O’qitishdagi integratsiya – ko’pgina elementlardan tuzilgan ta’lim jarayonini tashkil qilish xossa va qonunlarni yaxlit egallash.
O’qituvchi – bu yosh avlodni hayotga, ongli mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida davlat oldida, jamiyat oldida javob beradigan, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish uchun maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan va pedagogic faoliyat bilan kasbiy jihatdan shug’ullanayotgan insondir.
O’quv dasturi – bu hujjat hisoblanib, bo’lajak mutaxassis shaxsiga qo’yilgan talablarga mos holda ta’lim mazmunini va uni o’quvchi tomonidan o’zlashtirishni tashkil etish usullarini o’zida aks ettiradi.
O’quv mavzusi – dasturga kiritilgan bo’limlarning mazmunini ifoda etadigan bo’lagi.
O’quv- uslubiy majmua – muayyan fan yoki kasbni to’liq va sifatli o’rganish uchun zarur bo’lgan o’quv uslubiy hujjatlar va o’qitish vositalari majmui.
O’quv qo’llanma – darslikni qisman to’ldiruvchi, muayyan fan dasturi bo’yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o’zlashtirishini ta’minlovchi ayrim bob va bo’limlarni keng tarzda yoritishga yoki mashq va mashg’ulotlar olib borishga olib borishga mo’ljallangan nashr.
Q
Qadr – kishining jamiyatda tutgan o’rni, obro’-e’tibori, hurmati, nufuzi.
Qadriyat – tevarak-atrofdagi narsalarning, kishining jamiyat uchun ijobiy yoki salbiy ahamiyatini ko’rsatuvchi tushuncha bo’lib, axloqiy tamoyillar, g’oyalar va maqsadlarda ifodalangan ana shu tushunchaga baho berish mezoni va usullari hisoblanadi.
Qanoat – arabcha so’z bo’lib, qoniqish, kam yoki boriga ko’nikish, bori bilan kifoyalanish, nafsi tiyiqlik, ko’pga, ortiqchalikka intilmaslik demakdir.
Qiyosiy pedagogika – bu XX asr boshlarida pedagogika fanining alohida tarmog’I bo’lib ajralib chiqdi va turli xalqlarning pedagogik qarashlari va ta’lim-tarbiya tizimini qiyosiy- genetic nuqtai nazardan solishtiradi.
Qiziqish – bu insonning bilish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan ehtiyojlarning hissiy namoyon bo’lishidir. Shuningdek bu bilish xohishi asosida shakllanadigan jarayon bo’lib, uning yordamida ilmiy ijodiyotga ham kirib borish mumkin.
Qobiliyat – shaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va uning ishni muvaffaqiyatli bajarishidagi o’ziga xos imkoniyatlarni ifodalovchi individual ruhiy xususiyatlar.
Qur’on – (arabcha-qiroat-o’quv) islom dinida muqaddas deb tan olingan kitob. Unda islom aqidalari, e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlari, cheklash va taqiqlari o’z ifodasini topgan. Qur’oni Karim Alloh tomonidan payg’ambarimiz Muhammad Alahissalomga vahiylar orqali 23 yil davomida nozil qilingan. Unda 114 ta sura bo’lib, har bir sura 3 va undan ko’p oyatlardan tashkil topgan. Qur’onning markaziy g’oyasi talhit, ya’ni yakka xudo – Alloh to’g’risidagi ta’limotdir. Qur’oni Karim 1990-1991 yillarda Alouddin Mansur tomonidan zamonaviy o’zbek tiliga o’girildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |