«pedagogika» kafedrasi fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua tuzuvchilar



Download 8,88 Mb.
bet193/377
Sana23.01.2022
Hajmi8,88 Mb.
#402275
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   377
Bog'liq
Umum.pedagogika O\'roqov

Abu Nasr Forobiy -o’rta asr Sharqining mashhur mutafakkiri qadimgi yunon falsafasining Shardagi eng yirik davomchisi va targ’ibotchisidir. U Sirdaryo bo’yidagi O’tror (Forob) shahrida 873 yili tug’ilib, Shosh (Toshkent), Buxoro shaharlarida tahsil oldi, so’ng Arab xalifaligining markazi Bag’dod shahriga borib u yerda ko’p yil istiqomat qildi. Yunon faylasuflarining asarlarining mutolaa qilish, turli tillarni o’rganish bilan shug’ullandi. U turli sohalarga oid ilmiy asarlar qoldirdi. U o’z davrining faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi sifatida shuhrat qozondi. U «Aql haqida risola», «Falsafadan oldin nimani o’rganish kerak», «Substansiya haqida», «Falsafa manbalari», «Logikaga kirish», «Masalalar manbai» kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi. Umrining so’ngi yillarida Damashqda yashadi. 950 yili vafot etdi.

Forobiyning pedagogik ta’limotlari o’z davri uchun ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo’lib, insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan. Uning uqtirishicha insonni baxt-saodatga eltuvchi jamoa yetuk jamoa bo’la olishi mumkin. Komil insonni yaratish uni baxt-saodatga eltish har qanday jamoa boshlig’ining vazifasi bo’lishi darkor.

Forobiyning ta’kidlashicha, insonni tarbiyalash ikki xil usul yordamida olib borilishi mumkin. Tarbiyalanuvchi ixtiyoriy ravishda zaruriy, aqliy va axloqiy xislatlarni, bilimli bo’lishga, to’g’rilikni, haqiqatni sevishga jasur do’stlarga sadoqatli bo’lish kabi fazilatlarni egallashga yo’naltirmog’i lozim. Bunday insoniy fazilatlarga ega bo’lish uchun baxt-saodatga eltuvchi jamoa bo’lishi kerak.

Olim ta’lim faqat o’z va o’rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshirilishini aytadi va tarbiyani har bir xalq, millatning amaliy malakalaridan iborat bo’lgan ish-harakat, kasb-hunarga o’rganishdan iborat deb hisoblaydi.

Demak, Forobiy ta’lim va tarbiya berishni bir-biridan farq iladi. Ta’lim so’z bilan bir narsani uqtirish, o’rganish bilan amalga oshiriladi, yoshlar nazariy bilimlarni shu ta’lim yordamida egallaydilar.

Tarbiya esa amaliy faoliyatda namoyon bo’ladi, yoshlarga u ma’lum ish-harakat, kasb-hunar, odob orqali singdiriladi.

Ta’lim-tarbiya jarayonida nazariy ilm bilan amaliy harakat-odat, malaka, faoliyat birlashib boradi, yetuklik shu birlashuvning darajasiga qarab yuzaga keladi.

Forobiy ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchi shaxsga yakka holda yondashuvni, uning tabiiy, ruhiy va jismoniy xislatlarini nazarga olish zarurligini ta’kidlaydi. U bu haqida shunday yozadi «u barcha tabiiy xislatlarni, ularni oliy kamolotga yetkazish shu yoki kamolotga yaqin bo’lgan darajaga ko’tarishga xizmat iluvchi vosita yordamida tarbiyalashga muhtojdir. Insonlar turli ilm, hunar faoliyatga moyilligi va qobiliyatligi bilan tabiatan farq qiladilar. Teng tabiiy xislatlarga ega bo’lgan odamlar esa o’z tarbiyasi (malakalari) bilan tafovut qiladi. Tarbiyasi jihatdan teng bo’lganlar esa, bu tarbiya natijalarining turlichaligi bilan bir-birlaridan far qiladilar».

Tarbiya jarayoni Forobiyning fikricha tajribali pedagog o’qituvchi tomonidan tashkil etilishi, boshqarilib turilishi va ma’lum maqsadlarga yo’naltirilishi lozim, chunki «har bir odam baxtni va narsa-hodisalarni o’zicha bila olmaydi. Unga uning uchun o’qituvchi lozim»

Forobiy insonga xos bo’lgan va uning ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etuvchi tafakkur va nutqning rivojlanishini ta’lim-tarbiyaning asosini tashkil etuvchi muhim jarayon hisoblaydi.

Forobiy insonni dunyo taraqqiyotining eng mukammal va yetuk yakuni deb biladi. Shunga ko’ra, u o’z asarlarida insonga tarbiya va ta’lim berish zarurligini aytadi va bunda ta’lim-tarbiya usullaridan kutilgan maqsad asosiy o’rinda bo’lishini aytadi.

Forobiy ta’lim-tarbiyada tabiiyot hodisalaridan foydalanish va bu yo’lda boshqa kishilar bilan to’g’ri munosabatda bo’lib, jamiyatning ichki tartib-qoidalarini to’g’ri o’rganib, uning talablariga javob bera oladigan insonni yetishtirish zarurligini ta’kidlaydi.

Forobiy insonning ma’naviy hayotida, asosan, uning ikki tomoniga aqli-ongiga va axlog’iga e’tibor beradi. Shuning uchun ta’lim -tarbiya, uning fikricha, insonni aqliy tomondan ham, axloqiy tomondan ham yetuk mukammal kishi qilib yetishtirishga qaratilmog’i lozim. Demak, ta’lim-tarbiyaning birdan bir vazifasi jamiyat talablariga to’la-to’kis javob bera oladigan va uni bir butunlikda, tinchlikda, farovonlikda saqlab turish uchun xizmat qiladigan ideal inson tayyorlashdir. «Ideal shahar aholi ilmining fikrlari» hamda «Baxt-saodatga erishuv haqida» nomli risolalarida olimning bu fikrlari aniq ifodalangan.

Forobiy ta’lim-tarbiya ishiga kirishish, uni oshlashdan avval odamlarning shaxsiy xislatlarini ilish lozimligini aytadi. Uning fikricha insonning xohish, ixtiyor, ifoda, yaxshilik va yomonlik kabi xislatlarini, nimaga qobiliyati borligini aniqlamay turib ishga kirishish kutilgan natijani bermaydi.

Olimning uqtirishicha, kim-ki eng go’zal va foydali kashf etish fazilatiga ega bo’lsa va kashf etgan narsasi chindan ham o’zining va boshqalarning istagiga muvofiq bo’lsa, u xayrli va foydali bo’ladi.

Forobiy ta’lim-tarbiya usullari haqida shunday yozadi «Amaliy fazilatlar va amaliy san’atlar kasb-hunar va ularni bajarishga odatlantirish masalasiga kelganda, bu odat ikki turli yo’l bilan hosil qilinadi birinchi yo’l – qanoatbaxsh so’zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so’zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, kasbga intilish, harakatga aylantiriladi

Ikkinchi yo’l (yoki usul) - majbur etish yo’lidir. Bu usul gapga ko’nmovchi qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan ishlatilardi. Chunki ular o’z istaklaricha, so’z bilan g’ayratga kiradiganlardan emasdir. Ammo ulardan qaysi jiriki, nazariy bilimlarni o’rganishga astoydil kirishsa hamda fazilati yaxshi bo’lib, kasb-hunarlarni va juz’iy san’atlarni egallashga intilishi bo’lsa, bunday odamlarni majbur etmaslik, maqsad ularni fazilat egasi qilish va kasb-hunarga ahllarga aylantirishdir»

Tarbiya berish usuli, Forobiyning fikricha ikki turli bo’ladi. «Avvalgi usul-san’atni o’z rag’batlari bilan o’rganuvchilarga intilish usuli. Ikkinchi usul esa majburiy ravishda tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash uchun ishlatiladigan usul. Bolalar ustida turgan odam esa, muallim bo’lib, u bolalarga tarbiya berishda turli tarbiya usulidan foydalanadi».

Forobiy bilimdon, ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan bunday deydi «Har kim-ki ilm-hikmatni o’rganaman desa uni yoshligidan boshlasin, sog’-salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi axloq va odobli bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, barcha qonun-qoidalarni bilsin bilimdon, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin»

Bu fikrlardan Forobiyning ta’lim-tarbiyada, yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda, xususan, aqliy-axloqiy tarbiyaga alohida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta, yaxshi axloq bilan bezatmog’i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo’lib yetishmaydi. Olim, daraxtning yetukligi uning mevasi bilan bo’lganidek, insonning barcha xislatlari ham axloq bilan yakunlanadi, -deydi.

Forobiy o’z davridagi yoshlarni ta’lim, bilim, hunar egallashlari, faoliyat ko’rsatishlari, mehnat qilishlari zarurligi xususida fikrlar bildirdi. U fikrlar hozir ham ta’lim-tarbiyada g’oyat muhimdir.

Jahon ilm-ma’rifatining buyuk namoyandasi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy taxminan 783 yilda Xorazimiyda dunyoga kelib, 847-850 yillar oraligida Bag’dodda vafot etgan.

Xorazmiy tug’ilib voyaga yetayotgan davrda Movarounnahr yirik madaniy va savdo markazlaridan biri edi. Olimning to’liq ismi Abu Abdullox Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy Al-Majusiydir, "Abu-Abdullox Muhammad " Islomga utganlarga beriladigan an’anaviy ism bo’lgan. Xorazmimning avlodlari majusiy kohinlaridan, ya’ni "mo’g’ullar"dan bo’lib, islomni otasi qabul qilgan bo’lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarida yozilishiga ko’ra Xorazmiy boshlang’ich ma’lumotni o’z uyida olgan, chunki uning otasi qadimiy diniy xamda dunyoviy bilimlardan xabardor bo’lgan. Shu tufayli al-Xorazmiy bolaligidanoq bu ilmiy manbalardan o’rganish imkoniyatiga ega bo’lgan. Muhammad Xorazmiy matematika bilan juda berilib shug’ullangan, bu sohaga oid barcha asarlarni qunt bilan o’rgangan, Arab, fors, hind, yunon tillarini xam o’rganib, bu tilda yaratilgani asarlarni xam o’qiy oladigan buladi. Lekin Xorazmiyning vatanidan chetda yashaganligini turlicha sharhlashadi. Chunonchi otasi majusiy kohinlardan bo’lganligi uchun xam arablari uni ta’qib qilganligi sababli u Xorazmiy tashlab ketishga majbur bo’lgan degan fikrlar xam mavjud.

Xorazmiyshunos olim A.Axmedov xalifa Xorun ar-Rashidning o’g’li Ma’mun-ar Rashid Marvda xalifa noibi bo’lib turganda saroyida juda ko’p olimlarni tuplagan, so’ng xalifa bo’lib ko’tarilgach ularni xam Bag’dodda olib ketganini ta’kidlaydi.

Biz A.Axmedovning fikriga qo’shilgan xolda yana quyidagilarni xam bayon etmoqchimiz.

Buning sabablari -birinchilardan, o’sha davrda barcha ilmga intilgan olimlar ma’lum fanlarni egallab olganda so’ng ilm-fan markazlariga safar qilganlar va u yerda yetuk olimlar bilan muloqotda bo’lib, turli fanlar bo’yicha bahs-munozara yuritganlar maxsus sayyorgarlikdan va sinovlardan utganlar, o’zlarini fan olamida sinab qurganlar. Ikkinchidan xalifalikda ilm markazi sanalgan Damashq va Bag’dodda ilm-fanning taraqqiy etganligi va shaxsan xalifalarning ilm-fan taraqqiyotiga homiylik qilganligi xam olimlarni jalb etgan.

"Baytal Xikma" da matematika, geodeziya, geografiya falakiyot va boshqa sohalar bayicha tadqiqotlar olib borildi va al-Xorazmiy maktabi yaratiladi. Olimning ayniqsa, matematikaga oid ilmiy merosi jahon ahamiyatiga ega bo’ldi.

Xalifa al-Ma’mun hatto Muhammad al-Xorazmiy boshchiligida Hindiston va Rum (Vizantiya) Xazariya (Volganing kuyi oqimidagi) gi o’lkalarga bir necha marta ilmiy safarlar uyushtiradi.

Olim insonning kamolga yetishi va insoniy munosabatlarda ilm-fanning muhimligi g’oyasini ilgari surgan xolda pedagogik fikr taraqqiyotida xam munosib urin egallaydi. Xorazmiy matematika, geografiya, geodeziya, falakiyot sohalarida yirik tadqiqotlar olib borgan. Lekin u matematika sohasidagi yangilik yaratgan nazariyotchi xamda pedagog-uslubiyatchi olim sifatida tarixda qolgan.

2) Xorazmim ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga o’zining ulkan xossasini qo’shdi. "Al kitob al muxtasarki hisob aljabro va muqobala " asarida ("Aljabr va al muqoballa hisobi haqida qisqacha kitob") sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar ularni yechish yo’llarni bayon etadi.

Risola uch qismdan iborat bo’lib, birinchisi-algebraik qism uning oxirida savdo muomalasiga oid kichik bir bo’lim keltiriladi. Ikkinchi - geometrik qism algebraik usul qullab o’lchashlar haqida, uchinchi qism vasiyatlar haqida bo’lib, muallif unar "Vasiyatlar kitobi" deb ataydi.

Al-Xorazmiy matematika fanida abstraksiya (mavsumiylik) tushunchasini kengaytirdi. Induksiya yo’li bilan umumiy yechish usullarini hal etdi, deduksiya yo’li bilan umumiy usullar yordamida turli xususiy masalalarni yechdi.

"Al-Jabr va muqobala" asari bilan xam matematika fanini rivojlantirib o’zidan avvalgi bilimlarni o’rgandi va ularni sintezlashtirish xamda amalda qo’llash usullarini bayon etdi.

Shu asar tufayli "Al-Xorazmiy" nomli lotincha transkripsiyada "Algoritm" shaklini oldi, keyinchalik hozirgi zamon hisoblash matematikasining asosiy tushunchasi algoritm algorifmga aylandi. U matematikaning nazariy rivojlanishi bilan birga, undan turmushda foydalanish yullarini ham berdi, meros taksim qilishda vasiyatnomalarni tuzishda, mol taksim etishda odamlarga kerak bo’ladigan amaliy ishlarga zarur bo’lgan hisoblarni taqdim etdi.

Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi "Hind arifmetikasi haqida kitob" ("Hisob al hind")dir. Asar unlik tizimi raqamlari (0,1,2,3,4,5,6,7,8,9) ga bag’ishlangan.

Xorazmiy hindlarning falakiyot va matematikaga oid "Sindihind" nomli qo’llanmasini o’qib, uning yanglish va qiyin tomonlarini qayta ishlab yangi boblar qo’shdi va unli "Qisqargan sindihind" ("Algoritm hind hisobi haqida") deb atadi. Asar faqat Sharqdagina emas. Yevropada xam qo’llanma sifatida shuhrat taratdi. Unlik tizimining kashf etilishi sanoq tizimida inqilobiy o’zgarish yasadi va ta’rif beradilar. Yevropaga unlik tizim raqamlaridan foydalanib eng katta sonlarni yozish va joylarni aniq ko’rsatish X-XI asrlarda arablardan kirib kelgan.

Xorazmiy arifmetikaning algoritmlari bo’lgan qo’shish, ayrish, ko’paytirish, bo’lish qoidalarini yaratgan. Turli "jins"dagi sonlarni ko’paytirish algoritmini xam bergan. Masalan, minut sekundlarni bir-biriga ko’paytirish uchun avvalo, bir xil shaklga keltirish ya’ni sekund yoki minutga aylantirishni ko’rsatgan. Maxsus bobda kasr va mimizdan chiqarish amallarini yozgan.

Xorazmiy o’zining falakiyotga doir ishlarida hindlarning falakiyot jadvallarni tahlil etib, "Xorazmiy ziji" nomli bilan mashhur bo’lgan astronomik jadvallar tuzdi.

Ma’lumotlarga kura VIII-XV asrlarda hammasi bo’lib trigonometriya, falakiyotga oid 100 ga yaqin zij - jadval mavjud bo’lgan. Ularning qatoriga boshqa olimlar bilan birga Xorazmiy tuzgan zijlar xam bor.

Xorazmiyning "Sinus zijiri” asari XII asrda lotin tillari tarjima etilib, bir necha asr mobaynida undan foydalanib kelindi.

Bundan tashqari, "Kitob suratil ard" ("Yerning surati kitobi") geografiyaga oid dastlabki kitob sanaladi. Bu asar A.Axmedovning taxminiga kura xaritani tavsiflagan asardir. U Xorazimiyning ko’p yillar olib borgan tekshirish-kuzatishlar ishlari natijasi bo’ldi. Unda olim Sharq mamlakatlari ustida kuzatishlar olib borib mamlakat va shaharlarning harakatlarini tuzadi, nomlar ro’parasida uzunlik va kenglik darajalarini ko’rsatadi. U geografiyaga oid yasashida Yerni yetti iqlimga bo’ladi, yer xaritasini tuzadi. Tashkilotchilarning ma’lumotlariga kura olamning turt xaritasini tuzadi. Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga kura- olamning turt xaritasi - Azov dengizi, Nil daryosi Yaqin va Urta Sharq mamlakatlari xaritasi saqlanib qolgan. Uning yuqoridagi asari xam Sharq va G’arbda katta ahamiyatga egadir.

Xorazmiy bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga xamda olgan bilimlaridan foydalanishga katta e’tibor berdi. Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy manbalarni tuplash ularni ifodalash va kuzatilganlarni uyushtira olish malaka va ko’nikmalarni hosil qilishga katta baho beradi. "Ul-kitob al muxtasar fi hisob aljabr va al-muqobala" asarida olishlarni uch guruhga buladi. ulardan o’zidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda boshqalaridan uzib ketadi va uni o’zidan keyin keluvchilarga meros qilib qoldiradi.

Boshqasi o’zidan avvalgilarining asarlarini sharhlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi, yopiqni ochadi yo’lni yangiladi va uni tushunarliroq qiladi yoki bu ayrim kitoblaridan nuqsonlar topadigan sochilib yotganini tuplaydigan odam bo’lib u o’zidan avvalgilar xamida yaxshi fikrda buladi, takabburlik qilmaydi va o’zi qilgan ishidan mag’rurlanmaydi.

Xorazmiyning bu fikri bir tomondan, olimlarning ma’naviy yuksakligini yoritsa, ikkinchi tomondan, o’sha davrda ilmiy-tadqiqot ishlari va o’qitilishning usul va vositalaridan qay darajada foydalanganligini ko’rsatadi. Ko’pchilik mutafakkirlar qatori Xorazmiy xam bilim berishning ko’rgazmali tajriba usullari, savol-javob malaka-va ko’nikmalarni shakllantirish, bilimlarni sinash usullarimdan foydalangan.

Masalan, Xorazmiyning arifmetikaga oid risolalari uning tafakkurni rivojlantirish uchun bilimlarni izchil bayon etishga e’tibor berganligini ko’rsatadi. Xorazmiy bilishni sezgidan mantiqiy tasavvur orqali farq qilish haqida fikr bayon etgan: "Sezgi" orqali bilish bu qisman bilish bo’lsa, "mantiqiy" bayon bilish esa haqiqiy, bilishning muhim tomonini namoyon etadi.

3) Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qushni. U birinchidan bo’lib, sinov-kuzatish va sinov usullariga asosan sonli samoviy qismlarning harakatini aks ettiruvchi jadval asosida matematik masalalarni algoritm metodida yechishni jalb chiqdi. U matematik masalalarni gollarni asosida odamlarning amaliy talablari natijasida yuzaga kelishini asoslaydi. Masalan, yer ishlari, binolar qurish, kanallar yechish. U birinchi marta insonlar o’rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi. Xorazmiy ilmiy faoliyatining metodologik jihatlariga katta ahamiyat berdi.

Xulosa qilib aytganda, al-Xorazmiy Yevropa va Sharqda falakiyot va matematika sohasidagi yangi davr ochdi. Hindlarning unlik tizim raqamlari Xorazmiy tufayli "Arab raqamlari" nomi bilan butun dunyoga yoyildi.

Xorazmiy tarixga algebra fanining asoschisi sifatida kirdi.

Xorazmiyning hayotiy va amaliy muammolarni hal etishga oid tavsiya etgan usullari fikriga oid masalalarni yechishda muhim qo’llanma bo’ldi.

Xorazmiyning falakiyot va geodeziyaga oid kuzatishlari, geografiyaga oid asarlari, u chizgan Yer xaritasi xam Sharq va G’arb olimlari uchun chizgan tekshirish- kuzatish ishlarini olib borishda muhim qo’llanma bo’lib xizmat qildi. Olim "Yer sathini o’lchash" ("Alstralyabiya") "Quyosh soati to’g’risida", "Yahudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash" va boshqa asarlari bilan xam fan rivojiga katta hissa qo’shdi.

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, al-Xorazmiy ilmiy bilim ta’lim usullari, ilm fanga qo’shgan ulkan hissasi bilan insonni aqliy kamolga yetkazishda, ta’lim-tarbiyada uz o’rniga egadir.

Olimning ijodi haqidagi ma’lumotlar xam uning hayoti to’g’risidagi ma’lumotlar kabi juda kam. Saqlangan ma’lumotlarga kura, uning qalamiga mansub asarlarning soni undan ortiqdir:

1. Arifmetik asar, lotincha ("Algoritmi hind hisobi haqida") nomi bilan ma’lum. Asarning arabcha nusxalari saqlanmagan.

2. Al-kitob al-muxtassar fi hisob al-jabr val-muobala (al-jabr almukobala hisobi haqida kiskacha kitob)

3. "Ziji al-Xorazmiy " (Xorazmiy Ziji) arabcha nusxada saqlanmagan. Asarning 1007 yili ispaniyalik arab astronomi Maslama al-Majritiy (X-XI) kayta ishlagan nusxadan XII asarda Adelard Bat bajargan lotincha tajrimaning nusxalari mavjud.

4. Muhammad ibn al-Xorazmiyning ajoyib ishlaridan, Astarlab yordamida azimutni aniqlash ("Zaraif min amal Muhammad ibn Musa al-Xorazmiy ta rif as-samt bi-l-asturlob"), yagona arabcha qo’lyozmasi Istanbulda Ayo Sufiyo kutubxonasidan 4830/13-raqamli inventar (198-200 varaqlar, hijriy 620 yili ko’chirilgan) raqam bilan saqlanadi. Ruscha tarjimasi nashr etilgan.

5. Marmar soat haqida kitob (Kitob ar-ruxama)

6. Tarix kitobi (Kitob at-ta rix)

7. Abu Moslama al-Majritiy o’zining "G’oyat al-hakim" nomli asar da Xorazmiyning astromatik ma’noga ega asaridan sitata keltirdi. Bu asar saqlanmagan.

8. Yahudiylarning eralari va bayramlari haqida risola. (Risola fi istixroj ta rix al-yaxud va a yoxidim) kalendarga taalluqli.

Bu kitobni tarjima qilgan.

9. Surati-l-arz kitobi (Kitob surati - l - arl) - Xorazmiy "Geografiya"si bu asar xam muallif tomonlaridan tarjima qilingan.

10. Asturloblar bilan amal tutish haqida kitob (Kitob al-amal bi-l - asturlobot.


Download 8,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish