PEDAGOGIKA
2017, 4-son
118
Bu borada tarix fanining bir qator sohalari bо‘yicha о‘quv adabiyotlarining yangi
avlodi takomillashtirilgan va mazmunan boyitilgan holda tayyorlanib, ta’lim
jarayonlariga jalb etilmoqda. Bu, albatta, ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat
qilishi shubhasizdir.
Xorij tarixshunosligining ta’limiy jihatlarini о‘rganish jarayonida tadqiqot
obyektlarining о‘rganilishidagi yondashuvlar, tadqiqot natijalarining xulosalari,
tarixning turli davrlarini о‘rganishdagi yondashuvlarning xilma-xilligi, ayrim
holatlarda esa turli adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlardagi tafovutlar ham
kо‘zga tashlanmoqdaki, bunda tarixchi pedagogdan xorijiy tillarni bilishi,
о‘rganilayotgan va о‘qitilayotgan mavzu doirasida xorijiy adabiyotlardagi fikrlarni
tanqidiy va tahliliy о‘rganib, foydalanish uchun jalb qilishi maqsadga muvofiqdir.
Shu о‘rinda О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning
quyidagi sо‘zlarini keltirib о‘tish о‘rinlidir: “Yomon tomoni shundaki, subyektiv
fikr yuquvchan bо‘ladi. Chuqur tahlil, mantiqqa asoslanmagan biryoqlama fikr
odamlarni, eng avvalo, tarix о‘qituvchilarini chalg‘itadi. Ular eshitganlarini
haqiqat shu ekan, deb о‘quvchilarga ham yetkazishadi. Faqat bahs, munozara,
tahlil mevasi bо‘lgan xulosalargina bizga tо‘g‘ri yо‘l kо‘rsatishi mumkin. Bu –
birinchidan.
Ikkinchi masala shundan iboratki, biz komil inson tarbiyasini davlat
siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo,
ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan о‘zgalarga ibrat
bо‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-
qochdi gaplar bilan aldab bо‘lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib
kо‘radi. О‘z fikr-о‘yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bо‘ladi”
1
.
Shundan kelib chiqqan holda, ta’lim jarayonida tarix fanining eng sо‘nggi
yangiliklari, ilmiy xulosalari, nazariy qarashlari va ularning mohiyatini yetkazib
berish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Axborotlashtirish jarayonlari turli fan tarmoqlarini bir-biriga yaqinlashtira
boshladi. Shuningdek, fanning mazmuni va fan haqidagi tasavvurlar ijtimoiy va
gumanitar fanlarda bо‘lgani kabi tabiiy fanlarda ham o‘zgarib bormoqda.
Tarixga bо‘lgan munosabat va qarash fanga bо‘lgan munosabat va qarash
kabi bо‘lishi zarur, bunda har bir fan kabi tarix fanining ham о‘ziga xos
xususiyatlarini mavjudligini e’tibordan chetda qoldirmaslik lozimdir. Uning asosiy
xususiyati tadqiqot obyektidir, ya’ni u о‘tmishda sodir bо‘lganligidir. Tarix fani
1
Каримов И. А.
Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Тошкент: Шарқ, 1998. – Б. 6.
Do'stlaringiz bilan baham: |