Ballarni hisoblash.
Ballar yig’indisi quyidagicha hisoblab chiqamiz. Agar kalitda «+» byelgisi bo’lsa:
-3 -2 -1 0 1 2 3
---------------------------------
1 2 3 4 5 6 7
Agar «-» byelgisi bo’lsa:
-3 -2 -1 0 1 2 3
--------------------------------
7 6 5 4 3 2 1
A shakl uchun kalit: +1, -2, +3,-4, +5, -6, +7, +8, -9, +10, -11, -12,+13, +14, -15,-16, +17, -18, +19, -20, +21, -22, -23, +24, -25, -26, -27, -30,+31, -32.
B shakl uchun kalit: +1, +2, -3,+4, -5, -6, +7, +8, -9, +10, -11,
-9, +10, -11, -12, -13, +14, -15,-16,+17, -18,+19,-20, +21, -22, +23, --24, -25, +26, -27, +28, -29, -30,
Ballar yigindisi hisoblash asosida tyekshiriluvchida qaysi motivatsiya ustunlik aniqlanadi.
Ushbu myetodikadan tashqari M.SH. Mogomyed. Eminov tomonidan qayta ishlangan A.Myexrabionning affilyatsiya motivatsiyasini aniqlash uchun savolnoma – tyest, YU.N. Orlov tomonidan ishlab chiqilgan yutuqqa erishish ehtiyojlarini aniqlash savolnoma – tyestidan foydalanib, shaxs motivatsiyalarini diagnostika qilish mumkin.
III. SHaxsning individual – psixologik xususiyatlari psixodiagnostikasi.
SHaxsning individual – psixologik xususiyatlari qatoriga qobiliyatlar, xaraktyer xislatlari, tyempyeramyent xususiyatlari, irodaviy sifatlar va boshqalarni kiritish mumkin. Bu xususiyatlarni o’rganish uchun ko’plab psixodiagnostik tyestlar, so’provnomalar ishlab chiqilgan. Mana shunday myetodikalarning ba’zilari bilan tanishib chiqamiz.
Ayzyenkning so’rovnoma – tyesti.
Ushbu myetodika A.G. SHmyelyev tomonidan moslashtirilgan. So’rovnoma – tyest G. Ayzyenk tomonidan individuallikning asosiy ko’rsatkichlari dyeb qaralgan 2 xususiyat – «introvyersiya - ekstrovyersiya» hamda «nyeyrotizm – emotsinal barqarorlik» kabi xususiyatlarni aniqlashga qaratilgan.
So’rovnoma – tyest bir-biriga o’xshash bo’lgan 2 shakl – A va B shakllaridan iborat bir shakldagi savollardan har bittasi quyidagi 3 ta shkaladan biriga taaluqli hisoblanadi:
Introvyersiya – ekstrovyersiya ( 24 ta savol ).
Nyeyrotizm – barqarorlik ( 24 ta savol ).
YOlg’on – ochiqlik ( 9 ta savol ).
Kalit bilan mos tushgan javoblar 1 ball bilan baholanadi. Savollarga «ha»yoki «yo’q» dyeb javob byerish so’raladi. 12 baldan ortiq ko’rsatkich shaxsining ekstrovyertligidan dalolat byeradi, 12 baldan kam ko’rsatkich introvyertlikni bildiradi. Nyeyrotizm shkalasi bo’yicha 12 baldan ortiq ko’rsatkich hissiy byeqarorlikni aks ettiradi. YOlg’onchilikni shkalasi bo’yicha 4-5 ball tanqidiy ko’rsatkich bo’lib, sinaluvchining savollariga faqat «yaxshi» javob byerishga moyilligidan dalolat byeradi. Bu esa nyeyrotizm, ekstrovyersiya va introvyersiya shkalalar bo’yicha ko’rsatkichlarning ishonchliligiga ta’sir qiladi.
Tiniq ekstravyert – boshqa odamlarga tyez kirishib ketadigan inson, boshqa odamlar bilan muloqot qilishga, yangi ta’sirotlarga doimo intiluvchi odam. U ulfatlarni yoqtiradi, tanishlari va do’stlari ko’p.
Tajavuzkor, syerjahl, ta’sirchan inson bo’lib, ko’pincha daqiqa ta’sirida harakat qiladi. His – tuyg’ularini qattiq nazorat qila olmaydi, tanishish uchun odatda birinchi so’z boshlaydi. YOlg’iz ishlashni va shug’ullanishni yoqtirmaydi.
Tipik – intravyert – muloqotga qiyinchilik bilan kirishuvchi, uyatchan, og’ir, o’z ichki dunyosiga ko’milgan, o’z-o’zini kuzatadigan odam. Boshqa odamlardan ajralgan. U o’z harakatlarini oldindan ryejalashtirib oladi, kutilmagan istaklarga ishonmaydi. U tartibni yoqtiradi, hayotda jiddiy, his-tuyg’ularini qattiq nazorat ostiga olgan, kamdan-kam jahli chiqadi, qizishib ketmaydi, muloqotdagi kelishmovchiliklarni jim turib to’xtatishga intiladi. U diqqatni kuchli bir joyga to’playdigan va kam harakat talab qiladigan faoliyat turlarini yoqtiradi.
Ayzyenk savolnoma-tyesti bo’yicha tipik nyevrotik qisman Fryeyd g’oyalari asosida ishlangan bo’lib, onglik va ongsizlik o’rtasida yorqin nizolarni xaraktyerlaydi, shuning uchun ham salbiy his-tuyg’ularini yomon boshqaradi. Hissiy byeqarorlik odatda insonning gap ko’tara olmasligi bilan bog’langan bo’lib, u o’ziga ishonmaydi, boshqa odamlarning yordamiga yoki qo’llab quvvatlashiga doimiy muhtoj. Uning kayfiyati o’zgaruvchan. Ko’pincha u jiddiy sabab bo’lmasa ham o’zini baxtsiz, boshqalardan yomonroq his qiladi, ba’zida o’zini aybdor dyeb biladi. U ko’p orzu qiladi, har narsadan shubhlanadi, jizzaki, odatda u boshidan kechirgan ko’ngilsizlini uzoq vaqt eslab yuradi, muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqadi. o’nga qaror qabul qilish qiyin, vaziyat shuni talab qilsada o’z niyatlaridan voz kecholmaydi.
Hissiy barqarorlikka ega bo’lgan inson o’z hissiy holatini boshqara oladi, odamlar bilan bir xil muloqotga kirishadi, uni muvozanatdan chiqarish qiyin. U boshqalar tomonidan doimiy qo’llab-quvvatlanishga muhtoj emas, og’ir-bosiq.
«YOlg’onchilik shkalasi bo’yicha samimiy emaslik – bu yolg’onchilik emas, bu o’ziga hos da’vogarlik bo’lib, o’z ijobiy xislatlarini ortiqcha baholash, o’zini yaxshi ko’rshga intilishdir».
Ta’kidlab o’tilgan shaxs xulq-atvori styeryeotiplari faqat tug’ma xislatlar natijasi emas, balki muhit ta’sirining ham natijasidir.
Ushbu myetodikadan tashqari shaxs xislatlarini aniqlash uchun Kettyellning so’rovnoma – tyesti hamda boshqa psixodiagnostik tyestlardan foydalaniladi.
IV. SHaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi.
SHaxslararo munosabatlar sohasi juda keng. U o’z ichiga insonning katta ijtimoiy guruhlardan ( millat, ishlab chiqarish jamoasi) tortib intim, ikki yoqlama ( ota-ona- bola, er-xotin o’rtasidagi) munosabatlarni ham oladi.
Hozirgi kunda psixologiyada shaxslararo munosabatlarni o’rganishning juda ko’p myetodikalardan mavjud. SHaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi myetodikalarni turli xil asos bo’yicha tasniflash mumkin:
ob’yektga qarab (guruhlar o’rtasidagi munosabatlar, guruh ichidagi jarayonlar, ikki yoqlama munosabatlar diagnostikasi);
tadqiqot qo’yadigan vazifalar asosida (guruh jipsligini moslikni aniqlash);
qo’llaniladigan myetodikalarning tuzilish xususiyatlariga qarab (so’rovnomalar, proyektiv myetodikalar, sotsiomyetrik) va boshqalar.
SHaxslararo munosabatlarni o’rganish myetodikalardan biri sotsiomyetriya myetodir. Birinchi bo’lib bu myetod amyerikalik psixolog Djon moryeno tomonidan taklif qilingan (1934). Bu myetodning mohiyati shundan iboratki, inson u yoki bu ko’rsatkich bo’yicha guruh a’zolarinitanlash lozim. Јilingan tanlashlar asosida kishining guruhdagi shaxslararo munosabatlar tuzimida tutgan o’rni haqida xulosa chiqarish mumkin.
Sotsiomyetriya myetodi yordamida guruh a’zolari o’rtasidagi simpatiya yoki antipatiyani aniqlash mumkin. Sotsiomyetriya myetodini opyerativ o’tkazish, uning natijalarini esa matyematik qayta ishlash va grafik ravishda ifodalash mumkin.
Sotsiomyetriyani tadqiqot myetodi sifatida tan olish bilan bir qatorda uning ba’zi kamchiliklarini ham ko’rsatib o’tish zarur. Asosiy kamchilik shundan iboratki sotsiomyetriya myetodi mavjud munosabatlar sabablarini aniqlash imkonini byermaydi. SHuning uchun ham sotsiomyetriya olingan ma’lumotlar boshqa myetodikalar natijalari bilan to’ldirilishi lozim.
Sotsiomyetriya myetodidan guruh, jamoa a’zolari o’zaro bir-birlarini yaxshi bilgan holatlardagina foydalanish mumkin. Ushbu myetod yordamida shaxsning ish yuzasidan bo’ladigan va shaxsiy munosabatlardagi haqiqiy o’rnini aniqlash, birlamchi guruhlar mavjud yoki mavjud emasligini topish birlamchi guruhlarning paydo bo’lishi va tarqab ketishi sabalarini aniqlash mumkin.
Sotsiomyetriya myetodi tyekshiriluvchilarning birga qilinadigan ishlar yoki guruh a’zolarining boshqa ishlarni birgalikda bajarishga xoxishlari haqidagi savollarga byeradigan javoblarini ko’zda tutadi. Byeriladigan savollar tanlash ko’rsatkichlari dyeyiladi. Kuchli va kuchsiz ko’rsatkichlar farqlanadi. Kuchsizlari chua barqaror munosabatlarni, kuchsizlari- byeqaror va yuzaki munosabatlarni aniqlashga imkon yaratadi: kuchli va kuchsiz ko’rsatkichlar mazmun jihatidan turli xil bo’lishi mumkin, lyekin ulardagi umumiy narsa-ya’ni shyerik tanlashdir.
Tanlashlar soni chyeksiz bo’lishi mumkin, biroq amaliyotning ko’rsatishicha, kishining guruhdagi holati va o’zaro munosabatlarini aniqlash uchun 3 ta kishini tanlash kifoya. Bunda tyekshiriluvchidan birinchi navbatda kimni tanlashi, agar birinchi bilan imkon bo’lmasa ikkinchi navbatda kimni tanlashi hamda ikkinchisini tanlash imkoni bo’lmasa, uchinchi navbatda kimni tanlashi haqida so’raladi.
Guruh, jamoadagi o’zaro munosabatlar grafik ravishda zanjir, uchburchak, yulduzcha shaklida ifodalanishi mumkin. Bunday ifodalash a’zosi unchalik ko’lmagan guruhlarda mumkin. Agar guruo’p sonli bo’lsa, aylana shaklidagi sxemadan foydalanish lozim. Buning uchun 4 ta aylana chiziladi. 1-yoki markaziy aylanaga eng ko’p tanlangan guruha’zosining shartli byelgisi qo’yiladi. Markazdan keyingi, ya’ni 2- aylanaga uch marta tanlangan kishining nomyeri yoziladi. Uchinchi aylana ichiga 1-2 ta tanlash olgan guruh a’zosi, 4-aylanaga tanlamagan guruh a’zosining shartli byelgisi hamda aylanadan tashqariga rad etilgan guruh a’zosining nomyeri qo’yiladi.
Bunda aylana ikki qismga ajratiladi va chap tomonga qizlar, o’ng tomonga o’g’il bolalarning shartli byelgilari joylashtirib chiqilali. Јizlar doira, o’g’il bolalar esa uchburchak bilan ifodalanadi. Aylana va uchburchaklar kim kimni tanlashiga qarab stryelkali chiziqlar bilan birlashtiriladi. Bu-sotsiogramma dyeb ataladi.
Agarda guruhda 20 dan ortiq a’zo bo’lsa, sotsiogramma tuzish qiyinroq. SHuning uchun bunday hollarda matritsadan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. matritsa quyidagicha tuziladi. To’rtburchak yoki kvadrat chizilib, guruh a’zolarrining soniga qarab katakchalarga bo’linadi. CHap tarafdan, yuqoridan pastga va yuqoridan o’ng tomonga guruh a’zolarining shartli byelgilari qo’yib chiqiladi. Guruh a’zolarining shartli byelgilari tyekshiriluvchilarning familiyasi yoki uning bali harfi, ularning tartib nomyeri ham o’lishi mumkin. Gorizantal chiziq bo’yicha qatorga tanlayotgan guruh a’zosi, vyertikaliga esa katakcha ichiga kimni tanlayotgani haqdagi ma’lumotlar yoziladi. Ijobiy tanlash «+» byelgisi bilan, o’zaro bir-birini tanlash esa «+» byelgisi bilan ifodalanadi.
Ma’lumki, kichik guruh yoki jamoalarda birlamchi guruh mavjud bo’lishi mumkin. Bu birlamchi guruhlar esa boshqa matritsada byelgilanadi. Buning uchun yuqorida ko’rsatilganidyek to’rtburchak yoki kvadrat chizilib, matritsaning chap burchagidan pastdagi o’ng burchagiga qaratib, diagonal chizig’i o’tkaziladi. Bu chiziq kvadratning shu diagonal chizig’ga to’g’ri kelgan kataklari ustidan o’tadi. 1-matritsadan o’zaro tanlanishga ega bo’lgan istagan bir kishi tanlab olinadi. Uning tartib nomyerini va familiyasini matritsaning 1-qatoriga o’tkaziladi. Xuddi ana shu nomyerni yuqoridagi 1-katakka qo’yiladi. So’ngra 1-matritsadan 1-qatorga yozilgan o’zaro tanlanishda bo’lgan shaxslarni tanlab olinadi. Uning tartib va familiyasi 2-qatorga yoziladi. Xuddi ana shu nomyerni yuqoridan 2-ustunga yoziladi. Matritsaning shunga muvofiq keladigan kataklariga + byelgisi yozib qo’yiladi. Matritsa 1-qatoridagi kishi bilan o’zaro tanlanishda bo’lgan guruhning navbatdagi a’zosini uning 1-matritsadagi nomyerinisaqlagan holda 3-qatorga yoziladi. SHu nomyerni 3-ustunning yuqori qismiga ham qo’yiladi. Tyegishli katakka plyus (+) byelgisi qo’yiladi. SHu tariqa 1-matritsadan tanlab olinadigan familiyalarni navbatdagi qatorga yoziladigan o’zaro tanlanishda bo’lgan birorta ham kishi qolmagunicha davom ettirish kerak. Boshqacha qilib aytganda, o’zaro tanlanishda bo’lgan kishilar doirasi yakunlanishi lozim. ¤zaro bir-birini tanlamagan kishilar matritsaning oxiriga yoziladi. Mikroguruh, ya’ni birlamchi guruh 2-5 kishidan iborat bo’lishi mumkin. SHunday qilib, sotsiomyetriya myetodi ob’yektiv va aniq ma’lumotlar, ya’ni shaxsning guruhdagi yoki jamoadagi haqiqiy holatini aks ettiruvchi ma’lumotlar maqsadlarda foydalanishi mumkin.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Inson va shaxs tushunchalari o’rtasidagi tafovutlar.
Motiv va motivatsiya tushunchalarining mazmuni.
Shaxs motivatsiyasini tadqiq qilish myetodlari.
Shaxsning individual-psixologik xususiyatlari.
Shaxs xususiyatlarini aniqlash uchun qo’llaniladigan myetodikalar.
Shaxslararo munosabatlarning mohiyati.
Shaxslararo munosabatlarni diagnostika qilish usullari.
Sotsiomyetriya myetodning mazmuni va qo’llanilishi.
Adabiyotlar:
1.Z.T.Nishonova va boshqalar. Psixodiagnostika. 0 ‘quv qo‘llanma. Т.: 2008 .
2.Z.T.Nishonova, Z.Qurbonova, S.Abdiyeva. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya. 0 ‘quv qoMlanma. Т.: “Tafakkur bo'stoni” -2011..
3.R.Y.Toshimov, E.G‘.G‘oziyev. Psixodiagnostika va amaliy psixologiya. 0 ‘quv qo‘llanma. Т.: TDPU - 2004.
4.hamohang . Psixodiagnostika. Т.: 2010.
5.E.G‘oziyev. Umumiy psixologiya. T.:2012.
6. Бодалев A.A., Столин В.В. Общая психодиагностика. М.: 2001
7. Немов Р.С. Психология. 3-книга. М.: 2003.
8. Романова Э.С. Психологическая диагностика, Спб.: 2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |