Pedagogik psixologiya


Tarbiyada individual yondoshishning psixologik asoslari



Download 138,95 Kb.
bet14/34
Sana02.01.2022
Hajmi138,95 Kb.
#308653
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
Пед психология маъруза матни 2021

Tarbiyada individual yondoshishning psixologik asoslari.

Tarbiyachi kator individual – psixologik xsusiyatlarga ega bo`lib. Tarakkiy etib borayotgan konkryet shaxs Bilan shugillanadi. Bir o`quvchiga nisbatan muvaffakiyat Bilan qo`llanilgan tarbiyaviy tadbirlarni boka o`quvchiga nisbatan qo`llagan vaqtda kutilgan samarani bermasligi ham xudi anna shu Bilan izzoxlanadi. Shuning uchun umumiy tarbiyaviy tadbirlar individual yondoshish Bilan tuldirilishi lozim. Individual yondoshish va jamoada jamoa orqali tarbiyalash bir-biriga zit bo`lmaydi. Individual yondoshish – bu «kush pedagogik» yakka, individual tarbiya emas, shu bilan birga « har bir tarbiyalanuvchi bilan va alohida shugullanish» emas(A.S.Makarenko).

Individual yondoshishda tarbiyachining o`quvchilarga nisbatan gamxorligi va nazokati, o`z xatti-harakatlarining psixologik oqibatlarini oldindan ko`ra olishi nazarda tutilgan. Individual yondoshish o`quvchi shaxsining xsusiyatlariga va uning muayyan vaqtdagi psixik xolatiga ko`proq mos keladigan tarbiyaviy tadbirlarning tanlashni va amalga oshirishni talab etadi. Ana shunda bu tadbirlar maksimal darajada samara beradi.

Individual yondoshishda, birinchi novbatda, shaxsda biror xislatning tarkib topishga ta'sir etadigan individual maxsus sharoitlarni bili shva hisobga olish nazarda tutiladi. Shaxsning biror namoyon bo`lish tabiyatini tushungan taqdirdagina uni to`g`ri tushunish mumkinligi uchun ham bu xolni bilish lozim. Masalan, tarbiyachi o`smirning ujarligiga barham berishni maqsad qilib oldi dyeylik. Avvalo tushunish, tushunganda ham to`g`ri tushunish uchun bu ujrlikning tabiati qandayligini, uning sababini, qanday harakatyerda ekanligini bilib olish kerak. Turli tabiatdagi ujarlikni tushunib olish turlicha bo`lishi kerak.

O`quvchilarning (ayniqsa o`smirlarning) xatti-harakatlarida tarkalgan boshqa kamchilik ko`pollik, kurslik, surbyetlik, kattalarni xurmat qilmaslikdir.

O`quvchilarda ko`pollik va surbyetlik ko`pincha o`zlariga nisbatan kattalarning adolatsiz munosabatiga – yolg`onchilik, nojoya xatti-harakat, yalkovlik, ko`pollik Bilan asossiz ayiblashga javoban yuzaga keladi.

Ko`pincha o`qituvchilar o`smir yoshidagi ugil bolalarning intizomsizligidan, shuxligidan noliydilar. O`smirlarning zo`r aktivligi, jushib to`rgan kuch gayrati, tashabbusi ko`pincha oqilona yo`l topa olmaydi, tupolonchilikda, shuxlikda, intizomni bo`zishda nomoyon bo`ladi. Urtoklarning yomon namunasi, ishlamay byekor yurish, karovsiz qolish intizomsizlikning rivojlanishi uchun qo`lay sharoit tugdiradi. Shuxlik va tupolonchilikni yuzaga keltiradigan boshqa sabab o`smirlarning martlik-jasorat hamda dovyuraqlikni noto`g`ri tshunishlaridir.

Yalkovlik (normal va soglom o`quvchilarda mehnat qilish istagi va extiyojining, mehnatda zo`r berishga odatlanishning yoqligi) singari nuxsonga kelsak, yalkovlikni keltirib chikaruvchi eng ko`p tarkalgan sabab – o`z bolalarini har qanday ahamiyatli mehnatdan saqlashga harakat qiladigan ota-onalarining urinsiz mehir muxabbatidir.

Individual yondoshishda xatti-harakatlarning affyektiv formalari deb atalmish formalariga ega bo`lgan o`quvchilarga alohida etibor berish nazarda tutiladi.

Nihoyat individual yondoshish ishida I.P.Pavlovning katta miya yarim sharlari pustlarining fazaliy xolatlari to`g`risidagi ta'limoti muhim ahamiyatga egadir. Agar o`quvchi ta'surotlar Bilan nihoyatda xayajonlangan, miyasi juda charchagan bo`lsa, so`z bolaga odatdagidek ta'sir ko`rsatmaydigan, balki aksincha, o`quvchi muljallagan narsaga qarama-qarshi ryeaktsiya beradigan vaqtda (masalan, dagdaga yoki kuchli qattiq bakirik nerv sistemasini yanada kuchliroq ko`zgalishiga olib borsa, Ayni paytda bosik, oxista so`z ijobiy natija beradi) paradoksl yoki uta paradoksal faza boshlanishi mumkin.

Individual yondoshish jazo choralari va formalarini qo`llanishda ham ifodalanadi. Bir xil o`quvchilarga oddiygina koralash ta'sir etsa (bazan istexzo Bilan qarab qo`yishning o`zi kifoya qiladi), boshqa xil o`quvchilarga koralashning bunga uxshashi formalari ta'sir qilmaydi va buni ular tarbiyachining muruvati yoki bushangligi deb tushunadilar. Bunday o`quvchilarga nisbatan qattiqroq jazo choralari qo`llanish kerak.

Oxirida hammaga ma'um bo`lgan (lekin hama vaqt ham hisobga olinavyermaydigan) quyidagi fikrni ta'kidlab utamiz: individual yondoshishda tarbiyaviy ishda har bir o`quvchi shaxsidagi mavjud ijobiy fazilatlarga, chunonchi uning qiziqish xavaslariga (sport, mo`zika, rasm chizish, tabiat hamda boshqa narsalarni syevishiga), soglom axloqiy intilishlariga (garcha ular xatto qo`llanib bo`lmaydigan formalardabo`lsa ham), urtoklariga nisbatan xatto xazil tarikasidagi dustona munosabatlarga tayana olish nazarda tutiladi.

Konfutsiy: «Eskini o’zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo’la oladi degan edi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta'lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunarga o’rgatish sohalarini isloH qilishga niHoyatda katta zarurat syezila boshladi. Bugungi kunda tarbiya jarayonida Ham qator o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shuni ta'kidlash lozimki, ma'rifat xalqimiz, millatimiz qonidadir. An'anaviy sharqona qarashga ko’ra, ma'rifatlilik faqat bilim va malaka emas, ayni paytda chuqur ma'naviyat va go’zal axloq degani Hamdir.

Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisiga almashishi, shuningdek, milliy mustaqillik va uning nye'matlari ryespublikamiz fuqarolarida tub o’zgarishlarni vujudga keltirmoqda. Milliy tuyg`u, qiyofa, xarakter, ta'b, kuy, raqs, ma'naviyat, qadriyat hamda ruhiyat ta'siri ostida o’zining tub mohiyatini aks ettira boshladi. O’tmishning boy myerosi, uning an'analari milliy istiqlol tufayli o’z egalariga qaytarib berildi. Fuqarolarning ijtimoiy ongi asta-syokin o’zgarib borishi natijasida etnopsixologik xususiyatlar tiklana boshladi, milliy, umumbashariylik xislatlari o’qishsida adolatlilik, teng huqqlilik aloqalari o’rnatilmoqda.

XXI asrda shaxs shakllanishida, uning tarbiyalanganlik darajasini ortiradi dinning, xususan «Hadis» ilmining ahamiyati kattadir. Shaxslararo munosabatda tyenglik, g`amxo’rlik, samimiylik, o’zaro yordam, simpatiya, antipatiya, hamdardlik, syevgi-muHabbat singari milliy xususiyatlarni tarkib toptirishda hadislarning roli yanada ortmoqda.

O’zbek oilasida tarbiya mohiyati, mazmuni tarbitning kundalik va istiqlol rejasi, bolalarga ta'sir o’tkazish vositasini tanlash va undaya unumli foydalanish o’ziga xos xususiyatga ega, chunki uning asosida xalq an'analari yotadi.

O’zbek xalkining etnopsixologik xususiyatlaridan unumli foydalanish har tomonlama tarakkiy etgan inson shaxsini tarkib toptirishda muhim rol o’ynaydi. Abdulla Avloniy aytganidek: «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot; yo najot, yo xaloqat; yo saodat - yo faloqat masalasidir».

Yosh avlod tarbiyasida milliy ruhiyat, umuminsoniy, xalkchil milliy kadriyatlar, urf-odatlar, an'analar yetakchi urin tutmogi lozim (tarbiya etnopsixologik va etnopedagogik munosabat). Bular orqali yoshlarda quyidagi fazilatlarni tarbiyalash lozim:

a) yoshlarda vatanparvarlik his-tuyg`ularini shakllantirish;

b) xayrixohlik, odamlarga xurmat, mehr-shafqat;

v) kattalarni xurmat qilish, e'zozlash;

g) muloyimlik;

d) ishbilarmonlik, mohirlik, ishchanlik, iqtisodiy tafakkur;

ye) kichik yoshdan mehnatsyevarlik;

j) jismoniy baquvvatlik;

z) axlok-odoblilik;

i) oilaparvarlik;

k) ayollarga hurmat;

l) o’zaro hamkorlikka intiluvchanlik.

Ma'lumki, yoshlarning ma'naviy-aHloqiy tarbiyasi bilan oila, maxalla, ta'lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, xuquqni muxofaza qiluvchi tashkilotlar, ilmiy-pedagogik kadrlar shug`ullanadilar. Tarbiya jarayoni barcha ishtiroqchilarining bahamjihatlik bilan olib boradigan ishlarigina o’zining ijobiy natijalarini berishi mumkin.

«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirish vazifalari ana shuni taqozo qiladi.


Download 138,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish