PEDAGOGIKA
2015, 2-son
91
MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA CHET TIL
O‘QITISH JARAYONINI INTENSIFIKATSIYALASH
Axmedova N.Sh. (TDPU)
Abstract
This article discusses the process of intensification of
foreign language pre-
school and elementary stage of learning. The intensification of the process of
learning of foreign language is considered as a totality of the circumstances and
domestic leading to an increase of the quality of education.
Резюме
В статье рассматривается процесс интенсификации преподавания
иностранного языка в дошкольном и начальном этапах обучения.
Интенсификация процесса обучения иностранному языку рассматривается
как совокупность обстоятельств и внутренних
ведущих к повышению
качества образования.
Tayanch tushunchalar: chet til, ta’lim jarayoni, ko‘p tillilik, pedagog,
intensifikatsiya, boshlang‘ich ta’lim, maktabgacha ta’lim.
Chet tilni bilish jahon madaniyati yutuqlari
va axborot resurslari
imkoniyatlaridan bahramand bo‘lish, dunyo miqyosida muloqot qilish va xalqaro
hamkorlikka yo‘l ochadi. Shubhasiz, til o‘rganishda maktab ta’limi asosiy o‘rin
tutadi, aynan shu davrda bola asosiy bilimlarni, grammatika qoidalarini
o‘zlashtiradi. Ma’lumki, chet tilni bolalikdan o‘rganish yaxshi samara beradi.
Aynan shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-
dekabrda qabul qilgan “Chet tillarni o‘rganish tizimini
yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2013-2014-o‘quv yilidan boshlab chet
tillarni o‘rganish umumta’lim maktablarining birinchi sinflaridan o‘yin tarzidagi
darslar va og‘zaki nutq darslari shaklida,
ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo,
o‘qish va grammatikani o‘zlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanishi belgilab
qo‘yilgan. Barkamol avlod tarbiyasi, intellektual salohiyatni yuksaltirish vazifasi,
so‘zsiz, ilm-u fan taraqqiyoti bilan bog‘liqdir.
Bugun yurtimizda chet tillar,
xususan, ingliz tilida o‘z fikrini bemalol ifodalab, erkin so‘zlasha oladigan,
kelajakda xalqaro hamkorlik va muloqotni yanada rivojlantirishga munosib hissa
qo‘shadigan yosh avlod ulg‘aymoqda.
2014-yilning 10-15-mart kunlari Britaniya
Kengashi bilan hamkorlikda
darslik mualliflari, trenerlar va amaliyotchi o‘qituvchilar boshlang‘ich sinflarda
chet tillarni o‘rgatish bo‘yicha xalqaro ekspert Vendi Arnold ishtirokida trening
tashkil etildi. Ushbu trening mashg‘ulotlarining davomi sifatida Xalq ta’limi
vazirligining 2014-yil 6-martdagi “Xalq ta’limi
tizimidagi chet tillar
o‘qituvchilari uchun 2-sinf darsligi asosida maxsus malaka oshirish kurslarini
tashkil etish to‘g‘risida”gi 57-sonli hamda markaziy institutning “2014-2015-