Ish bosqich-
lari
|
O’qituvchi faoliyatining mazmuni
|
Talaba faoliyatining mazmuni
|
1 bosqich
Mavzuga
kirish
(5 daqiqa)
|
1.1. O’quv mashg’uloti mavzusi, maqsadi va o’quv faoliyati natijalarini aytadi.
|
1.1.Eshitadilar.
Mavzu nomini yozib oladilar
|
1.2. Talabalarning mashg’ulotdagi faoliyatini baholash ko’rsatkichlari va mezonlari bilan tanishtiradi. (1 ilova)
|
1.2.Yozib oladilar
|
2 bosqich
Asosiy bo’lim.
(60 daqiqa)
|
2.1. Talabalarni 4 guruhga bo’ladi.
Guruhga topshiriqlarni tarqatadi.(2 ilova) Mavzu bo’yicha talabalarga topshiriq berilib, uni guruhda bajarish yo’llari ko’rsatiladi. Berilgan topshiriqlarni bajarganlaridan so’ng, taqdimot qilishlarini aytadi. Topshiriqni bajarishda qanday qo’shimcha materiallardan foydalanishlari kerakligini aytib o’tadi (darslik, ma’ruza matni).
Guruh ishi tashkil qilinadi. Kuzatuvchi ishning sifati bo’yicha hisobot beradi va quyidagilarga rioya qiladi:
-Guruh ishini nazorat qiladi;
-Topshiriqlarni individual tarzda bajarishlariga alohida e’tibor qaratadi.
-Topshiriqni bajarish jarayonida bir qator savollar beradi: «Siz nima uchun bunday o’ylayapsiz?», «Nima uchun bu metodni tanladingiz?»
|
2.1.O’quv materiallari bilan tanishadilar. Guruh ichida topshiriq va savollarni bo’ladilar, individual bajaradilar va topshiriqni muhokama qiladilar. Jamoa bo’lib javoblarni tayyorlaydilar va taqdimot varag’ini to’ldiradilar.
|
|
2.2. Taqdimot o’tkazishlarini e’lon qiladi. Guruh a’zolaridan ish natijalarini birgalikda muhokama qilishlari so’raladi.
O’zaro baholashni tashkil qiladi, ishning bajarilishi bo’yicha yakunlovchi xulosa chiqaradi.
|
2.2. Guruh vakil-laridan biri prezentasiya qiladi.
Qolganlar bilimlari qanday darajada ekanligini tekshirish maqsadida savollar beradilar, guruh tomonidan berilgan javobni baholaydilar.
|
|
2.3.Individual tarzda test o’tkazadi.(3 ilova)
|
2.3. Test savollariga javob beradilar.
|
3 bosqich
Yakunlovchi
(10 daqiqa)
|
3.1.Baholash natijalarini ko’rib chiqadi. Mavzu maqsadiga erishishdagi talabalar faoliyati tahlil qilinadi va baholanadi. Bilim va ko’nikmalarni qachon va qayerda qo’llashlarini aytib o’tadi.
|
3.1.Muhokama qiladilar. O’zaro baholaydilar.
|
3.2. Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar beradi: ma’ruza matnining 5 mavzusiga Insert usulidan foydalanib diskussiya uchun savollar tayyorlab kelish. Ma’ruzachilarni 4 guruhga bo’lib, diskussiya o’tkazish tartibi va qoidalari bilan tanishtiradi. Mustaqil topshiriqlarga tayyorgarlik ko’rish, savollarni ochib berish, qisqa xulosalar chiqarish, ko’rgazmali materiallardan foydalanish kabilar tushuntiriladi.
|
3.2.Topshiriqni yozib oladilar.
|
3.3. Mavzu bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish uchun adabiyotlar beradi.
|
O’UMga qaraydilar.
|