Pedagogika instituti tabiiyot va geografiya fakulteti kimyo kafedrasi


-sinf (68 soat, haftasiga 2 soatdan)



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/21
Sana31.12.2021
Hajmi3,53 Mb.
#243369
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
oksidlar mavzusini oqitishda talim beruvchi dasturlardan foydalanish

7-sinf (68 soat, haftasiga 2 soatdan) 

1.  Kirish. (2 soat) 

2.   Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari (2  soat). 

Kimyo  fanining  maqsad  va  vazifalari.  Uni  fan  sifatida  shakllanish  tarixi. 

O„zbekistonda  kimyo.  O„zbekistondagi  kimyogar  olimlarning  kimyo  faniga 

qo„shgan hissalari . 

Atom-molekulyar  ta‟limoti.  Atom  va  molekulalarning  mavjudligi.  Kimyoviy 

element, kimyoviy belgi. 

Atomlarning o„lchami, nisbiy va absolyut massasi. 

Kimyoviy  modda-atom  va  molekulalar.  Molekulyar  va  nomolekulyar 

tuzilishdagi moddalar. Sof modda va aralashmalar. Oddiy va murakkab moddalar. 



   

 

Kimyoviy  formula  va  undan  kelib  chiqadigan  xulosalar.  Valentlik.  Indekslar 



haqida tushuncha.  

Molekulalarning o„lchami, nisbiy va absolyut massasi. Mol va molyar massa. 

Moddalarning  xossalari:  fizik  va  kimyoviy  o„zgarishlar.  Kimyoviy  reaksiya 

tenglamalari. Koeffitsientlar. 

Tarkibning  doimiylik  qonuni,  massaning  saqlanish  qonuni.  Ekvivalentlik 

qonuni va ularning o„zaro bog„lanishi. Avogadro qonuni. Molyar hajm. Avogadro 

doimiysi. 

Kimyoviy  reaksiya  turlari:  birikish,  parchalanish,  o„rin  olish  va  almashinish 

reaksiyalari. 

Hisoblashga  oid  masalalar:  1.  Moddalarning  nisbiy  molekulyar  massasini  va 

modda miqdorini ularning formulalari asosida hisoblash. 

Murakkab  moddalar  tarkibidagi  elementlar  atomlarining  massa  ulushini 

topishga oid masalalar. 

Oddiy  va  murakkab  moddalarning  ekvivalentini  hisoblashga  doir  masalalar 

yechish. 

Modda tarkibidagi elementlarning miqdoriy nisbatlari aniq bo„lganda ularning 

formulalarini topish. 

Kimyoviy  reaksiyalar  tenglamalari  asosida  va  massaning  saqlanish  qonuniga 

asoslanib olib boriladigan hisoblashlarga doir masalalar. 

Ko„rsatiladigan  namoyishli  tajribalar:  1.  Turli  xildagi  suyuqliklar  zichligini 

areometr  yordamida  o„lchash.  2.  Kimyoviy  hodisalarga  misollar:  shakarni 

qizdirganda  o„zgarishi,  parafin  va  gugurt  cho„pining  yonishi.  3.  Suv 

molekulasining  elektr  toki  ta‟sirida  parchalanishi.  4.  Oltingugurtning  temir  yoki 

rux  bilan  birikishi.  5.  Atomlarning  modellari  yordamida  turli  molekulalar 

modellarini yasash. 

Laboratoriya tajribalari: 1. Fizik xossalari turlicha bo„lgan moddalar (osh tuzi, 

shakar,  ichimlik  soda,  mis  kuporosi,  alyuminiy,  rux,  temir,  mis,  suv,  spirt, 

oltingugurt,  yod)  bilan  tanishish.  2.  Fizik  hodisalarga  misollar:  parafin  (sham)ni 




 8 

 

suyuqlantirish,  shakar  yoki  osh  tuzini  suvda  eritish,  eritmani  bug„lantirish,  spirt, 



sirka,  efirning  bug„ini  hidlash  yo„li  bilan  farqlash.  3.  Kimyoviy  hodisalarga 

misollar: (qog„oz, spirt,  gaz, gugurt cho„pining  yonishi, mis  tolasini  spirt  lampasi 

yoki  gaz  alangasida  qizdirish,  xlorid  kislotaning  bo„rga  ta‟siri, 

har  xil  alomat 

beriladigon  yoki  turli  sharoitda  boshlanadigan  va  kechadigan  (o„qituvchining 

ko„satmasiga  muofiq)

  reaksiyalarni  bajarish  va  kuzatish.  4.  Oddiy  va  murakkab 

moddalar:  minerallar,  tog„  jinslari,  metallar  va  metalmaslar  namunalari  bilan 

tanishish. 5. Birikish (ohakni so„ndirish), parchalanish (malaxitning parchalanishi), 

o„rin  olish  (mis  (II)-xlorid  tuzi  eritmasiga  tozalangan  temirni  tushirish) 

reaksiyalariga doir tajribalarni bajarish. 

Amaliy  mashg„ulotlar  (3  soat)  1.  Kimyo  xonasidagi  jihozlar  bilan  ishlashda 

mehnat  xavfsizligi  qoidalari  bilan  tanishish.  (1soat)  2.  Laboratoriya  shtativi,  spirt 

lampa,  gaz  gorelkalari  va  elektr  isitgich  bilan  ishlash  usullari,  alanganing 

tuzilishini o„rganish. (1soat) 3. Ifloslangan osh tuzini tozalash. (1soat) 

Mavzu bo„yicha test savollarini yechish. 

Jihozlar  va  o„quv  ko„rgazmali  qurollar:  Areometrlar  silindri  bilan, 

o„qituvchining namoyishli tajribalari uchun idish va anjomlar to„plami, kimyoviy 

reaktivlar to„plami, kimyoviy idishlarni quritish uchun doska, kimyoviy reaktivlar 

uchun  temir  shkaf,  organik  shishadan  yasalgan  ximoya  ekrani,  shishaga  yozish 

uchun  qalam,  quruq  yonilg„i,  keramik  plita,  magnitli  aralashtirgich,  KEX, 

laboratoriya  elektron  tarozisi,  poli  propilenli  kimyoviy  laboratoriya  idishlar 

to„plami,  atomlarning  sharsterjenli  modellari,  kimyoviy  universal  laboratoriya 

shtativi, texnika xavfsizligi bo„yicha plakatlar to„plami (5 dona), o„quvchilar uchun 

laboratoriya  ishlari  uchun  idishlar  to„plami,  shisha  idishlar  to„plami,  «Mineral  va 

tog„  jinslari»  va  «Oddiy  moddalar»  kolleksiyalari,  moddalar  massasini  saqlanish 

qonunini  namoyish  etish  asbobi,  namoyishli  doskada  moddalar  molekulalari 

modellarini namoyish etish to„plami. 

 . Kislorod (6 soat) 



   

 

Kislorod-kimyoviy  element.  Kislorodning  kimyoviy  belgisi,  atom  massasi. 



Kislorodning tabiatda tarqalishi.  

Kislorod-oddiy  modda.  Fizik  xossalari.  Ozon-oddiy  modda,  kislorodning 

allotropik shakl o„zgarishi. 

Kislorodning  kimyoviy  xossalari.  Valentligi.  Kislorodning  biologik 

ahamiyati, olinishi va ishlatilishi. Katalizatorlar haqida tushuncha. Havo va uning 

tarkibi, havoni ifloslanishdan saqlash. 

Moddalarning  toza  kislorod  va  havo  muhitida  yonish  tezligini  taqqoslash. 

Yonishning  boshlanishi  va  to„htashi,  yong„inning  oldini  olish  choralari. 

Yonilg„ilarning turlari.  

Ko„rsatiladigon  namoyishli  tajribalar

:  1.Kislorodning  fizik  xossalari  bilan 

tanishish.  2.  Kislorodda  temir,  oltingugurt,  cho„g„langan  yog„ochning  yonishi.  3. 

Vodorod peroksidni katalizator ishtirokida parchalanishini ko„rsatish. 4. Havodagi 

kislorod miqdorini aniqlash. 5. Moddaning yonishi uchun zarur bo„lgan sharoitlar 

va alangani o„chirish vositalari bilan tanishtirish. 

Laboratoriya  tajribalari:  1.Oksidlarning  namunalari  bilan  tanishish.  2. 

Yonilg„ilarning turli xillari va ulardan unumli foydalanish usullari bilan tanishish.  

Amaliy  mashg„ulot.  1.Kislorod  olish  va  uning  xossalari  bilan  tanishish  (  

soat). 

Mavzu bo„yicha test savollarini yechish. 

Jihozlar  va  o„quv  ko„rgazmali  qurollar:  O„qituvchining  namoyishli  tajribalar 

uchun  idish  va  anjomlar  to„plami,  kimyoviy  reaktivlar  to„plami, 

kimyoviy 

idishlarni  quritish  uchun  doska,  kimyoviy  reaksiyalar  uchun  shkaf,

  organik 

shishadan  yasalgan  himoya  ekrani,  shishaga  yozish  uchun  qalam,  quruq  yonilg„i, 

keramik  plita,  magnitli  aralashtirgich,  KEX,  laboratoriya  elektron  tarozisi, 

polipropilenli  kimyoviy  laboratoriya  idishlar  to„plami, 

atomlarning  shar-sterjenli 

modellari,  kimyoviy  universial  labaratoriya  shtativi

,  texnika  xavfsizligi  qoidalari 

bo„yicha  plakatlar  to„plami  (5  dona),  o„quvchilar  uchun  laboratoriya  ishlari 




   

 

idishlari  va  anjomlari  to„plami,  shisha  idishlari  to„plami, 



Namoyish  uchun 

Evdidometr; “Yonilg„i” kolleksiyasi; havo tarkibini aniqlovchi asboblar.  

 . Vodorod (  soat) 

Vodorod-kimyoviy  element,  kimyoviy  belgisi,  nisbiy  atom  massasi,  tabiatda 

tarqalishi. Kislotalar haqida dastlabki tushunchalar. 

 Vodorod-oddiy  modda.  Uning  formulasi  va  molyar  massasi.  Vodorodning 

fizikaviy va kimyoviy xossalari.  

Valentligi.  Vodorodning  laboratoriyada  olinishi.  Vodorod  sof  ekologik 

yonilg„i va uning kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatilishi Hisoblashga doir 

masalalar. 1. Kimyoviy tenglama bo„yicha gazning hajmini aniqlash. 2. Gazlarning 

hajmiy  nisbatlarini  kimyoviy  tenglama  bo„yicha  hisoblash.  3.  Gazlarning  nisbiy 

zichligini hisoblab topish.  

Ko„rsatiladigan  namoyishli  tajribalar:  1.Vodorodning  fizik  xossalari  bilan 

tanishtirish. 2. Kipp apparatining tuzilishi  va ishlatish qoidalari bilan tanishish. 3. 

Vodorodning  havoda  va  kislorodda  yonishi.  Vodorodni  yondirishdagi  ehtiyot 

choralarini ko„rsatish. 

Laboratoriya tajribalari: 1. Kislota eritmasiga rux ta‟sir etib vodorod olish. 

2.Vodorodning  mis  (II)-oksid  bilan  o„zaro  ta‟siri  va  bu  reaksiyaning  amaliy 

ahamiyatini o„rganish.  

Mavzu bo„yicha test savollarini yechish. 

Jihozlar va o„quv ko„rgazmali qurollar: O„qituvchining namoyishli tajribalari 

uchun  idish  va  anjomlar  to„plami,  kimyoviy  reaktivlar  to„plami,  kimyoviy 

idishlarni  quritish  uchun  doska,  kimyoviy  reaktivlar  uchun  temir  shkaf,  organik 

shishadan  yasalgan  himoya  ekrani,  shishaga  yozish  uchun  qalam,  quruq  yoqilg„i, 

keramik  plita,  KEX,  laboratoriya  elektron  tarozi,  polipropilenli  kimyoviy 

laboratoriya  idishlar  to„plami,  kimyoviy  universal  laboratoriya  shtativi, 

o„qituvchilar  uchun  laboratoriya  ishlari  idishlari  va  anjomlari  to„plami,  shisha 

idishlari  to„plami,  o„zi  yopishadigan  etiketka, rezina  naylar  to„plami, 

suvni  sintez 

qilish namoyishli asbobi.

 



   

 

 . Suv va eritmalar (8 soat) 



Suv-murakkab  modda.  Uning  elementar  tarkibi.  Molekulyar  tuzilishi, 

formulasi  va  molyar  massasi.  Suvning  fizik  va  kimyoviy  xossalari.  Suvning 

tabiatda  tarqalishi.  Uning  tirik  organizmlar  hayotidagi  ahamiyati,  sanoatda 

ishlatilishi.  Suv  havzalarini  ifloslanishdan  saqlash  choralari.  Suvni  tozalash 

usullari. 

Suv - eng yaxshi erituvchi, eruvchanlik.  

Eritmalar  va  ularning  kontsentratsiyasi  haqida  tushuncha.  Eritmada  erigan 

modda  massa  ulushi,  foiz  kontsentratsiya,  molyar  va  normal  kontsentratsiya. 

Eritmalarning inson hayotida ahamiyati. 

Hisoblashga oid masalalar. Eritmada erigan moddaning massa ulushini topish. 

2. Ma‟lum hajm eritmadagi erigan moddaning mol miqdorini hisoblash. 

Ko„rsatiladigan namoyishli tajribalar. 1. Tabiiy suvni haydash yo„li bilan toza 

(distillangan)  suv  olish.  2.  Suvni  Gofman  asbobida  tarkibiy  qismlarga  ajratish.  3. 

Suv  molekulasini  oddiy  moddalardan  olish.  Analiz  va  sintez  xaqida  tushuncha 

berish. 4.Suvning metallar (kalsiy, natriy, magniy) bilan o„zaro ta‟siri.  

Laboratoriya tajribalari 

Suvning  oksid  (kalsiy  oksid,  mis  (II)-oksid,  uglerod  (IV)-oksid)lar  bilan 

o„zaro ta‟siri, hosil bo„lgan eritmalarda indikatorlar rangini o„zgarishi. 

Amaliy  mashg„ulotlar.  1.  Erigan  moddaning  massa  ulushi  va  molyar 

kontsentratsiyasi ma‟lum bo„lgan eritmalar tayyorlash (1soat). 

2.  Tuproqning  suvli  eritmasini  tayyorlash  va  unda  ishqor  borligini  aniqlash 

Mavzu bo„yicha test savollarini yechish. 

Jihozlar va o„quv ko„rgazmali qurollar: O„qituvchining namoyishli tajribalari 

uchun  idish  va  anjomlar  to„plami,  kimyoviy  reaktivlar  to„plami,  kimyoviy 

idishlarni  quritish  uchun  doska,  kimyoviy  reaktivlar  uchun  temir  shkaf,  organik 

shishadan  himoya  ekrani, 

eritmalarni  haydash  uchun  mikro  asbob,

  elektr  toki 

yordamida  boradigan  tajribalar  uchun  asbob,  shishaga  yozish  uchun  qalam, 

indikator  qog„ozi,  magnitli  aralashtirgich,  KEX,  laboratoriya  elektron  tarozisi, 




   

 

polipropilenli  kimyoviy  laboratoriya  idishlar  to„plami,  kimyoviy  universal 



laboratoriya  shtativi,  areometrlar  silindri  bilan,  o„quvchilar  uchun  laboratoriya 

ishlari  idishlari  to„plami,  o„quvchilar  uchun  laboratoriya  shisha  idishlari  va  o„zi 

yopishadigan etiketka, rezina naylar to„plami. 

 . Noorganik moddalarning eng muhim sinflari  

 .1.  Moddalarni  toifalanishi  (2  soat)  Metalmaslar  va  metallar.  Murakkab 

moddalarning toifalanishi. 

 . 2. Oksidlar (4 soat) Oksidlarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi. Ularning 

olinishi va  xossalari. Oksidlarning toifalanishi: asosli, kislotali, amfoter  va befarq 

oksidlar. Eng muhim oksidlarning ishlatilishi. 

 .3.  Asoslar  (4  soat)  Asoslarning  tarkibi,  tuzilishi  va  nomlanishi.  Ularning 

olinishi  va  xossalari.  Ularning  toifalanishi,  ishqorlar  va  amfoter  asoslar.  Eng 

muhim  asoslarning  ishlatilishi.  Suvda  erimaydigan  asoslarning  olinishi  va 

xossalari. 

 .4.  Kislotalar  (5  soat)  Kislotalar  tarkibi,  tuzilishi  va  nomlanishi.  Ularning 

olinishi va xossalari. Toifalanishi: kislorodli va kislorodsiz kislotalar. Metallarning 

faollik  qatori  haqida  tushuncha.  Kislotalarning  negizi.  Eng  muhim  kislotalarning 

ishlatilishi. 

 .5. Tuzlar (5 soat) Tuzlar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi. Ularning olinishi 

va  xossalari.  Toifalanishi:  o„rta,  nordon  va  asosli  tuzlar.  Tuzlar  tarkibidagi 

elementlar  atom  valentligiga  qarab  formulalarni  tuzish.  Eng  muhim  tuzlarning 

ishlatilishi. 

Jihozlar va o„quv ko„rgazmali qurollar: O„qituvchining namoyishli tajribalari 

uchun  idish  va  anjomlar  to„plami,  kimyoviy  reaktivlar  to„plami,  kimyoviy 

idishlarni  quritish  uchun  doska,  kimyoviy  reaktivlar  uchun  temir  shkaf,  organik 

shishadan  tayyorlangan  ximoya  ekrani,  shishaga  yozish  uchun  qalam,  indigator 

qog„ozi; magnitli aralashtirgich, KEX, laboratoriya elektron tarozisi, polipropilenli 

kimyoviy  laboratoriya  idishlar  to„plami,  kimyoviy  universal  laboratoriya  shtativi; 

raqamli  o„quv  termometri,  o„quvchilar  uchun  laboratoriya  ishlari  idishlari  va 




   

 

anjomlari to„plami, o„quvchilar uchun laboratoriya ishlari uchun shisha idishlari va 



anjomlari to„plami, o„zi yopishadigan etiketka, rezina naylar to„plami.  

 .  Oksidlar,  asoslar,  kislotalar  va  tuzlarning  o„zaro  genetik  bog„lanishi  (5 

soat)  Oksidlardan  asos,  kislota  va  tuzlarning  olinishi.  Asoslardan  oksid  va 

tuzlarning  olinishi.  Kislotalardan  oksid  va  tuzlarning  olinishi.  Tuzlardan  oksid, 

asos, kislotalarning olinishi. Ularning o„zaro genetik bog„lanishi.  

Ko„rsatiladigan  namoyishli  tajribalar.  1.  O„yuvchi  natriy  va  so„ndirilgan 

oxakning  suvda  erishi.  2.  Xlorid,  nitrat  va  sulfat  kislotalarning  fizik  xossalari  va 

indikatorlarga  ta‟siri.  3.  Kislota  eritmasining  indikatorlarga  ta‟siri.  4. 

Kislotalarning  metallar  (temir,  rux,  alyuminiy,  mis)  ga  ta‟sirini  o„rganish.  5. 

Kislotalarning  metall  oksidlari  bilan  o„zaro  ta‟siri.  6.  Xlorid,  nitrat  va  sulfat 

kislotalar tuzlari bilan tanishish. 7. Sulfat kislotaning gazlamaga ta‟siri. 8. Kislota 

eritmalarining metallarga ta‟siri. 9. Neytrallanish reaksiyasi va uni amalga oshirish. 

10.  Metall  gidroksidlari  (kalsiy  va  natriy  gidroksid  eritmalari)  ning  metalmaslar 

oksidlari  (karbonat  angidridi)  bilan  o„zaro  ta‟siri.  11.  Suvda  erimaydigan  asoslar 

olish va ularning xossalari. 12. Asoslarning oksid va tuzlar bilan o„zaro ta‟siri.  

Laboratoriya  tajribalari.  1.  Natriy,  kalsiy  va  temir  (III)-gidroksidlarining 

xossalari bilan tanishish. 2. Suvda erimaydigan asoslarning kislotalar bilan  o„zaro 

ta‟siri. 3. Kislotalar eritmalariga indikatorlar ta‟siri. 4. Kislotalarning metallar bilan 

o„zaro  ta‟siri.  5.  Kislotalarning  metall  oksidlari  bilan  o„zaro  ta‟siri.  6.  Mis  (II)-

gidroksidning qizdirilganda parchalanishi. 

Amaliy  mashg„ulotlar.  1.  Sulfat  kislotaning  mis  (II)-oksidi  va  temir  (III)-

oksidi bilan almashinish reaksiyalarini olib borish va reaksiya tenglamalarini yoza 

bilish (1 soat). 

    Noorganik  birikmalarning  eng  muhim  sinflariga  oid  bilimlarni 

umumlashtirish yuzasidan tajribaviy masalalar yechish. 

Mavzu bo„yicha test savollarini yechish. 

Jihozlar va o„quv ko„rgazmali qurollar: O„qituvchining namoyishli tajribalari 

uchun  idish  va  anjomlar  to„plami,  kimyoviy  reaktivlar  to„plami,  kimyoviy 




   

 

idishlarni  quritish  uchun  doska,  kimyoviy  reaktivlar  uchun  temir  shkaf,  organik 



shishadan  tayorlangan  ximoya  ekrani,  shishaga  yozish  uchun  qalam,  indikator 

qog„ozi, magnitli aralashtirgich, KEX, laboratoriya elektron tarozisi, polipropilenli 

kimyoviy  laboratoriya  idishlar  to„plami,  kimyoviy  universal  laboratoriya  shtativi, 

raqamli  o„quv  termometri,  o„quvchilar  uchun  laboratoriya  ishlari  idishlari  va 

anjomlari  to„plami,  shisha  idishlari  to„plami,  o„zi  yopishadigan  etiketka,  rezina 

naylar to„plami. 

Ekskursiya o„tkazish mumkin bo„lgan taxminiy joylar. 

O„lkashunoslik muzeylari. Sanoat va qishloq xo„jaligi korxonalaridagi kimyo 

laboratoriyalari.  Dorixona.  Xo„jalik  mollari  magazini.  Suv  tozalash  inshootlari. 

Foydali  qazilmalar  qazib  olinadigan  konlar  va  o„qituvchi  lozim  topgan  boshqa 

joylar.  

  


Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish