I.3. O„qituvchi interfaysi
O„quvchilarning “Химия (8- класс) Виртуаль лаборатория” dasturida
bajargan laboratoriya ishlarini tekshirish maqsadida o„qituvchilar uchun ham
alohida dastur mavjud Ushbu dasturning nomi “Интерфейс преподавателя”
(O„qituvchi interfeysi) deb nomlanib, bu dasturga kirish uchun ishchi stoldan
“Интерфейс преподавателя” dasturining ikonasi tanlanadi va sichqonchaning
chap tugmasini ikki marotaba bosish orqali shu dasturga kiriladi So„ngra ekranda
-rasmda tasvirlangan ishchi oyna namoyon bo„ladi:
-rasm. O„qituvchi interfeysining ro„yxatdan o„tish ishchi oynasi.
O„qituvchi bu ishchi oynaga o„z familiya, ism, sharifi hamda maxsus kod
raqamini ikki marotaba yozgandan so„ng «Вход» tugmasini bosish orqali
ro„yxatdan o„tib, ekranda quyidagi ishchi oyna namoyon bo„ladi:
-rasm. O„qituvchi interfeysida ishlash uchun berilgan “Лабораторные
работы”, “Тесты” hamda “Журналы” tugmalari keltirilgan ishchi oyna.
Bu yerda “Лабораторные работы”, “Тесты” hamda “Журналы” tugmalari
mavjud.
Sichqonchaning chap tugmasini “Лабораторные работы” tugmasining ustiga
olib kelib ikki marotaba bosish orqali -rasmda tasvirlangan ishchi oyna hosil
bo„ladi:
-rasm. “Virtual laboratoriya” dasturidagi laboratoriya ishlarining ro„yxati.
Bu rasmda “Virtual laboratoriya” dasturining hamma laboratoriya ishlarining
ketma-ketlikdagi ro„yxati tasvirlangan. O„qituvchi har bir mavzuga oid
bajariladigan laboratoriya ishlarining sonini shu ro„yxatdan bilib olishi mumkin.
Sichqonchani “Тесты” tugmasiga olib kelib chap tomonini ikki marotaba
bosish orqali ekranda -rasmda tasvirlangan ishchi oyna namoyon bo„ladi:
-rasm. “Virtual laboratoriya ” dasturining har bir mavzusiga oid test
savollari berilgan ishchi oyna.
Bu yerda o„z nomiga muvofiq har bir laboratoriya ishi uchun testlar
keltirilgan Misol uchun yuqoridagi rasmda “Свойства оксидов” (Oksidlarning
xossalari) bo„limiga oid test savollari berilgan.
O„qituvchi “Журналы” tugmasiga kirish orqali o„quvchilarning “Virtual
laboratoriya” dasturida bajargan ishlarini tekshirishi va baholashi mumkin
Sichqoncha orqali bu tugmaga kirilganda ekranda -rasm namoyon bo„ladi:
-rasm. O„qituvchi interfeysidagi o„quvchilarning ro„yxati berilgan ishchi
oyna.
Bu ishchi oynada “Virtual laboratoriya” dasturida ishlash uchun dasturga
kirib mashg„ulot bajargan o„quvchilarning ro„yxati keltirilgan. O„qituvchi istalgan
o„quvchining bajargan tajriba ishini tekshirish uchun shu o„quvchining ismi
familiyasini ustiga sichqonchani chap tugmasini ikki marotaba bosish orqali
ekranda quyidagi rasm namoyon bo„ladi:
-rasm. Har bir o„quvchining qaysi laboratoriya ishida ishlaganligini
bildiruvchi ishchi oyna.
Bu yerdan o„qituvchi har bir o„quvchining qaysi mavzuga oid laboratoriya
ishini bajarganligini bilib olishi mumkin va shu laboratoriya ishini mavzusining
ustiga sichqonchani oilb kelib ikki marotaba bosish orqali o„quvchining bajargan
laboratoriya ishining jurnali namoyon bo„ladi. Misol uchun ro„yxatdagi birinchi
o„quvchining bajargan laboratoriya ishini - va 8-rasmlarda tasvirlangan ishchi
oyna orqali ko„rish mumkin.
-rasm. “Свойства солей” (Tuzlarning xossalari) mavzusida o„quvchining
bajargan laboratoriya ishining jurnali keltirilgan ishchi oyna.
8-rasm. Bajarilgan laboratoriya ishi yuzasidan o„qituvchining izohi berilgan
ishchi oyna.
Do'stlaringiz bilan baham: |