Umumiy pedagogika fanining maqsadi o’zbek xalqining qadimiy ma’rifiy me’rosining qimmatli manbalari hamda ularda ilgari surilgan g’oyalarni o’qib o’rganish, shaxs ma’naviyatini yuksaltirish, shuningdek, jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiluvchi qarashlarni hozirgi zamon ilmiy – pedagogik tafakkur iste’moliga kiritishdan iboratdir.
Shu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko’zda tutiladi:
-pedagogika kursi bo’yicha talabalarning umumpedagogik bilimlari darajasini kengaytirish, bo’lg’usi iqtisodchi – pedagoglarning pedagogik tafakkurini shakllantirish negizini yaratish;
-pedagogik meros va uning g’oyalariga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lish, ko’nikmalarni shakllantirish;
-respublikamizda komil insonni voyaga yetkazishning bir butun xolatdagi muammolarini xal qilish;
-«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish sharoitida talabalarni ma’naviy – ahloqiy tarbiyalashda ta’lim – tarbiya samaradorligini tinmay oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondoshish;
-buyuk allomalar va o’zbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlarini chuqur tahlil etish;
- pedagogik qarashlar va ularning mohiyati doirasida fikr yuritish va eng muhimi, iqtisodchi – pedagog faoliyatini terang anglash;
Fan bo’yicha talabalarning bilimi, uquvi va ko’nikmasiga ko’yiladigan talablar:
a) tasavvurga ega bo’lishlari kerak:
fanga tegishli bo’lgan nazariy va amaliy ma’lumotlarni o’rganish, aniq tasavvurga ega bo’lishlari;
har bir elementga e’tibor bergan holda, fan sirlarini to’liq o’zlashtirib olishlari lozim.
b) bilish kerak:
talabalar kursni o’zlashtirish jarayonida fanning mazmuni, maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda, fanning nazariy asoslarini;
fanga tegishli bo’lgan asosiy terminlarning izohini, yangiliklar, qonun – qoidalarni o’zlashtirishlari zarur;
v) bajarish lozim:
talabalar fanning mazmunidan kelib chiqqan holda har bir mavzuga tegishli bo’lgan mustaqil ravishda kerakli adabiyotlardan foydalanishlari, dokladlar, referatlar tayyorlashlari;
kunlik seminarlarda kerakli ma’lumotlarni yig’ishlari, noan’anviy usullarni takomillashtirilgan variantlarini ishlab chiqishda ishtirok etishlari.
Ushbu «Umumiy pedagogika» fani o’quv rejasiga asosan maktabgacha ta’lim va sport, tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishi talabalari uchun 2-kursda, 3-4 semestrlarda o’tilib, 3-4 semestrda jami 216 soat bo’lib, shundan 50 soat ma’ruza, 32 soat seminar (amaliy) mashg’ulot, 24 soat laboratoriya mashg’ulotlari, mustaqil ta’limga 24 soat ajratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |