Motivatsiya psixodiagnostikasi.
SHaxs tuzilishida motivatsiya hal qiluvchi o’rnini egallaydi. Motivatsiya faoliyat, xulq-atvorning harakatlantiruvchi kuchlarini tushuntirishda foydalniladigan asosiy tushunchalardan biri hisoblanadi.
Motiv-anglangan ehtiyoj (Kovalyev A.G.), ehtiyoj pryedmyeti (Lyeont’yev A.G.) sifatida qaraladi yoki ehtiyoj bilan aynanlashtiriladi (Simonov P.V.) Motiv faoliyatga undovchi va unga yo’naltiruvchi ehtiyoj pryedmyeti.
Motiv-tarkibida bir tomondan o’ziga xoslik, indiidual – takrorlanmaslik; konkryet, muayyan vaziyat bilan byelgilanishlik xos bulsa, boshqatomondan barqarorliikni ajratib kursatish mumkin. Bunday barkarorlik ehtiyoj pryedmyetini emas, balki bu ehtiyojni his qiluvchi shaxsni ko’proq xaraktyerlaydi. S.L. Rubinshtyeynning fikricha, «xaraktyer xislatlari – oxir natijada tyendyentsiya, undash, motiv bo’lib, bir xil vaziyatlarda insonda qonun vujudga keladi», Bunda S.L. Rubinshtyeyn motivning aynan pryedmyeti, umumlashgan mazmun – mohiyatini ko’zda tutgan. M. Madsyen motivatsiya haqidagi turli tuman nazariyalarni tahlil qilar ekan, ba’zi psixologlar motivatsiyada dispozitsion va funktsional o’zgaruvchilarni aniq farqlashsa, boshqalar esa aynan bir xil tushunchalardan foydalanishlarini ta’kidlaydi. Masalan, G. Myurryey fikricha, ehtiyojlar (yoki motivlar), bir-tomondan, barqaror motivatsion tuzilmasa sifatida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan, shu tushunchalarning o’zi funktsional o’zgaruvchilar to’g’risida gapirganda ham qo’llaniladi. M. Madsyen dispozitsion va funktsional o’zgaruvchilarni bir-biridan aniq farqlash lozim dyeb hisoblaydi.
Bu muammoni L. Kronbax ancha batafsil va keng hal qiladi. Umumiy psixologiyada 2 ta yo’nalishi farqlaydi: biri individual farqlarni baholashag, boshqasi xulq-atvor va hatti-harakat xususiyatlarini aniqlashga qaartiladi. J.Atkinsonning ta’kidlashicha, agar motitsiya shaxsiy dyetyerminantlar birligi, ya’ni shaxsning barkaror motivlari va byevosita vaziyatning birligi sifatida qaralsa, bu ikki karash o’rtasidagi uzilishi bartaraf qilinadi.
Umumlashgan hamda konkryet motivlar farklanadi. «Umumlashgan motivlar» shaxsning barqarorligiga mansublik rolida namoyon bo’ladi, birok ular dinamik tuzilma bo’lib, bir holatdan, ya’ni latyentlik holatidan, boshqa holatga, faollikka o’tishi mumkin. Motivning aktuallashni muayyan harakat tyendyentsiyasiga ega. Bunday motivatsion munosabat jarayonida inon mavjud vaziyatni istalganicha qayta o’zgartiradi.
Ehtiyojlar motivlarda konkryetlashtiriladi va ular orqali joriy qilinadi. Biroq bundan ehtiyojlar tizimi bilan motivlar tizimi o’rtasida o’zaro bir yoklama moslik mavjud dyegshan fikr kelib chiqmaydi. Ehtiyojlar ham, motivlar ham o’ziga xos xususiyatlarga egaki, ularni aynanlashtirish mumkin emas. Birinchidan, ayni bir ehtiyoj turli motivlar orqali, ayni motivning o’zi turli ehtiyojlar orqali amalga oshishi mumkin. SHunday qilib, ehtiyojlar butun motivlar sinfiga mos kelishi, motiv esa turli xil ehtiyojlar sinfiga kirishi mumkin. Motiv murakab ichki tuzilishga ega. M, «umumlashgan motivlar» bir qancha konkryet motivlarda o’z aksini topadi. Ehtiyoj va motivlar o’rtasidagi munosabatlar nafaqat gyenyetik, balki funktsional jihatdan qaralsa, u holda ehtiyolarning motivga aylanishi imkoniyatning ro’yobga chiqishi, umumiyning konkryetga, gyenotikaning fyenotipga qarab harakati sifatida namoyon bo’ladi.
Motivlar bilan ehtiyolarning diagnostikasi turlichadir. Motivlar diagnostikasi avvolo ehtiyolar diagnostikasi uchun zarur.
Har bir motiv o’zining «motivatsion og’irligiga» egaki, ular muayyan ehtiyolarni qondirilishiga o’z hissini qo’shadi. Boshqa tomondan, muayyan ehtiyoj bilan bog’liq bo’lgan motivlar – bu oddiygina motivlar yig’indisi emas, balki o’z tuzilishiga ega bo’lgan tizim bo’lib, bunda ba’zi motivlar ustunlik qiladi.
Motivatsiya insonni faoliyatga undash bilan birga psixik faoliyatning barcha sohalariga kirib boradi.
Shaxs motivatsion sohasini o’rgnishning byevosita myetodlari hamda proyektiv myetodikalar mavjud. SHunday myetodikalardan biri yutuqqa erishish motivatsiyasini aniqlashga bag’ishlangan tyest-savolnomadir. Ushbu savolnoma – tyest A.Myexrabion tomonidan qayta o’zgartirilgan.
YUtuqqa erishish motivatsion aniqlash savolnomalar – tyesti shaxsning 2 xil umumlashgan barqaror motivlari: muvoffaqiyatga erishishga intilish hamda muvafffaqqiyatsizlikdan qochish motivlarini diagnostika qilishga mo’ljallangan. Bu tyest yordamida ushbu motivlardan qaysi biri ustunlik qilishi baxolanadi.
Ushbu myetodika tadqiqotchilik maqsadlarida yutuqqa erishish motivatsiyasini yuqori sinf o’quvchilari va talabalarda diagnostika qilish uchun qo’llaniladi.
Tyest ikki shaklda – erkak (A shakli) va ayollar (B shakli) ga mo’ljallab tuzilgan savollardan iborat. Tyest o’tkazish uchun dastlab sinaluvchilarga quyidagicha ko’rsatma byeriladi: Tyest xaraktyerning alohida tomonlariga tyegishli hamda muayyan hayotiy vaziyatlarga taaluqli bo’lgan fikr-mulohazali tuzilgan. O’zingizning shu fikrga qo’shilishimiz yoki qo’shilmasligingizni quyidagi javoblar orqali baholashingiz lozim:
+3 to’liq qo’shilaman
+2 qo’shilaman
+1 myenimcha qo’shilaman
0 byetaraf, byefarqman
-1 myenimcha qo’shilmayman
-2 qo’shilmayman
-3 to’liq qo’shilmayman
Tyestdagi mulohazalarni o’qib chiqib, unga qo’shilish yoki qo’shilmaslik darajangizni byelgilang. Buning uchun o’z fikringizni aks ettiruvchi javobning sonini qo’ying. Miyangizga kelgan birinchi javobni byerishga harakat qiling. ¤ylab o’tirishga vaqt ketkazmang.
Natijalarni qayta ishlashda javoblar mazmuni tahlil qilinmaydi, balki to’plangan ballar muayyan tizim asosida hisoblab chiqiladi. Tyest natijalari faqat ilmiy maqsadlarda ishlatiladi hamda ular ovoza qilinmasligiga to’liq kafolot byeriladi.
Agar sizda qandaydir savollar tug’ilsa tyestni bajarishga kirishishdan oldin ularni so’rab oling. «Endi ishga kirishishingiz mumkin!»
A shakli savolnomasi 32 ta, B shakli esa 30 ta mulohazadan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |