6. Inson resursi haqida konsepsiyalar



Download 42 Kb.
Sana18.06.2021
Hajmi42 Kb.
#69263
Bog'liq
Sotsiologiya Turgunov Ahror 337 guruh yakuniy


6. Inson resursi haqida konsepsiyalar

Insonlarni boshqarish muammolari juda katta tarixiy davrni o’z ichiga oladi va u «Odam ato va Momo xavo» davridan boshlab o’zining dastlabki kurtaklarini yoza boshlagan. Islomning mukaddas kitobi «Kur’oni Karim»da odamlarni boshqarish uchun hurlik, ozodlik, tenglik, yaxshilik, qardoshlikka da’vat etuvchi goyalar ilgari surilar ekan, bu bilan insonning jamiyatdagi o’rni va uni boshqarish tamoyillari diniy nuqtai nazardan o’rganiladi.

Odamlarni boshqarish soxasidagi muayyan vazifalarni bajarish bilan shug’ullanuvchi xizmatlarning rivojlanish tarixi ham qadim zamonlarga borib taqalib, Yuliy Sezar, Aleksandr Makedonskiy, Turkistonda esa o’rta asr davrida Amir Temur hukmronligi davri­dan boshlab shakllana boshlaganligi haqida tarixiy ma’lumotlar mavjud. Dastlabki paytlarda odamlarni boshqarish juda oddiy tamoyillar asosida bo’lib, u asosan, harbiy tavsifga ega edi. O’sha davrlarda harbiy intizomni o’rnatish maqsadida odamlarni boshqarish uchun ularni jazo bilan ko’rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so’zsiz itoat etish kabi usullardan foydalanilgan. Amir Temur dav­rida markazlashgan, intizomli davlatning barpo etilganligiga ham Sohibqironning o’z qo’l ostidagilarni «Qo’rquv bilan umid o’rtasida ushlash» bo’yicha boshqargani sabab bo’lgan. Shu bilan bir qatorda, bobomiz Amir Temur har qanday kuchli davlatni barpo etishda undagi intellektual potensialning o’rniga qattiq ishongan. Xususan, u o’z «Tuzuklarida» mamlakatning rivojlanishi o’n ikki ijtimoiy toifa kishilarga bog’liqligi va ularni imkoni boricha xurmat-e’tibor bilan tinglash zarurligini va shu bilan birga jamiyatda ishbilarmon tadbirkor odamlarga ham keng sharoitlar yaratib berish zarurligini ko’rsatadi. «Tajribamda ko’rilgankim, ishbilarmon, mardlik va inshoot sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va xushyor bir kishi, ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir», deb uqtiradi u.

Ming yillar mobaynida boshqaruv tamoyillari va uning ayrim qonuniyatlari eng qimmatli meros sifatida diniy tashkilotlar a’zolariga, hukmron sulolalarning taxtga voris bo’lib qolgan merosxo’rlariga o’tib kelgan. Eng qadsimgi jamiyatlar bo’lgan Shumerda, Misrda, Bobilda, qadimgi Yunonistonda va Qadsimgi Rimda ham shunday bo’lgan.Qadimgi dunyoda asosan diniy ta’lim ustuvor mavqega ega bo’lganligi sababli boshqaruv faoliyati qonun-qoidalarini chuqurroq bilib odishga bo’lgan imkoniyatlar cheklangan edi. Diniy ta’limning boshqaruv faoliyati bilan bog’liqligi bu faoliyatga alohida tus berardi. Boshqaruv sehrli, muqaddas harakat, san’at, haqiqat sari ilohiy yo’l shaklida tasavvur qilinardi.

Inson resurslarini boshqarish tarixiga Angliyada asos solingan degan fikr keng tarqalgan, bu yerda hunarmandlar gildiyalarga (birlashmalarga) uyushib, ulardan mexnat sharoitini yaxshilashda foydalanganlar. Bu gildiyalar kasaba uyushmalarining darakchilari bo’lishgan. Ularda boshqa masalalar bilan bir qatorda jamoalarda insoniy munosabatlarni yaxshilash masalalari ham hal etilgan. Garchi, bu xildagi vazifalarni personalni boshqarish zamonaviy xizmatlarining hal etadigan vazifalari bilan qiyoslash mumkin bo’lsa ham, bunday muvofiqlik asosida rivojlanishning boshlang’ich nuqtasi xaqidagina xulosa chiqarish kerak emas. Personalni boshqarishning boshlang’ich nuqtalarini aniqlashga yondashuvda uzoq, o’tmishda mavjud bo’lgan odamlarni boshqarish shakllari va mehnat potensialini samarali harakatga keltirish maqsadlarining mushtarakligiga asoslangan holda yondashish kerak bo’ladi.

Tashkilotdagi personalni boshqarish nazariyasi tashkilotda, shuningdek, bir butun ijtimoiy-iqtisodiy tizimda inson omilining roli to’g’risidagi bilimlar tizimidan iboratdir.

Xulosa

Mehnat bozori ishchi kuchining «mehnatga bo’lgan qobiliyatini» sotish va sotib olish tizimidir.



Mehnat bozorining tarkibiy qismlari ishchi kuchi talab, ishchi kuchining taklifi, qiymati va bahosi hamda uni yoellashda raqobat hisoblanadi.

Mehnat bozori o’zining asosiy vazifalalarini bajarish talab va taklif o’rtasidagi farqni kamayishiga va aholining ish bilan bandligining oshishiga olib keladi.

Mehnat bozorining shakllanishiga ishchi kuchining «mehnatga bo’lgan qobiliyatini» tovarga aylanishi, ishchi kuchining erkin taklifi, ish beruvchilarning ishchi kuchiga mustaqil talabi iqtisodiyotning tarkibiy o’zgarishi, ko’p mulkchilikning rivojlanishi kabi iqtisodiy, ijtimoiy va xuquqiy shart-sharoitlar bevosita ta’sir etadi.

Mehnat bozorining shakllanishida asosiy muammo bo’lgan ishchi kuchiga talabning ortishi va taklifning kamayishi turli omillar, tamoyillar va cheklovlar ta’sirida amalga oshiriladi.

Mehnat bozoridagi umumiy ijtimiy-iqtisodiy munosabatlar jamoa va shaxsiy shartnomalar asosida tartibga solinadi.

Mehnat bozorini yaqin kelajakda rivojlantirishning bosh maqsadi – mehnat resurslari bilan ko’p ta’minlangan hududlarda ishchi kuchiga talabni oshirish va uning taklifini kamaytirish.

Mehnat bozorining rivojlanish bosqichlari qayd etilgan tadbirlarni amalga oshirilishi yaqin kelajakda ishchi kuchiga talab va taklaf o’rtasidagi bozor muvozanatiga erishish pirovardida, mehnat resurslarini oqilona bandligini ta’minlash va ishsizlikning kamaytirishga olib keladi.

2.Davlat xokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashki siyosatiga oid muxim vazifalarni \al etish \amda ijro xokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalta oshirish buyicha vakolatlarini yanada kengaytirish. Uzbekistonda xakikiy demokratik prinsiplar va milliy manfaatlar asosida fa-oliyat goritadigan ikki palatali professional parlament fakat mustakillik davriga kelib shakllandi. Keyingi un yillikda, boskichma-boskich ravishda parlamentga yangi-dan-yangi vakolatlarning berib borilishi, xalkimizning huquqiy madaniyatini usishi, siyosiy partiyalarning demokratik kadriyatlar negizida rivojlanishi natijasi ularok konun chikaruvchi xokimiyat rivojlangan mamlakatlardagi parlamentlarga xos sifat va belgilarni uzida mujassamlashtirib bormokda.

Konstitutsiya va konunlarga binoan Uzbekistan Respublikasi Oliy Majlisining mutlak vakolatlari konun chikaruvchi xokimiyat faoliyatining mustakil va demokratik tamoyillar asosida kechishini ta’minlay oladigan darajada belgilandi: Konstitutsiya va konunlar kabul kilish, ularga uzgartish va kushimchalar kiritish, Uzbekiston Res­publikasi ichki va tashki sissatining asosiy yunalishlarini ishlab chikish, davlatning strategik dasturlarini kabul kilish, konun chikaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatlari tizimi va vakolatlarini belgilash, boshkaruv tarkibida yangi davlat tuzilmalarini tashkil kilish va ularni tugatish xakidagi karorlarni tasdiklash, boj, valyuta va kre­dit, ma’muriy-xududiy tuzilish masalalarini konun yo‘li bilan tartibga solish va boshkalar shular jumlasidandir.

Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarga muljallangan «Uzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish buyicha ^arakatlar strategiyasi tugrisida»gi Farmonining kabul kilinishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yangi boskichi boshlanganini anglatadi. Ushbu hujjatda 2017-2021 yillarda Uzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi buyicha Darakatlar strategiyasi (keyingi urinlarda - Harakatlar strategiyasi) mujassamlashgan bulib, ularning birinchisi davlat va jamiyat kurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yunalishlarini uzida ifodalaydi. Bu yunalishning dastlabki vazifasi sifatida Uzbekiston Respublikasi Prezidentining «Uzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish buyicha ^arakatlar strategiyasi tugrisida»gi Farmonida «davlat xokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mam-lakat ichki va tashk,i siyosatiga oid mux,im vazifalarni xal etish xamda ijro xokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish buyicha vakolatlarini yanada kengaytirish»ga doyr strategik vazifa kuyildi.

Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish. Qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish. Davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmati tizimini isloh qilish. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni takdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish. “Elektron hukumat”, “xalq bilan muloqot”, “virtual qabulxona”, “xalq qabulxonalari”, “tanqidiy tahlil”, “qatiy tartib intizom hamda shaxsiy mas’uliyat”, “yo‘l xaritasi”, “ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari” kabi yangi iboralarning mazmuni va amalda qo‘llanilishi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 14 yanvardagi Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish sohasiga oid hamda 2015 yil 26 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartishlarni realizatsiya qilish bo‘yicha qonun ijodkorligi ishlari dasturini bajarishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarga bag‘ishlangan farmoyishida “O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish bo‘yicha zarur yo‘nalishlar belgilab berildi. “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini qabul qilish quyidagi shartlarga ko‘ra muhim hisoblanadi.

Mustaqillik yillarida yurtimizda, boshqa sohalarda bo‘lgani kabi, siyosiy partiyalarning keng ko‘lamda ijtimoiy-siyosiy faoliyat yuritishini ta’minlaydigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Ko‘ppartiyaviylik va saylovchilarning xohish-irodasini hurmat qilish tamoyillariga asoslangan, zamonaviy talab va andozalarga javob beradigan saylov tizimi ishlab chiqildi.

Hozirgi kunda siyosiy tajriba orttirish, siyosiy kamolotga yetishish, eng muhimi, jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini mustahkamlash – bular O‘zbekistondagi barcha siyosiy partiyalar bosib o‘tayotgan yo‘ldir. Shu bilan birga, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish maqsadida siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va rolini kuchaytirishga oid qonunchilikni yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Bu borada Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan va joriy yilning 1 yanvaridan kuchga kirgan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

3.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida huquqiy davlatning muhim prinsipi – hokimiyatlar bo‘linishi mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Asosiy qonunimizning 11-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida qayd etilganidek, o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar muhim maqsadga, ya’ni, hokimiyatlar bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha g‘oyat dolzarb chora-tadbirlarni ko‘rishga qaratilgan.

Ushbu prinsip hayotga joriy etilishi tufayli mamlakatimizda xalqchil va demokratik davlat hokimiyati tizimi shakllandi. Sud hokimiyati, jumladan, uning markaziy bo‘g‘ini – Konstitutsiyaviy sud davlat hokimiyatining mustaqil tarmog‘i sifatida qaror topdi. Konstitutsiyaviy sud ayrim normativ-huquqiy hujjatlarning Asosiy qonunimizga mosligini aniqlash, Konstitutsiya va qonunlarning normalariga sharh berish, qonunchilik tashabbusini amalga oshirish vakolatlari vositasida hokimiyat tarmoqlari bo‘linishi prinsipini ta’minlash hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida izchil faoliyat yuritayotir..

Mahalliy va xorijiy ekspertlarning fikricha, konstitutsiyaviy odil sudlov – demokratik davlatchilikning muhim belgisidir. Konstitutsiyaviy odil sudlov konstitutsiyaviy nazoratning oliy shakli bo‘lib, zamonaviy demokratik davlatchilikning alohida talabi, zarur instituti hisoblanadi. Konstitutsiyaning ustunligini ta’minlash hamda qonuniylik muhitini yaratish inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashning ishonchli garovidir.

Mustaqillik yillarida qabul qilingan 16 kodeks, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini reglament qiluvchi 700 dan ziyod qonunlarda bu qoidalar mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, mamlakatimiz BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning inson huquqlariga oid hujjatlariga qo‘shilgan, ularni ratifikatsiya qilgan.

Mamlakatimizda inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va uning hududlarda vakillari hamda ushbu yo‘nalishda ko‘plab nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda.Qayd etilganidek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar tufayli inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligidan kelib chiqadigan, xalqaro prinsip hamda normalarga asoslangan huquqiy poydevor yaratildi. Natijada insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlariga doir mustahkam qonunchilik tizimi shakllantirildi. Muhimi, ularga rioya qilinishi yuzasidan monitoring hamda parlament eshituvlari o‘tkazilayotgani, mavzu bo‘yicha seminarlar va konferensiyalar uyushtirilayotgani inson huquq hamda erkinliklarini ta’minlash borasidagi faoliyat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.



Shuningdek, inson huquqlarini muhofaza etishning milliy mexanizmi ishlab chiqildi. Mazkur mexanizm ijtimoiy sheriklik asosida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini qamrab olayotgani bilan e’tiborlidir. Bu borada, albatta, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar alohida o‘rin tutadi. Bugun ular davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan muntazam hamkorlik qilib, inson huquqlarini ta’minlashga munosib hissa qo‘shayapti.
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish