SEMINAR MASHG‘ULOT -1
MAVZU: PSIXOLOGIYA FANINING TARIXI, RIVOJLANISHI,
YO’NALISHLARI.
2-SOAT
REJA:
1.
Psixologiya xakida tushuncha.
2.
Psixologiya fanining vujudga kelishi.
3.
Psixikaning fiziologik mexanizmlari.
4.
Psixologiya va uning moddiy asoslari.
5.
Psixika va aks ettirish.
Darsning maqsadi:
Talabalarga uyga vazifa qilib berib yuborilgan
psixologiya fanining tarixi, rivojlanishi, yo’nalishlari haqida umumiy tushuncha
mavzusiga doir rejalarning mazmuni, mohiyati va trening qoidalari,munozara
metodlarining ijtimoiy psixologik ahamiyatiga doir barcha bilim ko‘nikma
malakalarni takrorlash, mustahkamlash, amaldagi ahvoli to‘g‘risida bahs, munozara
o‘tkazish.
Tayanch tushunchalar
:
ong, rux, jon, psixik xolat, aks ettirish, fiziologik,
refleks
Darsning umumiy metodi:
Guruh ichida munozara, suhbat, soat millari
texnologiyasi, tushuntirish, hikoya, namoyish etish, amaliy ishlar.
Talabalarga qo‘yiladigan talablar:
Mavzu yuzasidan darslik va
qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib o‘rganish, ularni tahlil qilib, kuzatilganlarni yozish,
ijodiy izlanuvchanlik, faol ishtirok etish.
O‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar:
Talabalar diqqatini mavzu mazmuniga
jalb eta olish, ta‘limiy maqsadni to‘g‘ri qo‘ya bilish, tegishli bilim, ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish, talabalar og‘zaki va yozma faoliyatlarini rag‘batlantirish.
Darsning borishi:
Darsning tashkiliy qismida o‘qituvchi guruh xonasining
tozaligi, talabalabalarning davomati va o‘tgan mavzuni biroz takrorlab , uyga
berilgan vazifani talabalardan so‘rashdan oldin talabalarni 3 guruhga bo‘lib, har bir
guruhga quydagi topshiriqni beradi, har bir guruh o‘ziga nom tanlaydi, guruh
sardorini saylab olishlari kerakligini aytadi. Guruhlar o‘zlariga nom va sardor tanlab
olgach guruhlar ichida mavzu rejalarini ketma-ketligi asosida muhokamali savollar
berib, javoblar berish asosida ball to‘plab borishlari kerakligini aytadi.
Guruhlar ichida ishlash metodida amal qilinishi zarur bo‘lgan qoidalarga
to‘xtaladi:
guruhda tinchlik saqlanishi va javoblarni qaysi talaba ifoda etishini
etirof etuvchi guruh sardorlari ekanligi;
savol berish navbati soat strelkasi bo‘yicha borishini;
birinchi javobni bergan guruhda agar javoblar to‘liq bo‘lmasa boshqa
guruhlar ham qo‘shimcha qilishlari mumkinligini;
guruh tomonidan berilgan javob to‘liq bo‘lmagan holda boshqa guruh
aniq javob bersa ball berilishini va birinchi javob bergan guruh bali pasayib ketishi
mumkinligini;
berilgan savollarning aniqliyligiga va javob berayotgan guruh javoblari
to‘g‘riligini tinglab ,agar tuzatishlar kiritish kerak bo‘lsa javoblar tinglanib bo‘lgach
javob berish lozimligini;
dars so‘ngida ballar yig‘indisi hisoblangan chog‘da , agarda guruhda
nechta talaba umuman faollik ko‘rsatmagan bo‘lsa guruhning umumiy yiqgan
balidan shuncha bal olib tashlanishi, shuning uchun guruhlardagi barcha talabalar
qatnashishi lozimligini ;
dars oxirida a‘lo ball to‘plagan guruh talabalarining hammasiga “a‘lo”
baho, yaxshi ball to‘plagan guruh talabalarining hammasiga “yaxshi”, qoniqarliball
to‘plagan guruhga “qoniqarli ” baho qo‘yishini aytadi .
Psixologiya fanining tarixi, rivojlanishi, yo’nalishlari rejalar asosida yoritiladi
dars so‘ngida “Soat millari” texnologiyasi asosida yanada mustahkamlanib, talabalar
mustaqillikni namayon etadilar. Dars oxirigacha o‘qituvchi berilgan savollar
saviyasiga va javoblarning aniq va to‘g‘ri ekanligini nazorat qilib boradi.
Guruhlar tomonidan savollar berish boshlanadi...
Dars so‘ngida o‘qituvchi va talabalar bilan birgalikda dars xulosalanadi, aktiv
ishtirok etgan talabalar baholanadi va uyga vazifa beriladi. Qo‘llanilgan metodning
ijobiy va salbiy tomonlari tahlil qilinadi.
Asosiy adabiyotlar:
1.
Davletshin M.G. Umumiy psixologiya. T., TDPU, 2002
2.
G’oziyev E.G’. Umumiy psixologiya. O’z. FMJ., 2008
3.
Nemov R.S. Psixologiya 2003.,1-2t
4.
G’oziyev M.G’. Umumiy psixologiya 2010
Elektron ta`lim resurslari
1. www. tdpu. uz
2.www. pedagog. uz
3.www. Ziyonet.uz
4.www. edu. uz
5. tdpu-INTRANET. Ped
Do'stlaringiz bilan baham: |