PEDAGOGIKA 2016, 1-son 50 Olingan natijalarning tahlili shuni kо‘rsatdiki “ARMlarning asosiy axborot
jarayonlari va ularni avtomatlashtirish” moduli tо‘g‘risida mashg‘ulotlarda
ishtirok etgan guruhlardan 7tasi qoniqarsiz baholangan 3ta guruh berilgan
savollarga qoniqarli javob bergan.
Tinglovchilarning о‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida о‘tkazilgan
test sinovlarida “Kataloglashtiruvchining AIО‘” moduli bo‘yicha mashg‘ulot
ishtirokchilari ijobiy natija ko‘rsatmaganligi, “Administratorning AIО‘” va
“Kutubxonachining AIО‘” moduli bo‘yicha tashkil etilgan tinglovchilar
guruhlarining 4tasi qoniqarsiz, 6tasi qoniqarli javob berganligi, o‘qituvchi
tomonidan о‘tkazilgan nazariy mashg‘ulotlar
1
yetarlicha ijobiy natija
bermaganligi uchun barcha guruh tinglovchilariga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha
tayyorlangan multimediali о‘quv dasturidan mustaqil ravishda foydalanish
topshirildi. Tinglovchilar multimediali о‘quv qо‘llanmasini mustaqil ravishda
(“Kataloglashtiruvchining AIО‘” bo‘yicha 2 soat, “Administratorning AIО‘”
bo‘yicha 3 soat, “Kutubxonachining AIО‘” bo‘yicha 4 soat) о‘rganganlaridan sо‘ng
qaytadan test sinovlaridan о‘tdi.
Kutubxonachining AIО‘ bо‘yicha multimediali qо‘llanmadan mustaqil
ravishda foydalangandan sо‘ng о‘tkazilgan test natijasiga kо‘ra 8ta guruh
tinglovchilari yaxshi, 2ta guruh tinglovchilari a’lo darajada javob berishdi.
Kitobxonning AIО‘ moduli bо‘yicha о‘tkazilgan test natijalaridan kо‘rinadiki,
guruhlardan 5tasi mazkur avtomatlashtirilgan ish о‘rni bо‘yicha berilgan test
savollariga qoniqarli, 5tasi esa mazkur test savollariga qoniqarsiz javob berdi.
Shuning uchun guruhlardagi tinglovchilar 2 soat mobaynida multimediali
qо‘llanmadan foydalandi va qayta test sinovlaridan о‘tdi. Olingan natijalar
tahliliga kо‘ra 5ta guruh tinglovchilari qoniqarli, 5ta guruh tinglovchilari yaxshi
javob berishdi.
Komplektatorning AIО‘ moduli bо‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar
о‘tkazilgandan sо‘ng tinglovchilar bilimini sinash maqsadida test sinovlari
о‘tkazildi. Yuqoridagilarda xulosa qilish mumkinki, komplektatorning AIО‘ moduli
bо‘yicha о‘tkazilgan testdan 6 nafar guruh qoniqarli, 4 nafar guruh qoniqarsiz
javob berdi. Shuning uchun mazkur modul bо‘yicha tinglovchilar 2 soat
mobaynida multimediali qо‘llanmadan foydalandi va qayta test sinovlaridan
о‘tdi. Olingan natijalarga kо‘ra 8ta guruh tinglovchilari qoniqarli, 2ta guruh
tinglovchilari a’lo javob berishgan.
1