1
Загвязинский В. И., Атаханов Р. Методология и методы психолого-педагогического
исследования. — Москва: Академия, 2001. – С. 208. // Шестаков М. П., Анненков К. В.,
Антохина Е. Т. Современные компьютерные технологии в развитии спортивной науки //
Теория и практика физической культуры. 1996. № 8. – С. 43-45.
PEDAGOGIKA 2018, 5-son
76
Aksariyat ota-onalar bog‘chada tarbiyalanayotgan bolalarning jismoniy
xatti-harakatlarni beо‘xshov, qо‘pol bajarishlaridan shikoyat qilishadi.
Shuningdek, ular murakkabroq jismoniy mashqlarni qiyinchilik bilan
takrorlashlarini qayd etishadi. Ba’zi bolalar hatto 5-6 yoshda ham chap va о‘ng
tushunchalarini farqlay olishmaydi. Bunday holat bolalarning aqliy zaif yoki
aqliy rivoji kechikkanligini bildirmaydi, ammo bunday holat о‘z-о‘zidan bartaraf
bо‘lib qoladi degan fikr ham notо‘g‘ri. Kuzatishlarimiz shuni kо‘rsatadiki,
bunday kamchiliklarni bartaraf etishda kompyuter texnikasining imkoniyatlari
katta.
Tarbiyalanuvchilarda sog‘lom turmush tarzi bо‘yicha tushunchalarni
shakllantirish ularning ijtimoiy hayotga moslashuvlarida, mikro va makro
muhitning ularga salbiy ta’sirlarini kamaytirish garovidir. Bunga misol sifatida
ba’zi xususiy bog‘chalarda foydalanilayotgan (texnologiya БOС «Дыхание»
(БОС-биологической обратной связи) texnologiyasini keltirish mumkin.
Keyingi davrda BOSni qо‘llash yangicha rivojlanishni namoyon etmoqda. Bunda
ayniqsa, kompyuter vositasida ovozli yoki kо‘rgazmali vositalar yordamida
bolalar о‘z holatini (jismoniy holatini) о‘zi nazorat qilishi ta’kidlangan. BOS
uskunalari yordamida tayanch-harakat apparati bilan bog‘liq kasalliklarni
davolash, nafas olishni va yurak qon tomir tizimlari faoliyatini mо‘tadillashtirish,
kо‘z kо‘rishining о‘tkirligini korreksiyalash mumkin bо‘lmoqda.
Jismoniy tarbiyani amalga oshirishda, ayniqsa, harakatlanish kо‘nikmalarini
shakllantirishda BOS texnologiyasidan samarali foydalanilayotganligi haqida
qator ilmiy manbalarning ma’lumotlari mavjud.
Rossiyalik tadqiqodchi S. N. Kuchkinning ta’kidlashicha BOS metodi
quyidagilarni amalga oshirishga imkon yaratadi:
bolaning о‘z-о‘zini boshqarish malakalarini tez va samarali egallashiga
yordam beradi;
uyquni yaxshilaydi, ishchanlik qobiliyatini oshiradi, diqqatni va xotirani
tezkor jamlanishiga xizmat qiladi;
surunkali bosh og‘rig‘i va migrendan xalos etadi;
intellektual va jismoniy faoliyatni natijaviyligini oshiradi;
kayfiyatning о‘zgarishini nazorat qilishni ta’minlaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |