1-seminar:
PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI.
Reja:
1. Pedagogik psixologiya fanining predmeti, vazifasi va metodlari.
2. Pedagogik psixologiya fanining asosiy bo’limlari.
3. Kichik maktab yosh davrlarining psixologik xususiyatlari.
Savollarga javob berish dasturi.
Birinchi savol: Pedagogik psixologiya fani predmeti, vazifasi va metodlari haqida ma’lumot berish, pedagogik psixologiya fanining rivojlanishi tarixi, Sharq mutafakkirlarining psixologik qarashlari va hozirgi holati haqida tushuncha beriladi.
Nazorat savollari:
1. Yosh davrlari psixologiyasi nimalarni oʻrganadi?
2. Pedagogik psixologiyaning vazifasi nimadan iborat?
3. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya fanining vazifasi nimadan iborat?
4. Yosh davrlari psixologiyasining metodlarini izohlang.
5. Yosh davrlari va pedagogik psixologiyaning bugungi kundagi holati haqida tushuncha bering.
Ikkinchi savol: oʻquv faoliyatining xususiyatlari, bolalar shaxsining shakllanishi haqida tushuncha beriladi.
Nazorat savollari:
1. Kichik maktab yoshdagi oʻquvchilarning oʻziga xos psixologik xususiyatlari nimalardan iborat?
2. Bolalar inteklektual rivojlanishda kichik maktab davrining ahamiyati.
3. Oʻquv jarayoni davomida yuzaga keladigan muammolar.
4. Kichik maktab yosh davridagi bola shaxsi rivojida yuzaga keladigan yangilanishlar nimalardan iborat?
Psixologik masalalar yechish.
1. Oʻquvchilar 1-sinfda dars haqida oʻqituvchiga tez-tez murojaat qilib, Sardorni qarang, kerakli ustun qolib, boshqa ustundagi misollarni yechayapti, Anvar unga notoʻgʻri koʻrsatib berdi yoki Gulnora misolni mutlaqo yechmadi deyishadi yoki boshqa shunga oʻxshash gaplarni aytadilar. Boshqalari oʻrtogʻining misol yoki masalani notoʻgʻri yechayotganini koʻrib qoladida, dars paytida bor ovozi bilan «ana uning xatosi bor» deb baqirib yuboradi. Yo boʻlmasa, hamma jim oʻtirgan paytda oʻrinlaridan turib, butun sinfga eshitiladigan qilib, «ana Bekzod uchta misolni yechmasdan boshqasiga oʻtib ketdi» deb yuboradi.
Savollar:
1. 1-sinf oʻquvchilarining bunday xatti-harakatlarini nimalar bilan izohlash mumkin?
2. Oʻqituvchining xatti-harakatlari oʻquvchilar shaxsni rivojlantirishga ta’sir koʻrsatishi hamda sinfda jamoatchilik munosabatlarining shakllanishiga yordam berish uchun bunday hollarda u qanday harakat qilmogʻi kerak?
2. Bola nima uchun darsga kelmaganligini izohlovchi xat olib keldi. «Sen chindan ham kasal boʻlib qoldingmi?» deb soʻradi undan oʻqituvchi. Bola churq etmay turdi. «Xoʻsh, bu xatni chindan ham sening onang yozib berdilarmi?» deb soʻradi yana oʻqituvchi. Bola javob bermadi. «Xoʻsh, unda bu xatni kim yozdi?» deb soʻrashda davom etdi oʻqituvchi. «Hech kim» deb keskin javob berdi bola.
Savol:
1. Xoʻsh, sizning fikringizcha, bola nima uchun oʻqituvchiga shunday javob berdi?
2. Oʻqituvchining oʻrnida siz boʻlganingizda qanday harakat qilgan boʻlardingiz?
Ushbu mavzu yuzasidan tuzilgan test savollari asosida talabalarning bilimlari mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |