Pedagogika javoblar Korreksion pedagogika fani va uning dolzarb masalalari


XI-XIX asr ma’rifatparvar shoirlari va olimlarining ijtimoiy pedagogik qarashlari



Download 227,53 Kb.
bet42/81
Sana16.03.2022
Hajmi227,53 Kb.
#492952
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81
Bog'liq
ped javoblariiii zuhra

162. XI-XIX asr ma’rifatparvar shoirlari va olimlarining ijtimoiy pedagogik qarashlari
XI-XII asr Markaziy Osiyo ma’rifatparvar olimlari turli fanlar, shu jumladan pedagogikaning rivojiga katta hissa qo’shishdi. Yusuf Xos Xojib, Burxoniddin Zarnujiy va Ahmad Yugnakiylar bolalarning jamiyatda o’z o’rnini topib olishi uchun bilimning, ota-onaning, oilasining o’rniga e’tibor qaratishgan. Ular tarbiyaning asosiy maqsadi deb yaxshi odam qilib tarbiyalash, unga yetishish vositasi deb esa qattiqqo’llik, doimiy mehnatga o’rgatish deb bilishgan.
Zarnujiyning Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig” asari O`rta Osiyoda “Ta’limda o’quvchiga pandlar” kitobi Markaziy Osiyoda pedagogikadan birinchi kitob hisoblanadi.
Tarbiyaning ijtimoiy xarakteri haqidagi g’oyalar Alisher Navoiyning she’riy merosida nihoyatda aniq ifodasini topgan. Shoirning pedagogik qarashlari insonparvar xarakterga ega. Inson egallashi lozim bo’lgan barcha bilim va kasb-hunarlar u tomonidan Vatan foydasi uchun qo’llanilishi kerak.
XVIII-XIX asrning ma’rifatparvar shoirlari Munis Xorazmiy (1778-1829), Muhammad Ogahiy (1809-1874), Ubaydulla Zavqiy (1853-1921) birinchi o’ringa keng ommaning ma’rifatli qilish va ta’lim masalalarini qo`yishgan. Ta’limning asosiy vazifasi ular axloqiy mukammallashuvida va mehnatga o’rgatishda deb bilishgan.
Saidahmad Siddiqiyning (1864-1927) qarashlari uzoqni ko’ra olishlik va zakovati bilan ajralib turgan. Dehqon oilasidan chiqqan pedagog, demokrat shoir o’z qishlog’i hovlisida dehqon va hunarmandlar uchun ilk maktabni ochgan, kattalar uchun maktab tuzgan, 1914 yil kitob, darslik va o’quv qo’llanmalari bilan savdo qiluvchi do’kon ochgan.
163. XIX-XX asr demokrat shoirlarining ijtimoiy pedagogik qarashlari
Ma’rifatparvarlik va demokratik g’oyalari XIX asrning oxiri- XX asr boshlarida o’z cho’qqisiga ko’tarildi. O’rta asr islom g’oyalari: so’fiylik, zohidlik, dogmatizm, sxolastikaga qarshi chiqib o’zbek demokratlari eski sharoitlarga umuman mos kelmaydigan ta’lim usullari va tamoyillarini ilgari surdilar: har tomonlama (aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat) dunyoviy, o’g’il bolalar va qizlar uchun bir xil, insoniylik, demokratiya, vatanparvarlik ruhidagi tarbiyani ilgari surdilar va asoslab berdilar.
O’zbekistondagi demokratik pedagogik g’oyaning taraqqiyparvar yo’nalishining yirik vakillaridan biri Abdulla Avloniydir (1878-1934) Sharq tillari va adabiyotini yoshligida chuqur o’rganib, u mumtoz o’zbek she’riyati ta’sirida she’rlar yozgan. Uzoq vaqt mobaynida Toshkent maktablarining birida bolalarga ta’lim bergan. Avloniyning o’zbek pedagogikasiga qo’shgan hissasi shuki, u ilk marta tarbiya oldida ijtimoiy vazifalarini qo’ya olgan. Bu shoir va pedagogning katta jasorati o’z asarlarida shaxsning rivojlanishida tarbiyaning hal qiluvchi rolining e’tirof etilishi bo’ldi.
Mustamlaka Turkiston sharoitlarida matbuot cheklangan o’quvchilarga ega bo’lgan, chunki aksariyat aholi savodsiz bo’lishgan. Bu holatda dramaturgiya ma’rifiy g’oyalarni tatbiq qilishning eng samarali usuli bo’lgan. Teatr Avloniy uchun odamlarni tarbiyalash, birlashtirish vositasi bo’lgan. 1913 yilda Toshkentda Avloniy “Turon” nomli teatr truppasini tashkil qildi. Truppaning maqsad-vazifalari Toshkentdagi “Turon” dramatik san’at jamiyatining nizomida aniqlangan: “sahnaga nisbatan muhabbat va jiddiy munosabat tug’dirish, xalq uchun spektakllar tashkil qilish”.
Avloniyning ma’rifiy g’oyalari nafaqat ijodda ilgari surgan. U tomonidan 1908 yilda kambag’allar uchun maktab ochilgan va u yerda ona tilini o’qitishning yangi usullari qo’llanilgan. Pedagogik faoliyat bilan sermahsul shug’ullanishni kanda qilmay u darslik va qo’llanmalar yoza boshlagan. O’z vaqtida uning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq” darsligi mashhur edi.
XX asr boshida O’zbekistonda demokratik pedagogikaning eng yirik vakili Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) edi. Hamza XX asr boshida o’zbek xalqi madaniy hayoti va ma’rifiy harakatining eng yirik namoyandasi edi. Uning nomi bilan O’zbekiston tarixining butun bir davri bog’liq. O’z asarlarida o’zbek xalqi pedagogik g’oyasi rivojining eng yaxshi yutuqlarini jamlab hamda Rossiya ijtimoiy ma’rifiy g’oyalariga tayanib u ta’lim tarbiyaning eng global muammolarini ko’tara oldi.
Hamza onaga alohida rol ajratadi, chunki u bolalar bilan psixologik, ruhiy va energetik reja asosida eng ko’p bog’langan shaxsdir. U bolalarni e’tiborsiz yoki noto’g’ri tarbiyalaydigan ota-onalarni qoralagan. Ta’lim tarbiyada tub o’zgarishlarni amalga oshirish uchun Hamza bir qator yangi darsliklarni o’zbek tilida yaratdi: o’zbek alifbosini o’rganish uchun “Yengil adabiyot”, o’qish uchun “O’qish kitobi”, adabiyotdan “Qiroat kitobi”. Hamzaning kitoblari ta’lim oluvchilar tomonidan katta qiziqish bilan o’qilgan va tez o’zlashtirilgan. Hamzaning barcha kitoblari o’zbek bolasining erkin o’qishi uchun qulay qilib yaratilgan

Download 227,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish