Pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish


Tadqiqot obyekti va predmetini aniqlashtirishga doir misollar



Download 4,52 Mb.
bet15/68
Sana11.06.2022
Hajmi4,52 Mb.
#655298
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68
Bog'liq
PEDAGOGIK TADQIQOTLARNI MODELLASHTIRISH PED NAZ

Tadqiqot obyekti va predmetini aniqlashtirishga doir misollar.


  1. DIDAKTIK TAVSIFDAGI MAVZUGA DOIR.

Tadqiqot mavzusi: Umumta’lim maktabi o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan ta’minot vositasida rivojlantirish.
Tadqiqotning obyekti umumta’lim maktablari o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti umumta’lim maktablari o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirishning modernizatsion omillari, didaktik parametrlari va amaliy-texnologik tizimi.
  1. TARBIYA NAZARIYASIGA DOIR.


Tadqiqot mavzusi: Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomil- lashtirish.
Tadqiqotning obyekti pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida ma’naviy madaniyatni rivojlantirish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari, amaliy-texnologik va neyrolingvistik dasturlashtirish tizimi

7-MAVZU: PEDAGOGIK TADQIQOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI

  1. Tadqiqotning maqsadi – ilmiy izlanishning ideal (bashorat qilinayotgan) natijasi.

  2. Tadqiqot maqsadini aniqlashga qo‘yiladigan metodologik talablar.

  3. Tadqiqotning ilmiy-nazariy va konstruktiv-normativ funktsiyalari.

Tadqiqotning maqsadi - ilmiy izlanishning ideal (bashorat qilinayotgan) natijasi. Ilmiy tadqiqotda maqsad muhim o‘rin tutadi. Amerikalik olim Jon Kexo “Har qanday faoliyatda aniq maqsad yetmish foiz ijobatdir” deb yozadi. Ilmiy tadqiqot maqsadi izlanuvchining yaratuvchanlik tuyg‘usi, fanning dolzarb muammosi, mavzuga doir axborotlarni aniqlanganligi, ijodiy ilhom, ilmiy til, muammoni yyechimini bashorat qila olish kabi imkoniyatiar asosida umumlashtiriladi.


Tadqiqot maqsadi - bu ilmiy izlanishning prognozlashtirilgan (ideal) natijasi, metodologik triadaning tarkibiy qismlaridan biri: maqsad, vosita, natija. Pedagogik tadqiqot maqsadi umumiy ko‘rinishda yangi ilmiy- metodik mahsulni o‘zida aks ettirib, tadqiqot so‘nggida yuzaga chiqishi mumkin.
Birinchi bo‘limda ta’kidlab o‘tilganidek, pedagogika ijtimoiy fan sifatida ikki asosiy vazifani bajaradi: ilmiy-nazariy va konstruktiv-texnik (me’yoriy). Pedagog-tadqiqotchi ilmiy-nazariy funksiyani amalga oshirar ekan, u pedagogik voqelikni bor holaticha aks ettiradi: tashxis etadi, baholaydi, u yoki bu pedagogik vositalar, ta’lim modellarning samaradorligi yoki samarasining pastligini izohlaydi (empirik daraja); ta’lim -tarbiya, pedagogik voqelikning mohiyatini anglaydi (“nima mavjud?”); pedagogik qonuniyatlarni o‘rnatadi; ijtimoiy-madaniy o‘sish darajasini hisobga oigan holda ta’limning komponentlari, darajalari, sohalarini ilmiy nuqtai nazardan asoslaydi; fanlararo aloqadorlik asosida falsafa, yosh va pedagogik psixologiya, pedagogika va boshqa sohalarga oid bilimlami integrallash vositasida yangi didaktik va tarbiyaviy tizimlami asoslaydi (nazariy daraja). Lekin pedagogika, tabiiy fanlardan farqli o‘laroq nafaqat pedagogik voqelikni aks ettiradi, balki unga qaytadan o‘zgartirish kiritish vositalari(me’yorlar)ni ishlab chiqadi.
Konstruktiv-texnik funksiyani bajarish jarayonida tadqiqotchi “zarur bilimlar”ni, ya’ni pedagogik jarayonning natijaviyligini ta’minlovchi me’yoriy, ko‘rsatmali-tavsifiy (tamoyillar, usullar, shakllar, metodik qoidalar, tavsiyalar) bilimlarni qo‘lga kiritadi.
U yoki bu darajada ilmiy-nazariy va me’yoriy funksiyani ko‘plab pedagogik tadqiqotlar bajaradi. Masalan, tadqiqot maqsadi quyidagicha shakllantirilgan: “ta’limning mazmunli komponenti sifatida shaxsiy tajribaning tabiatini aniqlash va uni ta’lim mazmuniga singdirish me’yorlarini ishlab chiqish” (A.V.Zelensova); “aniqlash” mazkur tadqiqotning ilmiy-nazariy, “ ishlab chiqish” esa - me’yoriy funksiyasiga taalluqli.
Tadqiqot vazifalari dissertatsiyaning istiqbolli rejasida, mazmun- mundarijasida o‘z ifodasini topadi. Tadqiqotchining mutaxasisligi, qiziqishi, yaratuvchilik qobiliyati, ijodga intilishi aniq maqsadi va vazifasini belgilashda namoyon bo‘ladi. Tadqiqot boshlanishida qo‘yilgan maqsad, vazifa ko‘lami kam bo‘lsada, izlanish jarayonida ko‘proq yutuqlarga erishi, yangi konsepsiyalar yaratilishi, qonuniyatlar ochilishi tajribalarga ega bo‘lish mumkin.
Tadqiqot maqsadi, vazifalarda o‘rganayotgan voqelik, predmet, uning tarkibi, mohiyati, boshqa voqea-hodisalar bilan bog‘liqligi, umu- miy qonunityalar, nazariy asoslari, ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarni; mavjud shart-sharoit asosida tadqiqot obyekti va predmetini aniqlash; ilmiy izlanish metodlarini tanlash, kuzatish olib borish, tajribalar o‘tkazishdan; amaliyotga joriy etish, tavsiyalar ishlab chiqish ifodalanadi, belgilanadi.

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish