PEDAGOGIKA
2015, 4-son
126
chizmachilik va muhandislik grafikasi professor-o‘qituvchisining shaxsiy kitob
javonidan joy olgan o‘quv adabiyotidir.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tasviriy sa’nat va
muhandislik grafikasi yo‘nalishiga ishga 1955-yilda qabul boshlangach,
Yusufjon Qirg‘izboyev kafedra mudiri vazifasida chizma geometriya va
chizmachilik fanlarini o‘rindoshlik asosida o‘qitgan.
U 1955-1959-yillar mobaynida Toshkent davlat pedagogika institutida
talabalarga ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib, ta’lim va tarbiya berish
jarayoniga katta hissa qo‘shgan. Mazkur institutda uning beg‘araz yordami bilan
grafika fanlari bo‘yicha iqtidorli talabalardan Abdurahim Tojiboyev (1960-1967-
yillarda kafedra mudiri bo‘lib ishlagan), Mavlon Qobiljonov (1967-1980-yillarda
kafedra mudiri bo‘lib ishlagan), Ikromjon Rahmonov (1980-1991-yillarda
kafedra mudiri bo‘lib ishlagan), dotsent Po‘lat Odilov (1991-2002-yillarda
kafedra mudiri bo‘lib ishlagan), professor Rahmatilla Ismatullayev (1990-2000-
yillarda fakultet dekani bo‘lib ishlagan), dotsent Muborak Isayeva, katta
o‘qituvchi Ilyos Ismoilov va boshqalar yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishdi,
keyinchalik ular O‘zbekiston Respublikasida tan olindi.
Shu bilan birga, Yusufjon Qirg‘izboyev Nizomiy nomidagi Toshkent
davlat pedagogika institutida “Chizmachilik va uni o‘qitish metodikasi”
kafedrasining tashkil etilishiga o‘z hissasini qo‘shgan va 1955-1960-yillarda
unga rahbarlik ham qilgan.
Yusufjon Qirg‘izboyev bir vaqtning o‘zida TTYSI “Chizmachilik” va
TDPUda “Chizmachilik va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri bo‘lib
ishlab, har ikkala kafedrada ilmiy-metodik tadqiqot ishlarini olib borish, ularning
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va talabalar uchun mustaqil grafik
ishlarni bajarishga oid chizma geometriya va chizmachilik fanlaridan shaxsiy
vazifa variantlarini tayyorlashga katta metodik hissa qo‘shgan. Shu bois, u
maktab ta’limi, paxta, to‘qimachilik va yengil sanoat uchun yuqori salohiyatli
mutaxassislar yetishtirishda alohida o‘rin tutadi. O‘zbekistonda birinchi bo‘lib
“Chizma geometriya va chizmachilik fanlaridan Toshkent maktabi”ni yaratgan
ustoz, deb nom qozongan.
Uning shogirdlari, chizma geometriya, chizmachilik va kompyuter
grafikasi fanlaridan o‘quv adabiyotlari yaratib, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarib,
xalq ta’limi va sanoat tarmoqlari sohalariga yetuk mutaxassislar tayyorladi
hamda muhandislik grafikasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shdi.
Do'stlaringiz bilan baham: