Pedagogika fakulteti



Download 76,68 Kb.
bet2/5
Sana15.01.2020
Hajmi76,68 Kb.
#34235
1   2   3   4   5
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalari

ta’riflari


Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlagan «portlash effekti»ga yetib borish yo‘lida uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o‘tib borish va ularni hal etish masalalari faqat o‘qituvchi- pedagoglarninggina vazifasi bo‘lib qolmasdan, balki jamiyatimizni to‘liq pedagoglashtirish muammosini ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi. Har bir fuqaro tarbiyashunoslik asoslari bilan tanishishi, yangi pedagogik vosita, usul va texnologiyalar bilan ta’minlanishi hozirgi kun talabidir.

Ta’lim tizimi va o‘quv-tarbiya ishlari sohasiga turli o‘zgarish, yangilik va pedagogik texnologiyalarni jalb qilish muammolari «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni ro‘yobga chiqarish bosqichlarida o‘ziga xos tarzda ko‘rsatib berilgan.

Mazkur dasturni ro‘yobga chiqarishning birinchi bosqichi (1997-2001 yillar) da - «o‘quv-uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish», ikkinchi bosqich (2001- 2005 yillar)da - «ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o‘quvtarbiya jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish», uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) da «ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustaxkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilgor pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash» vazifalari belgilab qo‘yilgan.

«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’lim-tarbiya

tizimini isloh qilish, unga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish zarurligi qayta-qayta ta’kidlanadi. Chunki mamalakatimiz tez sur’atlar bilan taraqqiy etib, jahon hamjamiyatida iqtisodiy-siyosiy mavqei kundan-kun ortib bormoqda. Lekin ijtimoiy sohada, ayniqsa, ta’limtarbiyada umumiy taraqqiyotdan orqada qolish hollari sezilmoqda. Ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish bilan bunday holga barham berish mumkin. Quyidagi holatlar ilg‘or texnologiyalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etishning dolzarbligini ko‘rsatib beradi:

­ «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarish uchun, ma’lum sabablarga ko‘ra jahon hamjamiyati taraqqiyotidan ortda qolib ketgan jamiyatimiz taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun, aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida ilg‘or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi;

­ an’anaviy o‘qitish tizimi yozma va og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rishi tufayli «axborotli o‘qitish» sifatida tavsiflanib, o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatidagina emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi yoki ta’limtarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi rolini o‘zgartirish zarurligi;

­ fan-texnika taraqqiyotining o‘ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin ko‘payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi;

­ kishilik jamiyati taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo‘lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o‘tib borayotganligi;

­ Barkamol avlodni tarbiyalash talabi ularga eng ilg‘or bilim berish usuli hisblangan ob’ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishi.

Pedagogika fani va amaliyotida keyingi paytlarda keng qo‘llanilayotgan «pedagogik texnologiya» atamasi inglizcha «an educational technologu» so‘zidan olingan bo‘lib, «ta’lim texnologiyasi» degan ma’noni bildiradi.

"Texnologiya" tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan -texnos- san’at, hunar va logos- fan, ta’limot so‘zlaridan tashkil topib, "hunar fani" ma’nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to‘liq tavsiflab berolmaydi, texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, texnologik jarayon – bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina) ning faoliyatidir.

Ishlab chiqarishda texnologiya so‘zidan kelib chiqadigan quyidagi tushunchalar ishlatiladi:

­ Texnologik jarayon – ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig‘indisi.

­ Texnologik operatsiya – ishchi tomonidan o‘zining ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko‘rinishidagi jarayonning bir qismi.

­ Texnologik xarita – ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarining ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.

­ Texnologik rejim – texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo‘lib, ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi.

Ana shu ta’rif va tushunchalarni o‘quv jarayoniga ko‘chirsak quyidagi xulosaga kelish mumkin:

Pedagogik texnologiya – bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘quvchi (talaba)larga o‘qitish vositalari yordamida muayyan sharoitlarda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir.

Pedagogik texnologiya – o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Pedagogik nashrlarda «o‘qitish texnologiyasi», «ta’lim texnologiyasi» tushunchalari ham ishlatiladi.

O‘qitish texnologiyasi – birinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli harakat aspektini anglatadi. Bu, ta’lim jarayonini o‘zgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga va konkret ta’lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta’minlovchi usul va vositalar (texnologik operatsiya)larning tartibli birligini o‘zida mujassamlashtirgan ta’lim modelini ishlab chiqish va amalga oshirishning texnologik jarayoni; ikkinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli - bayonli aspektini ifodalaydi. Bu maqsadni amalga oshirish va itsiqbolda belgilangan natijalarga erishish bo‘yicha pedagogik hamda o‘quv faoliyatini loyihasini bajarishning bayonidir (texnologik xarita).

Ta’lim texnologiyasi – pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu texnik va inson resurslarini hamda ularni o‘z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars berish va bilimlarni o‘uzlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli usuli.

“Pedagogik texnologiya” so‘z birligi – bu inglizcha “an educational technology” – “ta’lim texnologiyasi” iborasining aniq bo‘lmagan tarjimasidir. “Pedagogik texnologiya” tushunchasi oxirgi paytlarda o‘qitish nazariyasida yanada kengroq qo‘llanilmoqda. Aynan



“texnologiya” termini va uning “o‘qitish texologiyasi”, “ta’lim texnologiyasi”, “ta’limda texnologiya” kabi shakllariga pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar berilgan. “Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bo‘yicha ishlarda XX asrning 20yillarida tilga olingan. Hozirgi kunda pedagogik texnologiya tushunchasida turlicha ifodalashlar mavjud.

  1. Texnologiya – bu bir ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan uslublar to‘plamidir (talqinli lug‘at).

  2. Pedagogik texnologiya – bu o‘qitishda rejalashtirilgan natijalarga erishish jarayonini tasvirlashdir (I.P. Volkov).

  3. Pedagogik texnologiya – bu o‘qitish, tarbiyaviy vositalar, shakllari, metodlari, usul, uslublarining maxsus to‘plami va tuzilishini belgilovchi psixologik-pedagogik ko‘rsatmalar yig‘indisi, u pedagogik jarayonning tashkiliy metodik quroli demakdir (B.T. Lixachev).

  4. Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini optimallashtirish masalani qo‘yuvchi, texnik va insoniy imkoniyatlarni va ularning o‘zaro munosabatlarini hisobga olib o‘qitish va bilimlar o‘zlashtirish butun jarayonini yaratish, qo‘llash va belgilashga sistemali yondashishidir (YuNESKO).

  5. Texnologiya – bu san’at, mahorat, moxirlik, ishlab chiqish metodlari to‘plami, holatini o‘zgartirishdir (V.M. Shepel).

  6. O‘qitish texnologiyasi - bu o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun so‘zsiz qulay sharoitlar yaratib berish uchun o‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish va olib borish bo‘yicha har tomonlama o‘ylab chiqilgan hamkorlikdagi pedagogik faoliyat modelidir (V.M.

Monaxov).

  1. Pedagogik texnologiya – bu pedagogikada fikrlashning sistemali usulidir (T. Sakamoto).

  2. Pedagogik texnologiya – o‘quv jarayonining tashkiliy shakli, metodlari, mazmunini o‘zgartiruvchi uning rivojlanish sistemasidir (E. Bistereki va J. Seller).

  3. Pedagogik texnologiya - pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan hamma shaxsiy, instrumental va metodologik vositalar sistemali to‘plami va ishlatilishi tartibini bildiradi (M.V. Klarin).

  4. Pedagogik texnologiya – bu ta’lim maqsadiga erishishga qaratilgan o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyatini sistemali, konseptual, qoidali, ob’ektivlashtirilgan, invariant tasvirlashdir (F.A. Fradkin).

  5. Pedagogik texnologiya bilimlarni egallashda rejalashtirish, boshqarish va ta’minlashni tahlil qilish uchun faoliyatni tashkil etish usulini, odamlar, g‘oyalar, vositalarni o‘z ichiga oluvchi kompleks integral jarayon demakdir (Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo‘yicha AQSh assotsiatsiyasi).

Pedagogik texnologiyani o‘quv jarayoniga olib kirish zarurligini MDX davlatlari ichida birinchilardan bo‘lib ilmiy asoslab bergan rossiyalik olim V.P. Bespa’ko «…pedagogik texnologiya - amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan pedagogik tizimning loyihasidir»,- deyish bilan, quyidagi ta’rifni beradi: «Pedagogik texnologiya - bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvoffaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir»

Bu ta’rif mazmunidan quyidagi muhim tamoyillarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

­ PT o‘quvchi (talaba)larda ma’lum ijtimoiy tajriba elementlarini shakllantirish uchun loyihalanadi;

­ loyihalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan o‘qituvchisidan katta mahorat talab etmaydi;

­ yakuniy natija albatta kafolatlanadi.

O‘zbekistonlik olim N.Sayidaxmedov fikricha: «Pedagogik texnologiya – bu o‘qituvchi

(tarbiyachi) tomonidan o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonidir»

Yirik pedagog olimlarimizdan biri M.Ochilov pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlari natijasida quyidagi xulosaga keladi: «Pedagogik texnologiya – tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta’lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob’ektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro ta’sirini inobatga olib, ta’lim maqsadlarini oydinlashtirib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmuidir». U pedagogik texnologiyaga ta’lim usuli, ma’lum ma’noda ta’lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmui deb qaraydi. «Pedagogik texnologiya ta’limtarbiyaning ob’ektiv qonuniyatlari, diagnostik maqsadlar asosida o‘quv jarayonlari, ta’limtarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir», -deb ta’rif beradi.

Ko‘rib turganimizdek, «pedagogik texnologiya» tushunchasini ta’riflashda hali yagona fikrga kelinganicha yo‘q. Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiya – ta’lim-tarbiya jarayonlari, ta’lim usuli, vositalari, shakllari, o‘qituvchi va tahsil oluvchi o‘rtasidagi munosabatlar majmui bo‘lib, ta’lim jarayoniga tizimli, texnologik yondashuvni talab qiladi va o‘zida ta’lim maqsadlarini oydinlashtirishni, natijasini kafolatlashni va ob’ektiv baholashdek muhim belgilarni aks ettiradi.

Pedagogik texnologiyalar o‘z mazmuni, maqsadi, metodlari va vositalariga ko‘ra birbiriga o‘xshash. Pedagogik texnologiyalarni ana shu o‘xshash xususiyatlariga qarab ularni bir necha turga ajratish mumkin.

Qo‘llanilishiga, qamrov hajmiga (masshtabiga) ko‘ra ularni uch guruhga ajratiladi: 1.

Umumiy pedagogik texnologiyalar. 2. Xususiy pedagogik texnologiyalar. 3. Modulli kichik universal texnologiyalar.

Umumiy pedagogik texnologiyalar o‘z ichiga yirik texnologiyalarni, ya’ni butun ta’lim tizimiga tegishli bo‘lgan masalalarni qamrab oladi. Masalan: reyting tizimiga o‘tish, test texnologiyalariga o‘tish shular jumlasiga kiradi.

Xususiy pedagogik texnologiyalar esa ma’lum fan doirasida qo‘llanilishi mumkin va qulay bo‘lgan texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Masalan: iqtisodiyot fani uchun qulay bo‘lgan texnologiyalarni ishlab chiqish.

Modulli kichik universal texnologiyalar biror refleksni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, turli fanlarni o‘rganishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan texnologiyalardir. Masalan: didaktik o‘yinlar, fikrlashga o‘rgatuvchi texnologiyalar. Ular universal xarakterda bo‘lib, ko‘p vaqt talab etmaydi. Masalan: didaktik o‘yinli texnologiyalar.

Ilmiy adabiyotlarda pedagogik texnologiyaning uch aspekti to‘g‘risida fikr yuritiladi: ilmiy, tavsifiy, amaliy.

Ilmiy aspektda o‘qitishning maqsadi, mazmuni va metodlari ilmiy asoslanadi hamda pedagogik jarayon loyihalashtiriladi.

Tavsifiy aspektda rejalashtirilgan o‘qitish natijalariga yerishishning maqsadi, mazmuni, metodlari va vositalarining ishtiroki asosida algoritm jarayoni ishlab chiqiladi.

Amaliy aspektda pedagogik texnologiya jarayoni amalga oshiriladi.

Pedagogikada, o‘qitish texnologiyalari bilan birga ta’limiy texnologiyalar ham o‘rin olgan. Ta’limiy texnologiyalar mazmun-axborot aspektini bildirsa, o‘qitish texnologiyasi jarayonga aloqador deb hisoblanadi, ya’ni ular orasida hali ham aniq farqlar belgilanmagan. Pedagogik texnologiya talabalarning tayyorgarlik darajasiga, ularning axborotlar bilan tanishganlik va amaliy tayyorgarligiga moslangan bo‘lishi lozim. Kasbiy ta’lim tizimida o‘qitish texnologiyalari fundamental va amaliy bilimlarning o‘zlashtirilishini, harakatlarning reflektivligini aks yettiradi va o‘z kasbiy faoliyatini shakllantiradi.

Pedagogik texnologiya o‘qituvchi va talaba faoliyati bilan belgilanadi. Faoliyatning bunday turlariga ko‘ra pedagogik texnologiyaning tuzilmasi aniqlanadi. U konseptual asos, ta’lim jarayoni maztnuni va texnologik jarayondan iborat bo‘ladi.

Har bir pedagogik texnologiya muayyan ilmiy konsepsiyaga asoslanadi. Pedagogik texnologiyaning ilmiy konsepsiyasi ta’lim maqsadlariga yerishishning falsafiy, psixologik, ijtimoiy-pedagogik va didaktik asoslashlarni qamrab oladi. Ta’lim jarayoni mazmuni ta’lim jarayonining umumiy va aniq maqsadlari, o‘quv materiali mazmunidan iborat bo‘ladi. Texnologik jarayon o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘qituvchi faoliyati, talaba faoliyati, o‘quv jarayonini boshqarish usullari, o‘quv jarayoni diagnostikasini qamrab oladi. Tadqiqotchilar har qanday pedagogik texnologiyalarni qanoatlantiradigan mezonlarni belgilaydilar. Izchillik pedagogik texnologiyaning mezoni sifatida jarayonning mantiqiyligi, pedagogik texnologiyaning barcha qismlarining o‘zaro bog‘likligi, yaxlitligani o‘z ichiga oladi. Pedagogik texnologiyaning mezonlaridan biri, uning boshqaruvga asoslanganligidir. U o‘quv jarayoni diagnostikasi, uni rejalashtirish va amalga oshirishni loyihalash, undagi o‘qitish metodlari va vositalari bilan o‘zgartirib turishdan iborat bo‘ladi. Pedagogik texnologiyaning samaradorlik mezoni ta’lim jarayonining konkret sharoitlarida olinadigan yuksak natijalarni ko‘zda tutadi. Qayta tiklash pedagogik texnologiyalar mezonlaridan biridir. Unda pedagogik texnologiyalarni boshqa o‘quv yurtlarida qo‘llash imkoniyati tushuniladi.



1.3. Pedagogik texnologiyalarni o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning zaruriyati,

Download 76,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish