Бэрон Р., Ричардсон Д. Агрессия. – Санкт-Петербург: Питер, 2001. – Б. 27.
PEDAGOGIKA
2015, 2-son
21
bo‘ladi. Miya bosh qobig‘i inson atrofida bo‘layotgan va maxsus tarzda unga
qaratilgan minglab axborotlarni sinchiklab o‘rganishga yo‘naltirilgan. Miya
mazkur axborotlarni tartiblashtiradi. Shu qatorda miya insonning his-tuyg‘ulari
qatorida g‘azab, jahl, qahr hislarini ham bir maromda ushlab turishga harakat
qiladi.
Shu bois, agressiya holatida, eng avvalo, tinchlanish talab etiladi.
Pedagogik ziddiyat ishtirokchilari o‘z g‘azab, jahl va qahrlarini yengib o‘tishga
o‘rganishlari darkor. O‘zini jilovlay olish pedagogik ziddiyatlarning qat’iy talabi
sanaladi. O‘qituvchilar o‘zlarini va o‘quvchilarni g‘azab, jahl va qahrdan
poklashga o‘rgatishi taqozo etiladi.
Pedagogik ziddiyatlardagi agressiyani yengish bo‘yicha uch umumiy usul
taklif etiladi. Ular: passiv usul, faol usul va mantiqiy usul.
Passiv usul o‘z kayfiyati, hissiyotlari, o‘zini qiynagan masalalar borasida
birovga dardini aytish, o‘rtoqlashish, suhbat qilishda namoyon bo‘ladi. O‘z
hissiyotlariga erk bermay, ularning chiqib ketishiga imkon yaratish qalbdagi
agressiv vaziyat kuchayishining oldini oladi. Bu borada ayollar yig‘lab
olganlaridan so‘ng ancha yengillik his qiladilar.
Faol usulning barcha turlari faol harakatlar olib borish asosiga qurilgan.
Adrenalin inson kayfiyatidagi tanglik holatining tibbiy asosi bo‘lgan jismoniy
mashqlar, harakatlar, mehnat jarayonida pasayadi. Buning oqibatida inson
kayfiyatida xushnudlik holati vujudga keladi.
Mantiqiy usul ratsional, intellektual odamlarning usuli bo‘lib, bu usul juda
katta qalb va aqliy mehnatni talab etadi. O‘z hissiyotlarini boshqara olish
qobiliyatini egallagan odamgina mazkur usulni qo‘llay oladi. Bunday odamlar
masalaning mohiyatiga urg‘u beradi. Uning mohiyatini tushunish esa
muammoning yechimiga olib keladi. Muammoni tushunish asosida uni yechish
yo‘llari ochiladi. Shu bois, bunday odamlar har vaqt o‘zlarini agressiyadan ozod
qilish xususiyatiga ega bo‘ladi. Bu jarayon inson ichki hissiyotlari borasida olib
borilgan analitik tahlilga o‘xshaydi
1
.
Jamoadagi ziddiyatlar jarayonidagi agressiyada o‘qituvchidan quyidagi
amallarni bajarish talab etiladi:
1. O‘z fikrida turib olmaslik va jahlga qarshi jahl bilan javob qaytarmaslik.
Opponentning jahli juda qattiq va tezkor bo‘lsa, bu tomonlar to‘qnashuviga olib
kelishi muqarrarligini anglash.
1
Тўйчиева Г.У. Ёшлар ва конфликтлар: конфликтлар ечимига ўрганиш. – Тошкент, 2008.
– Б. 77.
Do'stlaringiz bilan baham: |