Pedagogika” fakulteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 2- kurs guruh talabasi ning


Tarbiyaviy ishlar metodikasining xususiyatlari va boshqa fanlar bilan bog`liqligi



Download 81,7 Kb.
bet6/7
Sana26.02.2022
Hajmi81,7 Kb.
#466111
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
курс иши TARBIYA JARAYONI

2.2. Tarbiyaviy ishlar metodikasining xususiyatlari va boshqa fanlar bilan bog`liqligi.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanini o‘rganishda O‘zbekiston
Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonuni, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ talablariga mos ravishda bir qancha ta‘lim-tarbiyaga oid fanlarga bog‘liq holda olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Har qanday fanlarni o‘qitishning maqsadi yosh avlodga to‘g‘ri tarbiya berish,
ularning dunyoqarashin shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy qonuniyatlari asosida hosil bo‘lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos bo‘lib xizmat qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. Shuning uchun shaxs tarbiyasi jarayoni bilan shug‘ullanadigan tarbiyaviy ishlar metodikasi fani falsafa fani bilan bog‘liqdir.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani ta‘lim muassasalaridagi tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish shug‘ullanganligi sababli pedagogika fani bilan uzviy bog‘liqdir. Chunki pedagogika fani bola tarbiyasi va ularni o‘qitish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan muassalarni amalga oshiradi. Tarbiyaviy ishlar tizimini amalga oshirish va uning samaradorlik darajasi shaxsning qanday tarbiya topganligiga bog‘liq. Shuning uchun tarbiya jarayoni tarbiyaviy ishlar bilan bog‘liq holda rivojlanganligi tufayli pedagogikaning qonuniyatlariga tayanadi.
Tarbiyaviy ishlar jarayoni tarbiyalanuvchilarning ma‘lum bir faoliyatlarida amalga oshiriladi. Bunda tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatini bilmasdan turib, tarbiya jarayonida yuqori samaradorlikka erishib bo‘lmaydi. Shaxsning ruhiy holati va yosh xususiyatlarini o‘rganadigan fan psixologiya fani hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish shaxsning psixologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lganligi uchun psixologiya fanining yutuqlariga tayanib ish olib boradi.Tarbiyaviy ishlar metodikasining fanlar bilan bog‘liqligini quyidagicha chizmada ifodalash mumkin:
O‘quvchilarni to‘g‘ri tarbiyalash, ularga ta‘lim berish jarayonida ular
organizmining rivojlanish bosqichlariga e‘tiborni qaratish tarbiya tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Chunki o‘quvchi organizmining rivojlanishini bilmasdan unga ta‘sir ko‘rsatib bo‘lmaydi . Anatomiya, fiziologiya fanlari odam organizmi, uning rivojlanishi, tuzilishini o‘rgatuvchi fan hisoblanadi. Shuning uchun ham tarbiyaviy ishlar fani anatomiya, fiziologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liq ish ko‘radi.
Har qanday tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o‘quvchilarning gigiyenik qoidalariga asosan tashkil etishda yaratilgan shart-sharoitlar muhim rol o‘ynaydi. Ko‘rinib turibdiki, tarbiyaviy ishlar metodikasi fani gigiyena fani bilan ham bog‘langan. Tarbiya jarayonida o‘qituvchi oldida muhim bir masala o‘quvchilarni bilim olishga jalb qilish, ularni olg‘a xarakatlantirishdir. Bu esa o‘qituvchi va o‘quvchilarni (o‘zaro) birgalikdagi mehnatga jalb qiladi. Buning uchun o‘qitishda majbur qilmaslik kerak. Pedagogik mahoratning qarashlaridan biri o‘quvchidagi qo‘rquvni yo‘qotish, uni erkinroq, dadilroq qilish, o‘zini kuchiga ishontirish, unga jiddiy, ijod qilishga qodir shaxs sifatida qarash.
O‘qituvchining pedagogik mahorati – bu o‘quvchilar bilan hamkorlik ruhida
ish olib borish, ularga aniq bir maqsad qo‘yib, bu maqsadning murakkabligiga va buni amalga oshirishga ishontirish-ularda o‘ziga bo‘lgan ishonchini, aniq, mushkul masalani ham yecha olish mumkinligini shakllan-tiradi.
Tarbiya jarayonida quruq gap bilan chegaralanmay, o‘quvchi xotirasini
shakllantirish, mantiq, tasavvur, fikrlay olishini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Chunki, o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini shakllantirish shaxsiy sifatlaridagi notekisliklarni, nuqsonlarni bartaraf qilishga yordam beradi. Ularda erkin fikr qilish kamol topadi. Natijada o‘qituvchi tarbiya jarayonida keraksiz, ortiqcha narsalarga to‘xtalmay, o‘z fikrini aniq, ravshan, lo‘nda tushuntirishi va shu bilan birga o‘quvchilarni individual va jamoa o‘z-o‘ziga baho berishga o‘rgatishi lozim.Tarbiya davomida o‘qituvchi shunday usullardan foyalanish kerakki, o‘quvchilar o‘zlarini shaxs sifatida xis qilishsin. O‘qituvchining pedagogik mahoratida uning tafakkuri va xarakatlari muhim o‘rin tutadi. Ular tarbiya markazi atrofida aylanib, yana unga qaytib keladi. Har bir tarbiya jarayoniga o‘zining, faqat unga xos bo‘lgan xissasini Zamonaviy tarbiya shaxsni rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirish, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatida birgalikdagi o‘zaro bog‘liqligini ro‘yobga chiqarishni talab qiladi. Bu esa o‘qituvchidan ijodiy pedagogik tafakkur, pedagogik mahoratni talab qiladi.
O‘qituvchining pedagogik mahorati uning ijodkorligiga, ko‘p qirrali bilimiga,
bolalarni sevish faoliyatiga asoslanadi.

XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish kerakki tarbiya ta‘lim berish bilan mustahkam aloqada bo'lgani holda o'ziga xos qonuniyatlarga ega. Ta‘lim-tarbiya yaxlit pedagogik jarayondir. Lekin ular bir- biriga aynan o'xshash emas. Tarbiya jarayoni murakkab jarayon bo'lib, u uzoq davom etadi hamda uning natijasini ko'rish qiyinroq kechadi. Bolalarni tarbiyalash ular tug'ilgan vaqtidan boshlanadi va muntazam ravishda ta‘lim berish bilan birga olib boriladi. Bolaning o'sishi va tarbiyasi uning faoliyati jarayonida amalga oshiriladi.Yuqorida bildirilgan mulohazalarga tayangan holda mavzu yuzasidan quyidagi xulosalarga kelish mumkin.Tarbiya jarayonining asosini ijtitmoiy-xayotning ob'ektiv talabalarini, shaxsning ijtimoiy mohiyatini hamda tabiatini aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil etadi.


Tarbiya jarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning qonuniyatlrini chuqur o'rganishni talab etadi.Tarbiya jarayonining muvaffaqiyati uni tashkil etishda qanday tamoyillarga ko'ra ish ko'rilayotganligiga ham bog'liq. Tarbiya tamoyillari-yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni, metodlari va yo'nalishiga quyiladigan eng muhim talabalarni belgilab beruvchi asosiy g'oya va qoidalar yig'indisidir.Tarbiya jarayonini tashkil etishda o'quvchi tomonidan qo'llaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga ega bo'lib, ular ijtimoiy jamiyat tomonidan ta'lim muassasalari oldiga quyilgan yosh avlodni har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya metodlari o'zaro o'xshash jihatlariga ko'ra uch guruxga bo'linadi.
Tarbiya jarayonida qo'llaniladigan tarbiya vositalari tariya metodjlari ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. Demak, tarbiya jarayonida o‘qituvchi yakka o‘quvchi yoki sinf jamoasi manfaati yo‘lida o‘quvchi yoki sinf jamoasi manfaati yo‘lida biron-bir tarbiyaviy masalani hal qilish uchun o‘quvchilarni yosh va individual xususiyatlarini, tarbiyalanganlik darajalarini, pedagogik vaziyat xarakterini hisobga olgan holda ta‘sir etish shakllari majmuasiga tarbiya metodi deyiladi. Tarbiyaviy ishlar metodikasining fanlar bilan bog‘liqligini o‘quvchilarni to‘g‘ri tarbiyalash, ularga ta‘lim berish jarayonida ular organizmining rivojlanish bosqichlariga e‘tiborni qaratish tarbiya tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Chunki o‘quvchi organizmining rivojlanishini bilmasdan unga ta‘sir ko‘rsatib bo‘lmaydi . Anatomiya, fiziologiya fanlari odam organizmi, uning rivojlanishi, tuzilishini o‘rgatuvchi fan hisoblanadi. Tarbiya usullari har bir bolaga har qaysi bolalar jamoasiga alohida munosabatda bo‘lishni nazarda tutadi. Tarbiya maqsadining aniqligi. O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada amalga oshirilishi ko’zda tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’qrisida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g’oyalariga ko’ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi – erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo’lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo’lidagi asosiy vazifa - bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlari, ya’ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat.
Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. O’qituvchilarning bolalar bilan ma’naviy madaniyatini shakllantirishning eng yaxshi namunasini izlash, shu asosida tarbiyachi ishining hayotiy me’yor va qadriyatlarini aniqlash o’quvchining tarbiya jarayonidagi faolligini ta’minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali to’la-to’kis shakllanmagan bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari, ularning shaxsiy namunalari tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega.
O’z-o’zini anglash. Tarbiya insonda e’tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim unsurlaridan biri – bu insonning hayotiy o’z-o’zini anglashi, uning o’z shaxsiy hayoti va faoliyatining sub’ekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy o’z-o’zini anglash jihatlari muhim ahamiyatga egadir.
Tarbiyaning shaxsga yo’naltirilganligi. Mazkur g’oya ta’lim muassasasi amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlar, ularning shakl, metod va vositalari emas. Balki o’quvchi turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o’ziga xos xarakteri, o’z qadr-qimmatini anglash tuyg’ulari rivojlantirilib borilishi zarur.
Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g’oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o’zida ham o’quvchi, ham o’qituvchi ma’naviyatining boyitilishiga xizmat qiladi.


Download 81,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish