«pedagogika» kafedrasi fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua tuzuvchilar


Mavzu: Movarounnahrga Islom dinini kirib kelishi va ta’lim-tarbiyaga ta’siri



Download 8,88 Mb.
bet190/377
Sana23.01.2022
Hajmi8,88 Mb.
#402275
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   377
Bog'liq
Umum.pedagogika O\'roqov

Mavzu: Movarounnahrga Islom dinini kirib kelishi va ta’lim-tarbiyaga ta’siri
Reja :


  1. Movarounnahrni arablar tomonidan bosib olinishi va unda ta’lim-

tarbiya muhiti.

  1. Vatanimizda dunyoviy pedagogika g’oyalari va uning namoyandalari.

  2. Vatanimizda diniy pedagogik g’oyalar va ularning namoyandalari.

  3. Uyg’onish davri ta’lim tizimi.

Movarounnahr (ikki daryo oraligi yoki daryo orqasidagi joy) VIII asrda arablar tomonidan bosib olingan, xalqimiz ma’naviy hayotida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Islom dini o’lkamiz ijtimoiy ma’naviy hayotida hukmron mafkura rolini o’ynay boshladi.

Islom dinini xalqimiz ijtimoiy-ma’naviy takomilidagi roliga turli qarashlar mavjud:

1.Islom dini va arablar istilosini xalqimiz ma’naviy hayotidagi ta’sirni ideallashtirish. Bunday qarash "Avesto" va "Avesto"gacha davr tarixini yaxshi bilmagan va islom ruhoniylarining ayrim vakillari tomonidan e’tirof etiladi. Ularning fikricha: xalqimiz istilogacha yovvoyi qaloqlarcha turmush tarziga ega edi, arablar bizga madaniyat, ma’rifat olib kirgan.

2.Tanqidiy asosda yondashuv. Ovropa, Russiya olimlari ateistik (xudosizlik) nuqtai nazaridan yondashadi. Ularning fikricha arablar o’lkamizga jaholat, madaniyatsizlik, xurofotni olib kelganlar, boyliklarni talagan, tinch aholiga tajovuz qilganlar.

3.Islom dini va arablar istilosini ta’sirini xolisona baholash, bunday qarash O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng shakllanadi.

Islom dini va arablar istilosi o’lkamiz ta’lim va pedagogik fikrlarni taraqqiyotiga qanday ta’sir etdi?

1.Islom dini Vatanimizga chetdan kirib kelganligi tufayli xalq uz ixtiyoriy bilan uni qabul qilmagan.Natijada xalq manaviyati­ning barcha sohalarida birdan hukmronlikka erisha olmagan.

2.O’lkamizda fan va madaniyatning o’sha davrda ilg’or darajada rivojlanganligi islom g’oyalarini singishga to’sqinlik qilgan.

3.Vatanimizda o’ziga xos ta’lim tizimi vujudga keldi.

Masalan: ta’lim- o’rganish

maktab- ta’lim beradigan odam

madrasa-muddaris kabilar yuzaga keldi.

Vatanimizda pedagogik g’oyalar ikki yo’nalishda shakllandi va rivojlandi.

1. Dunyoviy pedagogika - uni asosida yunon olimlari asos solgan g’oyalar, hind eposlari g’oyalari, o’lkamizning o’ziga xos madaniyati,tajribalar, yutuqlar turardi. Dunyoviy pedagogika insonni tabiatning bir qismi sifatida , ta’lim tarbiya bilan kamolotga erishadi deb hisoblanadi. U yashayotgan muhit, uz xatti-harakati bilan bog’liq buladi deb asoslanadi. Bolani yoshligidan kasb-hunarga o’rgatish lozim deb, odob-axloqni foydasi to’g’risida g’oyalar olga suriladi. (namoyandalari) Muhammad Muso al Xorazmiy (780-850) Arab xalifaligining markazi Bog’dodda ilmlar uyi "Akademiyani" boshqargan. Akademiya qoshidagi madrasada mudarrislik qilgan. Uning "Astronomiyaga kirish ", "O’ttiz fasldan iborat astronomiya kirish".

Vatanimizda XI asrga kelib yesh avlod ta’lim-tarbiyasi oid ju­da ko’p asarlar paydo bo’ldi:Nizomul Mulkning "Siyosatnoma", Nosir Xisravning "Saodatnoma", Kaykovusning "Qobusnoma", Yusuf Xos Xo­jibning "Kutag’du-bilig", Ahmad Yugnakiyning "Haqiqatlar armug’oni" kabilar.

Burxoniddin Zarunjiy (1150-?) Marg’ilon madrasasida katta mu­darris bo’lib, uning "O’quvchilarni ta’limga yo’llashga doir nasihatlar" asarida: fanning mohiyati va uni takomillashtirish; ta’lim jarayonida ongli bilim olish; ta’limda fanni, O’qituvchi sherik va vaziyatni tanlash; fan va olimlarni hurmatlash; ta’limda o’quvchi intilishi, tirishqoqlik, ularni o’stirish; darsni boshlash va uni hajmi, darsni o’tkazish tartibi haqida, mashg’ulot vaqti, ta’limda O’quvchini o’qitish va unga nasihat qilish, bilimlarni egallash haqida; ta’limda o’qituvchi va o’quvchining muvaffaqiyatini umid qilish haqida; ta’limda Xudodan qo’rqish haqida; ta’limda o’quvchi xotirasini tarbiyalash haqida kabi masalalar o’ziga xos usulda hal etiladi.

Olimning fikricha, ilm egallash avvalo o’qituvchiga, o’qiyotgan ki­tobiga, bilimga nisbatan tirishqoq va chidamli bo’lishni talab etadi. Bir darsni puxta o’zlashtirmay, bir kitobni tugatmay, bir o’qituvchida saboqni tashlab boshqasiga utma. Bilimni faqat oltitta shartiga rioya qilsa puxta egallab olasan: ziyraklik, kuchli istak, chidam, o’qituvchi nasihati va yetarli vaqt,- deb ta’kidlaydi.

Maxmud Zamaxshariy (1074-1144). Uning ilm olamidagi mavqyeyi­ni olimlar "Xorazm osmonidagi quyosh" deb nisbat berganlar. Arab olimlaridan biri "Agar Xorazmning Zamaxshar qishlog’idan chiqqan olim bo’lmaganida biz arablar uz ona tilimizni mutlaqo bilmasdan utib ketar edik"-deb yozgan ekan. Zamaxshariy: tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, geografiya, Hadis ilmlari sohasida asarlar yozgan: "Grammatika hikmatlari ", "Arab tili grammatikasi", "Eng yangi lug’at", "Vatan va tog’larning nomlari"asarlarini yozgan. Bu asarlar boshqa tillarga tarjima qilingan. Zamaxshariyning "Nozik hikmatlar"asari yeshlar tarbiyasi, ustoz-shogird munosabatlari, oila muammolari to’g’risida.

Demak, Uyg’onish davrida dunyoviy pedagogika gullab yashnagan, ta’lim-tarbiya o’ziga xos yo’nalishda amalga oshirilgan




Download 8,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish