Pedagogika fakulteti



Download 76,68 Kb.
bet5/5
Sana15.01.2020
Hajmi76,68 Kb.
#34235
1   2   3   4   5
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalari

UMUMIY XULOSALAR


Tadqiqot natijalariga tayanib quyidagi umumiy xulosalarga keldik:

  1. O‘zbekiston ta’lim tizimini isloh qilishning dasturiy hujjatlarida - respublikada ta’lim raqobatbardosh kadrlarni ilgarilab tayyorlashni ta’minlash darajasiga yetishi kerak - degan maqsad qo‘yilgan. Yoshlarning yangi avlodi istiqbol masalalarni qo‘yish va yechish, interaktiv usullar asosida fikr yuritishning yuksak madaniyati, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotda mustaqil yo‘l topa olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.

  2. Ma’lumki, ilg‘or ijodkor pedagoglar, an’anaviy ta’lim texnologiyasidagi kamchiliklarga javob topish, talabaning aqliy mehnatini amalga oshirish usullarini izlanishlari natijasida o‘ziga xos ta’lim usuli vositalarini yaratadilarki, buning oqibatida yangicha pedagogik fikrlash tarzi vujudga keldi. Mana shu izlanishlar zamirida zamonaviy pedagogik texnologiyaga asos solgan pedagogik texnologiyalar yaratila boshlandi. Qo‘llanadigan pedagogik texnologiyalarni bir tizimga solish, unga maqsadli yo‘nalish berish ta’limni amalga oshirishdagi shakl va mazmun yaxlitligi ta’minlangan holdagina kutilgan zarur natijani berishi mumkin. Ta’limga testlar, diagnoz va diagnostik tahlilning olib kirilishi, bilimlarni ko‘p balli baholash tizimida aniqlashga o‘tish, bo‘lim mazmunini yaxlit holda o‘zlashtirishni modellashtirish, tizimga solingan nazorat turlarida, talabalarning ishlashi va an’anaviy dars shakllarining vujudga kelishi, biz shu paytgacha o‘rganib qolgan an’anaviy ta’lim o‘rniga vujudga kelgan pedagogik texnologiyalar bo‘lib, ular yangicha fikrlash tizimidagi ta’limga o‘tishni taqozo qiladi.

  3. Ta’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan har qanday pedagogik texnologiya, uning komponentlari xoh ta’lim mazmuni, xoh o‘quv dasturi yoki darslik, xoh o‘qituvchi faoliyati orqali o‘tishidan qat’iy nazar, o‘quvchining jonli tarzdagi erkin va ijodiy faoliyatini jadal rivojlantirishga xizmat qilishiga erishish talab qilinadi. Bunda pedagogik texnologiyalar, birinchi navbatda, har bir o‘quvchi-talabaning boshqa o‘quvchi-talabalar, dars materiallari hamda o‘qituvchi (pedagog) bilan erkin tarzda muloqot qilishini, fikr almashishini ta’minlaydi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar pedagogik amaliyotning o‘quvchi yoki talaba shaxsiga qonunlar majmuini, tabiat va jamiyat hodisalarini, kishilik madaniyati va axloq-odobini, muayyan fan asoslarini tanituvchi shakli sifatida namoyon bo‘lishi lozim. Bu sohada nazariy jihatdan qat’iy asoslangan, har tomonlama sinovdan o‘tgan hamda aniq amal qiluvchi qonuniyatlarga tayanish maqsadga muvofiqdir.

  1. Ta’lim jarayonini rivojlantirish maqsadida tashkil etilayotgan pedagogik faoliyat samaradorligi – ushbu jarayonda ta’lim oluvchining mantiqiy, tanqidiy fikrlashiga undovchi ta’lim metodlari uyg‘unligini ta’minlash asosida kechadi.

  2. Ta’lim tizimida o‘qitishda interaktiv texnologiyalarni joriy etish, talabaga majburiy tarzda bilimlarni berish emas, balki ularda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan ichki ehtiyoj, qiziqish hamda rag‘batni yuzaga keltirish, ularning mustaqil, erkin harakat qilishlariga imkon yaratish, mantiqiy fikrlashga undash, ta’limiy faolliklarini yuzaga keltirishga yo‘naltirilgan pedagogik-didaktik faoliyat sanaladi.

  3. Ta’lim ta’limdagi islohotlar zamonaviy bosqichi demokratik yuksak rivojlangan mamlakatlar darajasida O‘zbekistonning ilg‘or ilmiy-texnik-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishini ta’minlashga qodir va ma’naviy, madaniy va axloqiy sifatlarga yega yuksak malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni talab etadi. Ta’lim mazmuni mutaxassislar shaxsini rivojlantirish, yoshlarning chuqur fundamental bilimlarini va amaliy tayyorgarliklarining asosiy vositalaridan biri hisoblanadi.

  4. Ta’limni yo‘lga qo‘yishning an’anaviy, noan’anaviy usullari, shakllari, ta’lim tarbiyadagi ierarxik tartib, o‘qitishning tizimli usuli, o‘quv maqsadlarini aniqlash imkoniyatlari, talaba mustaqil bilish faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bilish usullarini aniqlashda o‘ziga xoslik, pedagogik jarayonlarni oldindan loyihalash, o‘quv maqsadlarini nazorat topshiriqlariga aylantirish, test topshiriqlarini tuzish metodikalar va boshqalar to‘g‘risida yo‘nalishlar, tizimli ko‘rinish beradi.

  5. Uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish nafaqat ta’lim sifati va samaradorligini oshiruvchi, shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotini ta’minlovchi omillardan biridir. Shu bois ta’lim jarayoniga fan, texnika va texnologiyaning ilg‘or yutuqlari va innovatsion yondashuv tamoyillarini tadbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasining ko‘rsatishicha, mazkur jarayonga nisbatan texnologik yondqshuvni qaror topedagogik texnologiyairish kutilgan natijalarni qo‘lga kiritishni kafolatlaydi.

  6. So‘nggi yillarda respublika ta’lim muassasalarining faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish asosida ta’lim oluvchilarda mantiqiy, ijodiy fikrlashning rivojlanib bormoqda. Bu borada interfaol usullar katta ahamiyat kasb etmoqda.

  7. Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati har bir shaxsda mavjud bo‘lgan uning ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatlari asosida ularda ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirish, rivojlantirish sanaladi. Bu o‘rinda ta’lim mazmuni shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uchun muhit sanaladi. Shuning uchun ta’lim mazmuni insonparvarlikka yo‘naltirilgan gumanistik g‘oya va me’yorlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim.

  8. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya yakka hokimlik texnologiyasiga tubdan qarshi bo‘lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g‘amxo‘rlik, o‘quvchi-talabalar shaxsini hurmat qilish, e’zozlash orqali shaxsni rivojlantirish va ijod qilishga qulay muhit yaratadi. An’anaviy ta’limda o‘qituvchi (pedagog) ta’lim mazmunining sub’ekti, o‘quvchi-talabalar pedagogik jarayonning ob’ekti deb qaralsa, hamkorlik pedagogikasida o‘quvchi-talaba o‘z o‘quv faoliyatining sub’ekti sanaladi. Shu sababli hamkorlik pedagogikasida yagona ta’lim jarayonining ikkita sub’ekti hamkorlikda o‘quvtarbiya vazifalarini hal etadi.

MUNDARIJA


Kirish----------------------------------------------------------------------------------------3-5

1 bob. Yangi pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari

  1. 1.pedagogik texnologiyaning rivojlanish konsepsiyasi---------------------------6-11

    1. Pedagogik texnologiya va u bilan bog‘liq tushunchalarning tavsifi, turlari hamda ta’riflari----

----------------------------------------------------------------------11-19

    1. Pedagogik texnologiyalarni o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning zaruriyati, undan ko‘zlangan maqsad va vazifalar----------------------------------19-29

  1. bob. Pedagogik texnologiyalarni o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish shakllari, metodlari va samaradorligini ta’minlovchi ustuvor jihatlar

    1. O`qitish mazmuni, sifati va samaradorligida pedagogik texnologiyaning didaktik tahlili------

---------------------------------------------------------------------30-37

    1. Pedagogik texnologiyada samaradorlikni ta’minlash, darsni to‘g‘ri rejalashtirish va oldindan loyihalashning o`ziga xosligi---------------------------37-46

    2. Pedagogik texnologiyada o‘qitishni jadallashtirish texnologiyasi----------46-50

    3. Pedagogik texnologiyada ta’limni individuallashtirish va tabaqalashtirishga erishish----------------------------------------------------------------------------------50-59

    4. O‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini ta’minlashda interfaol metodlarning ahamiyati--------

-------------------------------------------------------------------------59-64

Umumiy xulosalar----------------------------------------------------------------------65-67



Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati---------------------------------------------------69-70 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI

  1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuni. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., «Sharq», 1997 yil.

  2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., «Sharq», 1997 yil.

  3. Karimov I. A. Yangicha fikrlash va ishlash - davr talabi. T-5. T., «O‘zbekiston », 1997 y.

  4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: “Ma’naviyat”, 2008. -176 b.

  5. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.: O‘zbekiston, 2011. – 440 b.

  6. Prezident I.A.Karimovning “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi Halqaro konferensiyada so‘zlagan nutqidan. – Toshkent, 2012 yil, 17 fevral.

  7. Azizxo‘jaeva N.N. O‘qituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi. –T.: TDPU, 2000. – 52 b.

  8. YO‘ldoshev J. Yangi pedagogik texnologiya: yo‘nalishlari, muammolari, yechimlari.

«Xalq ta’limi», 1999 yil, 4-son, 4-11 betlar.

  1. Mahmudov M. O‘quv materialini didaktik loyihalash tizimi. «Pedagogik mahorat», 2002 yil, 3-son, 3-11 betlar.

  2. Mahmudov M. Ta’lim natijasini loyihalash. // «Pejagogik mahorat», 2003 yil, 1-son, 8-10 betlar.

  3. Oliy pedagogik o‘quv yurtlarining o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishning ilmiy asoslari. Respublika ilmiy-metodik konferentsiyasining materiallari. – T.:

Nizomiy nomidagi TDPU, 2000. 111 b.

  1. Sayidahmedov N. Ta’limda harakatlant iruvchi kuch. «Ma’rifat», 1998 yil, 16 yanvar.

  2. SOROS xalqaro ochiq jamiyatining «Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish asoslari» fanlararo dasturi.

  3. Tolipov O‘.Q., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. –T.: Fan, 2006.

  4. Tulenov J. Gafurov Z. Falsafa. T. «O‘qituvchi» 1997 y. 382 b.

  5. Farberman B.L., Musina R.G., Jumaboeva F.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning zamonaviy usullari. T., 2002 yil.

  6. Falsafa. T., «Sharq» 1999 y. 495 b.

  7. Hasanboev J., Hasanboeva O.,.To’raqulov X.A, Haydarov M.. Pedagogika fanidan izzohli lug‘at. T-2008y.



1 Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., «Sharq», 1997 yil, 7-bet.


Download 76,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish