Pedagogika” fakulteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 2- kurs guruh talabasi ning



Download 81,7 Kb.
bet1/7
Sana26.02.2022
Hajmi81,7 Kb.
#466111
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
курс иши TARBIYA JARAYONI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA” FAKULTETI
Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 2- kurs _______ -guruh talabasi _______________________________________ning
Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan tayyorlagan KURS ISHI


Mavzu: _________________________________________
__________________________________________


Topshirdi: ___________________________
Qabul qildi: ____________________________
Urganch 2021 y
MUNDARIJA


KIRISH__________________________________________________3-6


I BOB. Tarbiya jarayoni va uning o'ziga xos xususiyatlari
1.1. Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining tutgan o‘rni. ………….7-9
1I.2. Axloqiy tarbiyaviy ishlar mazmuni …………………………………9-11
1.3. Axloqiy tarbiyaning vazifalari………………………………………….11-14
II BOB. Tarbiya jarayoni va uning o'ziga xos xususiyatlari
2.1. Maktabda axloqiy tarbiyani amalga oshirish yo'llari………………….15-27
2.2. Tarbiyaviy ishlar metodikasining xususiyatlari va boshqa fanlar bilan
bog‟liqligi……………………………………………………………………27-30
III.Xulosa…………………………………………………………………....30-32 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………33-34
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ushbu kurs ishi tarbiya ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida; tarbiya paradigmalari, tarbiya jarayonida bola shaxsi; tarbiya metodikasi tushunchasi; insonparvarlik tarbiyasi tamoyillari, metod va texnolo-giyalari; tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish yollari; guruh (sinf) rahbarining faoliyati, bolalar jamoat tashkilotlari; tarbiya jarayonida ijtimoiy institutlarning o’zaro hamkorligini yo`lga qo`yish kabi masalalarni qamrab olgan. Tarbiyaviy ishlar tizimi va tarbiya jarayoni har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a‘zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg‘unlikka yuz tutadi va oqibatda inqirozi tayin bo‘ladi. Negaki, har qanday jamiyatning o‘sib, rivojlanishi uchun moddiy va ma‘naviy boyliklar yetishtirishni, ajdodlardan yaxshiroq darajaga
ko‘tara bilishi kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma‘naviy qobiliyatlar shakllantirishi uchun jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat ko‘rsatadigan tarbiyaviy institutlar tizimiga ega bo‘lishni taqozo etadi.
Tarbiyaviy ishlar jarayonining ijtimoiy ahamiyati. Respublikamiz
mustaqillikka erishgach ta‘lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan ―Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonun , ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ ning yaratilishi ta‘limni tubdan halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma‘naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov o‘zining bir qancha nutq va risolalarida istiqbolga erishishning yo‘llari, tamoyillarini aniq va ravshan ko‘rsatib bergan. Ayniqsa, ―Istiqlol va ma‘naviyat, ―O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida‖, ― Barkamol avlod orzusi kabi asarlarida jamiyatning ma‘naviy jihatdan yangilanishi va rivojlanishi, tarbiya masalalari, ijtimoiy tarbiyaning aosiy negizlari bayon etilgan.
Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo‘lib, har xil tarzda izohlanib kelindi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiyani izohlashda yangi sog‘lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi chambarchas bog‘liqdir. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik bilan o‘rganilmoqda.
Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi.
Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo‘ladi. Ijtimoiy tarbiya bolada ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya tarbiyaviy jarayoning aniq maqsad asosida amalga oshiriladigan oila tarbiyasi, mahalla tarbiyasi, maktab tarbiyasi, o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limida amalga oshiriladigan tarbiya, oliy ta‘lim tarbiyasini qamrab oladigan jarayonlardir. Ijtimoiy tarbiyaning vazifasi ham jismonan baquvvat, ma‘naviy yetuk, mustaqil fikrlaydigan, ishlash va yashash qobiliyatiga ega bo‘lgan, zamonaviy fan-texnika va texnologiya yutuqlarini o‘zlashtiradigan, ma‘lum kasb-hunarni egallagan barkamol avlodni shakllantirishdan iborat. Ijtimoiy tarbiya orqali shaxsning ijtimoiylashuvi yuzaga keladi. U ijtimoiy munosabatlarga kirishish usullarini o‘rganadi. Shaxsga kasb-hunar o‘rgatish, kishining ma‘naviy va g‘oyaviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan xatti-harakatlar jarayoni ijtimoiy tarbiyadir. Ijtimoiy tarbiya o‘quvchilar ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni hamdir. Ijtimoiy tarbiya jarayonida inson va jamiyat hayotiga oid ahloqiy tushunchalar, qonun-qoidalar bolalar ongiga singdirib boriladi. Kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok etishiga qaratilgan barcha ta‘sirlar ijtimoiy tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Shuning uchun ijtimoiy tarbiya umuminsoniy xarakterga ega bo‘ladi va bunda shaxs xohlagan soha bo‘yicha ta‘lim-tarbiya ko‘rib, istagan kasbni egallashi mumkin. Dunyo tabiyashunosligi ijtimoiy tarbiyaning mohiyatini asoslab berdi.
Tarbiya jarayoni har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, yosh avlodning tarbiyasi bilan yetarlicha shug‘ullanmagan xalq yoki mamlakat inqirozga yuz tutadi. Chunki har qanday mamlakatning rivojlanishi uchun moddiy va ma‘naviy boyliklarni ishlab chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi zarur. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma‘naviy qobiliyatlarini shakllantirish uchun uzluksiz ravishda faoliyat ko‘rsatadigan tarbiyaviy jarayoni tizimi bo‘lishini taqozo etadi. Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonuni, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga mos ravishda bir qancha ta‘lim-tarbiyaga oid fanlarga bog‘liq holda olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Har qanday fanlarni o‘qitishning maqsadi yosh avlodga to‘g‘ri tarbiya berish,
ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy qonuniyatlari asosida hosil bo‘lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos bo‘lib xizmat qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. Shuning uchun shaxs tarbiyasi jarayoni falsafa fani bilan bog‘liqdir. Chunki pedagogika fani bola tarbiyasi va ularni o‘qitish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan muassalarni amalga oshiradi. Tarbiyaviy jarayonini amalga oshirish va uning samaradorlik darajasi shaxsning qanday tarbiya topganligiga bog‘liq. Shuning uchun tarbiya jarayoni tarbiyaviy ishlar bilan bog‘liq holda rivojlanganligi tufayli pedagogikaning qonuniyatlariga tayanadi. Tarbiyaviy ishlar jarayoni tarbiyalanuvchilarning ma‘lum bir faoliyatlarida amalga oshiriladi. Bunda tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatini bilmasdan turib, tarbiya jarayonida yuqori samaradorlikka erishib bo‘lmaydi. Shaxsning ruhiy holati va yosh xususiyatlarini o‘rganadigan fan psixologiya fani hisoblanadi.

Download 81,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish