Mavzu: Pedagogik fanlar va ularning oʻziga xosliklari. Reja



Download 75,68 Kb.
bet1/3
Sana14.06.2022
Hajmi75,68 Kb.
#666418
  1   2   3
Bog'liq
Maftuna

Mavzu: Pedagogik fanlar va ularning oʻziga xosliklari.

Reja: 1.Pedagogik fanlarni oʻqitish jarayonining mohiyati. 2.Pedagogik fanlarni oʻqitish funksiyalari.

. Pedagogik fanlarni oʻqitish jarayonining mohiyati. Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlama aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim oʻqituvchi tomonidan boshqariluvchi oʻziga xos anglash jarayonidir. Oʻqituvchining yoʻnaltiruvchi sifatidagi roli talabalarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, koʻnikma va malakalarni toʻliq oʻzlashtira olishlarida koʻrinadi.

Ta’lim oʻqituvchining talabalar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi. U talabalarga oʻquv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yoʻl qoʻyilgan xatolarni toʻgʻrilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta koʻrsatadi. Har qanday ta’lim oʻzida oʻqituvchi va talabaning faoliyati, ya’ni, oʻqituvchining oʻrgatish hamda talabaning oʻrganishga yoʻnaltirilgan faoliyati, boshqachai aytganda toʻgʻridan toʻgʻri, bevosita va nisbiy munosabat aks etadi.

Pedagogika fanlarini oʻqitish jarayonida oʻqituvchi va talaba oʻrtasida oʻzaro muloqat yuzaga keladi. “Muloqot” tushunchasi “ta’lim” tushunchasidan koʻra keng ma’noga ega. Ta’lim talabalarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini oʻstirish, ularda amaliy koʻnikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga yoʻnaltirilgan jarayondir. Ta’lim va pedagogik fanlarni oʻqitish jarayoni (didaktik jarayon) sinonim tushunchalar emas. Jarayon bu yaxlit pedagogik hodisa, pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi sifatida ta’lim tizimining muayyan holatini oʻzgartirish hisoblanadi. Jarayon mohiyatini V.P.Bespalko tomonidan taklif etilgan quyidagi formula asosida toʻlaqonli anglash mumkin: DJ = M +Tf+B Bu erda; DJ – didaktik jarayon; M – talabalarning oʻqish (ta’lim olish) motivatsiyasi; Tf –talabalarning oʻzlashtirish faoliyati; B –talabalarning bilish faoliyatlarini boshqarish.  


Download 75,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish