G’
G’oya – inson tafakkurida vujudga keladigan, jamiyat va odamlarni maqsad sari yetaklaydigan fikr. Unda olamni bilish va o’zgartirish maqsadlari, ularga erishish yo’llari va vositalari mujassam bo’ladi.
G’urur – ona tilimiz asrlar bo’yi xalqimiz tomonidan zargarona sayqal berilib, shunday mukammallik qilib yaratilganki, u orqali har qanday ma’no va tushunchalarni, ularning eng nozik jihatlarigacha aniq va tiniq ifodalash mumkin.
H
Hadis – janob payg’ambarimizning aytgan so’zlari, fe’l – atvorlari, axloqlari, qavl va taqrirlari, payg’ambarlikka qadar bo’lgan hamda payg’ambarlik yillaridagi siyratlarini, ya’ni hayot yo’llarini anglatuvchi sunnatlari.
Hadisi Qudsiy – ma’nosi Alloh taoloniki bo’lib, aytilishi Rasululloh ( sav )dan bo’lgan hadislar.Uni Alloh taolo o’z nabiysiga ilhom berish, tushida ko’rsatib bildirish orqali xabar beradi, Payg’ambar esa, buning ma’nosini Alloh tomonidan, Alloh taolo aytdi, deb sahobalariga yetkazganlar.
Hayo – axloq-odob fazilatlarining ulug’I bo’lib, andisha qilish va uyalish, nomus, sharafni saqlash kabilarni anglatadi. Hayo inson hayotining bezagi, ziynati hisoblanadi. U komillikka erishgan kishi uhining tafakkuri, ma’naviy timsolidir.
Hamkorlik pedagogikasi – bu hamkorlik pedagogik texnologiyasi. Ta’lim beruvchilar va oluvchilarning o’zaro muloqotiga asoslangan shaklda ta’lim berishga asoslangan tizim.
Halollik – axloqshunoslikning tushunchasi bo’lib, jamiayat a’zolari zimmasiga yuklatilgan axloqiy – huquqiy talablarni vijdonan bajarilishini anglatadi.
Harbiy ta’lim – bu qurolli kuchlar uchun kadrlar tayyorlash jarayonini vujudga kelishi harbiy fan va harbiy san’at bilan bog’liq holda ro’y bergan.
Hasab – aslida hislat, fazilat degani o’qimishli, bilimli, fozil odamga beriladigan nisbat. Nasab esa zot degani, lotincha aytsak gen o’zbekchasiga tag o’zak degani.
Huquqiy madaniyat – keng tushuncha bo’lib, u huquqqiy ongni o’zida qamragan holda, odamlarning qonunga munosabatlarini ifodalovchi qarashlari va e’tiqodlarida, ularning huquq haqidagi tasavvurlaridan intilishlari va tuyg’ularidan iboratdir.
Huquqiy ong – huquqiy anglash demakdir. Odamlarning ham amaldagi huquqiga hamda ularning o’zlari istagan huquqa munosabatini ifoda etadigan tasavvur va his – tuyg’ularning mujassamidir. U tabiatan huquq bilan mushtarakdir va shu sababli mavjud iqtisodiy munosabatlarga nisbatan ikkilamchidir.h
Do'stlaringiz bilan baham: |