Tayanch so’zlar: Inklyuziv ta’lim (ingliz tilidan olingan bo’lib, inclusive, inclusion– uyg’unlashmoq, qamrab olmoq, nogiron va sog’lom bolalar o’rtasidagi to’siqlarni (diskriminatsiyani) bartaraf etish. psixologo-pedagogik, korrektsion, Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar
Inklyuziv ta’lim – bu davlat siyosati bo’lib nogiron yoki boshqa sabablar tufayli maxsus yordamga muhtoj, kasallangan bolalar uchun moslashuvchan va individuallashgan yordam tizimidir va barcha bolalarni teng ko’rishni ko’zda tutadigan inklyuziv, innovatsion ta’lim turidir.
Millati, irqi, tanasining rangi, ijtimoiy kelib chiqishi, oilasining jamiyatda tutgan o’rni, manbai, moddiy va ma’naviy axvoli, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kamchiligi bo’lishidan qat’iy nazar barcha bolalarni teng ko’rish, ulardagi har qanday imkoniyatni qadrlash, rivojlantirishni ko’zda tutadigan ta’lim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |