1. Obyektivlik tamoili. O’quvchm shaxsiga xos bo’lgan psixologik xodisalarni obektiv holatda o’rgangandagina to’g’ri xulosalar aniqlanadi. O’quvchining o’zi haqida gapirganiga qarab, unga baho beriladi.
Rivojlanish tamoili. Bu tamoil bola shaxsiga xos bo’lgan psixologik xodisalarni o’sishi, o’zgarishda, hamma vaqt rivojlanishda qarashni taqozo etadi.
O’zoro bog’liqlik tamoili. Bu tamoil o’quvchi hayoti va faoliyatining tashqi sabablarini tashqi ta’sirlarning har bir o’quvchiga ta’sir etish sabablarini bilishni talab qiladi. Pedagogik psixologiyaning ilmiy – tadqiqot metodlari yuqoridagi tamoillarga asoslanadi.
Pedagogik psixologiyaning metodlari umumiy psixologiyaning metodlaridan iborat bo’lib, ularga mateiatik – strtistik metod qo’shiladi. Bu metodning mohiyati shurdaki, bunda aniqlangan xulosalarni tekshirish uchun turli statistik usullardan foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda pedagogik psixologiya sohasidagi ilmiy tekshirish ishlarining muvaffaqiyati uchun ta’limning quyidagi sohalariga e’tibor berish kerak.
Ona tili o’qitish psixologiyasi. Bu soha o’quvchilarda ona tili fanidan bilim, iqtidor va malakalar hosil qilish usullarini topish masalalarini o’rganadi. Bu yozishga, o’qishga, orfografiya va grammatikani o’rgatish masalalarini o’z ichiga oladi.
Chet tilini o’qitish psixologiyasi. Bu bo’lim chet tilidan to’g’ri gapirish, o’qish, yozish va tarjima qilish masalalarini o’z ichiga oladi.
Matematika o’qitish psixologiyasi. Bu bo’lim matematik fanlarni to’g’ri o’zlashtirish masalalarini o’rganadi.
Geografiyani o’qitish psixologiyasi. Bu bo’lim geogrifik bilimni tez va mustahkam o’rganish masalalari bilan shug’ullanadi.
Mehnat talimi psixologiyasi. Bu bo’lim mehnat madaniyati va o’quvchilarda ijtimoiy mehnatga ongli munosabat hissini tarbiyalash muammolarini o’z ichiga oladi.
O’qitish o’quvchining bilim faoliyatini o’stirish bo’lib, ikki tomonlama jarayondir. Bu jarayon o’qituvchi va o’quvchi tomonidan amalga oshiriladi. Bu jarayonda o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga ularning yoshi va individual hususiyatlari hisobga olingan holda fanlar asoslari singdiriladi. O’qituvchining faol faoliyati tufayli o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish maqsadi amalga oshiriladi. Bilimlarni o’zlashtirish o’quvchining bilish faoliyatidir. Bu faoliyat tufayli o’quvchilarga bilim, iqtidor, malakalar singdiriladi, ular shaxsi shakllantiriladi. O’qish faoliyati tufayli o’quvchilar tabiat va jamiyatga doir bilim asoslari bilan qurollanadilar.
Hozirga vaqtda ta’limning bir qancha shakllari bor. Bular o’quvchining obyektiv olamga faol munosabatida nomoyon bo’ladi va uning o’yin, mehnat va o’qish faoliyatida aks etadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, o’quvchining faoliyati davomida bilim o’zgarib. Aniqlashib boradi. O’quvchining bilim zonasi uning og’zaki va yozma nutqi orqali yuzaga chiqadi. Bu jihatdan o’quvchilarning bilimi quyidagi sifatlarga ega bo’ladi.
A qat’iyan ilmiy;
B sistemali;
c) tushunarli;
D har tomonlama chuqur;
e) hayot tajribasi bilan bog’langan;
f) harakatchan – operativ (hamma sohlarda foydalanishga imkon beradi).
O’qish faoliyati bilish jarayoni bo’lib, o’quvchi psixologik holatlarining barcha tomonlarini o’z ichiga oladi.
O’quvchilarning ilmiy bilimlarni egallashlariga yordam beradigan omillar quyidagilardan iborat:
Hissiy bilish. Hissiy bilish sezish, anglash, tushunishdan boshlanadi.
Ilmiy bilimlarni idrok qilish. Idrok qilish narsa va hodisalarning ichki hususiyatlarini, muhim xossalarini bilishga imkon beradi.
Ko’rsatmalilik. Ko’rsatmalilik materiolini muvaffaqiyatlari o’zlashtirishning zarur shartidir. Pedagogik psixologiyada ko’rsatmalilikning bir qancha turlari bor.
A predmetli ko’rsatmalilik. bunga tabiy obyektlar tevvarak atrofdagi predmet va hodisalar kiradi. tabiatdan olingan narsalardan foydalaniladi. m: tabiatshunoslik, botanika darslarida o’simliklar, zoologiyada hayvonlar, geografiya darslarida minerallar ko’rsatiladi, ma’lum obyektlarga sayohatlar uyushtiriladi.
B tasviriy ko’rsatmalilik. tasviriy ko’rsatmalilik simvollik, ko’rsatmalilik bo’lib, rasm, jadval, maket,chertyot kabilar orqali amalga oshiriladi.
c) texnik ko’rsatmalilik. bunda ia’limning texnik vositalari – kinofilm, diopazitiv,teleeshittirish, grammafon, magnitafon yozuvlari, radio eshittirish kabilardan foydalaniladi.
D so’z ko’rsatmaliligi. Maktab amaliyotida yetakchi o’rin tutuvchi ko’rsatmalilik o’z ko’rsatmaliligi bo’lib, u o’qituvchining jonli nutqidir. Bu nutq o’quvchilar tushunchasiga kuchli ta’sir orqali ularda turli emosional kechinmalarni vujudga keltiradi.
Ta’lim materialini mustahkam va chuqur o’zlashtirishning bir qancha muhim faktorlari bor. O’quvchining ta’lim materialini o’zlashtirishini quyidagi shartlarga asoslanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |