293.Mahallalar - ijtimoiy o‘z-o‘zini boshqarish organi.
Mahallaning an’analarni saqlab qolish va ularni yoshlarga yetkazish jamiyatni demokratiyalashning ilk davrlarida milliy qadriyatlarning tiklanishiga katta yordam bergan. Yangi sharoitlarda mahalla o’z-o’zini boshqarish organi sifatida yangi mazmun va ahamiyatga ega bo’ldi. Bunga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov2 tomonidan ham ta’kidlangan.
Mahalla maktablarining yuqori sinf o’quvchilarning ijtimoiy va ma’naviy qiyofalari ham ancha o’zgarib qoldi. Ularning aksariyati muassasa, maktablarda tashkiliy ish tajribasiga egalar. Oqsoqollarning aksariyat qismi savodxon, ularning ba’zilari ilmiy darajaga egadirlar. Mahalla insonlarning axloqiy birlashuvi markazi bo’lishni davom ettirmoqda. Bu avvalambor, mahalla qo’mitalari faoliyatlarining asosiy yo’nalishlaridan biri ijtimoiy mehnatlarni, shu jumladan obodonlashtirish bo’yicha ishlarni tashkil qilishda namoyon bo’ladi. Bunaqa ishlarning asosiy turlari-ariqlarni tozalash, daraxtlarni kesish, axlatni chiqarish bo’yicha hasharlardir. Bunaqa tadbirlar asosan Navro’z, Ramazon, Qurbon hayitlari, Mustaqillik kunlari oldidan o’tkaziladi. Hashar yo’li bilan uylar, klublar, oshxona, masjidlar bunyod etilmoqda.
294. Mahallaning paydo bolishi tarixi
O’zbek mentalitetining muhim xususiyatlaridan biri-maxsus ijtimoiy tuzilma mahallaning mavjudligidir.
Toshkent shahrida XIX asrdan boshlab mahalla mavjud. Ularning tashkil topishi va faoliyat yuritishi bir tomondan milliy- psixologik xususiyatlari, boshqa tomondan esa aholiga yoshligidanoq ijtimoiy munosabatlarga g’arq bo’lishlariga imkon yaratish bilan bog’liqdir. Boshqacha aytganda, mahalla mikrosizm bo’lib, unda axloqiy tamoyil va qoidalarga amal qilish, marosim va jamoat faoliyatining boshqa turlarida ishtirok etish orqali shaxsning yanada kattaroq hamjamiyatda ijtimoiylashuvi usullari shakllanadi. Mahallaning demokratiyalashuv, ijtimoiylashuv, insoniylashuv va mukammallashuv jarayonlariga faol ta’sir qila olishini Prezident I.A.Karimov quyidagicha ta’kidlab o’tgan: “Yoki masalan mahalla-bizning jamiyat hayotida insoniy tarbiya va kelishuvning o’zgarmas manbasi. Tarixning guvohlik berishicha, bizning davlatda daryolar bo’yida paydo bo’lgan. Tabiat kataklizmalari, tashqi hayvonlarni birgalikda yengish, qiyin kunlarda qo’llab-quvvatlash bizning ajdodlarimizni jamoa bo’lib yashashga o’rgatgan.Mehribonlik, rahmdillik kabi qadrli insoniy hislatlar aynan mahallada shakllanadi. Bu ma’noda mahallani o’z-o’zini boshqarish maktabi, kerak bo’lsa demokratiya maktabi desa bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |