I BOB. «Химия (8- класс). Виртуальная лаборатория» elektron
o„quv vositvositasi va undan foydalanish tamoyillari
I.1. «Химия (8- класс). Виртуальная лаборатория» elektron o„quv
vositasining tavsifi
Zamonaviy elektron ta‟lim resurslarining bozori hozirgi kunda nihoyatda tez
rivojlanib bormoqda. O„qituvchi uchun keng doirada ta‟lim beruvchi va
o„quvchilar bilimini nazorat qiluvchi pedagogik dastur vositalari (PDV) taklif
qilinmoqda. Kun o„tgan sayin ta‟lim samaradorligini oshirishga qaratilgan bunday
resurslar soni ortib bormoqda. Bu ko„pgina fanlar qatori kimyo fanini o„qitishda
ham keng foydalanish imkonini beradi. SHu munosabat bilan quyidagicha
prinsipial savollar paydo bo„ladi: qaysi PDVlarini qo„llash zamonaviy maktab
vazifalariga mos keladi, ulardan qachon va qaysi mavzularda foydalanish kerak,
ular o„quvchilarda bilish faoliyatini tashkillashda ularning imkoniyatlarini
chegaralamagan holda shaxs sifatlari shakllanishida o„qituvchiga yordamchi
sifatida qanday imkoniyatlar yaratib beradi. (Dorofeev M.V., 2002). PDVlari
yaratuvchilari va ishlab chiqaruvchilari yosh avlod bu muammolarni to„g„ri hal
qila olishlari uchun qaysi yo„ldan borishlari kerak.
Hozirgi kundagi mavjud elektron qo„llanmalarda zamonaviy o„qitish
nazariyasi usullariga mos kelmaydigan o„quv materiallari bor. Elektron o„quv
materiallarining ko„pchiligi hozirgacha statistik gipermatn xujjatlari sifatida
yaratilmoqda. Gohida ularga Flash-animasiya qo„shiladi. SHu bilan birga
zamonaviy tadqiqotlarda aniqlanishicha, ta‟lim jarayoni interfaol, multimedalar
kabi ta‟lim resurslari bilan to„ldirilganda yanada samaraliroq bo„lmog„i zarur.
Bu nomuvofiqlikning mohiyati ta‟limiy gipermatnlarning yaratilish jarayonini
sodda va oddiyligi sababdir. Aksincha, informasion ta‟lim resurslarini
loyihalashtirish va yaratish katta mablag„, kuch, vaqt talab qiluvchi qiyin vazifa
hisoblanadi.
O„quvchilarga o„quv jarayonida axborot kommunikasion texnologiyalar
(AKT) bilan samarali ta‟sir ko„rsatish qachon amalga oshadi, qachonki, yaratilgan
PDV o„zining kriteriyalari bilan interfaollik foydalanuvchi-mashina muloqati
dialogi talablariga mos kelsa. O„quvchida kompyuter bilan muloqatga ixtiyoriy
qiziqish uyg„onishi va ta‟limda bilish faoliyatiga ijodiy yondoshish moyilligi
paydo bo„lish jarayoni monitorda sodir bo„layotgan hodisalarni rivojlanib borishini
bilishga intilish hissini yuzaga keltiradi.
Zamonaviy maktablarda PDVlaridan ta‟lim jarayonida muvaffaqqiyatli
foydalanish kafolati bo„lib barchaga ma‟lum bo„lgan pedagogik hamkorlikdagi
ushbu “kompyuter tayyor vazifalar uchun emas, kompyuter bilan birgalikda yangi
bilimlar sari» jumlani asos qilib olish lozim
Tadqiqotlarning ko„rsatishicha, o„quv materiallarini oddiy elektron shakldagi
namoyishi samarali bo„lmaydi Bundan tashqari “video o„yin avlodlari» bo„lmish
zamon bolalari multimedia bilan boyitilgan o„qish vositalarini yuqori faollik bilan
qabul qilishlari aniqlangan. YUqorida esga olingan talablar real dunyodagi
shuningdek, real borliqdagi hodisa va jarayonlarni aniq modellar negizida ko„rsatib
beruvchi ta‟lim beruvchi dasturlarga har tomonlama to„g„ri keladi. Mos ravishda
bunday multimedia tizimlardan foydalanish faol o„qitish jarayonini yuzaga keltirib,
butun diqqatni o„ranilayotgan ob‟ektga jalb qiladi. Bunday ta‟lim beruvchi tizimga
real dunyodagi hodisa va ob‟ektlarni kompyuter muhitida modellashtirish imkonini
beruvchi, kimyo, fizika va biologiya kabi tabiiy-ilmiy fanlardan bilim,
ko„nikmalarni egallashga yordamlashuvchi virtual laboratoriyalarni kiritish
mumkin.
Bunday yondashish tarafdorlarining aytishlaricha, o„quvchilar tajribasizliklari
tufayli kompyuterda yaratilgan ob‟ektlarning modellarini, virtual dunyoni real
dunyodan farqlay olmasliklari tufayli atrofdagi mavjud dunyoni to„la anglay
olmaslik holatlari yuz berishi mumkin. O„quv jarayonida kompyuter muhitida
yaratilgan modellaridan foydalanish salbiy samarani yuzaga keltirmaslik uchun
ikki asosiy yo„nalishni tavsiya qilinadi. Birinchisi, PDV yaratishda unga mos
ravishda izohlovchi chegara bo„lishi zarur. Masalan, o„qituvchining ekranda yuz
berayotgan hodisalarni og„zaki izohli nutqi. Ikkinchidan, maktab ta‟limida
zamonaviy kompyuterdan foydalanish hech bir holatda o„qituvchining
boshqaruvchi roli o„rnini egallay olmaydi. O„z faoliyatiga ijodiy yondashuvchi
o„qituvchi zamonaviy PDVlari yordamida o„quvchilariga modelli ob‟ektlarni,
ularni mavjudlik sharoitlarini tushunish orqali eng muhimi o„quvchilarning aqliy
rivojlanishiga olib keladigan o„rganilayotgan o„quv materialini o„zlashtirilishini
yaxshilashga sabab bo„ladi. Mavjud maktab laboratoriyalarini to„liq virtual shaklga
o„tkazishga bo„lgan tanqidni dastur yaratuvchilariga emas, balki o„z amaliyotida
real tajribalar o„rniga virtual tajribalarni qo„llashni istamay, ko„plab bahonalar
keltiruvchi o„qituvchilar adresiga aytish lozim.
Biz MarDTU multimedialar tizimi laboratoriyasi tomonidan yaratilgan
«Виртуальная химическая лаборатория для 8- классов»
nomli PDVsini
tavsiya qilamiz. Bu PDVsini ishlab chiqaruvchilari mavjud elektron
qo„llanmalardagi kamchiliklarni hisobga olib, kompyuter va o„quvchi hamkorligini
zamonaviy konsepsiyalar asosidagi g„oyalarga tayangan yaratishgan. Virtual
laboratoriya elektron qo„llanmasida uch o„lchamli grafika va animasiyadan
foydalanib ko„p miqdorda kimyoviy tajribalar kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |