1.3. Axloqiy tarbiyaning vazifalari.
O'zbek maktabida o'quvchilarni axloqiy tarbiyalash, sadoqatga asoslangan eng insonparvar, adolatli va oliyjanob, ahloqining ijobiy tomoni tobora to'laroq n omoyon bo'ladi. Bizning axloqimiz umuminsoniy, ma'naviy boyliklarni ham, kishilarning axloqiy me'yorlari va ular o'rtasida eksplutasiyaga qarshi, ozodlik va ijtimoiy tenglik, baxt-saodat va tinchlik uchun ko'p asrlik kurash jarayonida xalq ommasi yaratganmunosabatlarni ham o'z ichiga oladi.
-Jamoatchilik axloqi. Uning asossiy tamoyili. ―bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun‖, degan g'oyadan iboratdir. U xudbinlik, o'zini va o'z manfaatini ko'zlashni rad yetadi, umumxalq jamoa va shaxsiy manfaatlarni o'zida uyg'unlashtiradi.
-Insonparvarlik axloqi. U mehnatkash insonni ulug'laydi. U kishilar o'rtasida chinakam insoniy munosabatni o'rtoqlarcha hamkorlik va o'zaro yordam munosabatlarini, shaxsiy va ijtimoiy hayotda hayrixohlik, xalollik, sofdillik va kamtarlikni qaror toptiradi.
-Faol ta'sirchan axloq. U insonni yangi mehnat va ijodiy zafarlarga, tadbirkorlikka, jamoa va butun mamlakat hayotida sidqidildan ishtirok etishga, yangi turmush tarziga zid bo'lgan barcha narsalarga faol qarshi chiqishga, milliy istiqlol mafkurasi uchun qat'iyat bilan kurashishga undaydi.
Vatanparvarlik va baynalminallik ruhida tarbiyalash
O'zi tug'ilib o'sgan zaminga mehr-muhabbat, jahonda birinchi davlatning tarixiy g'alabalaridan faxrlanish tuyg'ularini baynalminallik-qardosh mamlakatlarning mehnatkashlari bilan taraqqiyot va tinchlik uchun kurash olib borayotgan barcha kishilar bilan birdamlik tuyg'ulari o'yg'un namoyon bo'lishi borasida bundan buyon ham tinmay ish olib boraveradi.
Bizning davlatimiz har bir kishisiga barcha millatlar va elatlarni birlashtiruvchi do'stlik va qardoshlik tuyg'usi, millatlararo yuksak aloqa madaniyati singdirilishidan, millatchilik va shovinizm, milliy maxdudlik va milliy xudbinlik ko'rinishlariga, turmushga, yangilanishga xalaqit berayotgan ur f-odatlar va fe'l-atvorlarga nisbatan murosasizlik his-tuyg'ulari singdirilishidan manfaatdordirlar.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi, vatanni himoya qilishga, uning uchun butun o'zining kuch g'ayratini, agar lozim bo'lsa, hayotini ham bag'ishlashga shaylik tuyg'usini xosil qilish g'oyaviy tarbiyaviy ishning muhim vazifasi bo'lib qolaveradi.
Ana shu vazifalardan kelib chiqib, maktabning axloqiy tarbiya sohasidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
1. Yosh avlodni muntazam suratda jamiyatda qabul qilingan ahloqiy
me'yorlarga rioya qilishga o'rgatib borish;
2. Bolalarning xulqida ijobiy axloqiy odatlarni shakllantirish, uning axloqiy tajribalar asosida tarbiyalash;
3. O'quvchilarni axloq tamoyillarini egallab olish va ularga amal qilishga safarbar qilish;
4. Mustaqil yurtimizni har tomonlama kamol topgan quruvchilarini voyaga yetkazish.
Har bir jamiyat o'zining axloqiy me'yorlar va talablar tizimiga ega bo'ladi.
Jamiyatimiz shaxsning ona vatanga sodiq bo'lish va uning dushmanlariga nisbatan murosasizlik, tekinxo'rlikka sira toqat qilmaslik, mehnatsevarlik va barcha mamlakatlarning mehnatkashlari bilan qardoshlarcha birdamlik singari sifatlarini hamma narsadan yuqori qilib qo'yadi. O'quvchilarda vatanga muhabbat xislari, xalqqa xizmat qilish, mustaqil g'alabalarni mustahkamlash, himoya qilish, mehnatkashlarni baxt-saodati uchun kurash tuyg'usi o'stiriladi.
O'qitish o'quvchilarni axloqiy mukammallashtirish bilan bog'lab olib boriladi.
Ularda ong bilan xulq birligi tarbiyalanadi. U yana amaliy faoliyat bilan bog'lab olib boriladi.
Shaxsning jamiyat va vatanga, mehnatga, kishilarga, o'z xulqiga munosabtalarini ko'rib chiqamiz:
- Jamiyatga, vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash. Bu xildagi munosabatlar shaxsning vatanparvarligi, fuqaroviy yetukligi, baynalminall ik fazilatlarida aks yetadi.
Uning maqsadlarida vatan boyliklarini ko'paytirish, mustaxkamlash va ximoya qilishga qaratilgan ishlarda namoyon bo'ladi.
Vatanparvarlik va baynalminallik axloqiy tarbiyada alohida o'rin tutadi. Diniy adabiyotlarda ―Vatanni sevmoq iymondandir‖,- deb bejiz aytilmagan. Tarbiyachi va o'qituvchi bolalarda vatanga muhabbat, faxrlanish, xalq va mamlakat yutuqlaridan quvonish, uning dushmanlariga nafrat tuyg'ularini tarbiyalaydi. Vatan ravnaqi yo'lida xalol va fidokorona mehnat qilishga tayyorlaydi. Shaxsning ijtimoiy faolligi ortadi.
Baynalminallik axloq tamoyili sifatida vatanparvarlikni boyitadi, o'z milliy qobig'iga o'ralib qolishga yo'l bermaydi. Barcha xalqlar bilan do'st bo'lib, tinchlik va taraqqiyot uchun kurashadi.
Demak, axloqiy tarbiyada yaxshi xulqni takomillashtirish uchun kurashiladi.
Axloq falsafiy tushunchadir. U har bir shaxs uchun zarur bo'lgan rostgo'ylik, kamtarlik, xalollik oliyjanoblik, mehnatsevarlik xushyorlik, odoblilik, insonparvarlik, jamoatchilik, qahramonlik, do'stga sadoqatlilik, saxovatlik, intizomlik, diyonatlik, xudojo'y fazilatlarni shakllantiradi.
Axloq millatning ijtimoiy qatlamining ma'naviy, milliy, mafkuraviy va ruxiy hususiyati sifatida maydonga chiqadi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqil bo'lishi munosabati bilan axloq masalalariga yangicha yondashish boshlandi. Axloqiy tarbiyada ham milliylikka e'tibor kuchaydi.
O'zbek xalqining ma'naviy merosi, milliy qadriyatlari, o'tmish an'analaridan foydalanish, o'zbekona urf-odatlarning ustivorligiga amal qilish kun tartibiga quyildi.
Darhaqiqat, axloqiy tarbiyada milliy qadriyatlar va an'analar, din pedagogikasi muhim o'rin tutadi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, sovet davrida ana shularga e'tibor berilmas edi. Xatto, ―din xalq uchun afyundir‖ shiori ostida din va dindorlarga olib boriladi. Maktab dindan ajratildi. Hozir esa, ahvol butunlay boshqacha. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida ko'p fikrlik, vijdon erkinligi berildi. Dinning xalqimiz ma'naviyatiga ruxiyatiga, tarbiyasiga hayotbaxsh ta'sirini xalqimiz ko'rmoqda. Birgina misol - Muhammad payg'ambarning so'zi Hadisda shunday deyiladi: ―kishilarning yaxshisi, xalqqa foydalirog'idir‖. Yoki, ―Mo'minlarning afzali go'zal xulqli kishilardir‖.
Bu kishilarni ezgulikka chaqiruvchi nasihatning qanday zarari bor. Hech qanday.
Islom dinining muqaddas kitobi – Qur'oni Karim va Hadis bashariyatga yaxshilik yo'lini ko'rsatadi. Sharq pedagogikasi, xalq pedagogikasi ana shu kitoblarga asoslangan. Axloqiy tarbiyada diniy adabiyotlardan o'rinli foydalanish lozim.
Axloq va fuqaro yetukligi bu g'oyaviylikning, ijtimoiy faollikning negizidir. Hozir mustaqil Respublikamiz fuqarolarini shakllantirish, ularni axloqiy va huquqiy jihatdan tarbiyalash, huquq-tartibotni buzish hollariga murosasizligini kuchayt irish, jamiyat va davlat manfaatlariga g'amxo'rligini oshirish, Respublikamizning siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy mustaqilligini mustaxkamlash borasida faolligini rivojlantirish muhim vazifa bo'lib qolmoqda. Vatanimizning har bir fuqarosi Respublikamiz Prezidenti tomonidan olg'a surilgan istiqlol va taraqqiyot besh yo'lini amalga oshirish uchun kurashish darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |