3 BOB BOSHLANG’ICH TA’LIMDA IQTISODIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISH TIZIMI
3.1 Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarga bozor iqtisodiyotiga oid tushunchalarni shakllantirish
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik mamlakatlari uchun
xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan
amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi
ko’plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan
shaklni kasb etdi va ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi.
Bozor iqtisodiyoti — bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul
muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy
tizimdir. Bundan iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning
negizida tovar va pulning turli shakllardagi xarakati yotadi, iqtisodiy
monopolizmni inkor etadi. Xozirgi zamon iktisodiy nazariyalarda bozor iqtisodiyoti deganda bozor xujaligi subyektlari iktisodiy xatti-xaraka-larining erkin,
musakil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orkali bir-biriga
boglanib muvofiklashuvi tushuniladi. Bozor iqtisodiyotida bozor alokalari butun
tizimni, uning xamma boskichlarini ishlab chikish, ayirboshlash, taksimlash va
ise’mol jarayonlarini, xamda iktisodiy munosabatlarning barcha subyektlarini
kamrab oladi. Bozor iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar xam, o’z mehnatini sotuvchi ishchilar xam, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog’ozlar egalari xam kiradi. Odatda, bozor xujaligining barcha asosiy subyektlari uchta guruxga bulinadi: uy xo’jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat. Uy xo’jaliklari — iqtisodiyotning iste’molchilik sohasida faoliyat
kursatuvchi asosiy tarkibiy birliq Uy xo’jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish
va xizmat ko’rsatish soxalarida yaratilgan tovar va xizmatlar icne’mol kilinadi.
Bozor iqtisodiyotida uy xo’jaliklari mulkdor va ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar xisoblanadi. Iktisodiy resurslarni sotishdan olingan pul
daromadlari shaxsiy extiyojni kondirish uchun sarflanadi.
Tadbirkorlik sektori — bu daromad (foyda) olish maksadida amal qiluvchi
iqtisodiyotning birlamchi buginlaridir. U ish yuri-tish uchun uz kapitalini yoki qarz
olingan kapitalni ishga solishni taqazo etadi, bu kapitaldan olingan daromad
ishlab chikarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar
xo’jaligida tovar va xizmatlarni yetkazib beradi. Davlat — foyda olishni maqsad qilib kuymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, xar xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon buladi. Bunday iqtisodiy tushunchalar birinchi navbatda talabalarga tushuntiriladi. Ularga maktab o’quvchilariga uni qanday yetkazib berish mexanizmi singdiriladi. Bozor iqtisodiyotining muxim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
— turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bulishi va unda xususiy
mulkchilikning ustun turishi;
— tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
— raqobat kurashining mavjudligi;
— davlatning iqtisodiyotga cheklangan xolda aralashuvi;
— korxona va firmalarning ichki xamda tashki shart-sharoitlar uzgarishlariga
moslashuvchanligi.
Ana shu belgilar mavjud bo’lgandagina bozor mexanizmi yaxshi ishlay
boshlaydi. Buni talabalarga iqtisod fani o’rgatilganda o’rgatiladi. Endi ularda
iqtisodiy tarbiya mexanizmini tarkib toptirishimiz zarur bo’ladi. Xo’sh endi iqtisodiy tarbiya haqida nimalar deyish mumkin va u qanday amalga oshiriladi.
Talabalarga uni o’rgatish orqali biz maktab o’quvchilariga iqtisodiy tarbiyani
qanday qilib singdirish lozimligi borasida o’z fikrimizni berib o’tishni maqsadga
muvofiq deb topdik, izga ma’lumki boshlang’iya ta’limning 4-sinfida quyidagi iqtisodiy tushunchalar o’quvchilarga singdirilishi kerak.
Bular:
biznes;
biznesmen;
menijer;
raqobat;
unumdorlik;
inqiroz;
ko’chmas mulk;
talab;
taklif;
yarmarka;
yarka;
birja;
aksiya;
auksion;
eksport;
chakana savdo;
Ulgurji savdo va oldingi sinflarda o’tilgan bilimlar takomillashtiriladi unda
misol uchun 1-sinflarda o’tilgan iqtisod, ehtiyoj, aqliy mehnat, jismoniy mehnat,
mahsulot, bojor sotuvchi, xaridor, do’kon, pul, narx, davlat mulki, mulkdor kabi
bir qator tushunchalar o’quvchilarga o’rgatilgan. Shuning uchun ham ular bu
tushunchalarning mazmun mohiyatini to’la anglab yetadilar. ulgurji savdo va oldingi sinflarda o’tilgan bilimlar takomillashtiriladi unda
misol uchun 1-sinflarda o’tilgan iqtisod, ehtiyoj, aqliy mehnat, jismoniy mehnat,
mahsulot, bojor sotuvchi, xaridor, do’kon, pul, narx, davlat mulki, mulkdor kabi
bir qator tushunchalar o’quvchilarga o’rgatilgan. Shuning uchun ham ular bu
tushunchalarning mazmun mohiyatini to’la anglab yetadilar. Chunki 1- sinfdan to
4-sinfgacha bu so’zlar bilan ishlar uzluksiz davom etib kelmoqda.
Boshlang’ich ta’limning 4-sinflarida o’qiyotgan o’quvchilarga 2-sinflarda
quyidagi iqtisodga oid bilimlar va tushunchalar singdirilgan.
Bular: Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning iqtisodiy bilimlarini rivojlantirishning
bosh maqsadi kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda iqtisodiy bilimdonlik,
iqtisodiy ong, iqtisodiy madaniyatni tarkib toptirishdan iboratdir. Bu vazifani
bajarishda esa boshlang’ich sinf o’qituvchisining bilim va mahorati juda ko’p
narsani hal qilib, ularning iqtisodiy savodxonlik darajasi hamda o’z faoliyatini
pedagogik muloqat asosida, ya’ni subyekt-subyekt munosabatlariga tayangan
holda qurishi ko’zlangan maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tayyorlashdagi asosiy talablardan
biri ularni boshlang’ich sinf o’quvchilariga iqtisodga oid bilim va tushunchalarni
taqdim etish bo’yicha bilim, mahorat va metodika bilan qurollantirish, iqtisodiy
fikrlashga o’rgatishdan iborat. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi bir emas bir necha o’quv predmeti bo’yicha o’quvchilarga to’rt yil davomida bilim beradi. Shuning uchun iqtisodga oid tushunchalarni mazkur o’quv predmetlari tarkibiga singdirish, ya’ni, integrasiyalashgan tarzda taqdim etish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun
bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini integrasiyalashgan darslar mazmunini
ishlab chiqish, integrasiyalashgan o’quv materiallarini taqdim etishning eng
ma’qul shakli, metod va vositalarini tanlay olish, integrasiyalashgan darslarni
didaktik jihozlashga o’rgatish lozim. Bu o’rinda tanlangan iqtisodiy materiallar
o’quvchini asosiy materiallardan chalg’itmasligi, balki mavzuni mustahkamlashga chuqurlashishga, bilimlarini puxta egallashga qaratilgan bo’lishi hamda ularni
amaliyotda qo’llashga yordam berishi lozimligiga alohida ahamiyat qaratish shart.
Talaba boshlang’ich sinf o’qituvchisi sifatida nafaqat ta’lim jarayonini uyushtira
olishi, balki, pedagog mahoratini doimo oshirish, ijodiy izlanish, o’quvchilarning
ichki dunyosini, ularning intilish, motiv va ehtiyojlarini tushunish, o’quvchi
shaxsini to’laqonli rivojlantirish, o’quvchilarni egallagan bilimlarini amaliyotda
qo’llay olishga o’rgatish kabi sifatlarga ega bo’lishi lozim.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilariga dars jarayonida o’quvchilarga
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng iqtisodiy jihatdan
qanday muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritganligi, ya’ni qanday yangi korxonalar barpo
etilganligi, qo’shma korxonalarda qanday mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi,
kasb-hunar va ularning turli-tumanligi, davlat mulki, xususiy mulk, sotuvchi,
xaridor, tadbirkorlik, tadbirkorlar qanday insonlar ekanligi, soliq, raqobat, reklama,
daromad, talab va taklif, qimmatbaho qag’ozlar haqida tushuncha berishda turli
ma’lumotlardan foydalanish, ular asosida bolalarbop, ixcham matnlar, mashqlar,
masalalar, o’yinlar, test savollari, boshqotirmalar tayyorlash hamda ularni, o’quvbiluv jarayonigatatbiq etish yo’llarini o’rgatish ko’zlangan maqsadga erishishda yaxshi natijalarga olib keladi. Iqtisodiy bilimlarni u yoki bu o’quv predmeti mazmuniga singdirib, integrasiyalashgan tarzda taqdim etishda bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilariga o’z ish faoliyatida shaxsni bosqichma-bosqich rivojlantirish nazariyasiga amal qilish hamda o’quvchilarni ta’lim jarayonini subyektiga aylantiradigan texnologiyalardan foydalanishga o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, pedagogik hamkorlik, ya’ni o’qituvchi-o’quvchi hamkorligi mazkur texnologiyalarning bir bo’lagi hisoblanadi. Bunda o’qituvchi va o’quvchi ta’lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshirish nuqtai nazardan o’zaro
munosabatga kirishadi. O’quvchilar o’rtasida esa dialogli munosabatlar vujudga
keladi. Mazkur munosabatlar natijasida o’quvchilar mustaqil ravishda bilim olishni, o’zgalarning fikrini hurmat qilishni o’rganadilar. Shuningdek, o’z-o’zini
o’qitish jarayonida o’quvchilarda mustaqillik, ijodkorlik, o’ziga ishonch, o’ziga
o’ziga tanqidiy qarash, o’zini xaqqoniy baholay olish kabi sifatlar paydo bo’ladi.
Demak, 4-sinf o’quvchilarida iqtisodiy bilimdonlik, iqtisodiy ong, iqtisodiy
madaniyatni tarkib toptirishda boshlang’ich sinf o’qituvchilarining iqtisodiy
savodxonligi, bilim va mahorati hamda o’quv-biluv jarayonida zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalana olish malakasi alohida o’rin egallaydi.
Ta’lim mazmuni davlat va jamiyat taraqqiyoti talablariga ko’ra, pedagogik
texnologiyalarning so’ngi yutuqlari asosida belgilanadi, rivojlantiriladi.
Boshlang’ich ta’limning 4-sinflarida iqtisodiy tilimlarni singdirishda barcha
fanlardagi tushunchalarni yashash joyi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda milliy
qadriyatlarga tayanib olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Buni amalga oshirishda 1-4 – sinflardaga materiallardan foydalanish usuli
to’g’risida keyingi paragrflarda batafsil to’xtalib o’tamiz. olishni, o’zgalarning fikrini hurmat qilishni o’rganadilar. Shuningdek, o’z-o’zini
o’qitish jarayonida o’quvchilarda mustaqillik, ijodkorlik, o’ziga ishonch, o’ziga
o’ziga tanqidiy qarash, o’zini xaqqoniy baholay olish kabi sifatlar paydo bo’ladi.
Demak, 4-sinf o’quvchilarida iqtisodiy bilimdonlik, iqtisodiy ong, iqtisodiy
madaniyatni tarkib toptirishda boshlang’ich sinf o’qituvchilarining iqtisodiy
savodxonligi, bilim va mahorati hamda o’quv-biluv jarayonida zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalana olish malakasi alohida o’rin egallaydi.
Ta’lim mazmuni davlat va jamiyat taraqqiyoti talablariga ko’ra, pedagogik
texnologiyalarning so’ngi yutuqlari asosida belgilanadi, rivojlantiriladi.
Boshlang’ich ta’limning 4-sinflarida iqtisodiy tilimlarni singdirishda barcha
fanlardagi tushunchalarni yashash joyi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda milliy
qadriyatlarga tayanib olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |