Metodologik bilimlar amaliy pedagogik faoliyat qonuniyatlari va tashkiliy
tizimlarini aniqlashda o‘ziga xos vazifalariga ega bo‘lgan maxsus-ilmiy
tadqiqotlarni o‘tkazish uchun asos sifatida xizmat qiladi.
Yuqorida bayon etilgan pedagogika sohasidagi tadqiqotlarning ikki turi bir
tomondan metodologik, ikkinchi tomonidan maxsus-ilmiy tahlilga tegishli ekanligi
haqida gapirish imkonini beradi. Ular turli obyekt va yo‘nalishlarga ega va muammo
doirasi bilan bir-biridan farq qiladi.
Maxsus-ilmiy tadqiqotlar (masalan, ta’lim va tarbiya qonuniyatlari) bevosita
pedagogik faoliyatga yo‘naltirilgan, o‘z navbatida
mazkur voqelikni ilmiy aks
ettiruvchi – metodologik tadqiqot sifatida ham qaraladi (ta’lim amaliyotini ilmiy
asoslash usullari). Mazkur farq metodologik tadqiqot jarayonida uni nazariyada aks
ettirishning samarali usullari va nihoyasida mazkur nazariyani amaliyotga ta’sirini
kuchaytirish maqsadida pedagogik faoliyatga murojaat qilish zarurati yuzaga
chiqadi. Masalan, o‘qitishni ilmiy asoslash usullarini tadqiq etishda ta’lim metodlari
haqidagi tasavvurlar turli metodlarni amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq masalalar
yuzaga keladi. Aynan amaliyotdagi kamchiliklar olimlarni fanga,
ilmiy bilishdagi
bo‘shliqlarga murojaat qilishni, keyin ushbu kamchilik va bo‘shliqlarning yuzaga
kelish sabablarini metodologik tahlil qilishga murojaat qilishga majbur qiladi.
Amaliyot uchun pedagogikada qo‘llaniladigan tushunchalarni tartibga solish,
kompleks tadqiqotlarni samarali tashkil etish uchun pedagogikaning boshqa fanlar
bilan aloqdorligi mexanizmini o‘rganish katta ahamiyatga ega.
Metodologik tadqiqot aynan tadqiqiy tavsifga ega bo‘lishi lozim, ya’ni
istalgan ilmiy tadqiqotga qo‘yiladigan talablar to‘liq bajarilishi lozim, umumiy
mulohaza va konspektiv xarakterga ega bo‘lib qolmasligi zarur.
Pedagogika
sohasida konkret metodologik tadqiqot xususiy maxsus predmetiga ega va u yoki bu
fan bo‘limlari holati, amaliyot uchun yo‘naltirilgan normativ materiallarni asoslash
xarakteri va sifati, pedagogik konsepsiyalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga
joriy etish dalillarida aks etuvchi empirik materiallarga tayanadi.
Empirik tavsifdagi (metodologik empiriya) metodologik bilimlar ilmiy bilish
usullarini qo‘llash haqidagi tadqiqotchining fikr-mulohazalari, ya’ni metodologik
refleksiya natijasi sifatida aniq maxsus-ilmiy tadqiqotlar jarayonida ham
shakllanadi. Qachonki, u shu tarzda tanlangan obyekt bo‘yicha o‘z harakatini
kuzatib borsa, mazkur turdagi bilimlar metodologik ta’minot tarkibiga qo‘shilib
boradi. Ularning o‘ziga xosligi shundaki, maxsus rejalashtirilgan metodologik ishlar
hosilasi emas, boshqa (maxsus-ilmiy) obyektga maqsadli
tadqiqot mahsuli garovi
sifatida namoyon bo‘ladi. Empirik bilimlar obyektga bog‘langan bo‘lib, shuning
uchun umumiy tavsifga ega bo‘lmaydi. Ularni qo‘llash mazkur tadqiqot vazifalari
bilan cheklanadi.
Masalan, o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirish yo‘llarini ishlab
chiqish jarayonida asoslovchi tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish natijasida olingan
tadqiqotchining
shaxsiy tajribasi boshqa, masalan o‘quv materiallarini
strukturalashtirish muammosi bilan shug‘ullanayotgan kishi uchun qo‘l kelishi
ehtimoldan yiroq. Hech iloji bo‘lmaganda, tizimli yondashuvda qo‘llaniladigan
modellashtirish, ideal obyektlarni kosntruksiyalash kabi ilmiy metodlarga taalluqli
metodologik orientirlarga tayaniladi.
Metodologiya sohasi va maxsus-ilmiy sohani bir-biridan farqlash zarur:
metodologik tahlil obyekti va maxsus-ilmiy obyekt tahlil, metodologik muammolar
va maxsus-ilmiy muammolar, metodologik va maxsus-ilmiy tadqiqotlar.
Metodologik faoliyat sohasida maxsus-ilmiy tadqiqotlar ta’minotini metodologik
tadqiqotnikidan farqlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: