Pedagogika fakulteti


BOB. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI O‘QUV-TARBIYA JARAYONIGA TATBIQ ETISH SHAKLLARI, METODLARI VA SAMARADORLIGINI TA’MINLOVCHI USTUVOR JIHATLAR



Download 76,68 Kb.
bet4/5
Sana15.01.2020
Hajmi76,68 Kb.
#34235
1   2   3   4   5
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalari

2 BOB. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI O‘QUV-TARBIYA JARAYONIGA TATBIQ ETISH SHAKLLARI, METODLARI VA SAMARADORLIGINI TA’MINLOVCHI USTUVOR JIHATLAR




2.1. O`qitish mazmuni, sifati va samaradorligida pedagogik texnologiyaning didaktik tahlili

Rivojlangan davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yetakchi tendentsiyalaridan biri inson faoliyatining hamma sohalarini shuningdek, ta'lim sohasining axborotlashuvi jarayonidir.

Ta'limning axborotlashuvi axborotlarga qiziquvchilarning foydalanishlari maqsadida axborotlarni to`plash, qayta ishlash va ularni tarqatish maqsadidagi metod, jarayon va texnik - dastur vositalarini o`z ichiga oladi.

Ta'limning axborotlashuvi maqsadi yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida intellektual faoliyatni global intensifikatsiyasini ta'minlashdir. Bu oliy ta'limdagi ba'zi negativ holatlarning ham oldini oladi.

O`zbekistonda ta'lim islohotini amalga oshirishning muhim sohalaridan biri jahonda axborot texnologiyalarining inson hayotiga tobora keng kirib kelayotgani sharoitida ta'lim sohasining axborotlashuvidir. Jamiyat rivojlanishining industrlashtirish etapidan axborotlashuvga o`tishning yo`li yangi axborot texnologiyalaridir.

Ta'limning axborotlashuvi yangi axborot texnologiyalarning quyidagi imkoniyatlaridan samarali foydalanish imkonini beradi:



  1. har bir individga ta'lim olish imkoniyatini beradigan ochiq ta'lim tizimi;

  2. bilish jarayonini tashkil etishni o`zgartirish;

  3. ta'limni axborot-metodik ta'minlashni boshqarishning samarali tizimini yaratish;

  4. ta'lim jarayonida o`quvchilarning bilish faoliyatini samarali tashkil etish;

  5. kompyuterlarning o`ziga xos xususiyatlaridan foydalanish, bular: bilish jarayonini tashkil etish imkoniyati, ta'lim jarayoniga faoliyatli yondoshuvni qo`llab-quvvatlash, ta'lim jarayonini individuallashtirish va printsipial yangi bilish vositalarini tashkil etish;

  6. masofaviy ta'limning turli darajalarini yaratish, rivojlantirish va takomillashtirish. Bundan tashqari yangi axborot texnologiyalari bir qancha printsipial yangi didaktik vazifalarni yechishga yordam beradi;

  7. kompyuter grafikasi va kompyuter modellashtirishi vositasidan foydalanish asosida murakkab biologik va texnik tizim ichidan mikro va makro olamdagi voqealar va jarayonlarni o`rganish;

  8. katta yoki kichik tezlik bilan o`tadigan real har xil fizik, ximik, biologik va ijtimoiy jarayonlarni o`rganishni qulay masshtab va vaqtda takdim etish.

Bunda o`quvchilar bilimlarni muntazam bo`laklar asosida va ularning o`zlashtirilishini nazorat qilishni ham o`zi ichiga olgan tizim shaklida o`rganadilar (ya'ni kompyuter darsliklar, test yoki nazorat dasturlari, lug`atlar, o`quv materiallari bazasi, o`quv videofilmlari). Ya'ni o`rganilayotgan ob'ekt, jarayon va hodisalar modeli asosida ko`rilgan va ularni ko`rsatadigan o`quv materiallari tizimli bo`laklarga (modellarga) bo`lib o`rganiladi (o`xshash modellar, o`sha holatning predmeti vositasi va uning asosida laboratoriya praktikumlari, trenajyorlar, o`yin dasturlari ishlash).

Ta'limni axborotlashuvi muammosini yechishga ilmiy yondoshish o`quvchilarning kompleks bilim, ko`nikma va malakalar, shaxsiy sifatlarni shakllantirish orqali professional vazifalarni samarali bajarish va axborotlar jamiyatida o`zini qulay sezish kabi axborotlashuv vazifalarini hal etish eng yakin kunlardagi maqsaddir.

Shu maqsadga muvofiq ularni amalga oshirishning quyidagi yo`nalishlarini ko`rsatish mumkin:


  • ta'lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalari (YaAT) qo`llash;

  • ta'lim jarayoni qatnashchilarini kompyuter (axborot) tayyorgarlik darajasini oshirish;

  • ta'lim jarayoni, ilmiy tadqiqotlar, tashkiliy boshqaruvni qo`llab-quvvatlaydigan ta'limdagi axborot texnologiyalarining sistemali integratsiyasi (YaAT bazasida o`quv jarayonini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish, shuni ta'minlovchi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib berish va boshqalar);

  • birlashgan ma'lumot beruvchi axborot olamini ko`rish va rivojlantirish.

Ko`rsatilgan yo`nalishlarni amaliyotga tatbiq etish ta'limni samarali rivojlantirish va masofaviy ta'limni yo`lga qo`yishga keng imkoniyatlar yaratadi. Oliy o`quv yurtlarida axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining quyidagi turlarini ko`rsatish mumkin: 1.Elektron darslik. 2.Multimediya tizimi. 3. Ekspert tizimi. 4.Avtomatik loyihalash tizimi. 5.Kutubxona elektron katalogi. 6.Materiallar bazasi. 7.Lokal va hisoblash tizimi. 8.Elektron pochta. 9.Ovozli elektron pochta. 10.E'lonlar elektron doskasi. 11.Telekonferentsiya tizimi. 12.Elektron tipografiya.

Ko`rsatilgan yangi axborot texnologiyalarining kamida yarmi hozirgi kunda oliy o`quv yurtlarida foydalanilmoqda. Quyida biz masofaviy ta'lim tizimida yangi axborot texnologiyalaridan foyda-lanish tizimi va vositalarini ko`rsatamiz.

O`qituvchining eng muhim vazifalaridan biri sinfni boshqarish talabalar xulqini boshqara bilishdir. Chunki sinfda bazan shunday vaziyatlar sodir bo`ladiki, uni yechish o`qituvchi mahoratiga bog`liq. Sinfni samarali boshqarish ko`nikmasi talimdagi eng muhim vazifalardan biri bo`lib, u izchillikni, xaqiqatni himoya qilish, botirlik va “Sog`lom fikrni” talab qiladi. Shuningdek o`qituvchi o`quvchilarning psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishini va psixologik bilimlarga ega bo`lishini ham taqozo qiladi. Bu ko`nikma, xatolarni anglash va uni o`z vaqtida bartaraf etish kabi tajribalar davomida shakllanadi.

Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, ko`pgina yosh o`qituvchilar sinfda paydo bo`ladigan vaziyatlarni bartaraf etishga qiynaladilar, sinfni samarali boshqara olmaydilar. Tajribali o`qituvchilar bu sohada malum bir muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritganlar. Shu sohadagi bazi bir takliflarni etiboringizga xavola qilamiz.

Sinf xonasida:


  1. O`qituvchi har doim talabaning ishi va xulqini nazorat qila olishi lozim. Shuningdek, o`qituvchi sinf xonasidagi hamma predmetlar joyini, hatto eshik uning stolidan qancha uzoqlikda, boshqa narsalar qaerda joylashganligini bilishi lozim.

  2. Xonada foydalanishi mumkin bo`lgan joylar qulay va harakatlar erkinligiga halaqit bermasligi kerak.

  3. Talaba o`qituvchining har bir harakatini aniq ko`rishini taminlash kerak.

  4. Sinfda foydalaniladigan narsalar hammasi joyida va foydalanish uchun qulay holda bo`lishi zarur.

Talabaning xulqiga tasir etish:

  1. O`qituvchi talabalar xulqini qanday bo`lishi kerakligi haqida namuna ishlab chiqadi va kaysi holatda o`zini qanday tutish kerakligini ko`rsatib turishi lozim.

  2. Avvalo xulqqa oid qoidalar talabalarga o`rgatilishi, keyin nazorat qilib borilishi lozim.

  3. Xulq nazoratini muntazam tashkil qilish lozim.

  4. Sinfda paydo bo`lgan muammoli vaziyatlarni o`qituvchi mohirona va adolatli hal qilsa talabalar xulqida ijobiy sifatlar shakllanadi.

Amaliy mashg`ulot:

“Sinfni boshqarishga doir masalalar yechish”. Masala: “Siz dars beradigan 8-sinfda bir nechta tartibsiz o`quvchilar bor. Ular javobga chiqqan o`quvchilar fikrini bo`ladilar, yoki aytib turadilar. Darsni yaxshi o`tishiga halakit berdilar. Maktab direktori endigina oliy o`quv yurtini bitirib kelgan o`qituvchidan:“Siz ularni nima qilasiz?”- deb so`radi. “Sinfdan chiqarib yuboraman”, - dedi yosh o`qituvchi.

Savollar:


  1. O`qituvchi to`g`ri ish qiladimi?

  2. Siz o`quvchini darsdan chiqarib yuborishga qanday qaraysiz?

  3. Bunday hollarda qanday chora ko`rish kerak? Mashg`ulotda sinfni boshqarishga doir masalalar yechiladi yoki rolli o`yinlar o`tkaziladi.

Hozirgi zamon ta'lim tizimida masofaviy o`qitish ta'limning qulay turi sifatida kirib

keladi. Masofaviy ta'lim ma'lumot olishning shunday shaklidirki unda kunduzgi va sirtqi ta'lim bilan bir qatorda ma'lumot jarayonida ta'limning kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan afzal an'anaviy va innavatsion metod, vosita va shakllaridan keng foydalaniladi.

Masofaviy ta'limning tarkibiy qisimlari quydagilar:


  1. O`qituvchi, o`quvchi va kommunikatsiya.

  2. Masofaviy ta'lim vositasida o`quvchi uchun qulay bo`lgan joyda individual jadval asosida maxsus imkoniyatlar, telefon, elektron aloqa va boshqa ta'lim vositalari yordamida bir maqsadga qaratilgan nazorat qilish mumkin bo`lgan ta'lim jarayoni tashkil etiladi.

Masofaviy ta'limda ma'lum maqsad asosida ta'lim sub'ekti va ob'ektining ta'lim vositalari yordamidagi o`zaro ta'siri amalga oshadi. Ma'lumot jarayoni o`ziga xos pedagogik tizim elementlarini o`z ichiga oladi, bular: ta'lim maqsadi, ta'lim mazmuni, ta'lim metodlari va vositalari ta'limning tashkiliy shakllari, nazorat qilish, o`quv- moddiy, finans-iqtisodiy, normativ-huquqiy asoslar, marketing kabilar.

Masofaviy ta'lim tizimi insonparvarlik printsipiga asoslanadi. Ya'ni hech kim kambag`allik, geografik muammolar ijtimoiy himoyalanganlik va boshqa sabablar tufayli bilim olish huquqidan mahrum bo`lmasligi lozim.

Masofaviy o`qitishda o`qituvchi talabaga o`quv materialini “Internet” tizimi orqali yuboriladi. Ushbu kurs bo`yicha ta'lim olishni istagan o`quvchilar veb saytga murojaat qilib, nazariy bilimlarni oladilar, amaliy topshiriqlarni bajaradilar va o`qituvchiga javobni elektron pochta (e-mail) orqali jo`natadilar. O`qituvchi o`quvchi tomonidan bajarilgan topshiriqni tekshirib, javobni yana elektron pochta orqali o`quvchiga yuboradi. Zarur bo`lsa kerakli ko`rsatmalar beradi.

O`quv jarayonida o`quvchi darslikdagi, elektron kutubxona va elektron darsliklardan, videokonferentsiyalardan foydalanadi. Masofada o`qitish bu mustaqil o`qishdir. Mustaqil o`qish davrida o`quvchida mustaqil fikrlash, o`z-o`zini nazorat qilish va boshqarish qobiliyatlari rivojlanadi.

Masofadan o`qitishda o`quvchi berilgan dasturni qanchalik tez o`zlashtirsa, shunchalik tez o`qishini tugatadi va o`qitishni tugatganligi to`g`risida sertifikat oldi.

Masofadan o`qitishning uslubiy vositalari quyidagilar: a) darslik;

b) audio va vidiodarsliklar;

v) veb-saytlar;

g) elektron kutubxonalar;

d) matnlar;

ye) elektron darsliklar.

Albatta, foydalanuvchi ixtiyorida masofadan ta'lim olishda multimediyali kompyuter, modem va telefon orqali mavjud bo`lishi kerak. XXI asrda masofaviy ta'lim eng istiqbolli insonparvar ta'lim va ta'limning integral shakli sifatida ta'lim tizimiga kirib kelmoqda. XXI asr ta'lim jarayoniga global texnologiyaning kirib kelishi bilan ham xarakterlanadi. Chunki bozor iqtisodiyoti talablari o`z-o`zidan ta'lim jarayonini dunyo standartlari darajasida takomillashtirishni taqozo etadi. O`zaro aloqadorlikga doir talablar: materillar oqimi, faktlar oqimi, maoliyaviy jarayonlar

Hozirgi kunda masofadan o`qitish dunyoning ko`pgina rivojlangan mamlakatlarida keng tarqalgan va qulay ta'lim shakli sifatida rivojlanmoqda. Masalan, Finlandiyaning Oulu universitetida, Buyuk Britaniyaning London Metropolitan universitetida, Gollandiyaning Fontis universitetida, Janubiy Koreya respublikasida masofaviy o`qitish texnologiyasi keng yo`lga qo`yilgan bo`lib, unda talabalar va boshqa soha mutaxassislarining malakasini oshirish sohasida samarali qo`llanilib kelinmoqda.

O`z-o`zidan ma'lumki, dunyoga yuz tutayotgan O`zbekiston uchun ham bu ta'lim turi uzoq kelajak emas. Shuning uchun ham O`zbekiston o`quv yurtlarida ham ba'zi bir islohotlarni amalga oshirish davr talabi. O`qitishdagi axborot texnologiyalar bu o`qitish faoliyatida qo`llaniladigan elektron vositalar va ularni ishlatish usullari majmuidir. Elektron vositalar tarkibiga apparatli, dasturli va axborotli komponentlar kiradi. Ularni qullash ko`rsatmalari o`qitishdagi axborot texnologiyalarni metodik (uslubiy) ta'minotida keltiriladi.

Masofaviy ta'lim bu o`qitishning insonparvar shakli bo`lib, an'anaviy, yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslanadi. Bunda texnik vositalar o`quv materialini mustaqil o`zlashtirish, o`qituvchi va o`quvchi orasidagi muloqot uchun xizmat qiladi. Shunga ko`ra masofaviy o`qitish kommunikatsiya va axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari va sirtqi ta'limning asosiy usullariga tayanishi kerak. Bu o`z navbatida masofaviy ta'lim tizimini tashkil etish to`g`risida gapirishga imkoniyat beradi. Masofaviy ta'lim tizimi apparatli, dasturli va uslubiy vositalarning murakkab kompleksi bo`lib, o`z ichiga server va ishchi stantsiyalar, shaxsiy kompyuterlar kommunikatsiya vositalari, umum sistemali va tarmoqli dasturlar ta'minotiga, lokal va markazlashgan bilim va axborot banklarini boshqaruv sistemalari, o`rgatuvchi dasturlari va shu dasturlarni yaratish uchun instrumental vositalariga ega bo`lgan audio va video texnikalarni oladi.

Masofaviy o`qitish tizimida kontsulyatatsiyalar yangi axborot texnologiyalar yordamida olib boriladi: telefon elektron pochta, video va telekonferentsiya, ko`p hollarda telefon va elektron pochtadan foydalaniladi.

Faol o`qitish metodlari o`qitishning kontaktli va kontaktsiz davrlarida qo`llanilishi mumkin. Kontaktsiz davrda kopyuter tarmoqlari (internet) va audio – videokomopter vositalari qo`llaniladi. Hozirgi vaqtda kooperativl o`qitish metodlari rivojlanmoqda (proektlar metodi, o`quv firmalar metodi). Proektlar metodi deb, o`quvchilarning birgalikdagi o`rganish, ijod va o`yin faoliyatlari tushiniladi. Bu faoliyat kompyuter telekommunikatsiyalari asosida tashkil etilib, umumiy natijaga qaratilgan umumiy maqsad va metodlarga ega bo`ladi. Proektlar metodi bo`yicha o`qiyotgan o`quvchi rejalashtirish va amaliy vazifalarni bajarish jarayonida bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi. Bu metod XIX asrning ikkinchi yarmida AQSHda vujudga kelib, “bajarish yo`li bilan o`qish” shiorini oldinga surgan pragmatik pedagogikaning nazariy kontseptsiyasiga asoslangan. Hozirgi paytda kompyuter tarmoqlarining didaktik imkoniyatlari bu yo`nalishni qayta tiklashga imkoniyat yaratadi.

Internet ta'lim sohasida katta imkoniyatlarga ega. Internet orqali barcha savollarga javob topish mumkin. Bundan tashqari veb-saytlarni ko`rish va yaratishdan tortib uning dasturlarigacha tekindir. Elektron biznesning va internet orqali biznesning imkoniyatlari cheksizdir.Bunday aloqalar orqali biznesning imkoniyatlari juda katta tezlik bilan o`sib bormoqda va bunday biznes dunyoning eng katta va tez rivojlanib borayotgan industriyalarining biriga aylanib bormoqda.




2.2. Pedagogik texnologiyada samaradorlikni ta’minlash, darsni to‘g‘ri rejalashtirish va oldindan loyihalashning o`ziga xosligi


O`qituvchi mahorati darsni aniq rejalashtirishda o`z aksini topadi. Darsni shunday rejalashtirish lozimki unda nima qilinishi mo`ljallanayotganligi aniq o`z aksini topsin va boshqacha reja tuzish mumkinligiga o`rin qolmasin. Ba'zan yosh o`qituvchilar va amaliyotga chiqqan talabalar faoliyatida darsni rejalashtirish sohasida xatolarga yo`l qo`yilganligining guvohi bo`lamiz. Yosh o`qituvchilar va talabalar faoliyatida yo`l qo`yilayotgan xatolarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin.

1.Maqsadda aniqlikning yo`qligi. Ya'ni talabalar aslida nima qilishlari va nimani o`rganishlari aniq belgilanmaydi.

2.Ta'lim maqsadining talablari darsning natijasi bilan to`g`ri kelmagan hollar bo`ladi.

3.O`rganish uchun tavsiya qilingan materiallar darsning maqsadiga to`g`ri kelmaydi.

4.O`qituvchi berayotgan yo`llanmalar talabaning darsda bilimlarni samarali o`rganishini ta'minlamaydi.

5. Dars rejasida ko`rsatilgan talabalarning xulqlri dars maqsadini amalga oshirishning samarali vositasi bo`la olmaydi.

Umuman tuzilgan rejalar qayta ko`rib chiqilishi va xatolarni bartaraf etish ustida ishlanishi lozim.

Dars rejasi sizni va sizning talabalaringizni ma'lum natijalarga erishishingizga asos bo`lishi lozim. Darsni shunday rejalashtirish lozimki uni boshqacha yo`l bilan amalga oshirishga o`rin qolmasin. Har qanday darsning tayanch printsipi rejada aks etishi lozim. Bu printsip darsni eng yaxshi va oson yo`llar bilan samarali maqsadga erishishni ta'minlashini ko`zda tutadi. Shuning uchun ham dars rejasi qo`yilgan maqsadni amalga oshirish uchun bir qancha elementlarni o`z ichiga olishi lozim. Buni quyidagicha ko`rsatish mumkin.


  1. Taxminiy axborot: Bu axborot rejaning chegaralarini va bo`limlarini belgilab beradi, ya'ni: a) dars kimga mo`ljallangan, talabalarning darajalari; b) ma'lum o`quv predmeti; v) darsning qismlari; g) o`qituvchining ismi sharifi.

  2. Reja qismlari: Rejaning qismlari darsda belgilangan maqsadni talabalar tomonidan o`zlashtirilishi va o`qituvchining ta'sirini, talab qilingan material va baholash yo`llarini aks ettirgan bir necha bosqichlarni o`z ichiga oladi. Bu bosqichlarning aniq algoritmi dars loyihasida ko`rsatiladi.

Dars loyihasining har bir elementida ma'lum bir malakalarni shakllantirish maqsadi bo`lib, ularni bir qancha ta'lim metodlari talablari va amaliy ishlar vositasida amalga oshiriladi.

Dars loyihasida quyidagilarga e'tibor qaratish zarur:

1.Mo`ljalni belgilash-Talabalar diqqatini jalb qiluvchi faoliyatni aniqlash. Tarqatma materiallar, xattaxtada yozib qo`yiladigan savollar, qo`yiladigan muammolar va hokazo.

2.Maqsad - talabalar bugun nimani o`rganadi va natijada qanday ishni bajara oladi(malaka). Ular o`qituvchiga bugungi o`rganganlari asosida ma'lum bir faoliyat to`rini bajarib ko`rsata olishlari lozim. Bu vazifani qanday bajarishni o`qituvchi belgilaydi.

3.Kirish - o`qituvchi talabalar o`rganishi lozim bo`lgan materialni belgilaydi, kontseptsiyani ishlab chiqadi va malakalarni qanday qulay egallash yo`llarini ko`rsatadi.


  1. Modellashtirish (nomoyish qilish) - o`qituvchi o`rganilayotganlarni va natijada o`quvilar egallashi lozim bo`lgan ko`nikmani grafik shaklda ko`rsatadi yoki namoyish qiladi.

  2. Amaliy boshqaruv-o`qituvchi talabalar faoliyatini boshqaradi. Ularning malaka egallashlari uchun qadamma - qadam raxbarlik qiladi. Talabalarni eshitish, ko`rish sezgilarini ishga soladi va faoliyatga kirishishlari uchun imkoniyat yaratadi.

6.Tushunchalarni tekshirish-o`qituvchi turli savollar yordamida talabalarning qanchalik tushunganlarini dars davomida tekshirib, olg`a borish mumkinmi yoki yo`qligini aniqlaydi. Agar olg`a borish mumkin bo`lmasa orqaga qaytib bajariladigan ishlarni belgilaydi.

7.Mustaqil amaliyot-o`qituvchi talabalarni o`zlarini tekshirib ko`rishlari uchun imkoniyat yaratadi. Talabalar mustaqil o`zlari o`rganganlarini tekshirib ko`radilar.

8.Darsni tugallash - Darsni xulosalash oldida talabalar o`z ishlarini, o`rganganlarini o`qituvchiga so`zlab berish, namoyish qilish orqali ko`rsatadilar.

Amaliy mashqlar yoki rolli o`yin. Topshiriq.



  1. O`z mutaxassisligingiz yuzasidan mavzu tanlang.

  2. Mo`ljalni belgilang:

    1. talabalarga nimani o`rgatmokchisiz?

    2. qanday tarqatma materiallar tayyorlaysiz?

v) qanday savollar, muammolarni o`rtaga tashlamokchisiz?

  1. Maqsadni aniqlang.

    1. talabalar nimani o`rganadi, natijada qanday ishni bajara oladi?

  2. Kirish.

    1. dars materialini belgilang.

    2. kontseptsiyani ishlab chiqing.

  3. Modellashtirish.

O`quvchilar egallashi lozim bo`lgan faoliyat to`rini ko`rsating yoki grafikasini chizing.

  1. Amaliy boshqaruv.

O`quvchilarni malaka egallashlarini qadamlarga bo`lib chizing va boshqaring.

  1. Tushunchalarni tekshirish uchun savollar tayyorlang.

  2. Mustaqil amaliyot yo`lini belgilang.

  3. Darsni tugallang.

Talabalar o`rganganlarini namoyish qilsinlar.

Darsni o`tkazish modeli. Darsni o`tkazish modelini uchta kategoriyaga bo`lish mumkin.





  1. Ko`rgazmali izchillik.

  2. Dars sxemasi.

  3. Asosiy texnologik karta.

Bular og`zaki, yozma yoki grafik shaklda bilim, ko`nikma va malakalar shakllanishini ta'minlovchi ta'sirlardir. Buni dars davomida og`zaki tushuntirishlar (ya'ni, eshitish) yoki harakatli ko`rsatishlar (ya'ni, bajarish) metodlaridan foydalanib, yaxshi natijaga erishish mumkin.

Darsda belgilangan vazifalar tahlili. O`qituvchi darsni taxminan rejalashtirar ekan rejadagi sifatlarni bolalarga o`rgatish va ularda shu ko`nikma va malakalarni qanday shakllantirish yo`llarini izlashi lozim. Buning uchun o`qituvchi o`zini o`quvchi o`rnida tasavvur etib, bu ko`nikma va malakalarni bir necha qismlarga bo`ladi. Shundan keyingina o`qituvchi har bir qismni ko`rgazmali tashkil etadi va belgilangan ko`nikmani o`quvchi egallashini ta'minlaydi.

Ba'zi o`qituvchilar belgilangan ko`nikmani talabaga o`rgatish uchun boshidan oxirigacha ko`rsatib, gapirib beradi. Bunda “tugal material” (ya'ni izohlangan ko`nikma) odatdagi kabi dars jihozi hisoblanadi.

O`qituvchi modelni tushuntirgach talaba mustaqil ish paytida unutib qo`yishi o`qituvchidan unutgan qismini qayta so`rashi mumkin. Masalan, men 4 - qismni unutdim, mumkin bo`lsa menga yana bir ko`rsating. Shundan keyin o`qituvchi talabaga eslatish uchun individual yordam beradi. Yoki talaba ko`rsatilgan ko`nikmani bajarayotganda o`qituvchi yo`l ko`rsatib turadi. Siz 3 - qismni to`g`ri bajardingiz. Siz 4-qismdasiz orqaga qaytib, ishni boshidan boshlab bajaring. Tekshirib ko`ring, to`g`ri bajardingizmi? kabi. Talaba bajarishi kerak bo`lgan ishni ko`radi va nusxa ko`chirgan kabi bajarib, unutganini eslaydi.

O`qituvchi ishni yaxshi bajargan o`quvchilarni rag`batlantiradi. Doktor Fred Jones dars dizayniga (jihoziga) ta'lim samaradorligini ta'minlaydigan yangi elementni qo`shdi. Bu quyidagicha: darsni optimal tashkil etishning birdan bir yo`li talabalarning o`z faoliyatini tanqidiy nazorat qilishi va xatolarini bartaraf eta bilishidir. Faqat shundagina talabalar yanada ko`proq ko`nikmalarni egallaydilar. Ular ongli fikrlash va yanada yaxshiroq tushunishga erishadilar. Buning birdan - bir yo`li “hamroxingga o`rgat” metodini qo`llashdir.

Uni qo`llash yo`li quyidagicha:

1.Sinfni birinchi va ikkinchi hamkor qismlarga bo`lish kerak.


  1. Darsni o`tish modelidan foydalanib, birinchi hamkor ikkinchisiga, ikkinchi hamkor birinchisiga modeldagi qismni o`rgatadi.

  2. O`qituvchi xohlovchilarga ta'lim metodini modellashtirib avval eshitish yo`li bilan keyin ko`rsatib (kuzat va bajar) model qismlarini ko`rsatadi. Keyin talabalar o`qituvchi aytgan va ko`rsatganlarini aniq takrorlaydi.

  3. O`qituvchi sinfni nazorat qilish uchun o`ziga 2 ta ixtiyoriy hamkorlarni tanlaydi. U modelning birinchi qismini aytib, ularni bajarishni suraydi. Shunday yo`l bilan o`qituvchi hamkorlarga modelni basqichma - bosqich o`rgatib boradi.

  4. O`qituvchi sinfdagi hamkorlarga birinchi qism bo`yicha bir - biriga o`rgatishni aytadi. Bu ishni bajarilishini nazorat qilib, baholab, xatolarni bartaraf etishni ko`rsatadi.

O`qituvchining hamkorlari esa unga sinfni nazorat qilish va baholashga yordam ko`rsatishadi.

  1. Bu ish usuli modelning boshqa qismlarini bajarishda davom etadi.

Bu usul talabalarni bir - biriga va o`ziga talabchan bo`lishga, ishini tanqidiy baholay bilishga va xatolarni bartaraf eta olishga o`rgatadi.

Ta'lim maqsadlarini aniqlash sohasida maslahatlar. Darsda maqsadni belgilashdan oldin o`qituvchi o`quvchilar bajarishi va o`rganishi lozim bo`lgan xatti-harakatlar doirasini aniqlashi zarur. Darsda belgilangan maqsadning afzalligi va boshqalardan farqli tomonlari ajratib ko`rsatilishi kerak.

An'anaviy dars rejalari, darsda aniq andozaning belgilab berilishi va u asosda ishlashga majbur etish o`qituvchi uchun zararli bo`lib, undagi ijodiy ishlash, ijodiy fikrlash malakalarini bug`adi, o`qituvchini bir qolipda ishlaydigan robotlarga aylantirib quyadi, undagi pedagogik mahoratning shakllanishiga halaqit beradi. Darsda ta'limning aniq maqsadi belgilanishi muhim. Ta'lim maqsadlarini aniq belgilash dars strategiyalarini rivojlantirish, kashf etish imkoniyatini beradi. Bu esa talabalarni belgilangan maqsad asosida tarbiyalashga katta imkoniyat yaratadi. Bu faqat talabalar uchungina ham emas, balki shu sohaga qiziquvchi manfaatdor kishilar uchun ham imkoniyatdir (raxbar, dekanlar, ota - onalar, talabalar va hokazo).

Chunki aynan shu qiziquvchilar ta'lim sohasiga o`z e'tirozlarini aytadilar. O`qituvchilarni bilimsizlikda, o`z manfaatini ko`zlashda, liberallikda, baholashdagi sub'ektivlikda ayblaydilar.

Ularning ayblovlarini ko`pincha o`qituvchi tan olgisi kelmaydi. Shunda o`qituvchi uni ayblovchi ota-onaning urniga o`zini qo`yib ko`rsa kamchiligi yaqqol ko`zga tashlanadi.

Masalan, o`qituvchi o`quvchiga ertagacha kontinentlarni o`rganib kelish topshirig`i-ni bergan. Ota-onadan o`quvchi yordam so`raganda ular topshiriq nima haqidaligini tushunmaydilar:

Ya'ni kontinentlar nomini aytish kerakmi? Yoki ularning nomini kattasidan kichigiga qarab tizimli izoxlash kerakmi? Kontur kartada belgilash kerakmi? Yoki bizning Davlatimizga, nisbatan yo`nalishini belgilash kerakmi? Agar ularning nomini keltirish kerak bo`lsa qaysi ro`yxatdagi nomlardan foydalanish kerak. Ba'zi ro`yxatlar Yevropa va Osiyoni bitta kontinent deb belgilaydi, ba'zilarida Avstraliyani alohida belgilaydi, ba'zilari esa Avstraliyani Okeaniya kompleksiga kiritadi.O`qituvchi bergan topshiriq asosida o`quvchi darslikda keltirilgan nomlardan foydalanish kerak.

Boshida hech kim o`quvchi ham, ota-ona ham buni bilmagan. Achinarlisi shundaki, o`quvchi imtihongacha ham buni bila olmay, imtixonda yomon baho olgan va qayta topshirish imkoniyatiga ham ega bo`lmagan.

Yana bir misolga diqqatingizni qaratamiz. Prezidentning Oliy Majlis IX sessiyasidagi nutqini o`rganib kelish topshirilgan. Talaba milliy modeldan aynan nimani o`rganishni bilmaydi va Prezidentning nutqini yodlab oladi. O`qituvchi esa yozma ish oladi. Yozma ish talabiga ko`ra matndagi tushirib qoldirilgan so`z va gaplarni joyiga qo`yib grammatik qoida asosida to`g`ri yozishi kerak.Talaba nutqni biladi, lekin grammatik qoida asosida vazifani to`g`ri bajara olmaydi. Natijada yana yomon baho.

Xulosa qilib aytganda o`qituvchi dars maqsadini belgilaganda uni hamma uchun tushunarli va aniq qilib, talabaga nima o`rgatiladi va u qanday ko`nikma hosil qilishini ajratib ko`rsatish va natijani mo`ljallashi lozim.

Ko`p hollarda natijani aniq mo`ljallay olmay belgilangan maqsad amalga oshmay qoladi. Ba'zida esa belgilangan maqsad vaqt o`tishi bilan o`zgarib qoladi. Shuning uchun ham maqsad aniq, tushunarli qilib yozilishi kerak.

Talabalar xatti-harakati maqsadini to`g`ri belgilash darsdagi o`qituvchi - o`quvchi, o`quvchi - o`qituvchi o`zaro alokalarining to`g`ri va samarali bo`lishiga yordam beradi. Darsda xatti-harakat maqsadlarini to`g`ri belgilash, unda taqiqlangan xatti-harakatlarni tushuntirishni ham osonlashtiradi.

Talabalar xatti-harakati maqsadlari nafaqat darslar, balki o`quv rejalari va dasturlarini tuzishda ham asos vazifasini o`tashi lozim. Shuningdek, xatti-harakat maqsadlari talaba o`rgangan ko`nikmalarni namoyish qilishida ham aks etishi lozim.

Ta'lim maqsadlari aniqlangach, shu maqsad asosida bajariladigan ishlarni aniqlash va talabalar qanday yangi ishlarni bajarishlari, ularning xatti-harakati, ko`nikma va malakalarida qanday o`zgarishlar bo`lishini aniq belgilab olish lozim. Har bir o`qituvchi yoki talaba maqsadni aniqlashda bunga etibor berishini va maqsadni oydinlashtirish malakasini egallashi lozim.

Xatti-harakat maqsadi dars rejasidagi markaziy nukta. O`qituvchi xatti-harakat maqsadini belgilar ekan ta'lim jarayonida u nimaga ega bo`ladi, talabaning xulqida qanday sifatlar paydo bo`ladi, sinf xonasida nimalar bo`ladi – bularning hammasini aniqlashi lozim. Umumiy maqsad amalga oshganda talaba o`qituvchiga nimalarni ko`rsatishi yoki bajara olishini namoyish qiladi. O`qituvchi esa o`rganilganlar asosida xulosa chiqarishi va baholashi zarur.

Har qanday xatti-harakat maqsadi uchta tarkibiy qismdan iborat bo`ladi.Bular: bajarilishi lozim bo`lgan xatti-harakat shart-sharoitlari, ularni aniqlovchi fe'llar va ularning talaba xattiharakatida bajarilishini aniqlash mezoni. Xatti-harakat maqsadi - dars rejasining markaziy qismi. Bu o`rganilganlar natijasining tafsiloti va darsning barcha qismlarining asosi hisoblanadi. Shuningdek, darsni baholash mezoni, darsda o`qituvchi nimalarni amalga oshirishni

mo`ljallashga ham yo`llanmadir. Maqsadsiz darsda nimalarni amalga oshirishni aniqlash qiyin .

Xatti-harakat maqsadini belgilash uchun darsda o`rganilishi lozim bo`lgan materialning o`ziga xos xususiyatini tushunish va shu asosda ish ko`rish lozim. Xatti-harakat maqsadining tarkibiy qismlarini alohida ko`rib chikamiz.

1. Shart-sharoit bu talaba xatti-harakatida jamlanishi lozim bo`lgan sifatlarning shakllanishi uchun talabaga beriladigan material, imkoniyat, rahbarlik yo`llari va boshqalar. Talaba o`zlashtirishi lozim bo`lgan xatti-harakatlar shart-sharoitlar doirasida tushunarli bo`lishi va natijada namoyish etilishi kerak.Shart oddiy topshiriqlardan iborat ham bo`lishi mumkin. Masalan: talabaga biror - bir narsani qilish uchun og`zaki yoki yozma topshiriq beriladi. Bu shartni bajarish uchun sharoit ham yaratiladi, ya'ni karta, nomerlar, karra jadvali, badiiy material yoki shu shartni bajarishga oid qanday materiallar zarur bo`lsa ular beriladi.

E'tibor bergan bo`lsangiz yuqorida talabalarning harakat bajarish uchun namuna berilmaydi yoki yo`llanma ko`rsatilmaydi. Maqsadni bajarish uchun beriladigan yo`llanma boshqa muammo. Bu yerda faqat talaba bajarishi lozim bo`lgan xulqning shart-sharoitlariga dikkat qaratiladi holos.

Har qanday xatti - harakatning samarasi undagi shart - sharoitning to`g`ri aniqlanishiga bog`liq.

2.Fe'llar. Fe'llar talabalarning xatti - harakatida yangiliklarni shakllanishiga sabab bo`ladigan ta'sir so`zi. Biz talabalarga bilimlarini o`rgatamiz. O`rganilganlar asosida nimalarni tushunganlarini, u yoki bu masalaga qanday baho berayotganlarini bilmaymiz. Chunki tushunchalarni ko`rib bo`lmaydi. Faqat ular talabaning ma'lum bir vaziyatda u yoki bu topshiriqni qanday bajarganlarida biror masalani baholayotganlarida ko`rinadi. Shuning uchun ham fe'llar talaba bajarishda ko`zatishi, yozib berishi yoki bir narsani yaratishni ifoda etuvchi harakatlarini ifodalaydi.

Bular birgalikda xatti - harakat maqsadiga asoslanadi. Agar maqsad tushunarsiz, bajariladigan ishlar aniq belgilangan bo`lmasa unda natija ham kutilgandek bo`lmaydi.

Xatti-harakat maqsadi doim natijani ko`zda tutilgan holda belgilashi shart. Toki shu maqsad asosida talaba ma’lum bir ishlarni bajara oladigan bo`lsin.

Dars rejalari va maqsadni o`rganish markazida xatti-harakatni ifodalovchi fellar turadi. Fellar to`g`ri va o`z o`rnida qo`llansa talabalar xulqida ko`zga ko`rinarli o`zgarishlar bo`lishiga olib keladi.

Quyidagi fe'llarni xatti-harakat fe'llari deb baholash maqsadga muvofiq emas: bilmoq, o`rgatmoq, tushunmoq, baholamoq... Xatti-harakat fe'llari talabaning nima qilishi yoki ishlab chiqarishini aniq ko`rsatishi kerak. Xatti-harakat fe'llarini belgilagan o`qituvchi uni ta'limning oxirigacha ham unutmasligi lozim. Fellar xatti - harakat maqsadlarini aniqlashga ham xizmat qiladi.

Bunday fellarning bazilarini ko`rib o`tamiz:

Qoidani qo`llang - Tahlil qilinayotgan vaziyat, obekt yoki holatning yechimini to`g`ri hal etish.

Tasniflang – ma’lum mezonlar asosida vaziyat, obekt yoki so`zlarni alohida tasniflash.

Tuzing – yozma ravishda ko`rsatilgan manbaalar asosida ma’lum bir tarkibini shakllantirish.

Quring – ma’lum bir shartlar yoki obektni tasvirlovchi model, tuzilma qilish yoki rasm chizish.

Aniqlang – ma’lum bir vaziyat, holat yoki ob'ektni aniqlash. Ma'lum bir tip yoki kategoriyaga kiruvchi ob'ekt, vaziyat yoki so`zni tavsiflash.Tavsif uchun mezonlarni aniqlash.

Namoyish qiling – talaba zaruriy ashyolar yordamida biror harakatni namoyish qiladi.

Tasvirlang – ma’lum bir vaziyatga oid obektga xos zaruriy kategoriyalarni aytish uchun uning o`ziga xos xususiyatlarini, o`ziga xos holatlarini tasvirlash.

Diagramma tuzing – ma’lum bir tashkilot yoki tarkibga oid sifatlarini grafik usulda tasvirlash.

Farqlang – bir-biriga o`xshash javoblarni farqlash.

Baholang – ma’lum bir sifat mezonlari asosida obektlar vaziyat, insonlar yoki sharoitni tasniflash. Tasnif umumiy bo`lmasdan har biriga alohida bo`lishi lozim.

Ajrating – ma’lum bir qoida yoki boshqa javoblar ichidan to`g`risini belgilash, tagiga chizish yo`li bilan ajratish.

Nomlang – mavjud narsa va hodisalarga nom berish.

Fe'llarni shunday belgilash lozimki, u aniq xatti-harakatni ifodalashga xizmat qilsin. Tajribadan shu narsa ma'lumki, o`qituvchilar ko`pincha cheklangan mikdordagi fe'llardan foydalanadilar. Bu esa ularning faoliyatidagi ijodkorlik imkoniyatini ham cheklab qo`yadi. Shuning uchun ham o`qituvchilarda bir qancha fe'llarning ro`yxati bo`lmog`i lozim. Bu ro`yxat ko`pchilik o`qituvchilar tomonidan qo`llansa o`quvchilar faoliyatini kengroq tashkil etish imkoniyatini beradi, pedagogik faoliyatning samaradorligini ta'minlaydi.




2.3. Pedagogik texnologiyada o‘qitishni jadallashtirish texnologiyasi


Bu texnologiyani Viktor Fedorovich Shatalov ishlab chiqdi va hayotga joriy qildi. U o‘qitishning an’anaviy sinf-dars usulining hali ochihnagan katta imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi. V.F. Shatalovning maqsad-mo‘ljali:



  • bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish;

  • har qanday individual xususiyatlarga ega bo‘lgan barcha bolalarni o‘qitish;

  • o‘qitishni tezlashtirish.

Tamoyillar:

  • ko‘p marta takrorlash, majburiy bosqichma-bosqich nazorat, qiyinchilikningyuqori darajasi, katta bloklarda o‘rganish faoliyatning dinamik qolipi, xatti-harakatning tayanchi, va lining mo‘ljaldagi asosini qo‘llash;

  • shaxsni ko‘zda tutish asosida yondashuv;

  • insonparvarlik;

  • zo‘rlab o‘qitmaslik;

  • o‘quv vaziyatlarining konfliksizligi, har bir o‘quvchining muvaffaqiyatlaridan boxabarlik, tuzatish (yodga solish);

V.F. Shatalov metodining o‘ziga xosligi:

  • materiallar katta hajmda kiritiladi;

  • materiallar bloklar bctyicha joylashtiriladi;

  • o‘quv materiali tayanch sxema-konspekt ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.

V.F.Shatalov tayanch (tayanish) deganda bola harakatlarining taxminiy asosini, ichki fikrlash faoliyatining tashqi tashkil qilinish usulini tushunadi. Tayanch signal o‘zaro uzviy bog‘lovchi ramzlar (ishora, so‘z, sxema, rasm va h.o) bo‘lib, qandaydir ma’noli mohiyatni almashtiradi.

Tayanch konspekt - o‘quv materiallari o‘zaro bog‘langan usullarining butun qismlari sifatida faktlar, tushunchalar, g‘oyalar tizimi o‘mida qo‘llana oladigan ko‘rgazmali konstruksiyalardan iborat qisqacha shartli konspekt ko‘rinishidagi tayanch signallar sistemasidir.



V.F.Shatalovning xizmatlari shundaki, u mashg‘ulotlarda yetarli darajada va barchaning faolligini ta’minlovchi o‘quv faoliyati tizimini ishlab chiqdi. V.F.Shatalov metodikasi 4 bosqichdan iborat bo‘lib, ular bir qancha usul va metodik yechimlarni o‘z ichiga oladi:

  1. Nazariyani sinfda o‘rganish: taxtada oddiy tushuntirish (bo‘r, ko‘rgazmali qurol, O‘TV bilan) bo‘yalgan plakat — tayanch konspekt bo‘yicha qayta tushuntirish; plakat bo‘yicha qisqacha bayon qilish; o‘quvchilarning o‘z konspektlari ustida individual ishlashlari, konspekt bloklari bo‘yicha keng mustahkamlash.

  2. Uydagi mustaqil ishlar: tayanch konspekt+darslik+ota-onalar yordami. O‘quvchilarga uqtirish: konspektdan foydalangan holda o‘qituvchining tushuntirganlarini yesla, berilgan materialni kitobdan o‘qi; o‘qiganlaringni konspekt bilan qiyosla; konspekt yordamida darslik materiallarini so‘zlab ber (kodlashtirish-dekodlashtirish); konspektni so‘zlab berish uchun tayanch sifatida yodda saqla; konspektni qayta ishlab chiqqish va namunaga qiyosla.

  3. Birinchi takrorlash - konspektni o‘zlashtirishni har tomonlama keng nazorat qilish:

barcha o‘quvchilar konspektni xotirasida qayta ishlab chiqadilar, o‘qituvchi ularni peshma-pesh tekshirib boradi bir vaqtning o‘zida «asta» va magnitafon orqali so‘rab boradi yozma ishdan so‘ng og‘zaki so‘rash boshlanadi.

  1. Tayanch konspektni og‘zaki so‘zlab olish - o‘zlashtirishdagi tashqi nutq (og‘zaki) faoliyatining yeng muhim bosqichi, u turli savol-javoblar jarayonida yuz beradi.

  2. Ikkinchi takrorlash-umumlashtirish va bir tizimga keltirish (tartibga tushirish): o‘zaro nazorat darslari; oldindan sinov savollari ro‘yxatini nashr qilish; tayyorlash; barcha turdagi nazoratlardan foydalanish (taxtada, astagina, yozma va b.) o‘zaro so‘rash va o‘zaro yordam; o‘yinli unsurlar (jamoalar bellashuvi, rebusni topishi va b.).

Nazorat, baholash. V.F.Shatilov o‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich nazorat qilishning bosh muammosini hal qildi. Doimiy tashqi nazoratni o‘zini-o‘zi nazorat qilish va o‘z-o‘zini baholash bilan bog‘lash, har birini bosqichma-bosqich nazorat qilish, kuchi yetadigan darajada talab qilish, doimo tuzatishning imkoniyati mavjudligi, natijalar oshkorligi, ikki bahoning yo‘qligi va past bahodan qo‘rqishning yo‘qligi. Nazorat shakllari: tayanch konspekt bo‘yicha yozma ish, mustaqil ishlar, baland ovozda so‘rash, magnitafonda, juftlikda o‘zaro nazorat, guruhdagi o‘zaro nazorat va uy nazorati, o‘z-o‘zini baholash. O‘quvchi tomonidan olingan har bir baho bilimlar uchun maxsus ochilgan ko‘zguga qo‘yib boriladi. U go‘yo o‘quvchiga xizmat qiladigan ro‘yxat vazifasini bajaradi. Baholar yesa ijobiy shifrlangan tavsifnoma ahamiyatiga yega bo‘ladi. Bunday tavsifnomani ye’lon qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga yega bo‘ladi. Bu tavsifnomaning yeng muhim tomoni shundaki, unda o‘quvchi xohlagan vaqtida har qanday bahoni nisbatan yuqori bahoga o‘zgartirishi mumkin.

Ochiq imkoniyat tamoyilining mohiyati ham shunda. Har bir baho, - deb ta’kidlaydi V.F.

Shatalov, awalambor, o‘quvchida ijobiy ye’tiborni qo‘zg‘atadigan vosita, turtki bo‘lib xizmat qilishi lozim. Ikki baho salbiy hislarga sabab bo‘ladi hamda o‘qituvchi va fan bilan ziddiyatni keltirib chiqaradi. Shatalov bunday konfliktli vaziyatlarni bartaraf qiladi. V.F.Shatalov tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv faoliyati tizimi maktab o‘quvchilarida yeksperiment qilingan, lekin uning metodikasi matematika o‘qitish doirasidan chiqib, nafaqat tabiiy fanlar, balki gumanitar fanlar: til, tarix kabi fanlarni o‘qitishda ham keng tarqaldi.

G.K.Selevko pedagogik texnologiyani rejalashtiriladigan natijalar bilan birga boshqariladigan tizim deb ta’riflaydi. Texnologik jarayon tuzilmasini axborotlarning uch asosiy harakat yo‘nalishi bilan tavsiya etiladi. Bu tuzilmada G.K.Selevko uch shahobchani belgilaydi:



  1. Asosiy shahobcha - mazmunning harakati bo‘lib, u axborotning manba (o‘qituvchi)dan qabul qiluvchi (talaba)ga uzatish (o‘quvchilar ye’tiboriga uzatish, o‘quv-bilish faoliyatiga rahbarlik qilish, o‘quvchilar tomonidan bilimlarni idrok yetish, o‘zlashtirish va mustahkamlash). Unda axborotlarni qo‘shimcha boshqarish manbalari - kitoblar, texnik vositalar, kompyuterlar va o‘quvchi tomonidan ularni mustaqil idrok etish (o‘z-o‘zini boshqarish jarayoni) muhim holat hisoblanadi.

  2. Boshqarishga ta’sir o‘tkazish shahobchasi. U o‘z ichiga rejalashtirishni (strategik va taktik), ta’limiy axborotlarning asosiy psixologik harakati korreksiyasini qamrab oladi.

  3. Jarayonlar haqidagi (qayta bog‘lanish, nazorat, baholash, qo‘shimcha axborotlar shahobchasi) axborotlar o‘qituvchidan o‘quvchiga uzatilish shahobchasi.

O‘quv jarayonining samaradorligi:

  • o‘quv axborotlari mazmunining yeng maqbul tuzilmasi;

  • boshqarish samaradorligi va bilish faoliyatini tashkil etish;

  • axborotlarni o‘zlashtirishda individual o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyatlaridan foydalanish;

  • axborotlarni o‘zlashtirishning samarali nazoratini tashkil etishga bog‘liq.

Tayanch sxemalar izohidan foydalangan holda istiqbolli o‘qitishni boshqarish S.N.Lisenkova texnologiyasi. Bu texnologiya asosida quyidagilar yotadi:

  • hamkorlik pedagogikasiga bo‘lgan shaxsiy yondashuv;

  • o‘zlashtirish (muvaffaqiyat) - o‘qitish jarayonida bolalar rivojlanishining eng muhim sharti;

  • sinfdagi fayz: xayrixohlik, o‘zaro yordam;

  • xatolaridan ogoh qilish, lekin xatolar ustida ishlash emas;

  • o‘quv materialining ketma-ketligi, izchilligi;

  • vazifaning har bir o‘quvchiga qulayligi va ularga alohida-alohida bo‘lib berilishi;

  • asta-sekin to‘liq mustaqillikka o‘tish;

  • bilag‘on o‘quvchi vositasida bilmaydigan o‘quvchilarni o‘qitish.

S.N.Lisenkova metodikasining xususiyati shundaki, qiyin mavzular dasturda belgilangan soatlarda emas, balki undan oldin o‘rganila boshlanadi. Bu istiqbolli tayyorgarlikdir. Istiqbolli tayyorgarlik o‘rganilishi yaqinlashib kelayotgan qiyin mavzularni yo‘l-yo‘lakay o‘tishning boshlanishidir. Umumlashtirish bu muayyan bilimlar asosidagi mavzuni umumlashtirishdir. S.N.Lisenkova metodikasi asosida materialni o‘zlashtirish uch bosqichda kechadi:

  1. Kelgusida o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilimlarni oldindan kichik hajmlarda berib borish;

  2. Yangi tushunchalarni aniqlashtirish, ularni wnumlashtirish va qo‘llash;

  3. Fikrlash usullari va o‘quv xatti-harakatlarining ravonligini rivojlantirish.



2.4. Pedagogik texnologiyada ta’limni individuallashtirish va tabaqalashtirishga erishish

Inge Unt, A.S. Graniskaya, V.D. Shadrikov tadqiqotlarida individual o‘qitish o‘quv jarayonini tashkil etish shakli, modeli sifatida belgilanadi.

Unda:


  • pedagog faqat birgina talaba bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi;

  • bir talaba faqat o‘qitish vositalari (kitoblar, kompyuter va b.) bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi.

Individual o‘qitishda faoliyatning mazmuni, metodlari va surati talabaning xususiyatlariga moslashtiriladi.

Shaxsiy yondoshish deganda:



  • pedagogikaning tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra pedagog o‘quv — tarbiya ishlari jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlarini hisobga olgan holda ayrim talabalar bilan individual model bo‘yicha o‘zaro munosabatda bo‘lish hamda individual xususiyatlarga asoslanish;

  • o‘quv jarayonida talabalarning individual xususiyatini hisobga olish;

  • barcha talabalarning rivojlanishigina emas, balki har bir talabaga alohida rivojlanish uchun psixologik-pedagogik tadbirlaryaratish tushuniladi.

O‘qitishni individuallashtirish:

  • o‘quv jarayonini tashkil yetish bo‘lib, unda o‘qitish usullari, suratini tanlash talabaning individual xususiyatlari bilan bog‘lanadi;

  • individual yondashuvni ta ‘minlovchi turli o‘quv-metodik, psixologik-pedagogik va tashkiliy-ma ‘muriy tadbirlardir.

Shunday qilib, didaktika bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlaiga ko‘ra o‘qitishni individuallashtirish o‘quv jarayonining shunday tashkil qilinishiki, unda individual yondashuv va individual shakl ustuvor hisoblanadi. O‘qitishni individuallashtirish quyidagi mualliflik texnalogiyalarida asoslab berildi:

  • Inge Untning o‘qitishni individuallashtirish texnalogiyasi;

  • A.S. Gransikayaning moslashuvchan o‘qitish texnalogiyasi;

•V.D.Shadrikovning individuallikka qaratilgan reja asosida o‘qitish texnalogiyasi.

Inge Untning o‘qitishni individuallashtirish texnalogiyasidagi asosiy konsepsiya hozirgi sharoitda o‘qitishni individuallashtirishning muhim shakli o‘quvchilarning maktabdagi va uydagi mustaqil ishlari deb qoidalashtirilgan. Inge Unt uning mazmuni va metodikasi deb mustaqil ishlar uchun individual o‘quv vazifalari, joriy o‘quv adabiyotiga moslashtirilgan, individuallashtirilgan mustaqil ishlar qo‘llanmasi asosida nashr yetilgan ish daftarlarini tushunadi.

A.S.Graniskaya o‘zining moslashuvchan o‘qitish tizimini sinf-dars tizimida tashkil yetish va unda o‘qituvchi 60-80% vaqtini o‘quvchilar bilan individual ishlashga ajratish mumkinligini qayd qiladi. A.S.Graniskaya metodikasining o‘ziga xosligi uning darsni muayyan g‘ayriodatiy qurilma asosida tashkil yetishidir:


  • Birinchi qism – barchani o‘qitish;

  • Ikkinchi qism – ikki parallel jarayon: o‘quvchilarning mustaqil ishlari va o‘qituvchining ayrim o‘quvchilar bilan individual ishlashi, ya’ni umumlashtirilgan sxemalardanfoydalanish, almashinib turuvchijufi o‘qituvchi bo‘lib ishlash, moslashuvchan ko‘p qirrali vazifalar va b.

Murakkablikning olti darajasi amalda barcha bolalarga ye’tibor berishga, barchaning kuchi yetadigan hamda o‘quvchining qobiliyatiga, uning rivojlanishiga moslangan, o‘quv jarayonini tashkil yetishga imkon beradi.

Bu o‘qitishni individuallashtirish mualliflik texnologiyasi negizida umumiy tamoyillar mavjud:



  • individuallashtirish o‘qitish jarayoni strategiyasidir;

  • individuallashtirish – individuallikni shakllantirishning zaruriy omili;

  • barcha o‘rganiladigan fanlarda individuallashtirilgan o‘qitishdan foydalanishning mumkinligi;

  • individual ishlarni o‘quv faoliyatining boshqa shakllari bilan integratsiyalash;

  • individual suratda, uslubda o‘rganish.

Individuallashtirish texnologiyasining umumiyxususiyatlariga quyidagilar kiradi;

  • o‘zlashtira olmaslikka olib keluvchi omillarni qayd qilish;

  • fikrlash jarayonida bilim, malaka, ko‘nikmalarni yegallash asnosida individual kamchiliklarni tuzata olish usullari;

  • oila tarbiyasidagi motivatsiyaning bo‘linmasligi hamda iroda sustligi kamchiliklarini qayd qilish va yenga olish;

  • qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarga nisbatan o‘quv jarayonini opedagogik texnologiyaimallashtirish (ijodiy faoliyat, sinfva sinfdan tashqari ishlarni hisobga olish);

  • o‘qitish jarayonini tanlash yerkinligini berish;

  • umumiy o‘quv malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • o‘quvchilarning o‘z-o‘ziga mos baho bera olishini shakllantirish;

  • (o‘qitishning texnik vositalaridan, shuningdek, EHMdan foydalanish.

O‘qitishni individuallashtirish texnologiyasiga quyidagilar kiradi:

Batov tizimi. AQShda ishlab chiqilgan bu tizimda o‘quv jarayoni ikki qismga bo‘linadi:

Birinchi qism- butunicha sinf ishi.

Ikkinchi qism- individual mashg‘ulotlar.

Bunday mashg‘ulotlar unga zaruriyat sezgan o‘quvchilar bilan yo umum tomonidan qabul qilingan me’yorlardan orqada qolmaslik yoki nisbatan rivojlangan qobiliyatlari bilan ajralib turganlar bilan bir qatorda bo‘lishini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi.

Yuqori qobiliyatli kategoriya o‘quvchilar bilan o‘qituvchi, nisbatan kamroq qobiliyatli va qoloq o‘quvchilar bilan o‘qituvchi yordamchisi shug‘ullanadi.

Tramp rejasi - bu texnologiya AQShda juda mashhur. Bu o‘qitish shakllarimng shunday tizimiki, unda katta auditoriyadagi mashg‘ulotlar kichik guruhlardagi individual mashg‘ulotlar bilan qo‘shib olib boriladi.

Zamonaviy texnik vositalar yordamida 100-150 kishidan iborat katta guruhlarda yuksak malakali o‘qituvchilar, proffcssorlar leksiya o‘qiydilar. 10-15 kishidan iborat kichik guruhlar esa leksiya materiallarini muhokama qiladilar, bahs yuritadilar.

Individual ishlar esa maktab kabinetlarida, laboratoriyalarida o‘tkaziladi. Leksiya mashg‘ulotlariga 40%, kichik guruhlardagi mashg‘ulotlarga 20%, kabinet va laboratoriyalardagi individual ishlarga yesa 40% ajratiladi. Odatdagi sinf tushunchasi yo‘q, kichik guruhlar ham doimiy emas.

Dasturlashtirilgan o‘qitish XX asrning 50-yillari boshida paydo bo‘ldi. U amerikalik psixolog B.Skinner nomi bilan bog‘liq. U materiallarning o‘zlashtirilishini boshqarishning samaradorligini oshirishda, axborotlarni qismma-qism uzatishning muntazam programmasi asosiga qurish va uni nazorat qilishni tavsiya etdi.

V.P.Bespalko bilish faoliyatini tashkil yetish va boshqarish namunasidagi pedagogik texnologiya tasnifini tavsiya etdi. U o‘qituvchi va ta’lim oluvchi (boshqariluvchi) munosabatlarini quyidagicha belgilaydi:


  • berk- (o‘quvchilarning nazorat qilinmaydigan va tuzatilmaydigan faoliyati);

  • davriy (nazorat, o‘z-of’zini nazorat qilish, o‘zaro nazorat);

  • tarqoq - (frontal) yoki yo‘nalganlik (individuallik); • goh (og‘zaki) yoki avtomatlar (o‘quv vositalari) orqali. V. P. Bespalko texnologiyasi turlari:

  • klassik leksiya metodida o‘qitish (boshqaruv-berk, tarqoq, qo‘lda);

  • audiovizual texnik vositalarda o‘qitish (berk, tarqoq, avtomatlashtirilgan);

  • «konsultant (maslahatchilar)» tizimi (berk, yo‘naltirilgan, qo‘lda);

  • o‘quv adabiyotlari yordamida o‘qitish (berk, yo‘naltirilgan, avtomatlashtirilgan) - mustaqil ish;

  • «kichik guruhlar» tizimi (davriy, tarqoq, qo‘lda) - guruhlardagi o‘qitishning tabaqalashtirilgan usuli;

  • kompyuter o‘qitishlari (davriy, tarqoq, avtomatlashtirilgan);

  • «repetitor» tizimi (davriy, yo‘naltirilgan, qo‘lda) - individual o‘qitish;

  • dasturlashtirilgan o‘qitish (davriy, yo‘naltirilgan, avtomatlashtirilgan), ular uchun oldindan programmalar tuzib qo‘yiladi.

Dasturlashtirilgan o‘qitishning beshta asosiy tamoyili farqlanadi:

  1. Boshqarish qurilmalarining muayyan bosqichliligi (ierarxiya) tamoyili. Bu programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasining ierarxiya tuzilmasida avvalambor pedagog turadi, va bu fanda dastlabki umumiy mo‘ljal hisoblanadi; o‘qitishning murakkab nostandart vaziyatlarida individual yordam va korreksiya o‘rin oladi.

  2. Qayta aloqa tamoyili. U o‘quv faoliyatining har bir tadbiri bo‘yicha o‘quv jarayonini boshqarishning davriy tashkil yetish tizimini talab qiladi. Bunda awalo to‘g‘ri aloqa o‘rnatiladi - zaruriy harakat obrazi to‘g‘risidagi axborot boshqaruvchi obektdan boshqariluvchiga uzatiladi. Qayta aloqa, V.P.Bespalko ta’kidlashicha, pedagog uchungina emas, balki ta’lim oluvchiga ham zarur birinchisiga korreksiya uchun, ikkinchisiga esa o‘quv materialini tushunish uchun.

Ichki va tashqi qayta aloqa ham mavjud. Ichki qayta aloqa ta’lim oluvchilarning o‘z natijalarini va o‘zining aqliy faoliyati xarakterini mustaqil korreksiya qilish uchun xizmat qiladi.

Tashqi qayta aloqa ta’lim oluvchiga bevosita o‘quv jarayonini boshqaruvchi qurilmalar vositasida yoki pedagog tomonidan ta’sir etishda amalga oshiriladi.



  1. O‘quv materialini yoritish va uzatishda amalga oshiriladigan odimlovchi texnologik jarayon tamoyili. Odimlovchi o‘quv tadbiri - bu texnologik usul bo‘lib, unda o‘kuv materiali programmada axborot bo‘laklari va o‘quv vazifalari (bilim va malakalarni samarali o‘zlashtirishni ta’minlashga xizmat qiladigan va ta’lim oluvchining bilimlarni o‘zlashtirishning muayyan nazariyasini aks ettirgan)ning kengligi bo‘yicha alohida, mustaqil, lekin o‘zaro bog‘langan va opedagogik texnologiyaimal bo‘lgan qismlardan iboratdir.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri va qayta aloqa uchun zarur bo‘lgan axborotlar to‘plami, bilish harakatlari va qoidalarining ta’limiy programma odimini hosil qiladi. Bu odim tarkibiga uch o‘zaro aloqador kadr (zveno) qo‘shiladi: axborot, qayta aloqa tadbiri va nazorat. Odimlovchi o‘quv tadbirlari izchilligi programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasi asosini tashkil etuvchi ta’limiy programmani hosil qiladi.

  1. O‘qitishda individual namuna va boshqarish tamoyili davom ettiriladi. Bu tamoyil ta’lim oluvchining har biriga shunday axborot jarayonini yo‘naltiradi va tavsiya etadiki, u ta’lim oluvchiga mashq jarayonida, tezlikda oldinga siljishga imkoniyat beradi, chunki uning bilish kuchi unga muvofiq ravishda boshqaruvchi tomonidan uzatilgan axborotga, moslashishga qulay bo‘ladi.

  2. Programmalashtirilgan o‘quv materialini uzatish uchun maxsus texnik vositalardan foydalanish tamoyili.

Programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasini ilmiy asoslash bir qator ta’limiy programmalarni farqlash imkoniyatini beradi:

  • rayon programmalar;

  • tarmoqlanuvchi programmalar;

  • soddalashtirilgan programmalar;

  • aralash programmalar;

  • algoritm;

  • blokli o‘qitish;

  • modulli o‘qitish;

  • bilimlarni to‘la o‘zlashtirish;

Ravon programmalar – bu nazorat topshiriqlari va o‘quv axborotlarining almashinib turuvchi u qadar katta bo‘lmagan bloklari ketma-ketligidir.

Ravon programmada ta’lim oluvchi to‘g‘ri javob berishi shart. Ba’zan yehtimol deb topilgan javoblardan birini shunchaki tanlaydi. To‘g‘ri topilgan javobda u yangi o‘quv axborotiga ega bo‘ladi. Agar javob to‘g‘ri chiqmasa, axborotni qaytadan o‘rganishga tavsiya etiladi.

Tarmoqlanuvchi programma. Ta’lim oluvchi noto‘g‘ri javob berganda, unga qo‘shimcha o‘quv axboroti beriladi va u ta’lim oluvchiga nazorat topshiriqlarini bajarish, to‘g‘ri javob qaytarish va o‘quv axborotlarining yangi bo‘laklarini olish imkoniyatini beradi.

Soddalashtirilgan programma. U ta’lim oluvchiga yangi o‘quv materialini murakkablik darajasiga qarab tanlab olish, uni o‘zlashtirish jarayonida u yoki bu tarzda o‘zgartirish, oddiy ma’lumotnoma, lug‘at va qo‘llanmalardan foydalanish imkoniyatini beradi.

Aralash programma. U ravon, tarmoqlanuvchi, soddalashtirilgan programma bo‘laklarini o‘zida qamrab oladi.

Algoritm. U aqliy va amaliy tadbirlar izchilligini belgilovchi tafsilotdir. U o‘qitishning mustaqil vositasi hamda ta’limiy programmlarning qismi bo‘lishi ham mumkin.

Blokli o‘qitish. Bu moslashuvchan programma asosida o‘quvchilarning turli-tuman intellektual tadbirlar va yegallagan bilimlaridan o‘quv vazifalarini yechishda foydalanish imkoniyatlarini ta’minlaydi.

Quyidagi izchil bloklar farqlanadi:



  • axborot bloki;

  • test-axborot (o‘zlashtirishni tekshirish);

  • korreksion-axborot (noto‘g‘ri javob qaytarilganda qo‘shimcha o‘qitish);

  • muammoli blok: olingan bilimlar asosida vazifalami yechish;

  • tekshirish va korreksiya bloki.

Modulli o‘qitish. U modullar bo‘yicha tuzilgan o‘quv programmalari asosida o‘qitishni tashkil yetishdir. Modul kurs mazmunini uch sathda qamrab oladi: to‘la, qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan. Programma materiallari bir vaqtning o‘zida barcha yehtimol ko‘rilgan kodlarda: rasm, test, ramzlar va so‘z bilan berilishi mumkin.

O‘qitish moduli o‘quv materialining avtonom (mustaqil) qismi bo‘lib, quyidagi komponentlardan tashkil topadi:



  • aniq ifodaga ega bo‘lgan o‘quv maqsadi (maqsadli programma);

  • axborotlar banki: o‘qitish programmasi shaklidagi ayni o‘quv materiali;

  • maqsadlarga erishish bo‘yicha metodik qo‘llanma;

  • zaruriy malakalarni shakllantirish bo‘yicha amaliy mashgulotlar;

  • qo‘yilgan modul maqsadiga qatiy muvofiq keluvchi nazorat ishi.

Bilimlarni to‘la o‘zlashtirish texnologiyasi.

O‘quv materiallari bir necha bo‘laklaiga bo‘linadi: o‘zlashtirilishi tegishli bo‘lgan o‘quv unsurlari, undan so‘ng bo‘limlar bo‘yicha tekshirish uchun materiallar ishlab chiqiladi, undan so‘ng o‘qitish, tekshirish - joriy nazorat, korrektirovka va qayta, o‘zgartirilgan tarzda ishlab chiqish - o‘qitish.

Hozirgi davr o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish bilan xarakterlidir.

Pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim texnologiyalarining ilmiy asoslarini ishlab chiqish, pedagogik innovatsiyalar, mualliflik maktablari va yangi texnologiyalarni yeksperiment qilish bilan bog‘liqdir. Bu tajribalar muayyan tizimni ishlab chiqish va umumlashtirishni talab etadi.

Pedagogik texnologiyaga yaxlit hodisa sifatida qaraladi. Texnologiyaning interfaol sifatlari, tarkibiy qismlari, tuzilmasi, funksional tavsifi, kommunikativ xususiyatlari, tarixiyligi va uzviyligi tadqiq qilinmoqda.

«Texnologiya»,pedagogik texnologiya» tushunchalari hamon tadqiqotlar bo‘lishini taqozo etadi.

Pedagogik texnologiyalar tasniflarini asoslash, texnologiya turlari mazmunining yoritilishi, bu texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish yo‘llarini belgilash ta’limning barcha bosqichlarida uning samaradorligini oshirishga imkon beradi.

«O‘qitish tizimining qurama texnologiyasi» saviyasiga va darslarda mavzu bo‘yicha davriylikni rivojlantirishga ko‘ra sinf ichidagi o‘qitishning tabaqalashtirilishi deb qaraladi, Darslar har bir mavzu bo‘yicha ketma-ket joylashgan besh tipdan iborat bo‘ladi:



  1. mavzuni umumiy tahlil qiluvchi darslar (ular leksiyalar deb yuritiladi);

  2. ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlari jarayonida o‘quv materialining chuqurlashtirib ishlab chiqishini ko‘zda tutgan, tuzilgan seminar mashg‘ulotlari (bunday darslar uchtadan beshtagacha bo‘lishi mumkin);

  3. bilimlarni umumlashtirish va tartibga tushirish (gurahlash) darslari (mavzular bo‘yicha sinovlar);

  4. fanlararo materiallarni umumlashtirish (mavzular bo‘yicha vazifalarni himoya qilish); 5) dars-praktikumlar.

Keyingi bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilarning saviyalariga ko‘ra tabaqalashtirish ishlarini tashkil yetadi. Bu ish yangi materialni berish, uni mustahkamlash va takrorlash, bilim, malaka va ko‘nikmalarni nazorat qilish orqali amalga oshiriladi.

Bu texnologiyada uchta tabaqalashtirishning turli darajadagi qiyinchiliklari:

«A»,«V»,«S» dasturlari ajralib turadi.

Dasturlar quyidagi vazifalarni hal qiladi:



  • muayyan darajadagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni yegallashni ta ‘minlaydi;

  • talim oluvchilarning ma ‘lum darajadagi mustaqilligini ta’minlaydi; «S» dasturi tayanch standart sifatida qayd qilinadi. Uni bajarish orqali ta’lim oluvchilar fan bo‘yicha o‘quv materialini, uni qayta tiklay olish darajasida o‘zlashtiradilar. «S» dasturi vazifalarini nisbatan qiyin dasturga o‘tmasdan oldin har bir o‘quvchi bajara olishi lozim.

«V» dasturi mavzuni qo‘llash bilan bog‘liq masalalarni yechish uchun zarar bo‘lgan o‘quv va aqliy faoliyatining umumiy va o‘ziga xos usullari bilan birga yegallashni ta’minlaydi. Ushbu dasturga kiritiladigan qo‘shimcha ma’Iumotlar birinchi bosqich materiallarini kengaytiradi, asosiy bilimlarni isbotlaydi, namoyish yetadi va oydinlashtiradi hamda tushunchalarning amal qilish va qo‘llanishini ko‘rsatib turadi.

«A» dasturi o‘quvchilarning bilimlarini to‘la anglash, ijodiy qo‘llash darajasiga ko‘taradi. Bu dasturda ijodiy qo‘llash istiqboli tobora takomillashib boruvchi ma’lumotlar, chuqurlashtiriladigan materiallar, hamda uning mantiqiy asoslanganligi joylashtirilgan. Materiallarni takrorlashda turli darajadagi vazifalarni yerkin tiklash metodikasi qo‘llanadi.

Tabaqalashtirilgan vazifalarni nazorat qilishda individuallikka o‘tiladi va u chuqurlashtiriladi.


2.5. O‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini ta’minlashda interfaol metodlarning ahamiyati


Keyingi paytlarda jamiyatimizda har bir inson uning boshlan-g‘ich bilim darajasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar istalgan sohadan bilim olishga haqli deb topildi va uning kelajakda davlat muassasalarida yaxshi mansab egallashi maqsadida ta’lim muassasalariga jalb qilish odat bo‘lib qoldi.

O‘quv muassasalariga faqatgina bir necha fandan testlar topshirgan holda kirishni tashkil qilish ham o‘quvchilarning dun-yoqarashi va bilimlarini chegaralangan hamda bir tomonlama bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Chunki maktab, litsey va kollejlarda ko‘pgina fanlar chetga surilib, ularda faqatgina test topshiriladigan fanlar bo‘yicha chu-qur ta’lim berilishi, test javoblarini ularning mohiyatiga yetmasdan yod-da saqlashga harakat qilinishi bitiruvchilar bilimining sayoz va bir tomonlama bo‘lishiga olib kelmoqda.

Agar kirish imtihonlari barcha fanlar bo‘yicha integral usulda tashkil qilinsa, ya’ni, bir qism fanlardan test orqali, boshqalaridan og‘zaki savol-javoblar vositasida, yana bosh-qalaridan yozma usulda qabul qilinib, ularning natijasi umumlashtirilsa, chuqur bilimli va fikrlash doirasi keng bo‘lgan abiturientlargina o‘quv muassasasiga kirishar edi va yuqoridagi salbiy holatlar yuz bermas edi, albatta. Bu mamlakat kelajagi bilan uzviy bog‘liq strategik masala bo‘l-gani uchun ham uni ta’kidlamasdan boshqa ilojimiz yo‘q.

Bundan tashqari, ta’lim berish jarayonida asosiy diqqat-e’tibor ta’lim muassa-salarida qanday fanlardan dars berish, qanday ta’lim standartlariga rioya qilish va qanday kitoblardan foydalanishga qaratildi, xolos. Bunda, ming afsuski, ta’lim berishning asosiy omili va yurituvchi kuchi bo‘lgan bir nima yoddan chiqarildi – bu eng asosiy omil esa shak-shubhasiz –

O‘QITUVChIDIR! Bu borada hozirgi zamonga mos bo‘lgan quyidagi fikr o‘rinlidir, desak ham bo‘laveradi: «Har qanday fan bo‘yicha mala-kali o‘qituvchini osongina tayyorlash mumkin va u o‘quv jarayoni mexanizmining bir detali sifatida istalgancha dasturlanishi va yo‘nal-tirilishi mumkin?!» Bu tezis o‘z-o‘zidan o‘qituvchining jamiyatdagi mavqeyini juda ham pasaytirib, o‘quvchilarning unga bo‘lgan hurmat va e’tiborga sezilarli darajada putur yetkazadi.

Natija ham darhol ayon bo‘ladi – malakali o‘qituvchi bo‘lishga intilish yo‘qolib, bu sohada yetuk mutaxassis bo‘lishga layoqatlilar soni keskin kamayadi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim berish sifatini ancha pasaytiradi. Lekin bu tezis hozirgi jadal sur’atda rivojlanayotgan hayotga aslo mos kelmaydi va uni jadal rivojlanish davriga mos quyidagi tezis bilan almashtirish maq-sadga muvofiq: «Malakali o‘qituvchini tayyorlash juda murakkab va qimmat turadigan faoliyat turi bo‘lib, u o‘quv jarayonining ijodiy, yaratuvchi va yurituvchi kuchidir. Har bir o‘qituvchini juda ham qimmatli insoniy zaxira sifatida hisoblab, uning jamiyatdagi mavqeyini imkon darajasida ko‘tarish mamlakatning uzoq muddatli strategik maqsadlariga aynan mos keladi».

Haqiqatan ham, o‘quvchilarga ta’lim berish va malakali o‘qituv-chi bo‘lish juda murakkab hamda ko‘p mehnat talab qiladigan faoliyat turidir. Bizning jamiyatda o‘qituvchilik professional ish turi hisoblanib, ularning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Ular biror bir soha-ning professional mutaxassisi va malakali eksperti hisoblanib, o‘quvchi-talabalarga kerakli bilimlarni egallashlariga hamda malakali mutaxassis bo‘lishlariga yordam beradilar.

Zamonaviy o‘qituvchilar tibbiyot, tex-nika, iqtisodiyot boshqa soha mutaxassislariga o‘xshab, o‘ziga xos qoida va standartlar asosida ishlaydilar. Boshqa tomondan nazar solganda, o‘qituvchilik ham o‘ziga xos san’at darajasida bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham, har qanday o‘qituvchi o‘quvchi-talabalarga biror bir fan yoki mavzu bo‘yicha ta’lim berayotganida uning «Qanday qilib, qaysi usullar orqali bilim olish jarayonini faollashtirish mumkin?» – degan haqqoniy savolni hal qilish zaruriyati kelib chiqadi. Barcha zamon-larning va mamlakatlarning olim hamda yetakchi mutaxassisl ari bu haqda ko‘p yillardan buyon bosh qotirib kelgani hech kimga sir emas. Bularning ichida eng inqilobiy va ijobiy fikrni insonlarning bilim olish jarayonini o‘rganish bo‘yicha yirik G‘arb mutaxassisi Blum bildirgan va o‘zining mashhur aktiv (faol) bilim olish tizimi konsepsiyasini ishlab chiqqan. Bu tuzilma ko‘pincha «Bilim olishning olti pog‘onasi yoki Blum taksonomiyasi» deb ataladi. Bu taksonomiya quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:

Bilim olish – Asosiy dalillarni qidirish va topish, xotirada saqlay olish, tavsiflash, tanish, qayta jonlantirish, nomini aytish, izlanish, tuzi-lishini bilish va ko‘rsatish kabilar orqali amalga oshadi.

Tushunish – qayta so‘zlash, mohiyatini tushunish, tushuntirish, tasvirlash va boshqacha usulda hamda boshqacha so‘zlar bilan ta’riflay olish natijasida erishiladi.

Ishlatish (qo‘llash) – olingan bilimni boshqa sharoitlarda qo‘l-lash (ishlatish, yechish, tajriba o‘tkazish, qo‘llash, kuzatish, oldindan bashorat qilish, biror-bir muammoni hal qilish)ni o‘z ichiga qamrab oladi.

Tahlil (Analiz) – tushunchalar orasidagi asosiy munosabatlarni aniqlash va ularning mohiyatini tushunish – soha materialini (bilimni, hodisani, mashinani, ma’lumotni) tashkil etuvchilarga (tarkibiy qism-larga) bo‘lib chiqish va ularning har birining vazifasini tushunib chiqish. Oddiydan murakkabga va murakkabdan oddiyga yo‘nalishida tah-lil qila olish (qismlar orasidagi munosabatlarni aniqlash, bir-biriga ulash, birlashtirish, bo‘lib chiqish, turkumlarga ajratish, guruhlarga ajra-tish, umumiy qonuniyatlarni topish, toifalarga bo‘lib chiqish).

Sintez – yangi narsani (bilimni, predmetni, mashinani) uning bir qancha qismlaridan (bo‘laklaridan) va ularning xossalaridan foyda-langan holda tashkil qilish (tuzish, konstruksiya yig‘ish, kombina-siyalash, yangi fikr yaratish, yangi farazlarni taklif qilish), ularni sinashni amalga oshirish va natija asosida yangilarini mavjudlariga ra-qobatchi sifatida ishlab chiqish.

Baholash – erishilgan natijani aniqlash, qaror qabul qilish yoki yechim topish (baholash jarayonini amalga oshirish, hal qilish, sabab va oqibat zanjiridagi aloqalarini aniqlash, toifalarga bo‘lish va ularni aniq-lash).

Ushbu qo‘llanmada ta’lim sohasidagi jahon adabiyotida mavjud bo‘lgan va atroflicha o‘rganilgan hamda ko‘pchilik ilg‘or o‘qituvchilar tomonidan real hayotga tatbiq qilinib, qoniqarli natijalar olingan xuddi shu yoki shunga o‘xshash usullarga, maslahatlarga va ko‘rsatmalarga tayanildi. Ularni hayotga tatbiq qilish yo‘llari va usullarini olingan ha-yotiy tajribalar asosida baholi qudrat yoritildi. Chunki bizning istak va talabimizga umuman bog‘liq bo‘lmagan holda Blumning bu usuli hozir-cha mag‘ribda ham, mashriqda ham bilim olishning (berishning, o‘zlashtirishning) eng yaxshi usullaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘quvchi (talaba) lar ushbu zamonaviy ta’lim usullarni ishlatishlari, tegishli fanlardan to‘laqonli saboq olishlari va fanni tegishli bosqichda yaxshi (a’lo) o‘zlashtirishlari uchun ular gimnaziya (maktab, litsey, kol-lej) dasturi hajmida hamda o‘rganilayotgan fan haqidagi bir qism tayanch bilimlarga ega bo‘lishi lozim. Ya’ni iqtisodiyot asoslari, mate-matika, ona tili va adabiyot, tarix kabi maktab dasturiga oid funda-mental bilimlarni puxta o‘zlashtirib olishlari lozim. Chunki fundamental bilim doirasiga ega insondagina mantiqiy fikrlash qobiliyati bo‘lib, u bilan qandaydir soha haqida fikr almashish va uning dunyoqarashini (bilim doirasini) tegishli yo‘nalishda mantiqan rivojlantirish mumkin.

Agar bunga ba’zi bir obektiv va subektiv sabablarga ko‘ra imkoniyat bo‘lmasa, o‘quvchi (talabalarni) fundamental yo‘nalishlarning tegishli sohalarida boshlang‘ich tayyorlash va ularga lozim bo‘lgan bilimlar majmuasini berish zarur bo‘ladi.

Masalan, universitetda iqtisodiyot bo‘-yicha dars o‘tilishi kerak bo‘lsa, ularning maktab dasturi doirasida ni-malarni o‘zlashtirganlari, qaysi yo‘nalishga ko‘proq ahamiyat beril-ganligi, qaysi yo‘nalishlar esa nazardan chetda qolganini aniqlab olish iqtisodiy ta’lim berishdagi muvaffaqiyatning asosidir. Agar talabalar bu aniqlash (o‘rganish) natijasida mos guruhlarga bo‘linib, maqsadli o‘qi-tilsa, natijalar yana ham samarali bo‘lishi mumkin. Samarali ta’lim muhitini yaratish rejalashtirilgan holatda (muhitda) guruhdagi talabalar bilan bevosita munozara va faol fikr almashinishni amalga oshirilganda uni yanada samarali qilish uchun quyidagilarga ahamiyat berilishi maq-sadga muvofiq:


  1. Tinglovchilardan qanday javoblar kutayotganingizni o‘z so‘zla-ringiz, jonli misollaringiz va boshqa usullar bilan bildirishingiz talab qilinishi mumkin. Ko‘pincha talabalar Siz bergan savollarga qisqa, lo‘n-da, yaxshi o‘ylanmagan, sayoz va mavhum javoblar bersa, Siz bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib olishingiz hamda mashg‘ulotni kerakli yo‘na-lishga burib yuborish uchun harakat qilishingiz lozim bo‘ladi.

  2. Ba’zi paytlarda Sizga munozara yo‘nalishini yana o‘rganila-yotgan matnga (faktga, hodisaga, qoidaga) qaratishingiz ham zarur bo‘-lib qolishi mumkin. Bu hol munozara butunlay boshqa mavzu to-monga burilib va o‘zgarib ketgan holatlarda kerak bo‘ladi.

v) Tinglovchilarga o‘quvchilarda har bir masala bo‘yicha xilma-xil javoblar (fikrlar, munosabatlar) mavjud bo‘lishiga hurmat uyg‘otish ham munozarani jonli ravishda rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bu hol talabalarning tajribalari, hayotiy ko‘nikmalari va qizi-qishlari xilma-xil bo‘lgani uchun tabiiy ravishda yuzaga keladi. Bunda ularning kutilmagan «noklassik» savollariga urg‘u berish va ularni ijobiy/ijodiy jihatdan muhokama qilish hamda kerakli yo‘nalishda rivojlantirish yaxshi natijalarga olib keladi.

g) Tinglovchilar/talabalarning javoblarini «to‘g‘rilash» ga urinish ko‘pincha yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Bu ularni boshqalar oldida noqulay ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Chunki ularning javoblarini amaliy tajribasini hisobga olgan holda nazardan kechirsak, bundan o‘zi-ga xos bir ma’no topishimiz mumkin, albatta.



Har qanday javobni ham qo‘llab-quvvatlab, uning yaxshi tomonlarini, ratsional mag‘zini topa olish va buni o‘quvchilarga ko‘rsatish ularda o‘z-o‘ziga ishonch uy-g‘otadi hamda ularning fikrlash jarayonini faollashtiradi. Bunda «Ish-lagan odam yanglishadi» deb ba’zi o‘quvchi/talabalarga tasalli berish ham ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin.

Download 76,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish