PEDAGOGIKA
2016, 1-son
47
Islomova Hilola (О‘MKHTTKMO va UQTI)
AXBOROT KUTUBXONA JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH SOHASIDA
О‘QITISHNING INNOVATSION METODLARI
Abstract. In article the questions of an assessment of level of knowledge of
information and resource centers' staff in the conditions of application of
innovative methods and introduction of new information technologies are
considered.
Резюме. В статье рассмотрены вопросы оценки уровня знаний
сотрудников информационно-ресурсных центров в условиях применения
инновационных методов и внедрения новых информационных технологий.
Tayanch tushunchalar: yig‘ma elektron katalog, bibliografik yozuv,
ma’lumotlar bazasi, MARC-formatlar, korporativ tarmoq, ARMAT-U tizimi,
elektron resurslar.
Fan va ta’lim muassasalarini axborotlar bilan ta’minlashni rivojlantirish
maqsadida
Respublikamizning
axborot
kutubxona
muassasalarida
avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimlari (AAKT) joriy qilingan
1
. AAKT joriy
qilishda axborot kutubxona muassasalari xodimlarini avtomatlashtirilgan tizim
bilan ishlashga о‘rgatish katta ahamiyatga ega. Avtomatlashtirilgan tizimning
elektron katalogi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, adabiyotlarni berish va
qaytarib olish, qidiruv va buyurtmalarni bajarish amallarini maxsus dastur asosida
о‘qib о‘zlashtirmasdan turib AAKTni joriy qilishda muvaffaqiyatga erishib
bо‘lmaydi. Buning uchun fan va ta’lim muassasalarida xodimlar, dastlab, maxsus
dastur asosida tizim bilan ishlashga о‘rgatiladi. AAKTni о‘qitishda asosiy e’tibor
tizimning avtomatlashtirilgan ish о‘rinlari (AIО‘) funksiyalarini о‘zlashtirishga
qaratiladi.
Avtomatlashtirilgan
axborot
kutubxona
tizimi
2
asosan
beshta
avtomatlashtirilgan ish о‘rnidan iborat bо‘lgani uchun tizimni о‘rgatish
maqsadida har bir AIО‘ni bir modul sifatida qaraymiz. Demak, AAKTni о‘rgatish
uchun tinglovchilar beshta modul asosida о‘qitilishi kerak.
1-Modul. Administratorning AIО‘.
2-Modul. Kataloglashtiruvchining AIО‘.
3-Modul. Kitobxonning AIО‘.
4-Modul. Kutubxonachining AIО‘.
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2011 йил 13 апрелдаги “Ахборот-кутубхона
фаолияти тўғрисида”ги ЎРҚ-280-сонли Қарори. Халқ сўзи, 2011 йил 14 апрель, 73 (5240).
2
Калегина О. А. Библиотечно-информационное образование в контексте мировых тенден-
ций: теоретико-методологический аспект: дисс. ... док.пед.наук. – Санкт-Петербург, 2007. –
С. 49.
Do'stlaringiz bilan baham: |