Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati
KIRISH
Bugungi
kunda
jamiyat hayotining koʻpgina sohalarida interfaol
texnologiyalar qoʻllanmoqda Multimedia proektorlari, interfaol doskalar va
panellar, videokonferensiya aloqa tizimlari avvaldan mavjud boʻlgan koʻpgina
muammolarni ovozlantirish orqali hal boʻlishini engillashtirdi Endilikda masofa
va maydon oʻqishda va ishda u darajada muhim emas
Butun auditoriya kerakli ma‟lumotni olishi zarur boʻlgan katta yigʻilishlarni
proektorsiz tasavvur qilish qiyin boʻlib qoldi Ta‟limda nafaqat oʻqituvchi
mehnatini yengillashtiruvchi, balki katta oʻqitish imkoniyatlarini yaratib beruvchi
interfaol doska va panellar qoʻllanmoqda Zamonaviy informasion texnologiyalar
xohlangan hajm va mazmundagi ma‟lumotdan istalgan masofadan amalda
cheklanmagan darajada foydalanish va saqlash imkoniyatini yaratib bermoqda.
Hozirgi kunda inson faoliyatini XX asrning ulkan texnik yutugʻi boʻlmish
kompyutersiz tasavvur qilish mumkin emas. BMIda soʻz boradigan interfaol
texnologiya, virtual laboratoriyalarning bajarilishi, kompyuter yordamida
ta‟limning samaradorligini keskin orttirishga va imkoniyatlarni kengaytirishga
xizmat qiladi.
Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz I A Karimov ta‟limning yangi modeli
jamiyatimizning potensial kuchlarini ro„yobga chiqarishda juda katta ahamiyat
kasb etishiga alohida e‟tibor qaratishmoqda Ta‟limni texnologiyalashtirish
muammosining dolzarbligi turli innovatsiyalarning keskin tarqalishi bilan
tushuntiriladi O„zining pedagogik faoliyatida turli ta‟limiy texnologiyalardan va
axborot kompyuter vositalaridan foydalanish xususan o„quvchilarning fikrlash va
o„zlashtirishini, fanga qiziqishini ortishiga, kimyoviy bilimlarini amalda tadbiq
etish, chunonchi, o„qituvchi o„zining pedagogik faoliyatida oldindan
rejalashtirilgan natijalarga erishishga imkon beradi.
Kimyodan nazariy manbalarning ko„payishi fanni o„quvchilarning tezroq va
samarali o„zlashtirishlarini qiyinlashtirdi Bizning davrimiz borgan sari
axborotlashmoqda Hozigi kunda oʻrganish uchun darsda va darsdan tashqari
vaqtlarda ma‟lumotlarni axborot texnologiyalaridan foydalanmasdan olishlikni
tasavvur qilib bo„lmaydi
Bugungi kunda ta‟lim tizimini tashkillash imkoniyatlarini kengaytiruvchi,
ulkan ta‟limiy resursli yangi texnik vositalar: kompyuterlar, multimediyali
taqdimotlar, ta‟limning virtual va masofaviy usullari paydo bo„ldi
Bu jarayonda o„qituvchi kompyuterdan yaxshi yordamchi topa olmaydi
Sinfda kam miqdorda kompyuter bo„lgan sharoitida o„quvchilarning turli guruhlari
uchun differensiallashtirilgan ta‟limni tashkillash mumkin Sinfda bitta kompyuter
bo„lgan taqdirda darsni yanada hayajonli va qiziqarli qilish maqsadida alohida
elektron qo„llanmalardan foydalangan holda o„tish mumkin Elektron qo„llanmalar
yordamida o„quvchilar bilimini tekshirishning turli shakllarini tashkillash mumkin
Muammoning o„rganilish darajasi. Hozirgi kunda barcha muassasalarida
o„qitishning zamonaviy usullaridan keng foydalanish yo„lga qo„yilmoqda, yangi
axborot texnologiyalarini turli fanlarni o„qitishga qo„llash muammosi bo„yicha
tadqiqotlar jadal ravishda rivojlanmoqda Ta‟lim soxasiga yangi pedagogik
texnologiyalar, yangi axborot texnologiyalari, innovasion texnologiyalarni joriy
etilishi bilan ta‟lim jarayonining tubdan o„zgarishi, samarali usullarning
qo„llanilishi, o„qitish muammolarini hal etish yo„lida, kompyuter texnikasidan
o„quv-tarbiya jarayonida foydalanish bo„yicha M Nishonov, I I Qo„qonboyev,
O„ Tolipov,
S Isamitdinov,
R Safarova,
B Qayumov,
Z Yuldashev,
A.A.Abduqodirov, N.Anvarova va boshqa olimlarning ilmiy ishlari, ilmiy-uslubiy
maqolalarini keltirish mumkin.
Respublikamizda nashr etilgan adabiyotlar, ilmiy ishlar, ilmiy maqolalar
tahliliga ko„ra hozirgi kungacha, aynan “Kimyo” faniga o„zbek tilida mukammal
elektron qo„llanmalarni qo„llanilishi yuzasidan tadqiqot ishlari olib borilmagan
Tadqiqotning maqsad va vazifalari.
-“Химия (8- класс) Виртуальная лабаротория” elektron qo„llanmasini
qo„llash orqali o„quvchilarning o„zlashtirish samaradorligini oshirish;
- mustaqil ta‟lim olish tizimini takomillashtirish;
- o„quvchining o„zlashtirish faoliyatini oqilona tashkillash va rivojlantirish;
- elektron qo„llanmadan foydalanish tamoyillarni aniqlash va ularni ishlab
chiqish;
- kimyo ta‟limida kompyuter texnologiyalari o„rnini aniqlash;
- o„quvchilarda kimyoviy reaksiyalarining mohiyati haqida ilmiy tasavvur
hosil qilish.
Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi:
-elektron qo„llanma asosida kimyo ta‟limi samaradorligini oshirishning
metodlari aniqlandi;
-mavzu bo„yicha tegishli uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi va amalda ulardan
foydalanish yo„llari ko„rsatib o„tildi;
-kimyo fanini elektron qo„llanma yordamida o„qitishning zamonaviy holati
o„rganildi va tahlil qilindi
Hal qilinishi lozim bo„lgan masalalar:
1. Kimyo fanini elektron dasturlar yordamida o„qitishning ilmiy-metodik
adabiyotlarda va internet resurslarida yoritilishini, mavjud muammolarni aniqlash,
ularni hal etish masalalarini tahlil etish.
O„quvchilarning kimyodan mavjud nazariy bilimlari darajasini elektron
dastur asosida aniqlash va tahlil etish.
O„quv ishchi dasturida rejalashtirilgan laboratoriya va amaliy ishlarni
elektron qo„llanmadan foydalanib bajarish imkoniyatlarini o„rganish
Tanlab olingan sinflarda elektron qo„llanmani qo„llash rejalarini ishlab
chiqish va amalga oshirish. Olingan natijalarni nazorat sinflari bilan qiyoslash
ishlarini amalga oshirish.
. Olingan natijalar asosida tavsiya va xulosalar tayyorlash.
Mavzuning amaliy ahamiyati: Umumta‟lim maktablari kimyo laboratoriya
mashg„ulotlarida virtuallashtirishdan foydalanish yo„llari yaratildi.
Amalga oshitilgan ishlar natijasida kimyo o„qitish metodikasi kursi
mazmunini yangi ma‟lumotlar bilan boyitildi
8
Do'stlaringiz bilan baham: |