, dinning maqsadlarini tushuntirib bo’lgandan so’ng, ularni ma’lum hunarga jalb etishni, hunar asoslarini egallashlarga e’tibor berishni, ular hunarni egallab, o’z hayotlarini ta’minlay olishlariga e’tibor berishni tavsiya etadi. O’qituvchi bolani hunarga o’rgatishda uning qobiliyati, iste’dodi, imkoniyatlarini e’tiborga olishi kerak, barchani birdaniga bir hunarga o’rgatib bo’lmaydi.

Ayrim bola tilni o’rganadi. Ayrimlari shoir bo’lib yetishadi yoki notiqlik san’atini egallaydi. Ilmlarning turli sohalaridan kimdir tilni o’rganish, kimdir boshqa ilmni o’rganishga kirishganidan so’ng, ba’zilarining tibbiy fanni, ba’zilarining geometriya ilmini tanlagani ma’lum buladi.

Demak o’qituvchi bolalarga ta’lim berishga kirishishdan avval o’quvchining xulq-atvorini o’rganishi va bilimlarini tekshirib ko’rishi kerak buladi. Avvalo u o’quvchining nimaga e’tibor berishini tekshirib ko’rishi, so’ngra unga hunar yoki ilm turini tavsiya etishi kerak.

Ibn Sino «Tib ilmlari qonuni» asarida bola katta bo’lib, yetilgan chog’ida jismoniy tarbiyaga ahamiyat berish zarurligini aytadi. Uning uqtirishicha, odamning yigitlik, yetuklik yoshida hamda ulg’aygan yoshida sog’lik-salomatligini saqlash uchun zarur bo’lgan jismoniy mashg’ulot bilan shug’ullanishi kerak.

Ulug’ mutafakkir jismoniy tarbiya - deb inson salomatligi uchun zarur bo’lgan badanni turli xil mashg’ulot harakatlarga o’rgatishni nazarda tutadi. Uning fikricha jismoniy mashg’ulotlar bilan o’z vaqtida va mustahkam shug’ullanib boruvchi odam hyech qanday davolanishga muhtoj bo’lmaydi. Jismoniy mashg’ulot inson ruhini ham tetiklashtiradi. Ammo jismoniy mashg’ulotlar ortiqcha bo’lmasligi kerak aks holda badanning tezda charchab qolishiga olib keladi. Jismoniy mashg’ulotlarni butunlay tashlab yuborish esa, badanning qarib tezda ishdan chiqishiga sabab buladi.

Har bir inson o’zining xulq-atvori, imkoniyatlari, qobiliyati, xohishiga qarab jismoniy mashg’ulot turini belgilab olishi kerak.

Ibn Sino aql va aqliy tarbiyaning tabiiy va psixologik asoslarini aniqlashga harakat qiladi. Uning fikricha, hayot, hayotiy quvvat uch shaklda o’simlik, hayvonot va inson shaklida namoyon buladi.

Ibn Sino bolaning ilma-fan yoki hunar egallashga intilishida o’qituvchining o’nga ilm, hunar o’rgatishi zarurligini uqtiradi.

Ilm-fanga intilish insonning eng oliy ma’naviy harakatlaridandir. Chunki ilm odamni masnaviy yuksaklikka ko’taradi, jamiyat ravnaqining asosiy omili bo’lib xizmat qiladi.

Uning fikricha ta’lim-tarbiya avvalo aqliy tarbiyani, yoshlarga ilm-fan o’rgatishni jismoniy tarbiyani o’z ichiga oladi. Axloqiy tarbiya inson uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Bolaning axloqiy tarbiyasi yoshlikdan, bolalikdan boshlanishi kerak.

Eng muhim axloqiy boyliq Ibn Sinoning ta’kidlashicha adolatdir. Adolat muvozanat, atrof muhit tushunchalari bilan bog’liq. Axloqiy tushunchalar aqlga, aqliy bilimga asoslanishi lozim. Lekin inson qanchalik bilimdon, olim bo’lmasin, axloqiy talablarga tayanmasa u odobsizlik va yomonlikka yo’l quyadi. Ibn Sino o’zining «Qush tili» asarida ikkiyuzlamachilik, yolg’onchilik kabi xislatlarni qoralaydi, inson ustidan har qanday zo’ravonlikni inkor etadi.

Ibn Sinoning yozishicha, insonning eng yaxshi fazilatlaridan biri o’zining yomon axloqiy xislatlarini anglab, ularni yo’qotishga intilishidir. Uning yaxshi xislatlari ichida boshqalarga e’tibor va hamqurlik bilan munosabatda bo’lishi maxsus o’rin tutadi. Kimki o’zining axloqini tarbiyalash uchun o’z oldiga quygan vazifasini bajarib, o’z xulqini tuzatishga intilsa, unga hyech narsa qo’rqinchli emas. Kimki o’z xatosini tuzatsa unda boshqalarning tarbiyasi haqida g’amxo’rlik qila olishi mumkin. Boshqa odamni tarbiyalamoqchi va uning axloqini tuzatmoqchi bo’lgan tarbiyachi, avvalo uni yaxshi o’rganishi va barcha vazifasini bajara olmaydi. Ya’ni bemorning kasalini bilmay turib, uni tuzatishga kirishgan odamday bo’lib qoladi. Tarbiya tarbiyalanuvchini yomon axloqiy xislatlardan ozod qilish, unga yaxshi axloqiy fazilatlarni singdirish jarayonida amalga oshiradi.

Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy-ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila, ota-onaning asosiy vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota-ona tarbiyachi bo’lishi mumkin. Axloqiy tarbiyada eng muhim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga tegmagan holda, yakkama-yakka suhbatda bo’lish unga nasihat qilishdir.

Nasihat qilishda suhbatdoshga nihoyatda hurmat bilan yondoshish uni kamsitmaslik kerak. Ortiqcha so’z aytib uni zeriktirmaslik zarur. Bir xil nasihatlarni qaytara berish ta’sir qilmaydi. Ibn Sino shunday yozadi «Sening fikrlaring bolaning yuragiga yetib borib, unga uylab, fikr yuritib ko’rishga imkon bersin. Agarda sening suhbatdoshing yoki do’sting sening so’zlaringga va nasihatingga e’tibor bermayotganini sezsang, suhbatni boshqa vaqtga ko’chir».

Xalqimizning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari, xulq-atvoriga oid xislatlari XI asrda yashab ijod etgan ulug’ olim, mutafakkir Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’ati turk» asarida keng bayon etilgan.

Turkiy xalqlarning qadimgi manbalarida yoshlarga pandu nasihatlar, o’gitlaridan iborat ko’p uchraydi. M.Qoshg’ariy bu kitobni 1076-1077 yillarda yozgan. Geograf olim Hamidulla Hasanov shunday misol keltiradi 1914 yil Turkiyaning Diyorbakir shahrida bir beva xotin pulga muhtoj bo’lib, ekki qo’l yozmani keltiradi va 30 liraga sotishni so’raydi.

Ammo, bu narxga kitobini hyech kim olmaydi. Bir kun do’konga keksa kitob muxlislaridan Ali Amri kirib qoladi va bir do’stidan qarz olib kitobni sotib oladi.

«Devondagi» qo’shiqlarda tabiat manzaralari oz, va jang tasvirlari, sevgi muhabbat tuyg’ulari, o’git-nasihatlar o’z ifodasini topgan. «Devon» ko’p manbalarda M.Qoshg’ariy qo’shiqlarini xalq orasidan yig’ganligi ta’kidlanadi va g’oyaviy mazmuni tahlil qilinadi.

She’rlar ilm olishning qadri, ilmli donishmand kishilarni hurmat qilish, mehmondo’stlik, xushxulqlik, mardlik va jasurlikni targ’ib etuvchi, o’z manfaatini ko’zlagan molparast, baxil, ochko’z, dastiga va xalqiga xiyonat kabi salbiy tomonlari qoralaydigan sherlar ko’p uchraydi. Bunday she’rlar turkiy xalqlar qadim-qadimdan boshlab inson shaxsini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor berganligini ko’rsatadi.

Ayniqsa, pand-nasihatlarda asosiy o’rinni ilm olishga undan uning foydalari, ilm ahlini hurmat etish to’g’risidagi fikrlar egallaydi.

Yoshlarga ilmli kishilarga yaqinlashishi, ulardan o’gitlar olishni maslahat beradilar.

O’g’lim senga qoldirdim o’git,

Unga amal qil,

Olimlarga yaqinlash, bahra olgil tutib dil.

Demak o’g’liga nasihat qilgan ota-ona bilimli kishilardan yaxshilik kelishiga ishonadi, ammo ularning fikrni eshitib gina qolmay, amalda unga rioya etishni ham uqtiradi. Lekin ilm-ma’rifat hamda hunar va yaxshi fazilatlarni yaxshi maqsadga yo’llash kerak deydilar.

Olgil o’g’lim, mendan o’git, fazilat ol,

Bunda ulug’ olim buli ilmingni yoy.

Mazkur sherlar o’sha davrda ilm ma’rifatining qay darajada ulug’lanishini shuningdek ma’rifatparvarlik didaktik adabiyotining uzviy qismini tashkil etganini ko’rsatadi. Ular kimlarga hayotda qanday xatti-harakat qilishini o’rgatadi. Bilimli bo’lishi va birga noxush illatlardan saqlanishini zarurligi, manmanlik, maqtanchoqlikning zararli oqibatlari haqida nasihat qiladi.

Ilm-ma’rifat o’rgangin, bo’lma mag’rur

Maqtanchoqning sharmandasi chiqdi kur.

Yuqoridagi ta’lim-tarbiyaga oid pand-nasihatlarga boy she’rlar inson turmushining turli tomonlariga oiddir.

Inson hayotining abadiy emasligi, shuning uchun ham kishilarga yaxshilik qilish lozimligini yoshlik husniga ishonmoqlik suvga suyanish bilan barobar deydi.

«Devonu lug’at» asarida xalqning ta’lim-tarbiyaga oid tajribalari ifodalagan maqollari ham mavjud, maqollarda ham qo’shiqlardagi kabi do’stlik va hamkorlik mehnatga muhabbat, ilm olishga va kasb hunar egallashga undan vatanparvarlik va qoniqardoshlik tuyg’usi, tejamkorlikning ahamiyati, isrofgarchilikning oldini olish adolat va adolatsizlik yaxshilik va yomonlikning oqibatlari xulq odob qoidalari, sihat salomatlikni saqlashga oid o’gitlar tashkil etiladi.

Bularni biz «Devon»da ifodalangan qator maqolalarda ko’ramiz misol «Tirishqoqning labi yog’lik» «Yerinchoqning beti qonlik» maqolida tirishqoq odam mehnat qilib, yaxshi taomlar topadi, shunga ko’ra yog’li ovqatlar yeydi, erinchoq dangasa esa, yalqovligi tufayli ishidan qochadi va firibgarligi boshiga urib faryod chekadi degan ma’no yotadi, «Odamning olasi ishida, molniki sirtida» maqoli esa dilidagi xiyonatini yashirib, yuzaki yoqilish muomala qiluvchi kishilarga nisbatan aytiladi. «Odobining boshi til» iborasida esa xushko’ngillikning talablaridan biri odobini boshi til ekanligi, shirin so’z kishi martabaga ega bo’ladi degan ma’no yotadi. Shoir o’z so’zlarida esa bosiqlik o’zini tutib olish turmush tajribalari asosida paydo bo’lishni uqtiradi .

Bilim ma’rifatli kishi kibr-havo manmanlikdan uzoq yuradi, unga insonning o’zi ham sababchi deb uqtiradi. Ilm sari intilishni unga bo’ysunishni kerak bo’lsa kibrini o’zidan nari surishi lozim deydilar.

Aqlli odam - deyiladi sherlarida o’tkir bo’ladi, u har qanday o’git nasihatini xuddi yuqorida parvoz yetayotgan qushning pasta ovni ko’rgan tezlik bilan pastga sho’ng’ishiga o’xshatadi. Aqlli odam zehnining tezligi qush parvoziga qiyoslanadi.

Qush ov ko’rsa, yuksaklardan pastga qular

Olim kishi o’git bersa darhol uqar

Hamma zamonlarda ham ilm fan aql ong va tafakkur qiymati og’ir kechgan ular halollik, johillik tomonidan taqib yetilgan.

Bilimdonlar yoziladi

Dunyo horib qiladi

Odob go’shti buziladi

Yerga tegib sudralar

Ko’rinib turibdiki yeng qadimgi davrlarda yaratgan maqolalar ham xalqning ta’lim-tarbiyaga oid donishmandligi o’z ifodasini topgan va o’z ahamiyatini hozirgacha yo’qotmagan.

Demak, kishilarni mukammallashtirishga xizmat qilgan ‘»Devon» dagi sheriy barcha maqolalar yegulikni tarkib qilgan, insonning kamolga yetishiga katta ta’sir qilgan.

Xulosa qilib aytganda yeng qadimgi ma’rifiy yodgorliklarga insonda yeng qadrlanadigan xislat jasurlik, mardlik, adolat, sadoqat, insoniylik xushxulqlik bo’lgan. Bu tislat o’z-o’zidan moyillanmagan, tabiat va jamiyatdagi o’zgarishlar ibtidoiy urug’chilik, qabilachilik turmush tarzi buni taqozo yetadi.

Hayoti va faoliyati kitobi ilmining yaratilganligi haqida qisqacha ma’lumot. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra Yusuf Xos Hojibning tarjimai xoliga faqat uning o’z asarida yozib qoldirgan ma’lumotlaridan bilamiz xalos.

Yusuf Xos Hojibning tug’ilgan joyi Kuz urdi (ya’ni Bolasog’un) ekani ammo uni yozishda turli o’lkalarga safar qilgani va nihoyat uni vatani Qashqarda tugatgani taxmin qilinadi. U o’z asarini yoshi ellikdan o’tganda yozgan. Asarining (1069-1070) yilda yozib tug’ilganligini , uni sakkiz oyda yozib tugatganligini taxmin etiladi.

Yusuf Xos Hojibning «Qutatg’u bilig» asari 6500 baytdan yoki 13000 misrdan iborat. Buyuk mutafakkir asarini yozib tugatgan Qoraxoniy hukmdori Tovgachxon huzuriga kelib unga taqdim etadi .

Kitob xonga manzur kulib uning muallifiga Xos Hojiblik unvonni beradi. «Qutadg’u bilig» katta shuhrat qozonadi.

Mazkur asarning shuhrat topishi bejiz emas edi. Chunki Yusuf Xos Hojibning o’z davrining yetuk mutafakkiri chuqur ilmli, donishmand kishi yedi. U o’z asarida tibbiyot, geografiya, riyozat, falsafa, adabiyot, ta’lim-tarbiya fikriga oid fikrlarni bayon etib, faylasuf va qomusiy olim sifatida o’zini namoyon etdi. Shunchaki u barcha ijtimoiy tabaqalar o’rtasidagi muomala, munosabatlarini yuritishi bilan diplomatiyaga oid qoidalar tuzishni yoritadi. Turli kasb egalari kasb-koriga oid talab va jamiyat axloqiy tamoyillarini tarannum yetish bilan ta’lim tarbiya sohasida o’ziga xos usulni yaratadi.

Qutatg’u bilig - baxt va saodatga eltuvchi ilm, ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak, asar nomidan ham nasihat, ta’lim-tarbiyaga oid, har tomonlama komil insonni tarbiyalaydi yetuk didaktik asar ekanligi ko’rinib turardi.

Bu asarda Qoraxoniylar davlatini mustahkamlash, uning idora usullarini yaratish barcha tabaqa, toifadagi kishilar xulq atvori, jamiyatda tutgan o’rni davlatni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jihatdan mustahkamlash, davlat mustahkamlashning bosh tayanchi insoniy ma’naviy kamolga yetkazish masalalari qamrab olinadi .

Yusuf Xos Hojib bu murakkab vazifani emas, balki tarbiyashunos olim sifatida ham o’zini namoyon etdi. Shunga ko’ra u yaratgan «Qutatg’u bilig» asari ta’lim-tarbiya tarixi, uning nazariy masalalari, komil imonni shakllantirishda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.

«Qudadg’u bilig» asarida hokimiyat qoraxoniylar qo’liga o’tish munosabati bilan ta’lim-tarbiyaning ham hokimiyatni mustahkamlash va taraqqiy ettirish uchun xizmat etadigan o’ziga xos talab va tamoyillarini belgilash zarur edi. Shu uning ham mazkur asar didaktik, ya’ni ta’limiy axloqiy uslubda yozildi.

Yusuf Xos Hojibning «Qudadg’u bilig» asarida yetuk inson kamolot yetkazishi masalalari.Mutafakkir kitobining an’anaviy boshlanmasidan keyinroq insonning haqiqiy baxti ilmida ekanligini bayon etadi.

U bilimli buyuk, o’quvni ulug’ deb ta’riflaydi. Chunki zakovatli inson ulug’ bo’ladi. Bilimli kishi buyuk bo’ladi - deb ilmli kishilarni asil toifadagi kishilarga qo’shadi. Olim ezgu ishlarni barchasi ilm tufayli amalga oshirilishi mumkinligini aytadi.

Yusuf Xos Hojib insonga bilim nechog’lik zarur bo’lsa , kasb-hunar egallashi ham shunchalik muhimligini asarda alohida ta’kidlaydi.

Yusuf Xos Hojib insonni kamolga yetkazishning yana bir va eng muhim tomoni uni aqliy kamol topshirishi deb qaraydi. Mutafakkir o’zining axloqiy qarashlarini, ya’ni ijtimoiy munosabatlar jamiyatning barcha tabaqalar o’rtasidagi axloqiy munosabatlarni amaliyotga tayangan holda eritadi.

Yusuf Xos Hojib takabburlik, mag’rurlanish, xushfe’llik qarshi qo’yadi. Shuningdek amaldorlarning xizmati baland, muruvvatli, samimiylik goh katta, goh kichik bo’lsin insonga xos fazilat ekanligini alohida ta’kidlaydi.

Yusuf Xos Hojib insonning haqiqiy kamolga yetishida aqli va axloqiy tomondangina emas jismoniy tomondan ham sog’lom bo’lishi ikromliligiga katta e’tibor beradi .

Shuningdek olim insonning turli marosimlar, yig’inlar, uchrashuvlar, ziyofatlarda o’zini tutishi, odob qoidalarga rioya etishi haqida ham fikr yuritib, insonning mezbonlik va mehmonlik qoidalari shartlari tartib intizomlari haqida muhim o’gitlarini beradi.

Xulosa qilib aytganda, Yusuf Xos Hojib biz tahlil etgan mazkur asari insonni har tomonlama kamolga yetkazishning barcha masalalari, o’zining madaniy ifodasini topgan yirik ta’limiy axloqiy dostondir. Olim insonni kamolga yetkazish uchun quyidagilarni nazarda tutadi

Qoraxoniylar hukmronligi davrida axloqiy jihatdan eng yuksak sanalgan asarlardan biri Ahmad Yugnakiyning «Xibatulaxakoyik» (Haqiqat sovg’asi) asaridir.Mazkur asar mazmuni o’z davrining ijtimoiy, siyosiy, diniy, axloqiy, iqtisodiy masalalarini tashkil etib, o’nda o’sha davrdagi ta’limiy axloqiy asarlarda bo’lgani kabi bilimlilik, adolat, saxovat, muruvvat kabi hissiyotlar ulug’lanadi, yetuk insonni tarbiyalash g’oyasi olga suriladi.

Ahmad Yugnakiy ismi Ahmad, otasining ismi Mahmud, u tug’ilib o’sgan joy Yugnak ekanligini o’z asarida aytib o’tdi.Mahmud manbalarga asoslangan holda «Xibatul-xakayik» tugrul Kilich Sipohsolarbekning nomiga atab yozilishi keltirib uning yozgan vaqti taxminan XII asr oxiri XIII asr boshlariga kelishini ta’kidlaydi.

«Kutadgu bilig» kabi bu asar ham, Qoraxaniylar hukmronligi davrida yozilib, mamlakat ma’naviy hayoti muammolariga bag’ishlangan. Uning mazmuni ham didaktik xarakterga ega bo’lib ,buni «Xibatul-xakoyik» mundarijasining o’ziyoq ko’rsatib turibdi.Asar 14 bobdan iborat. Dostonning dastlabki to’rt bobi an’anaviyga kura muqaddima bo’lib, beshinchi bobida asosiy qismi belgilangan. Bu boblarda asosan bilimning ahamiyati jaholatning zarari, til odobi dunyoning foniyligi, saxovat va baxillik, kamtarlik hamda axloqning eng muhim xususiyatlari tarannum etiladi.

«Kutadg’u bilik» asari kabi Ahmad Yugnakiyning «Xibatul xakayik» asarida ham markaziy urinda inson, uni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash masalasi turadi.Yetuklikning birinchi belgisi bilim bo’lganidek Ahmad Yugnakiyning ham asarining birinchi bobidayoq ilm manfaati ilmsizlikning jaholatining zarari haqida fikr yuritadi. Adib ilmli kishi bilan ilmsizni bir-biriga taqqoslash vositasida ilm ma’rifatning foydaliligini yuritib beradi.

Ilmli kishi ilm bilan mashhur bo’lib nomi uchmagan holda, ilmsiz esa hayot bo’lsa ham nomi ulug’dir, bilim esa kishini yuksakliklarga ko’tarsa, ilmsizlik tubanlikka tushiradi deb ta’kidlaydi.

A.Yugnakiyning «Xibatul xakoyiik» asarida ham boshqa ta’limiy axloqiy asarlar kabi insonni barkamol etishning ikkinchi belgisi bu uning xushxulqindadir deyiladi.

Shuning uchun adib asarda axloqlikning tarkibiy qismi sanalgan tilni tiyish mol dunyoga xirs kuyishning oqibatlari saxovat va baxillik, kamtarlik va kibr-u havo va ochko’zlik haqida zulm va jinoyat yo’lidan saqlanishi haqida va halolni farqlay olishi kabi muhim masalalar ustida fikr yuritadi.

A.Yugnakiy inson axloqligini ko’rsatuvchi muhim belgilaridan birinchisi til odobi deb biladi. Insonda ikki narsa bo’lsa unga muruvvat uning so’zlari yolg’on va ko’p so’zlashning oldini olishi yo’llarini boyon etadi.

Yolg’onchi kishidan o’zingni uzoq tut sen umringni to’qsizlik bilan kechir og’iz va tilning mezoni to’g’ri so’zdir. So’zni to’g’ri so’zla, dilingni yoza de to’g’ri so’zni asalga, insonni davolovchi shifoga o’xshatadi. Adib to’g’ri so’zlash bilan birga sir saqlash haqida foydali nasihatlar beradi. Inson sir saqlash kerakligi hatto do’stiga ham sir aytsa, siri oshkor bo’lishi mumkinligini chunki kishining o’zida saqlanmagan sir boshqada ham saqlanishi mumkin emasligini insonlarda misollar bilan tushuntiradi.

Asarning to’rtinchi bo’limi saxovat va baxillik oqibatlariga bag’ishlanadi. A.Yugnakiy ham boshqa mutafakkirlar kabi saxovatni eng ezgu insoniy xislatlardan deb biladi. Saxiylar hamma tomondan ulug’lanishi, dunyoga inson faqat ezgu nom qoldirishi kerakligini ta’kidlar ekan qullar ichida in’om beruvchi boyisi (quldur o’zi olib boshqalarga bermagan qullarning sutsizdir) deydi. Baxillikni adib davolab bo’lmaydigan kasallikka o’xshatadi.

Saxiylikni baxillik ochko’zlik qarama-qarshilik quyiladi. Boyliq to’plab yemay ichmay boshqalarga bermay yashab kishilarning mol dunyosi do’stga emas, dushmanga buyurishini aytdi.

A.Yugnakiy kamtarlik va inson yetukligini ko’rsatuvchi xislatlardan bo’lib kibrlilik va harislik insonni tubanlashtiradi. Kim o’zini balandda tutsa uni hyech kim hurmat qilmaydi, tavoze kamtarlik muloyimlik insonning husnidir deydi.U yaxshi xulq odobni shakllantirishi va yomon illatlardan saqlash yo’llarini tavsiya etadi. Misoli boylik tuplash va mulkonidan ketgan kishilarga mustaqil hayot kechirishni maslahat beradi.

Ahmad Yugnakiy kishi gunoh qilsa ehtiyot bo’lib muomalada bo’lishi kerak, foydasiz tortishuvlar ulug’larning g’azabini keltirsa, kichiklarning xulqini buzadi, deydi. U kishilarni, ayniqsa amaldorlarni martabaga erishgan kamtar, samimiy bo’lishini mansabni endi suiiste’mol qilmaslikni maslahat qiladi.Ulug’likka yetishsang yengilma, agar atlas kiysang , bo’z kiyganingni unutma.Adib do’st-dushmanning farqiga yetish yaxshi kishilarni do’st tutishni maslahat beradi. Shuning uchun ham do’st tanlashda xato qilmaslikni ta’kidlaydi. Shuningdek doimo yaxshi kishilar bilan hamkor bo’lishini, kishining o’zi ham ezgu yaxshi ish qilib yashasa natijaga erishish mumkinligini ta’kidlaydi.

Ba’zi tadqiqotchilar Ahmad Yugnakiy asarlarida zamonga norozilik kayfiyatlari mavjudligini aytdi. Lekin adabiyotning kuyidagi misralarning mazmuni u zamondan emas ba’zi kishilarni u xatti xulqidan norozi ekanligini ko’rsatadi.

Xalqdan kuyib zamoningni ayblama,

Zamoningni emas balki kishilarni aybla.

Xulosa qilib aytganda A.Yugnakiy o’zining insonni kamolga yetkazish haqidagi qarashlari bilan pedagogik fikr taraqqiyotida o’z o’rniga ega. U inson kamoloti uchun muhim bo’lgan ahamiyat va axloqiy qoida va talablarni o’zida mujasamllashtirgan «Xibatul-xakayik» asarida komil insonni shakllantirishning o’ziga xos tuzilishini aytdi. Bunda u insonni kamolga yetkazishning eng muhim va asosiy mezonlaridan biri insonning bilimga ega bo’lishi yoki unga aqliy tarbiya berishi deb biladi. So’ng axloqiy-ma’naviy kamolga yetkazuvchi so’z odobi insondagi halollik, rostgo’ylik, saxiylik, kamtarlik sanoat samimiylik, chinakam do’st bo’lishini eng muhim insoniy xislatlar sifatida ta’riflaydi va bularga qarama-qarshi bo’lgan jaholat, baxillik, ochko’zlik, yolg’onchilik, takabburlik, zolimlik, shoshqaloqlik kabi illatlarni qoralab, u yomon oqibatlarni ko’rsatadi.


Download 8,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish