PEDAGOGIKA
2015, 2-son
22
2. Opponentning hissiyotlariga nisbatan sabrli munosabat, unga neytral
munosabat, uning savollariga ochiq va samimiy javob qaytarishga urinib ko‘rish.
Opponentning jahli chiqayotganligini aslida o‘qituvchi anglaganligini muloyim
tarzda bildirish, istehzo va piching qilmaslik. Agar agressiya holatida o‘qituvchi
istehzo, piching, kibr ko‘rsatsa, tang vaziyat yanada og‘irlashib ketishini
inobatga olish.
3. Opponent nuqtayi nazarini tushunib yetganligini, uning anglanganligini
bildirish. O‘qituvchining keyingi muhokamalarga tayyor ekanligini ko‘rsatish.
Mazkur jahl, g‘azab emotsiyalari ortida nima turganligini aniqlashga urinib
ko‘rish. Opponentning hissiyotlari, so‘zlari va uning “haqiqatini” erinmay
eshitish. Sabr qilish. O‘z emotsiyalarini bosishga harakat qilish. O‘qituvchi
agressiya holatida o‘z emotsiyalariga erk beradigan payt emasligini adekvat
qabul qilishi, g‘azab uyg‘onishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Agar mana shu amallar
to‘g‘ri bajarilsa, opponentning asta o‘z g‘azabidan qayta boshlashini
ta’minlashga asos yaratilishini anglash va bilish lozim.
4. O‘qituvchi o‘z munosabatini opponentning psixologik holati va
emotsiyalariga bog‘lamagan holda bildirishga harakat qilishi lozimligi, faqat
muammoni tahlil qilish zarurligi, opponent shaxsiyatiga tegmaslik zarurligi,
emotsional qarama-qarshilik pasayganda, o‘qituvchi o‘z shaxsiy qarashlarini
yanada ochiqroq bayon qilishga urinib ko‘rishi darkorligi, opponent ham, ko‘p
hollarda, o‘qituvchi o‘zini undan past va xotirjam tutganligidan so‘ng, o‘zini
aybdor his qila boshlashini anglash. Opponentdan mavjud vaziyatda nima qilish
lozim va mumkinligi borasida, masalan, “Siz nima taklif etasiz?”, “Siz nima deb
o‘ylaysiz?” kabi maslahatlar so‘rash zarurligi. Agar opponentning yana jahli
chiqsa, o‘qituvchi yana faol eshitish va qabul qilish pozitsiyasiga o‘tib olishi
darkorligi. Faol eshitish pozitsiyasi tomonlarni murakkab vaziyatdan chiqarib
yuborish usullardan biri ekanligi, o‘qituvchining donoroq ekanligi, bosiqlik bilan
vaziyatni o‘z manfaatlariga bo‘ysundira olishini anglatadi.
Shu o‘rinda o‘qituvchilarga jahli chiqayotgan odamlar bilan muloqot qilish
bo‘yicha quyidagi maslahatlarni taklif etamiz:
1. Vaziyatni xolis baholashga harakat qiling. Aqlingizni ishga soling,
hissiyotlarga berilib ketmang. Sizdan jahli chiqayotgan odam bilan kelgusi
munosabatlar naqadar siz uchun qadrli ekanligini baholang. Muammo nimada?
Opponentingizning qaysi hissiyotlari jabr ko‘rgan? Shularni aniqlang.
2. Boshqa odam o‘z hissiyotlarini ushlab tura olmasligi va ratsional fikr
yurita olmayotganligini ham anglang, tushuning. Odam g‘azablanayotganda,
odatda, tinchlik davrida aytmagan gaplarni va qilmagan harakatlarni qilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |